es
Feedback
Huquqdan sertifikat! 𝐆𝐄𝐍𝐄𝐑𝐀𝐋𝐈𝐒𝐓

Huquqdan sertifikat! 𝐆𝐄𝐍𝐄𝐑𝐀𝐋𝐈𝐒𝐓

Ir al canal en Telegram

Huquqshunoslik fanlarini oʻzlashirish istagida boʻlganlar uchun! Son emas sifat muhim! "P.K.S"

Mostrar más
El país no está especificadoLa categoría no está especificada
1 085
Suscriptores
Sin datos24 horas
+5127 días
+59830 días
Archivo de publicaciones
🎲 ““🎲 ''2026-yil'' ''BMBA 2.1'' "💫Porloq Kelajak Sari💫'' ©J.Meliboyev ©B.Xujanazarov ''https://t.me/General_Huquq” testi 🖊 20 ta savol · ⏱ 30 soniya

🎲 ““🎲 ''2026-yil'' ''BMBA 2.1'' "💫Porloq Kelajak Sari💫'' ©J.Meliboyev ©B.Xujanazarov ''https://t.me/General_Huquq” testi 🖊 20 ta savol · ⏱ 30 soniya

Хитойнинг Zhejiang university (дунё бўйича ТОП-50 университетлар орасида 39-ўринда) нейробиологлари ва психологлари жамоаси 2021-йилда қисқа видеолар (reels/TikTok/shorts) мияда қандай жисмоний ва нейробиологик жараёнларни келтириб чиқаришини ҳамда нега айнан ушбу формат тез қарамлик (аддиcтион) уйғотишини fMRT (функсионал МРТ) аппарати орқали ўрганишган. Олимлар талабалардан иборат кўнгиллиларни икки гуруҳга ажратишган:
Биринчи гуруҳга алгоритм томонидан айнан уларнинг қизиқишларидан келиб чиқиб шахсийлаштирилган, ўта жозибадор қисқа видеолар кўрсатилган (personalized videos). • Иккинчи гуруҳга еса умумий, нейтрал ёки тизим томонидан тасодифий танланган, алгоритмик ишлов берилмаган видеолар қўйиб берилган (general videos).
Видео кўриш жараёнида иштирокчиларнинг мия фаолияти fMRT сканерлари ёрдамида сонияма-сония таҳлил қилиб борилган. Сканерлар шуни кўрсатдики, алгоритм танлаган шахсийлаштирилган қисқа видеолар бошланганда миянинг ventral tegmental area(VTA) деб аталадиган субкортикал (чуқур) қисми ўта агрессив тарзда фаоллашган. VTA — мияда дофамин ишлаб чиқарувчи ва мукофот тизимини бошқарувчи бош марказдир. Нейрал видеолар кўрилганда бу марказ тинч ҳолатда бўлган. Тадқиқот қисқа видеоларни тавсия қилувчи алгоритмларнинг ишлаш механизмини қимор ўйинларидаги слот-машиналарига тенглаштирди. Мия кейинги видеода нима чиқишини билмайди (яхшими ёки ёмонми), лекин екранни сурганида унга ёқадиган видео чиқса, VTA кутилгандан кўра кўпроқ дофамин ажратади. Бу мияда "яна бир марта сурсам, янада зўрроғи чиқади" деган чексиз занжирни ҳосил қилади. Енг хавфли хулосалардан бири: шахсийлаштирилган видеолар кетма-кетлиги миянинг Префронтал қобиғи (prefrontal cortex) фаолиятини пасайтириб юборган. Префронтал қобиқ — инсоннинг ўзини назорат қилиши, ирода кучи, вақтни ҳис қилиши ва "бўлди, телефонни летага қўйиб ишга қайтишим керак" деган рационал қарорларни қабул қилиши учун жавобгар зонадир. Aлгоритм бу зонани гўёки "гипноз" қилиб, вақтинча блоклаб қўяди. Маълум бўлишича, қисқа видеолар томоша қилинаётганда мия чуқур таҳлил режимини ўчириб, Default Mode Network (DMN) режимига ўтади. Бу режим одам хаёл сураётганда ёки транс ҳолатига тушганда фаоллашади. Яъни, одам видео кўраётганда ташқи оламдан бутунлай узилиб, вақт ўтганини сезмай қолади (шунинг учун 5 дақиқага кирган одам қандай қилиб 1 соат ўтиб кетганини билмай қолади). Хулоса Zhejiang university тадқиқоти қисқа видеоларни шунчаки "вақтни бекорга сарфлаш" емас, балки мия архитектурасини чалғитувчи ва иродани жисмоний даражада синдирувчи нейробиологик қурол еканлигини исботлади. Aлгоритм мияни осон ва меҳнат талаб қилмайдиган дофаминга тўйинтириш орқали уни қарамлик ҳолатига келтиради, бу еса ўз навбатида инсоннинг ҳаётдаги қийин, узоқ муддатли ва ҳақиқий ирода талаб қиладиган ишларни бажариш қобилиятини (мотивациясини) пасайтириб юборади.

