es
Feedback
WikiMarafon

WikiMarafon

Ir al canal en Telegram

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirishga qaratilgan "WikiMarafon" loyihasining rasmiy Telegram-kanali Rasmiy bot: @WikiMarafon_aloqa_bot

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram WikiMarafon

El canal WikiMarafon (@wikimarafon) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 34 303 suscriptores, ocupando la posición 5 479 en la categoría Educación y el puesto 2 324 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 34 303 suscriptores.

Según los últimos datos del 12 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -5 730, y en las últimas 24 horas de -213, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.19%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 13.24% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 8 706 visualizaciones. En el primer día suele acumular 4 578 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 67.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirishga qaratilgan "WikiMarafon" loyihasining rasmiy Telegram-kanali Rasmiy bot: @WikiMarafon_aloqa_bot

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 13 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

34 303
Suscriptores
-21324 horas
-2 3867 días
-5 73030 días
Archivo de publicaciones
"Oltin sher"ni oʻgʻirlagan kelin 🙏 Venetsiya kinofestivalining "Oltin sher" mukofoti ilk bor 1949-yilda topshirilgan. U kino
"Oltin sher"ni oʻgʻirlagan kelin 🙏 Venetsiya kinofestivalining "Oltin sher" mukofoti ilk bor 1949-yilda topshirilgan. U kino sanoatining eng nufuzli sovrinlaridan biri boʻlsa-da, 1969–1979-yillarda oʻz egasini topmagan. ✅ Bunga asosiy sabab sifatida esa 1968-yilda boshlangan ommaviy noroziliklar, festival boshqaruviga qarshi eʼtirozlar hamda siyosiy beqarorlik koʻrsatiladi. 👑 Tanaffusdan soʻng, direktor Karlo Lizzani boshchiligida festivalning xalqaro nufuzi tiklangan. Shundan keyin 1980-yilda "Oltin sher" Atlantic City va Gloria filmlariga topshirilgan. #BilganYaxshi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Tavallud ayyomingiz muborak! 🇺🇿 Hurmatli Alisher Zafar oʻgʻli Sa’dullaev, tugʻilgan kuningiz muborak. Masʼuliyatli faoliyat
Tavallud ayyomingiz muborak! 🇺🇿 Hurmatli Alisher Zafar oʻgʻli Sa’dullaev, tugʻilgan kuningiz muborak. Masʼuliyatli faoliyatingizda kuch-gʻayrat va dadilik hamisha hamrohingiz boʻlsin. 😇 "WikiMarafon" jamoasi sizga mustahkam sogʻlik, oilangizga tinchlik va totuvlik tilaydi. Yoshlar manfaatiga qaratilgan islohotlaringiz samarasi yanada ortsin! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

✍️ Sardor Oʻktamovich Umrzoqov — Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayi
✍️ Sardor Oʻktamovich Umrzoqov — Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi; ✍️ Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova — Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi; ✍️ Muzaffar Murotovich Kamilov — Prezidentning diniy-ma'rifiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Eng soʻnggi yangiliklarni oʻzbekcha Vikipediyada oʻqib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

✍️ Sardor Oʻktamovich Umrzoqov — Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayi
✍️ Sardor Oʻktamovich Umrzoqov — Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi; ✍️ Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova — Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi; ✍️ Muzaffar Murotovich Kamilov — Prezidentning diniy-ma'rifiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Eng soʻnggi yangiliklarni oʻzbekcha Vikipediya oʻqib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

"Koʻp kitob oʻqidim yoshlik kezimda..." 😇 Shoir, yozuvchi, "Jadid" gazetasining bosh muharriri Iqbol Mirzo "WikiMarafon" loy
+8
"Koʻp kitob oʻqidim yoshlik kezimda..." 😇  Shoir, yozuvchi, "Jadid" gazetasining bosh muharriri Iqbol Mirzo "WikiMarafon" loyihasining mushtariylariga muhim boʻlgan kitoblarni sanab oʻtdi. 😊 Mazkur kitoblarning aksariyati "Mutolaa" ilovasida audio va elektron formatlarda mavjud. Ular bilan albatta tanishib chiqing. Zavqli mutolaa hamrohingiz boʻlsin! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

