es
Feedback
Cyber University

Cyber University

Ir al canal en Telegram

"Cyber University" davlat universitetining rasmiy Telegram sahifasi. Veb-sayt: csu.uz Instagram: instagram.com/csu.uz Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61577521082631 LinkedIn: www.linkedin.com/company/csu_uz/ Murojaatlar uchun: 558885555

Mostrar más
4 666
Suscriptores
+1724 horas
+1577 días
+32030 días
Archivo de publicaciones
🎓 Universitet tanlashda adashmang! 🫥Toʻgʻri tanlov — kelajakdagi muvaffaqiyatingizning poydevori. 📝Universitet tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak? Qaysi mezonlar eng muhim? 🫥Video yoʻriqnomamizda bu savollarga qisqa va aniq javob beramiz. 📷Videoni tomosha qiling! 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#CyberHygiene 🌍 Masofa uzoq bo‘lsa ham, kiberxavfsizlik doimo dolzarb! “Cyber University” talabasi Kamalov Akramjon tomonida
+2
#CyberHygiene 🌍 Masofa uzoq bo‘lsa ham, kiberxavfsizlik doimo dolzarb! “Cyber University” talabasi Kamalov Akramjon tomonidan Namangan viloyati Davlatobod tumani hokimligida kibergigiyena bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda mahalla yoshlar yetakchilari oflayn, chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz esa onlayn formatda ishtirok etdi. Jami 40 nafar ishtirokchi firibgarlik xabarlarini aniqlash, xavfsiz pul o‘tkazmalari hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldi. 📌 Seminar yakunida ishtirokchilarga olingan bilimlarni mahalla va oila a’zolari o‘rtasida keng targ‘ib etish tavsiya qilindi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#Cyber_media 🎬 Brendingizni professional darajaga olib chiqing! Cyber University Multimedia Markazi endi nafaqat universitet
#Cyber_media 🎬 Brendingizni professional darajaga olib chiqing! Cyber University Multimedia Markazi endi nafaqat universitet loyihalari, balki tashqi tashkilotlar va bizneslar uchun ham zamonaviy multimedia xizmatlarini taqdim etadi. 📞 Bog’lanish: +998 (91) 926-39-69 📲 Telegram: @multimedia_center Cyber University Multimedia Markazi — g’oyalaringizni professional natijaga aylantiramiz! 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#PrezidentTashrifi 🚨 Elektr tarmog’iga hujum. Himoya — 3 soniyada! ⚡️ Elektr tarmog'i atigi 3 soniyada ishdan chiqishi mumkin... Uni saqlab qolish uchun ham 3 soniya kifoya! Cyber University talabalari elektr energetikasi obyektlariga uyushtirilishi mumkin bo'lgan kiberhujumni amaliy tarzda modellashtirdi. Ssenariy davomida ular tahdidni aniqlab, tizimni atigi 3 soniya ichida himoya qilishga muvaffaq bo'lishdi. 🎯 Bu shunchaki dars emas — real hayotda uchrashi mumkin bo'lgan vaziyatlarning amaliy mashg'uloti. Chunki ertangi kunning kiberxavfsizlik mutaxassislari auditoriyada emas, amaliyotda shakllanadi. 🔐 Cyber University — kelajak tahdidlariga bugundan tayyorlaydi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

Nurafshon — orzular ushalgan shaharga aylandi — Olimjon Tursunboyev, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati
🇺🇿 Prezidentimizning Nurafshon shahriga tashrifi hamda hududda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini keng jamoatchilik qanday kutib olmoqda?
🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#Qabul2026 🎓 1-kursdan haqiqiy tajriba! Ko‘plab universitetlarda amaliyot 3–4-kursdan boshlanadi. Cyber University’da esa talabalar ilk kundanoq nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, real loyihalar ustida ishlashni boshlaydi. Kelajak mutaxassisi bugundan tayyorlanadi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imk
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million.
Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin:
🔹
Inkubatsiya
(Idea va MVP)
🔹
Akseleratsiya
(Pre-seed va Seed )
🔹
Best Startup Project
(Seed va Series A)
Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q.
📌
Arizalar qabuli:
Inkubatsiya dasturi -
10 Avgust
Akseleratsiya dasturi -
10 Avgust
Best Startup Project -
31 Avgust
Arizangizni hoziroq awards.gov.uz orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startupbaseuz 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