Quyidagilar ish beruvchilar sifatida ish yuritishi mumkin:
⏩ Mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, tashkilotlar ⏩ Tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari yoki boshqa alohida tarkibiy boʻlinmalari ⏩ Jismoniy shaxslar
Jismoniy shaxslar quyidagi hollarda iah beruvchilar boʻlishi mumkin:
1. Agar ular yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa 2. Agar ular oʻziga xizmat koʻrsatilishi va uy-joy xoʻjaligini yuritishda yordamlashish maqsadida uy xizmatchilarini yollashni amalga oshirsa 3. Agar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ularning kasbiy faoliyatini oʻtkazilishi va litsenziyalashi lozim boʻlsa hamda ular mazkur faoliyatni amalga oshirish maqsadida xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarga kirishgan boʻlsa

14 yoshdan boshlab javobgarlikka sabab bo‘ladigan jinoyatlar: 1. Qasddan odam o‘ldirish. 2. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish. 3. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish. 4. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish. 5. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish. 6. Nomusga tegish. 7. Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish. 8. Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikning ayrim turlari. 9. Odam o‘g‘irlash. 10. Bosqinchilik. 11. Tovlamachilik. 12. Talonchilik. 13. O‘g‘rilik. 14. Aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda mulkni qasddan nobud qilish yoki unga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazish. 15. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijro etish muassasalari ishini izdan chiqaruvchi harakatlar. 16. Qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish. 17. O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish vositalarini qonunga xilof ravishda egallash. 18. Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash. 19. Temiryo‘l, dengiz, daryo, havo transporti vositalari yoki aloqa yo‘llarini yaroqsiz holatga keltirish. 20. Transport vositasini olib qochish. 21. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash. 22. Aybni og‘irlashtiruvchi holatlarda bezorilik. https://t.me/General_Huquq

Bu yilgi imtihonlar kechroq boshlanishi haqida mish-mishlar mavjud...

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yordamchilari, boshqarmalar va boʻlimlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar boʻyicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchilar, katta tergovchilar hamda tergovchilar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi Boshqarmalar va boʻlimlar boshliqlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi ASOS:16-MODDA Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga boʻysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar. Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻlishi mumkin Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish oʻrganuvchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish oʻrganuvchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. ASOS: 17-MODDA Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuziladi. Departamentga maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Departament boshligʻi rahbarlik qiladi. Departament boshligʻining oʻrinbosarlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Departamentning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari boshliqlari Departament boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. ASOS: 18-MODDA

Adminlar bunaqa qo'y bo'lmaydida odam! Meni berib borayotgan bazam orqali "kim"dirlar ma'lumot yasab tashlayapti. Ertaga "ehtimoliy" deb, mana men nima degandim deydi... Ustozni o'rnini boy beryapsiz. Nonko'rlar egallayapti o'rningizni😊

19-modda. Prokuratura organlarining hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (rais), uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Maʼmuriy yoki intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan koʻrib chiqilishi shart. Uni koʻrib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi. 38-modda. Protest Qonunga zid boʻlgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay koʻrib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni koʻrib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilinadi. 51-modda Prokuratura organlari xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida; Prokuratura organlari xodimiga u oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yoʻqotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida

18¹-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi. Byuro direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi. Byuro direktorining oʻrinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladiQoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasida, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda prokuror, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari va prokuratura organlarining boshqa xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning tarkibi tegishli prokurorning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi

O'ziyam qo'shnim Rajabboyni kuchugidan boshqa hamma huquqdan quiz test tuzyaptimi deyman😆

Navbat 2.5 bandga. Ertadan barcha ma'lumotlar, o'qish va o'rganish yuqoridagi fayl asosida bo'lsin!
Navbat 2.5 bandga. Ertadan barcha ma'lumotlar, o'qish va o'rganish yuqoridagi fayl asosida bo'lsin!

Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlislari quyidagi hollarda oʻtkaziladi: ⏩ Prezident qasamyod qilganda. ⏩ Chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda. ⏩ Prezident mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda. ⏩ Palatalarning kelishuviga binoan. Oliy Majlisning Qonunchikik palatasi va Senati majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida quyidagilar qatnashishlari mumkin: 1. Prezident 2. Bosh vazir 3. Vazirlar Mahkamasi a'zolari 4. Konstitutsiyaviy, Oliy Sud Sudyalar oliy kengashi raislari 5. Bosh Prokuror 6. Markaziy Bank boshqaruvining raisi ASOS: KONSTITUTSIYA 96-MODDA

#muhim O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi va Senati  Prezident  Konstitutsiyaviy Sud bilan kelishilgan holda tarqatilgan taqdirda, yangi saylov jarayoni UCH OY mobaynida oʻtkaziladi! Qonunchilik Palatasi oʻzini oʻzi tarqatib yuborgan holatlarda esa, bu jarayon IKKI OY ichida amalga oshiriladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatish boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda esa, yangi tarkib BIR OY shakllantiriladi. Ma'lumotlar sifatiga diqqat qiling! https://t.me/General_Huquq kuchlilar tanlovi!

#Sudlar toʻgʻrisidagi qonun ‼️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi raislaridan iborat tarkibda ish yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida: 1️⃣ Konstitutsiyaviy sud raisi; 2️⃣ Sudyalar oliy kengashi raisi; 3️⃣ Bosh prokuror; 4️⃣ Adliya vaziri; 5️⃣ Advokatlar palatasi; 6️⃣ Sudyalar; 7️⃣ Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman); 8️⃣ Oʻzbekiston Respublikasi bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani); 9️⃣ Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil; 🔟 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin. Manba: Sudlar toʻgʻrisidagi qonun 20-modda. (29.07.2021/ 100 modda)

⚖️Siyosiy partiya tuzish bosqichlari ⚖️ 1️⃣bosqich Kamida yigirma ming fuqaroning imzosi to‘planishi (kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan shaxslar tomonidan); 2️⃣bosqich Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari (kamida ellik kishidan iborat) tomonidan partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish, ta’sis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzish; 3️⃣bosqich Tashkiliy qo‘mita tomonidan Adliya vazirligiga qo‘mita haqidagi ma’lumotlarni berish; 4️⃣bosqich Ta’sis syezdi yoki konferensiyada partiyaning tashkil topishi; 5️⃣bosqich Partiyaning ustavi va dasturini qabul qilish, saylab qo‘yiladigan organlarini tuzish; 6️⃣bosqich Siyosiy partiyaning Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinishi. https://t.me/General_Huquq

‼️ Bilib oling: JINOYATNI ISTISNO QILADIGAN HOLATLAR: 1️⃣ Zaruriy mudofaa; 2️⃣ Oxirgi zarurat; 3️⃣ Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chogʻida zarar yetkazish; 4️⃣ Buyruq yoki boshqacha tarzda vazifani bajarish; 5️⃣ Kasb va xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq asosli tavakkalchilik; 6️⃣ Jismoniy yoki ruhiy majburlash yohud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish. ❗Jazoni yengillashtiruvchi holatlar: 1️⃣ Aybni tan olib chin koʻngildan pushaymon boʻlish; 2️⃣ Yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish; 3️⃣ Ogʻir oilaviy sharoit natijasida jinoyat sodir etish; 4️⃣ Majburlash yoki moddiy tomondan xizmat jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish; 5️⃣ Jabrlanuvchining zoʻrlik, haqorat yoki boshqacha gʻayriqonuniy harakatlar tufayli ruhiy hayajonlanish natijasida jinoyat sodir etish; 6️⃣ Zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat chegaralaridan chiqish natijasida; 7️⃣ Voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; 8️⃣ Homilador ayolning jinoyat sodir etishi; 9️⃣ Jabrlanuvchining gʻayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori taʼsiri ostida jinoyat sodir etishi ⁉️ Farqlab oling: RUHIY MAJBURLASH natijasida sodir etilgan boʻlsa istisno etuvchi holat boʻladi RUHIY HAYAJON natijasida sodir etilgan boʻlsa yengillashtiruvchi holat boʻladi. ( Asos JK 35-55-moddalar )