slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
رفتن به کانال در Telegram
نمایش بیشتر
أوزبكستان5 928دسته بندی مشخص نشده است
📈 تحلیل کانال تلگرام slon11 slon7 slon8 at cc to slon9
کانال slon11 slon7 slon8 at cc to slon9 (@oak_jurnallari11) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 733 مشترک است و جایگاه را در دسته متفرقه و رتبه 5 928 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 733 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 31 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -960 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -283 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 4.35% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 1.40% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 599 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 193 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 6 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
توضیحی برای کانال ارائه نشده است.
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 01 اوت, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته متفرقه تبدیل کردهاند.
13 733
مشترکین
-28324 ساعت
-6537 روز
-96030 روز
آرشیو پست ها
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Jon soʻnggi boshpana toparkan onda ,
Derdim u yurak ostda faqat men boʻlsam
Ajablanma agar ertaga tongda
Seni oʻpib oʻshni quchoqlab oʻlsam.
Oʻtinchim tepamda yigʻlama uzoq ,
Lola lolajonim lolaqizgʻaldoq!
Muhammad Yusuf.
Yoʻldoshova Muslima Bektosh qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6590
❤️❤️❤️-ishtirokchi
,,Beshinchi o'g'il ''
Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yeti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor - biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa, boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, onajon.
Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
O'zing uchun o'l yetim!
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir -yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.
Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.
Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.
Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
Muallif: Muhammad Yusuf
Muslimaxon Qosimxonova
https://t.me/Oak_jurnallari1/6589
Baholash mezonlari:
⭐️- 10 ball
❤️ - 1 ball
💭 - 1 ball
1ta odam nechta comment yozsa ham bitta hisoblanadi. Reaksiya va yulduzlar qolaversa commentariyalar yigʻish cheksiz. Hammaga omad
👍👍👍👍
➕ Sovrinlarni kattalashtirish bizdan - harakat esa sizdan.
📌 Bor kuchingizni ishga solish vaqti keldi. Katta marralarni MYBEE bilan zabt eting.
👍 Reaksiya 1 bal
💌 Commentariya 1 bal
⭐️ Yulduzcha 10 ball
Bitta odamni yozgan commentariyasi bitta hisoblanadi
https://t.me/Oak_jurnallari1
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Lolaqizg‘aldoq
(Shavkat Rahmon xotirasiga)
Mendan nima qolar: ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der,
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq.
Quchoq-quchoq guldasta keltirmasa ham,
Adashib bir kishi so‘rab kelmasa ham,
Faqat sen yig‘laysan, sen qon yutasan,
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq.
Yuragimda qolgan dog‘larim bor-da,
Aytilmagan dardu ohlarim bor-da,
Bu yorug‘ dunyoda gunohlarim bor-da,
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq.
Uxlarsan yerosti saroylarida,
Orom topib tuproq qoyalarida,
Mening ham bir kunmas, bir kun borar joyim,
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq.
Aytsam, tugarmi bu ko‘ngil zorlari,
Bitmasu tuganmas dil ozorlari,
Ey, Shavkat Rahmonning lola-zorlari,
Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq.
Shuni Toshtemirov Doston Tohirjon oʻgʻli
https://t.me/Oak_jurnallari1/6586
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Ayol qalbing bilan suv kech olov kech
Gʻam tushsa boshingga xushing uchmasin.
Xudodan soʻradim mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga ishing tushmasin.
Ularning qoʻlida hamisha tuzoq
Lola , lolajonim
Lolaqizgʻaldoq!
Ishing tushsa inim Muhammadga bor ,
Shoirlar ichida ishonganim shu
Biroz ichishini aytmasa agar
Koʻksi tiniq bola halol bola u
Faqat sal soddaroq faqat sal yoshroq
Lola , lolajonim lolaqizgʻaldoq
Muhammad Yusuf.
Yoʻldoshova Shaxnoza Bektosh qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6585
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Men bittadurman
Sanam sochingdan ham shaydolaring kòp,
Husning oshiqlari–adolaring kòp.
Nimang kòp,kòyingda gadolaring kòp,
Ammo men bittaman,men bittadurman.
Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu,zorman,
Men beun sevarman,men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.
Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan òzing deb bir kun insofa
Gohi Toshkent,gohi Urgutdadurman.
Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi dòst tutingandayman.
Gohi shu dòstlikdan òkingandayman
Ming bir xayol ichra ming bittadurman.
Suymoq–bu gulxanda kuymoq azali
Men shahar erkasi,Sen toĝ gòzali
Eslab yur yodingga tushgan mahali
Shaydolaring kòp-u,men bittadurman.
Ijtimoiy fanlar fakulteti TRX–AU-25
Tursunaliyeva Fotimaxon
https://t.me/Oak_jurnallari1/6584
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Sevgi sadosi
Yodimda kechagi sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o'sha-orzusi oydan oydin qiz,
Siz o'sha-kulgusi qo'ng'irog'misiz.