Uzbekistan’s Economic Rise: reforms are paying off Thanks to the visionary leadership and political will to transform the country by H.E. President Shavkat Mirziyoyev, Uzbekistan has surpassed 19 economies since 2018, which can be shown as a vivid example of how fast Uzbekistan is developing. This progress has been driven by a consistent reform agenda: opening the economy, improving the investment climate, strengthening the private sector, and laying the foundations for long-term, sustainable growth through the development of Human Capital. An important part of this growth has been our commitment to digital transformation and the rapid development of Uzbekistan’s IT sector as a strategic driver of innovation, productivity, and economic diversification. Our journey is far from over. But these results demonstrate that consistent, long-term reforms deliver tangible outcomes. As Uzbekistan continues its transformation, our economic and digital ambitions will remain closely connected, creating new opportunities for businesses, investors, and citizens alike. Be the part of this process: outsource.gov.uz startapbase.uz PS. All the data used in the graph is from the World Bank. #Uzbekistan #DigitalUzbekistan #EconomicGrowth #WorldBank #Reforms #Mustaqillik35 #Uzb35 #Independence35 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#telenigoh Nurafshon qanday O‘zbekistonning birinchi "Smart City"siga aylandi? Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalining "Tahlilnoma" dasturida batafsil so‘z yuritildi. Dasturda Nurafshonning qisqa fursatda zamonaviy ma’muriy markaz sifatida shakllanishi, "Smart City" konsepsiyasi asosida barpo etilgan infratuzilma, raqamli boshqaruv tizimlari hamda shaharsozlikdagi innovatsion yechimlar tahlil qilinadi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#tanlov2026 🎙"Nega aynan Cyber University?" Bu savolga javobni biz emas, talabalarimizning o‘zi bermoqda. Ularning tanlovi, ilk taassurotlari va Cyber University haqidagi samimiy fikrlari bilan ushbu intervyuda tanishing. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalarig
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑‍💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 👨‍💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 😎 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#PrezidentEtrofi #OltingaTengMutaxassislar “Bu yerda oltinga teng mutaxassislar tayyorlanmoqda” Muhtaram Prezidentimizning Cyber Universityga tashrifi universitetimiz jamoasi uchun tarixiy voqea va yuksak e’tirof bo’ldi. Davlatimiz rahbarining “Bu yerda oltinga teng mutaxassislar tayyorlanmoqda” degan ta’riflari universitetimiz faoliyatiga berilgan yuksak ishonch ifodasidir. Bu e’tirof professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ayniqsa talabalar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Endilikda har bir talaba ushbu ishonchga munosib bo‘lish, Vatanimizning raqamli xavfsizligini ta’minlaydigan, zamonaviy bilim va yuksak salohiyatga ega mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida yanada qat’iyat bilan izlanishi zarur. Prezidentimizning bu yuksak bahosi Cyber University jamoasini yangi marralar sari ruhlantiradi va har birimizni "Oltinga Teng Mutaxassis”larni tayyorlashdek sharafli vazifani sidqidildan ado etishga undaydi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