🤔 Muhim yangilik: "WikiSfera II" oromgohi 24–29-avgust kunlari Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida boʻlib oʻtadi. 💻 Or
🤔 Muhim yangilik: "WikiSfera II" oromgohi 24–29-avgust kunlari Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar oromgohida boʻlib oʻtadi. 💻 Oromgoh boshlanguncha saralangan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan darslar va turli tadbirlar tashkil etiladi. 🚗 Davlat imtihonlarida ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga esa omad tilaymiz! #yangi_sahifa Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Trendga emas, modaga ergashing! ❤️ Trend bugun bor, ertaga yo‘q. Moda esa uzoq yashaydi, bir muddat chekinadi, keyin yana ko‘
Trendga emas, modaga ergashing! ❤️ Trend bugun bor, ertaga yo‘q. Moda esa uzoq yashaydi, bir muddat chekinadi, keyin yana ko‘rinish beradi. Xuddi dengiz oqimi kabi. ELLE jurnali modaning davriyligini aynan shunday tasvirlagan edi. 👠 Ba’zan biz yangi deb qabul qilgan narsalarni tarix allaqachon ko‘rgan bo‘ladi. Buning uchun uzoqqa borish shart emas: bir necha yil oldin ommalashgan, "chips" ayollar shippaklarini eslaysizmi? 🥿 Gap shundaki, jipsin deb ataladigan, ko‘rinishidan unga o‘xshash oyoq kiyim Koreyada ming yillar avval ham kiyilgan. Faqat zamonaviy "chips"lardan farqli ravishda, jipsinlar somondan to‘qilgan. 🧷 Albatta, zamonaviy "chips"lar bilan qadimgi jipsinlar o‘rtasida bevosita tarixiy bog‘liqlik borligi tasdiqlanmagan. Ammo nomi va ko‘rinishidagi o‘xshashlikning o‘zi moda tarixi uchun qiziq jarayon emasmi?.. #BuBoshqaGap Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Oʻzbekcha SO‘Zlashamiz! 😇 Oʻzlashma soʻzlarning oʻzbekcha muqobillari koʻpayayotgani tahsinga sazovor. Endi ularni kundalik
+8
Oʻzbekcha SO‘Zlashamiz! 😇 Oʻzlashma soʻzlarning oʻzbekcha muqobillari koʻpayayotgani tahsinga sazovor. Endi ularni kundalik muloqotda qoʻllash — bizga havola. Hisbelgilar qoldirish yodingizdan chiqmasin! #QayerdanChiqdi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

7 ta Oscar bor edi, 6 ta qoldi: 1 tasi qani? 🏆Oscar – 1929-yildan buyon dunyodagi nufuzli kinomatografiya mukofoti boʻlib, u
7 ta Oscar bor edi, 6 ta qoldi: 1 tasi qani? 🏆Oscar – 1929-yildan buyon dunyodagi nufuzli kinomatografiya mukofoti boʻlib, uning gʻoliblari akademiya maxsus aʼzolarining ovoz berishi bilan aniqlanadi. 🏆Balandligi taxminan 34,3 sm, vazni esa 3,8 kilogramni tashkil etadigan mukofot haykalchasi toʻliq oltindan emas, ustiga tilla qoplangan bronzadan yasaladi. 🙃Mukofot shu qadar qimmatbaho boʻlishiga qaramasdan, uning narxi 1 dollarga baholangan. 1950-yillarda haykalchaning qora bozorga chiqib ketgani bunga sabab boʻlgan. 💍 Kino tarixida "Uzuklar hukmdori" jami 30 ta Oscar nominatsiyasini qoʻlga kiritib, filmlar orasida rekord oʻrnatgan. Ularning 17 tasi esa gʻoliblik bilan yakunlangan. Xoʻsh, sizningcha oʻzbek filmlaridan qay biri bu mukofotga loyiq? #BilganYaxshi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube |

Repost from Alisher Sadullaev
Yoshlar ishlari agentligining qaysi loyihasi sizga ko’proq yoqadi?

