Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona viloyati)🇺🇿
Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona) Ro'yhatdan o'tish: @fergana_bot MFY xodimlari bo'yicha @Smartmahallabot
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona viloyati)🇺🇿
کانال Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona viloyati)🇺🇿 (@bsa_fergana) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 860 مشترک است و جایگاه 14 667 را در دسته اخبار و رسانهها و رتبه 5 620 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 860 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 16 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 6 775 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -162 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 7.85% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 11.15% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 1 088 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 545 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 4 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona)
Ro'yhatdan o'tish: @fergana_bot
MFY xodimlari bo'yicha @Smartmahallabot”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 16 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اخبار و رسانهها تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 16 سپتامبر | 0 | |||
| 15 سپتامبر | 0 | |||
| 14 سپتامبر | +184 | |||
| 13 سپتامبر | +2 | |||
| 12 سپتامبر | +400 | |||
| 11 سپتامبر | +172 | |||
| 10 سپتامبر | +1 713 | |||
| 09 سپتامبر | +5 693 | |||
| 08 سپتامبر | +2 | |||
| 07 سپتامبر | +1 | |||
| 06 سپتامبر | +1 | |||
| 05 سپتامبر | +1 | |||
| 04 سپتامبر | +2 | |||
| 03 سپتامبر | +2 | |||
| 02 سپتامبر | +1 | |||
| 01 سپتامبر | 0 |
| 2 | 🏆ENG KITOBXON HUDUD — SIZNING HUDUDINGIZ BO‘LSIN!
📚Farg‘onaning eng kitobxon hududini aniqlash uchun o‘tkazilayotgan so‘rovnoma yakunlanishiga atigi 9 kun qoldi!
⏰25-sentyabr, soat 18:00 — so‘rovnoma yakunlanadi va natijalar e’lon qilinadi!
O‘z hududingizni qo‘llab-quvvatlang, ovoz bering va kitobsevar do‘stlaringizni ham ishtirok etishga chorlang!
📖Kitobxonlar, faollikni namoyon etish vaqti keldi!
👉OVOZ BERISH👈 | 595 |
| 3 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqi
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 1 114 |
| 4 | Davlat fuqarolik xizmatiga tanlov o'tkazish tartibi qanday?
Kimlar tanlovda ishtirok etishi mumkin? Hujjatlar qanday topshiriladi? Test va suhbat qanday o‘tkaziladi? Nomzodlar qanday baholanadi va ularning qanday huquqlari bor?
▫️Davlat xizmatiga tanlovning barcha muhim jihatlari haqida qisqa va tushunarli ma’lumot — videorolikda.
Asos: PF-95-son, 19.06.2025-yil | 1 594 |
| 5 | Davlat fuqarolik xizmatiga tanlov o'tkazish tartibi qanday?
Kimlar tanlovda ishtirok etishi mumkin? Hujjatlar qanday topshiriladi? Test va suhbat qanday o‘tkaziladi? Nomzodlar qanday baholanadi va ularning qanday huquqlari bor?
▫️Davlat xizmatiga tanlovning barcha muhim jihatlari haqida qisqa va tushunarli ma’lumot — videorolikda.
Asos: PF-95-son, 19.06.2025-yil | 1 |
| 6 | “9 soat”ning siri nimada?
“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…
Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”
Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.
Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.
Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.
Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.
“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham “ehhe” devorasiz.
Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.
Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.
Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.
Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.
Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.
Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.
Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?
Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».
Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.
"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".
9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.
Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.
“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.
9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu. | 966 |
| 7 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik tarixida muhim bosqich bo‘ldi. Nihoyatda sermazmun dastur ilk daqiqalardanoq O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga nisbatan samimiy mehmondo‘stlik, yuksak ehtirom va chuqur hurmat ruhida o‘tdi.
Tashrifning markaziy voqeasi Prezident Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan muzokaralar bo‘ldi. Yetakchilar ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga bo‘lgan qat’iy intilishlarini tasdiqladilar.
Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk bilan uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari belgilab olindi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston – Koreya biznes forumi, qo‘shma loyihalarni ishga tushirish hamda davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya biznesi gigantlari va eng yirik moliya institutlari rahbarlari bilan o‘tkazgan qator amaliy uchrashuvlari muhim o‘rin egalladi. Jumladan, Koreya Eksimbanki, Lotte, Hyundai, KIA, Rotem, Shinhan, KIND, KIGAM, KIRAM va Inchxon xalqaro aeroporti korporatsiyasi rahbarlari bilan muzokaralar O‘zbekistonda yirik investitsiyaviy va yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun yangi istiqbollarni ochdi.
Tashrifning eng muhim iqtisodiy natijasi misli ko‘rilmagan hujjatlar to‘plami – biznes forum yakunlari bo‘yicha 12 milliard dollarlik investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy bitimlar hamda Koreya Eksimbanki bilan 8 milliard dollarlik sheriklik dasturining qabul qilinishi bo‘ldi.