"Muhammad Yusuf"
Eshquvvatova Iroda
https://t.me/Oak_jurnallari1/6583
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Muhammad Yusuf she'ri
📖 Inshoolloh!
⚜O'zbekiston, bo'yu basting ko'rsat endi,
Pahlavonim, yetdi senga navbat endi,
Olam uzra hilpirasin abad endi,
Sohibqiron, Temur tug'i - yashil bayroq,
Inshoolloh!
⚜ Erk degani o'zi kelib eshik qoqmas,
Jon chekmasang osmonlardan omad yog'mas,
Qatoringda botirlaring bo'lsin og'mas,
Gurkirasin Alpomishlar o'tgan tuproq,
Inshoolloh!
⚜Oltin beshik avlodining maskanisan,
Alisherlar, Ulug'beklar vatanisan,
Yashnagani - o'z asliga qaytganisan,
Turon yurtda yonsin qayta so'ngan chiroq,
Inshoolloh!
⚜ Alla aytsan ayvoningda uxlar quyosh,
Senga mudom iymon yo'ldosh, islom yo'ldosh,
Bor bo'lsin shu qirq o'rim soch, o'smali qosh,
Oq yaktagu beqasam to'n, shoxi belbog',
Inshoolloh!
⚜ Totuv yurtda tuproq o'zin tog' aylagay,
Bir-birini qo'llagan el kam bo'lmagay,
Bolalari Turkistonni bog' aylagay,
Abad yashar hazon bilmas endi bu bog',
Inshoolloh!
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy Universiteti Jizzax filiali talabasi Hamroyeva Dildora
https://t.me/Oak_jurnallari1/6582
❤️❤️❤️-ishtirokchi
"Yoshlik ham bir mehmon ekan-da"
Bahorlari oʻtdi tush kabi
Xazonlari qoldi yoshlikning
Oʻzi uchib ketdi qush kabi
Armonlari qoldi yoshlikning
Bir fasllik boʻston ekan-da
Yoshlik ham bir mehmon ekan-da
Qayerlarga ketdi ulgʻayib
Ostonalar qoldi murgʻayib
Endi oydin oqshomlar oʻtsam
Koʻchalar ham koʻnglimdek gʻarib
Koʻngilda ne pinhon ekan-da
Yoshlik ham bir mehmon ekan-da
Kunlarim kuy, yillarim gʻazal
Dilim yonar tillarim asal
Sizga qanday bilmadimu men
Yoshligimning har oni goʻzal
Bir fasllik boʻston ekan-da
Yoshlik ham bir mehmon ekan-da
🪶 Muhammad Yusuf
🖋 Norqulova Shaxzoda Oʻroz qizi🖋
https://t.me/Oak_jurnallari1/6581
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Biz baxtli bo'lamiz!!!
Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik...
Rayhon hidlaringni yo‘llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko‘kka oy chiqqan.
Faqat yig‘lamagin, aybim nima deb,
Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!..
Menga bir tabassum hadya et, ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O‘zing ayt, senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun kokillaridan?..
Iymanib yashama xayol pinjida,
Yoyil, yayra, jonim, o’rtanma g‘amda.
G‘iybatlarga chida, Tuhmatga chida:
Sen bittasan, axir, Yorug‘ olamda.
Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib,
Tundan so‘z qarz olib, tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham Seni kutguvchi.
Ista tiz cho‘kaman hozir oldingda,
Sevdim, sevganimdan uyalmoq nechun?
Barcha farishtalar sening qalbingda,
Ijarada turgan qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa.
Xudo xohlamasa, Uchrasharmidik.
Toshmatova Lola Bahodir qizi!
https://t.me/Oak_jurnallari1/6580
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon,
O‘zim sulton
Sen taxti Sulaymonim.
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim...
Esonova Shahnoza
https://t.me/Oak_jurnallari1/6579
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Onamga xat
Men sizni oʻylayman shomu saharda
Ona, sogʻinsam ham bora olmayman,
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmayman
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat.
Oʻz doʻstim uyga koʻmildi sevgim,
Kun kelib koʻksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan oʻtgani koʻkka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men - zangor yaylovda olis, bepayon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman...
Mana, men ketyapman tosh yoʻlda koʻzim,
Qadamim moshinalar yoʻrgʻasiga mos
Yigʻlasam yupatib oʻzimni oʻzim
Pishqirib qoʻyaman toychoqlarga xos
Va sizni oʻylayman shomu saharda,
Oma, sogʻinaman ham bora olmasman.
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmasman...