Zoonoz haqida eshitganmisiz? 💉 Zoonozlar hayvonlardan odamlarga yuqadigan yuqumli kasalliklar hisoblanadi. 1885-yil 6-iyulda
Zoonoz haqida eshitganmisiz? 💉 Zoonozlar hayvonlardan odamlarga yuqadigan yuqumli kasalliklar hisoblanadi. 1885-yil 6-iyulda fransuz olimi Lui Paster quturish kasalligiga qarshi ilk muvaffaqiyatli vaksinani qoʻlladi. 🦠 Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, odamlardagi barcha yuqumli kasalliklarning taxminan 60 foizini, yangi paydo boʻlayotgan infeksiyalarning 75 foizini zoonozlar tashkil qiladi. 🦠 Ularga quturish, COVID-19, brutsellyoz, parranda grippi, ebola, vabo, Laym kasalligi va kuydirgi kiradi. Bu turdagi kasalliklar oldini olishda emlash, gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. #kun_tarixi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Hamkorlikdan tugʻilgan muvaffaqiyat 👥 Kooperativ — bu bir guruh insonlarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini birgalikda
Hamkorlikdan tugʻilgan muvaffaqiyat 👥 Kooperativ — bu bir guruh insonlarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini birgalikda roʻyobga chiqarish uchun tuzilgan ixtiyoriy uyushma. 👤 Ushbu sana 1923-yildan buyon nishonlanadi. Bugun dunyoda 3 milliondan ortiq kooperativ 1 milliarddan ziyod aʼzoni birlashtiradi. 🔃 Kooperativlar millionlab ish oʻrinlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshib kelmoqda. #kun_tarixi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Plastik paketlarsiz hayot 🛍 Kunlik hayotimizda deyarli uch-toʻrtta plastik paketdan foydalanamiz. Afsuski, bitta plastik pak
Plastik paketlarsiz hayot 🛍 Kunlik hayotimizda deyarli uch-toʻrtta plastik paketdan foydalanamiz. Afsuski, bitta plastik paket tabiatda yuzlab yillar davomida saqlanib qoladi. 🔺 Shu vaqt ichida u toʻliq yoʻqolmaydi. Aksincha, mikroplastiklarga parchalanib, yana oʻzimizga qaytadi. Shu sababli, plastik oʻrniga muqobil variantlarni ishlatish muhim. 🌊 Maʼlumotlarga koʻra, agar hozirgi tendensiya davom etsa, 2050-yilga borib jahon okeanida ogʻirligi boʻyicha baliqlardan koʻra koʻproq plastik boʻlishi mumkin. Plastik paketlardan foydalanishni kamaytirishni bugundan boshlash uchun ayni muddao! #kun_tarixi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Dunyoga kelgan kuningiz muborak! 🇺🇿 2-iyul Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxon
Dunyoga kelgan kuningiz muborak! 🇺🇿 2-iyul Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonovaning tavallud ayyom kunlari. 🎉 Siz bizning jamoamiz uchun qadrli inson va ulkan maqsadlar sari ilhom bag‘ishlaydigan yo‘lboshchisiz. Hamisha omon bo‘ling. 🎁 Har bir kuningiz yuksak marralar, ezgu gʻoyalar va minglab yoshlar hayotiga daxldor ijobiy oʻzgarishlarga boy boʻlsin. Hurmat bilan, "WikiMarafon" jamoasi! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Koinotning hanuz ochilmagan siri ✨ Osmonda turli xil jismlar harakatlanadi. Ba’zilarining kelib chiqishi va tabiati aniqlanma
Koinotning hanuz ochilmagan siriOsmonda turli xil jismlar harakatlanadi. Ba’zilarining kelib chiqishi va tabiati aniqlanmagani uchun nomaʼlum uchuvchi obyektlar deb ataladi. 🛸 1947-yil 2-iyul atrofida Roswell yaqinida nomaʼlum jism qulagani haqida xabarlar tarqalgan. Dastlab, AQSh harbiylari "uchuvchi disk" topilganini maʼlum qilgan. 💥 Biroq keyinchalik bu jism ob-havo shari ekani eʼlon qilingan. Shunga qaramay, mazkur voqea hanuzgacha eng mashhur UFO hodisalaridan biri hisoblanadi. ☄️ Bugungi kunda ham dunyo boʻylab har yili minglab shunga oʻxshash kuzatuvlar qayd etilib, ularning aksariyati dron, meteor yoki atmosfera hodisalari bilan izohlanadi. #kun_tarixi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Bayram bayramdek boʻlsin! ⚡️ Vanihoyat! WikiSfera II oromgohi uchun o‘tkazilgan suhbat bosqichi yakuniga ko‘ra, yuzdan ortiq
+3
Bayram bayramdek boʻlsin! ⚡️ Vanihoyat! WikiSfera II oromgohi uchun o‘tkazilgan suhbat bosqichi yakuniga ko‘ra, yuzdan ortiq ishtirokchi saralab olindi. ⚡️ Bu safar ismingizni roʻyxatdan topa olmasangiz, aslo tushkunlikka tushmang. Hali oldinda yana oromgoh dasturlari rejalashtirilgan. Barchangizni chin dildan tabriklaymiz! #yangi_sahifa Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