🏗️ Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga ham start berildi Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida axborot xavfsizligi va raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan “Cyber University” davlat universiteti faoliyati bilan tanishdi. Ayrim ma’lumotlar: 🔹 “Cyber University” davlat universiteti Prezidentning 2025-yil 20-yanvardagi qaroriga muvofiq, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida tashkil etilgan; 🔹 Universitetda axborot va kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt va robototexnika, kiberhuquq, raqamli kriminalistika hamda kiberiqtisodiyot sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanmoqda; 🔹 Bugungi kunda oliygohda 2 ta fakultet va 4 ta kafedra faoliyat yuritib, 8 ta bakalavriat hamda 2 ta magistratura yoʻnalishida qariyb 1 ming nafar talaba tahsil olmoqda; 🔹 Universitetda 1 ming 585 oʻrinli oʻquv binosi, 805 oʻrinli talabalar turar joyi, zamonaviy sport majmualari, oshxona va axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Kelajak texnologiyalari markazi haqida: 🔸 Umumiy maydoni 36 gektar boʻlgan markaz qurilishiga qariyb 500 million dollar investitsiya jalb qilinadi; 🔸 Markazda kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, bulutli texnologiyalar va kriptografiya yoʻnalishlarida 6 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi. Shuningdek, sunʼiy intellekt data-markazi va muhandislik klasteri, himoyalangan kompyuter hamda maʼlumot uzatish qurilmalari, yuqori texnologik tokenlar ishlab chiqarish markazi barpo etiladi. Dron qurilmalari va robototexnika vositalarini sinovdan oʻtkazish uchun maxsus poligon faoliyati yoʻlga qoʻyiladi; 🔸 Loyihalarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 5 megavattli energetika quvvatlari barpo etiladi; 🆕 Marosimda 🇨🇳Xitoy, 🇷🇺Rossiya va 🇩🇪Germaniya kompaniyalari ishtirokida amalga oshiriladigan, umumiy qiymati 465 million dollar boʻlgan 9 ta yangi loyiha qurilishiga ham start berildi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

## 🌍 Dunyodagi sanoqli universitetlardan biri atrofida kelajak bunyod etilmoqda! Bu shunchaki yangi bino yoki navbatdagi qurilish loyihasi emas. Bu — Cyber University atrofida ilm-fan, innovatsiyalar, sun'iy intellekt, kiberxavfsizlik va startaplar birlashadigan yangi ekotizimning yaratilishidir.
O'z yo'nalishi bo'yicha dunyodagi sanoqli universitetlar qatoridan o'rin olgan Cyber University endi 36 gektar maydonda barpo etiladigan Kelajak texnologiyalari markazi bilan yanada yirik innovatsion markazga aylanmoqda.
Bu maskanda nafaqat bilim beriladi, balki yangi g'oyalar yaratiladi, zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqiladi va kelajak mutaxassislari yetishib chiqadi. Bugun qo'yilgan tamal toshi — ertangi raqamli O'zbekistonning mustahkam poydevoridir. Kelajakni kutmaymiz. Uni bugundan bunyod etamiz. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#bunyodkotlik Nurafshon shahridagi “Cyber University” davlat universiteti atrofida butun mamlakat uchun namuna bo‘ladigan yaxlit innovatsion klaster shakllantiriladi. Shu maqsadda maydoni 36 gektar bo‘lgan Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#Qabul2026 ❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlas
#Qabul2026
❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash!
Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#Axborot24 | 22.07.2026 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi tafsilotlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Cyber University faoliyati bilan tanishdi, talabalar bilan samimiy muloqot qildi hamda Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga tantanali start berdi. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#BizningPrezident Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

#telenigoh Bugun Toshkent viloyatining yosh avlodidan tortib hayot tajribasiga ega bo‘lgan nuroniylargacha viloyatdagi qilinayotgan ishlarni birdek faxr va iftixor bilan e’tirof etmoqda. Qisqa davr ichida Nurafshon shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari nafaqat shaharning arxitekturaviy qiyofasini mutlaqo yangiladi, balki aholining turmush tarzi, ularning hayot sifatida ham tub burilish yasadi. Tafsilotlar O‘zbekiston 24 telelavhasida. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin

✅✅✅✅ Barcha sa'y-harakatlarimiz bir maqsadga — Nurafshon shahrini Toshkent viloyatining taraqqiyot drayveriga, viloyat aholisining faxri va iftixoriga aylantirishga qaratilgan — Shavkat Mirziyoyev. 🌐Website 🚀Telegram 📷Instagram 🔵Facebook 🎬Youtube 🎰Linkedin