Fulbright kundaligi
رفتن به کانال در Telegram
نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
640
مشترکین
-224 ساعت
+17 روز
+25630 روز
آرشیو پست ها
+1
Bu yilgi guruhga 17 ta davlatdan 30 ga yaqin o‘quvchi tanlangan va ular oʻz davlatlarining vazirliklari yoki markaziy banklarida ishlaydi.
Williams College hech qaysi oʻquvchidan o‘qish uchun pul olmaydi va hammaga to‘liq grant ajratgan. Grant miqdori 1 yil uchun taxminan $130,000 bo‘lib, 1 yillik o‘qish, turar joy, ovqatlanish, tibbiy sug‘urta, laptop, internship, kitoblar va boshqa o‘quv materiallarini qoplaydi.
Bu yerda hech kim o‘z hisobidan pul to‘lab o‘qimaydi.
Williams bundan qanday foyda ko‘radi? Axir zararga ishlamasa kerak, to‘g‘rimi?
@fulbright_kundaligi
Bizda ertadan darslar boshlanadi.
Williams College’da Iqtisod fakulteti tarkibida rivojlanish iqtisodiyotiga bag‘ishlangan alohida markaz tashkil qilingan. Markaz rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotidagi turli muammolarni o‘rganadi.
Bizning darslarimiz ham mana shu markazda bo‘lib o‘tadi.
Kuzgi semestr uchun quyidagi fanlarni olishni rejalashtiryapman:
• Economic Growth • Advanced Statistics / Econometrics • Public Economics in Developing Countries • Macroeconomics • Time Series Econometrics@fulbright_kundaligi
Bizda ertadan darslar boshlanadi.
Williams College’da Iqtisod fakulteti tarkibida rivojlanish iqtisodiyotiga bag‘ishlangan alohida markaz tashkil qilingan. Markaz rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotidagi turli muammolarni o‘rganadi.
Bizning darslarimiz ham mana shu markazda bo‘lib o‘tadi.
Kuzgi semestr uchun quyidagi fanlarni olishni rejalashtiryapman:
• Economic Growth
• Advanced Statistics / Econometrics
• Public Economics in Developing Countries
• Macroeconomics
• Time Series Econometrics
@fulbright_kundaligi
Yangi haftaga tayyorgarlik.
Yonimdagi joylarda hamma uxlab qolgan. Toza havo ham ogʻirlik qilarkan lekin.
@fulbright_kundaligi
Fulbright Interview (based on personal experience) (1/n)
Siz bu bosqichga taklif qilingan bo'lsangiz, demak, hujjatlaringiz va bilimingiz ularga ma'qul kelgan. Intervyuda ular sizning ilmiy darajangizni emas, ko'proq sizning shaxs sifatidagi mosligingizni baholashga harakat qiladi.
Ular shunchaki eng aqlli nomzodni emas, balki kelajakda lider bo'la oladigan, o'z mamlakati rivojiga hissa qo'shishni istaydigan va AQSH hamda O'zbekiston o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga munosib vakil bo'la oladigan insonlarni izlaydi.
Shuning uchun ham buni "Fit Test" (mos kelish) suhbati desa ham bo'ladi. Komissiya a'zolari sizning yo'nalishingiz bo'yicha mutaxassis bo'lmasligi mumkin. Ular uchun siz yozgan akademik atamalar va murakkab nazariyalar unchalik muhim emas. Ularning asosiy qiziqishlaridan biri quyidagi kabi savollarga javob topish bo'ladi.
• Bu nomzodga ishonch bildirish mumkinmi? • U AQSHdagi yangi muhit va madaniy farqlarga moslasha oladimi? • Bosim ostida ham o'qishini muvaffaqiyatli davom ettira oladimi? • Dastur tugagach, olgan bilim va tajribasini O'zbekiston manfaatiga qo'llash niyati bormi?(Albatta, bu savollar aynan shu shaklda berilmaydi. Turli savollar orqali shu jihatlarni tushunishga harakat qilinadi.) Chunki xorijda bir necha yil yashash faqat universitetga kirish bilangina tugamaydi. Yangi madaniyatga moslashish, oiladan uzoqda yashash, intensiv o'qish va turli qiyinchiliklarni yenga olish ham bu tajribaning muhim qismi hisoblanadi. Savollarga javob berishda asosiy omil:
Qancha murakkab va aqlli gapirishga harakat qilsangiz, shuncha uzoqlashasiz. Qanchalik sodda, hayotiy va jonli tushuntirsangiz, shuncha tez ularning ishonchini qozonasiz.@fulbright_kundaligi
Koreyada 5 yil yashagan paytimizda kanal yuritish haqida o‘ylardim, lekin hafsala qilmasdim. "Shu ishlarni ham yozadimi odam?" derdim. Yoki "Bularni yozish maqtanchoqlikka kiradi-ku, odamlar nima deydi?" deb umuman yozmasdim.