30-iyun — Yoshlar kuni! ⚡️ Salohiyatli yoshlarimiz juda ko‘p. Vazir va hokimlar yoshlarga ishonch bildirib, mas’uliyatli lavo
+5
30-iyun — Yoshlar kuni! ⚡️ Salohiyatli yoshlarimiz juda ko‘p. Vazir va hokimlar yoshlarga ishonch bildirib, mas’uliyatli lavozimga qo‘yishdan cho‘chimasligi kerak. ⚡️ Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda. ⚡️ Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim, kasb va texnologiya! ⚡️ Biz yoshlarimiz qalbida milliy ruhni shakllantirish, Vatanga muhabbat, el-yurtga hurmat hissini singdirish to‘g‘risida ko‘p gapiryapmiz. Bu juda dolzarb masala. ✍ Shavkat Mirziyoyev Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Oʻzbekiston yoshlari, bayramingiz muborak! ⚡️ Siz — bugunning ishonchi, ertaning bunyodkorisiz. Yurtimizning har bir yutugʻi
Oʻzbekiston yoshlari, bayramingiz muborak! ⚡️ Siz — bugunning ishonchi, ertaning bunyodkorisiz. Yurtimizning har bir yutugʻi ortida bilimga chanqoq, tashabbuskor va fidoyi yoshlarning mehnati mujassam. 🤝 Hech qachon orzularingizdan voz kechmang, oʻrganishda va yangi marralarni zabt etishda davom eting. Kelajakka ishonch bilan odimlang! Zero, Yangi Oʻzbekistonning ertasi siz bilan yanada porloq! #kun_tarixi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Biz buni uddaladik! 😇 "WikiMarafon" loyihasi doirasida jamoamiz 14 hududda yoshlar bilan uchrashdi. Bu vaqt davomida koʻplab
+1
Biz buni uddaladik! 😇 "WikiMarafon" loyihasi doirasida jamoamiz 14 hududda yoshlar bilan uchrashdi. Bu vaqt davomida koʻplab esdalik sovgʻalari, promokodlar va oromgoh uchun 16 ta yoʻllanmani topshirdik. 🏕 Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan yakuniy tadbirda esa Shohrux Joʻrayev va Zahro Buvaxonovalarga oromgohga yoʻllanma nasib qildi. Shu tariqa, ular ham yakuniy roʻyxatdan oʻz oʻrinlarini egalladi. 😍 Bir oylik safarimizda bizni qoʻllab-quvvatlagan, har bir hududda yelkadosh boʻlgan koʻngilillar va faol yoshlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ona tilimiz ravnaqi yoʻlidagi hissangiz uchun tashakkur! #tilimiz_uchun Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

Poytaxt bizni kutyapti: 🇺🇿 Oʻzbekistonning 13 hududida yoshlar bilan nafaqat uchrashdik, balki fikr almashdik, yangi gʻoyal
Poytaxt bizni kutyapti: 🇺🇿 Oʻzbekistonning 13 hududida yoshlar bilan nafaqat uchrashdik, balki fikr almashdik, yangi gʻoyalar ustida bahs yuritdik. Safarimizning soʻnggi manzili — poytaxt! 📣 28-iyun kuni soat 16:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida siz bilan uchrashishga shaymiz. Katta harakat karvoni yakunlashiga oz fursat qoldi. Shunday ekan, ertaga koʻtarinki kayfiyat va shijoatingiz bilan bizga qoʻshiling! #tilimiz_uchun Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X