Ha, sevgi haqida U dilga ne zeb
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib
Baxtimga hamisha siz sogʻ boʻling deb,
Sogʻingan oʻgʻlingiz - Muhammad Yusuf
Ergashaliyeva Oʻlmasoy
https://t.me/Oak_jurnallari1/6578
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Muhabbat, ey guzal iztirob
Ey, kuhga dard,ey kunga tuyğu,
Kõkragimga qõlingni tirab,
Yuragimni tõkib quyding-ku,
Qancha kõzlar menga zor edi,
Na ğam,na anduhim bor edi .
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan sukib qõyding-ku
Nelar qilarding menga tegib sen,
Yangilmagan edim- yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib quyding-ku...
Xolmatova Farzona Sardorbek qizi
https://t.me/Oak_jurnallari1/6577
⛔⛔⛔ Chetlashtirildi ❤️
Sababi: 26-aprel soat 21:00 DAN 22:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida nakrutka yurganligi sababli.
Halollik foydadan ustun.
Baholash mezonlari:
⭐️- 10 ball
❤️ - 1 ball
💭 - 1 ball
1ta odam nechta comment yozsa ham bitta hisoblanadi. Reaksiya va yulduzlar qolaversa commentariyalar yigʻish cheksiz. Hammaga omad
❤️❤️❤️-ishtirokchi
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
KOʻNGIL YIGʻISI
Baʼzan koʼngling toʼlib yigʼlayveradi,
Xafa boʼlib ketasan oʼz koʼnglingdan.
Yigʼlar xuddi injiq chaqaloq misol,
Yupatay deysanu kelmas qoʼlingdan.
Istaysanmi-yoʼqmi shunda dafatan
Qilgan xatolaring yodingga tushar.
Hasrat yomgʼirlari oqar koʼzingdan
Yoʼrgaktalab yurak uvushar…
Men qanday unutay xatolarimni?
Kuli tutayverar choʼqqa ming suv sep.
Ular askarlardek turishar qator,
Meni taniysanmi, taniysanmi deb.
Yodimga tushadi shahar, sheʼrlarim,
Orzu va tutundan dimiqqan xonam.
Sira qaytmas boʼlib ketmoqda ana
Begona yelkada chayqalib Onam…
Qari muallimni eslayman, kelar
Izlab-izlab topib, eshigim qoqib.
Xotinim yoʼq deydi, Oʼrgatgan oʼzim,
Oʼzim maʼqullayman yolgʼonim yoqib.
Vokzalda javdirab turibdi doʼstim,
Oʼn yil birga oʼsdim, yuz yil birga oʼsdim.
Joʼnab qolmoq kerak (unga yotoq kerak…)
Tanib qolmasin deb yuzimni toʼsdim.
Meni besh yil kutdi bir bokira qiz,
Balki qadrin bilgan boʼlardingiz siz.
Men esa oʼylandim, oʼylanaverdim.
Rostdan sevarmikin… chaynalaverdim.
Baʼzan koʼnglim toʼlib yigʼlayveradi,
Xafa boʼlib ketaman oʼz koʼnglimdan.
Yigʼlar xuddi injiq chaqaloq misol,
Yupatay deymanu kelmas qoʻlimdan...
Muhammad Yusuf
Shoimova Maxfirat
https://t.me/Oak_jurnallari1/6574
❤️❤️❤️-ishtirokchi
Onajon, siz mening bor dunyom sizsiz,
Ko‘z ochsam, ko‘rganim — mehribon yuzsiz.
Bir duo qilasiz — yo‘lim ochilar,
Siz bor ekansizki, men hech ham yolg‘iz.
Siz meni asradingiz, tunlar uxlamay,
Dardimni oldingiz ichingizga jamlab.
Men sizga qanday ham qaytaray mehrni,
Qalbimda qarzingiz turar tog‘ bo‘lib jam.
Onajon, siz bilan hayotim chiroyli,
Siz bilan har kunim bayramga o‘xshar.
Bir kun siz bo‘lmasangiz... tasavvur qilsam,
Yuragim titraydi, ko‘zlarim yoshlar...
Abdullayeva Shahloxon✨❤️
https://t.me/Oak_jurnallari1/6572
🚫 ❤️❤️❤️-ishtirokchi
Sir
Shamoldek beqaror shoir sevgisi,
Uning bor davlati - savlati.
Sog'inchdan yoqar-u rayhonlar isi,
Meni tanlaganing g'alati...
Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.
Qasri shuhrat aro qon yig'lar yurak,
Ko'ksingda nimadir g'ijjak chaladi.
Unga she'r kerakdir,
Senga er kerak.
Koshki tushunsa u valadi...
U so'z kutar, uni sen kutib oylab,
Bir umr yo'l qarab ko'zing toladi.
Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,
Baxtingni yarmini she'rim taladi!..
Gunohing ne edi, ey mungliq dilbar,
Seni tanlaganim g'alati...
Asl shoir asli uylanmay o'tar,
Uylansa ham ko'rmay xotin oladi.
Djurayev Asadbek
https://t.me/Oak_jurnallari1/6571