Aslida Koreyada yozishga arziydigan voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Lekin "Shu vaqtni post yozishga emas, ozroq bo‘lsa ham o‘qishga sarflay" deb vaqt ajratmasdim.
Koreyadan ketayotganimizda, oxirgi oy barcha loyihalarni topshirib biroz bo‘shaganimdan keyin telefonimdagi rasm va videolarni ko‘ra boshladim. Bir tomondan xursand bo‘ldim, chunki ular biz uchun juda shirin xotiralar ekan. Ikkinchi tomondan esa xafa bo‘ldim. Ba'zi voqealar shunchalik esdan chiqib ketganki, rasmga qarab ham zo‘rg‘a esladim. Ko‘p rasmlarni o‘chirib tashlashga ham to‘g‘ri kelgan. Chunki telefon 5 yillik xotiralarni sig‘dira olmagan.
O‘shanda o‘yladim. Agar shularni qayergadir yozib, yuklab borganimda, nafaqat o‘zim uchun xotira bo‘lardi, balki shu bosqichlardan birinchi marta o‘tayotganlarga ham foydasi tegardi.
Buni AQSH universitetlarini PhD uchun o‘rgana boshlaganimda yana bir marta his qildim. Afsuski, AQSHning yetakchi universitetlarida har qanday yo‘nalish bo‘yicha PhD qilayotgan yoki qilgan o‘zbeklar deyarli bilan sanarli. Ayniqsa aynan sizning sohangiz bo‘yicha odam topish juda qiyin.
Hindlar va xitoyliklarda esa butunlay boshqa holat. Ular deyarli istagan universitetining istagan departamentidan o‘z millatdoshini topa oladi. Natijada kerakli ma'lumotni tezroq oladi, tajribadan foydalanadi. O‘z tillarida kontent ham juda ko‘p.
Bugun kimdir mendan Koreyada o‘qigan universitetim yoki ishlagan joylarim haqida so‘rasa, hammasini bir boshdan aytib berishga vaqt topishim ham qiyin.
Hozir ham kanal yuritish men uchun ancha "qimmat". Chunki atrofimda Nobel mukofotiga da'vogar professorlar bor va Fulbright bergan imkoniyatlardan maksimal foydalanmaslik vaqtni sovurish bilan teng.
Lekin baribir vaqt topib bularni "hujjatlashtirib" borish kerak ekan.
Chunki biz kelamiz va ketamiz. Lekin yozib qoldirilgan tajribalar keyingilar uchun yo‘l ko‘rsatadi, tayyorlanayotganlar uchun motivatsiya bo‘ladi, o‘zimiz uchun esa eng qimmatli xotiralardan biri bo‘lib qoladi.
*Rasm 2021-yil Ulsan shahrida olingan.
@fulbright_kundaligi
Fulbright bo‘yicha interview'ga tayyorlanayotganlar uchun kichik tavsiya.
Tayyorgarlikni to‘liq ChatGPT'ga topshirib qo‘ymaslikni maslahat bergan bo‘lardim. U javoblarni shakllantirishda juda foydali, lekin ularga haddan tashqari tayanish interview kuni sizni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin.
Sababi, hayajon paytida ChatGPT yordamida yodlab olingan qolip javoblar esdan chiqib ketadi. Ba'zan hatto savolni to‘liq tushunmay qolishingiz ham mumkin. Omma oldida nutq so‘zlagandagi hayajon bu yerda ham bo‘ladi.
Shuning uchun imkoningiz bo‘lsa, biror sherik bilan mock interview qiling. Jonli suhbat orqali tayyorlanish savollarni eshitish, tez fikrlash va tabiiy javob berish ko‘nikmasini ancha yaxshi shakllantiradi.
ChatGPT'dan foydalaning, lekin mashqni haqiqiy odam bilan qiling. Menimcha, bu ancha samaraliroq.
@fulbright_kundaligi
Ertalab soat 6. Hech kim yoʻq boʻlsa kerak deb yugurgani chiqqandim.
Bizda havo juda sovudi. Lekin kiyiklar bilan yugurish boshqacha ekan.
@fulbright_kundaligi
Fulbright dasturi boʻyicha nterview'ga taklif kelishni boshladi.
@fulbright_kundaligi
Togʻlarni orasida qabriston bor ekan. Kechqurun kelib koʻradigan joy ekan lekin 😀
📢Applications for #Chevening Scholarships are now open!
If you’re a future leader who’s ready to influence positive change in areas of shared priority for Uzbekistan and the UK, this could be the opportunity you’ve been waiting for.