Ushbu kelishuvlar ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va to‘liq yuqori texnologik ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ularning amalga oshirilishi zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Bugun tashrif dasturi Prezident Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi ishtiroki bilan davom etadi. Bunday formatda ilk bor Markaziy Osiyoning besh davlati va Koreya Respublikasi yetakchilari bir maydonda jam bo‘ladi. Ushbu tarixiy voqea ko‘p yillik mintaqalararo muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, unga tizimli va uzoq muddatli tus berish hamda tinchlik, innovatsiyalar va umumiy farovonlik yo‘lida yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X | 844 |
| 8 | Farg‘onada xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Farg‘ona viloyat kutubxonasida xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining Farg‘ona viloyati filiali vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda xorijda tahsil olayotgan va tahsil olib qaytgan yoshlarning bilim va tajribasidan hudud rivoji yo‘lida samarali foydalanish, ularning kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tajribani hududda joriy etish hamda yoshlarni yangi loyihalarga jalb etish masalalari muhokama qilindi. | 1 065 |
| 9 | بدون متن... | 938 |
| 10 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan muloqot qildi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел диалог с соотечественниками, работающими и обучающимися в Корее.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 010 |
| 11 | Farg‘onada matbuot anjumani tashkil etildi
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda mas’ullar tomonidan davlat fuqarolik xizmati va boshqaruv samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Bugungi kunda viloyatda 6,7 mingdan ziyod davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda vakant lavozimlar bo‘yicha 1 805 ta tanlov o‘tkazilib, 57 438 nafar nomzod ariza topshirgan. Tanlov yakunida 967 nafar nomzod g‘olib bo‘lgan.
Viloyatdan 139 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga, 340 nafari istiqbolli, 110 nafari salohiyatli kadrlar zaxirasiga saralangan. “Istiqbolli davlat xizmatchisi” tanlovida esa 63 nafar g‘olib “TOP-100” ro‘yxatidan joy olgan.
Matbuot anjumanida OAV va jamoatchilik vakillarining savollariga mas‘ullar tomonidan javob berildi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 1 503 |
| 12 | “Менга халқнинг бахтиёрлиги керак. Президент учун энг муҳими – халқ, инсон қадри” — Саида Мирзиёева
@pressuzb | 2 262 |
| 13 | Seongnam va Farg‘ona tadbirkorlari o‘rtasidagi biznes muloqot amaliy loyihalar bilan mustahkamlanadi
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 1 271 |
| 14 | Inson omilisiz saralash: Davlat xizmatiga tanlovlarda IT-yechimlar
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida davlat fuqarolik xizmatidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ochiq tanlovlarni tashkil etish hamda nomzodlarni baholash jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda tanlovlarda nomzodlarning:
👍ma’lumoti (jumladan, ilmiy darajasi);
👍ish staji;
👍test sinovlari natijalari tegishli elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan holda avtomatik tarzda tekshirilmoqda. Bu esa hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirib, ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini ta’minlash imkonini bermoqda.
Shuningdek, mazkur yondashuv inson omilini kamaytirish, baholash jarayonlarining xolisligi va shaffofligini ta’minlash, tanlovlarni tezkor va samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda. Natijada davlat fuqarolik xizmatiga nomzodlarni saralashda zamonaviy raqamli mexanizmlardan kengroq foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Tanlovlarda nomzodlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash jarayonlarini raqamlashtirish qamrovini yanada kengaytirish, elektron integratsiyalar sonini oshirish hamda xizmatlar sifatini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 1 386 |
| 15 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу со Спикером Национальной Ассамблеи Республики Корея Чо Чжон Шиком.
#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #parlament
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 349 |
| 16 | #хайрли_кун
Ҳаётдаги энг қадрли нарса бу вақтдир. Уни кимга ва нимага ҳадя этаётганингга диққат қилинг! Кейин ортга қайтара олмайсиз...
Қадрли бўлинг, кетган жойингиз ҳувиллаб қолсин, хоҳ у ер бўлсин, хоҳ у кўнгил...
| 1 475 |
| 17 | FARG'ONAJONIM.mp3 | 1 528 |
| 18 | O‘zbekiston – Koreya sherikligini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi
Muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa | 1 685 |
| 19 | #Tayinlov
Saydamatova Nasibaxon Erbuvayevna
Farg'ona viloyati Kelajak markazi viloyat rahbari o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 16-maktab direktori lavozimida ishlagan.
Ma'lumot uchun N. Saydamatova Boshqaruv samaradorligi agentligi tashabbusi bilan Farg'ona viloyatida ilk bor o'tkazilgan
"Istiqbolli davlat xizmatchisi -2025 TOP-100" tanlovi g'olibi.
Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana | 2 272 |
| 20 | Seuldagi “Chong Va De” saroyida Prezidentimizni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Во дворце «Чонг Ва Дэ» в Сеуле прошла церемония официальной встречи Президента нашей страны.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 386 |