With a Chevening Scholarship, you’ll gain:
🎓 A world-class education
🤝 A lifelong relationship with the UK
🌎 Access to a global network of influential leaders
🔗Find out if you're ready to apply: chevening.org/vision
🕒 Applications close on Tuesday 6 October at 11:00 (UTC).
#IAmChevening
-----------
📢#Chevening stipendiyalari uchun arizalar qabuli boshlandi!
Agar siz kelajak yetakchisi bo‘lib, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorligi uchun umumiy ustuvor yo‘nalishlarda ijobiy o‘zgarishlar yo‘lida ishlashga tayyor bo‘lsangiz, bu siz kutgan imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Chevening stipendiyasi sizga quyidagilarni taqdim etadi:
🎓 Dunyo darajasidagi ta’lim
🤝 Buyuk Britaniya bilan umrbod davom etadigan aloqalar
🌎 Nufuzli yetakchilarning global tarmog‘ining qismiga aylanish
🔗Ariza topshirishga tayyormisiz? Batafsil ma’lumot: chevening.org/vision
🕒 Arizalar qabuli 6-oktabr, seshanba kuni soat 11:00 (UTC) da yopiladi.
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli dasturlaridan biri Chevening granti uchun kerakli hujjatlar ro'yxati. Arizalar 4-avgustdan boshlab qabul qilinadi.
@fulbright_kundaligi
+2
We are this close to...
Chevening Applications Opening
The wait is almost over. Ready to take your future to the UK? 🇬🇧
Applications for Chevening Scholarships 2026 are opening on 4 August.
Stay tuned and start preparing your story.
Visit: https://www.chevening.org/apply/
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli dasturlaridan biri Chevening granti uchun kerakli hujjatlar ro'yxati. Arizalar 4-avgustdan boshlab qabul qilinadi.
@fulbright_kundaligi
+3
Issiq shtatlarning yaxshi tomoni - yil bo‘yi kun davomida qiladigan ishlaringizni oson rejalashtirish mumkin. Ob-havo deyarli har kuni bir xil: quyoshli, ochiq, tashqariga chiqishga qulay.
Shuning hisobiga odam ko‘proq faol va kayfiyati yaxshi bo‘lishi mumkin. Ertalab yugurish, kechqurun sayr qilish, dam olish kunlari biror joyga borishni oldindan rejalashtirish oson.
Lekin minus tarafi ham bor: chalg‘ituvchi narsalar juda ko‘p. Havo yaxshi bo‘lgani uchun doim qayergadir chiqging keladi. “Bugun ishlab olay” degan rejang bir qarasang, plyaj, park yoki boshqa joyga aylanib ketadi.
Massachusetts’da esa 4 fasl o‘z o‘rnida keladi. Yozda odamlar tashqariga ko‘proq chiqadi, sayr qiladi, dam olish kunlarini maksimal ishlatishga harakat qiladi. Qishda esa hayot biroz sekinlashadi. Havo sovuq, kun qisqa, soat 5-6 dan keyin ko‘chalar xuvillab qoladi. Hamma issiq uyiga kirib ketadi.
Lekin qishning ham o‘ziga yarasha foydasi bor ekan. Uyda o‘tirib kitob o‘qish, reja qilish va o‘z ustida ishlash uchun tabiiy muhit paydo bo‘ladi. Tashqarida chalg‘ituvchi narsalar kamayadi.
Bilmadim, menga baribir qish bo‘lmaydigan davlatlar va shtatlar unchalik yoqmadi. Balki 4 fasl odamga vaqt o‘tayotganini, har narsaning o‘z mavsumi borligini eslatib turar.
Siz Florida yoki Singapur kabi qish boʻlmaydigan joylarda yashab qolarmidingiz?
+1
Grantlarga topshirishda yutish ehtimolini oshiradigan omillardan biri bu ish tajribasiga ega bo‘lishdir.
Chunki insholarni yozishda ish tajribangiz orqali ko‘rgan real muammolarni yoritib berish va ularga yechim taklif qilish ancha tabiiy chiqadi. Eng muhimi, bu muammolarni grantning maqsadlari bilan bog‘lab ko‘rsata olasiz. Bu har xil balandparvoz gaplardan ko‘ra ishonchliroq ko‘rinadi.
Bu yil men 2 ta grantga deyarli bir xil muammoni olib chiqqanman va ikkalasidan ham interview’ga taklif olganman. Fulbright’ning javobi oldinroq chiqqani uchun shu grantni tanladim.
Lekin ikkala grant ham juda obro‘li. Har birining o‘ziga yarasha ustunliklari bor va ikkalasi ham shaxsiy hamda kasbiy rivojlanish uchun katta imkoniyat beradi.
@fulbright_kundaligi
