es
Feedback
O‘zbekiston o’quv markazlar forumi

O‘zbekiston o’quv markazlar forumi

Ir al canal en Telegram
698
Suscriptores
Sin datos24 horas
-47 días
-2430 días
Archivo de publicaciones
Mensaje de video00:48

O‘quv markazlari uchun ajoyib yangilik. Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish
O‘quv markazlari uchun ajoyib yangilik. Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi. Yangi farmonga ko‘ra, 1 martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beriladi hamda 4 yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi. Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi, buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi. @oquvmarkazlarforumi

Mensaje de video00:37

Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi Bu haqda Oliy ta’li
Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda. Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim. 2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan. ❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi. ❓Bu nima degani? Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi. Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi. ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda: https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283 @oquvmarkazlarforumi

https://mutolaa.com/book/bir-varaqli-marketing Siz o‘quv markazingizda sifatli darslar tashkil etishga qiyinchiliklarga uchrayapsizmi? Yoki o‘quvchilaringiz yetarli darajada emasmi? O‘quv markazingizda nazorat tizimi raqamlashtirilmaganmi? Sizga albatta marketing bilimlari kerak. Ushbu kitob orqali, siz marketingni o‘zi nima degan savolga javob topishingiz mumkin. Kitob siz uchun qulay shaklda. Audio va elektron. @oquvmarkazlarforumi

Repost from Alisher Sadullaev
Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi! Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni izohda qoldiring? @alisher_sadullaev

Oʻquv markazi ochish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilinmoqda 1 yanvardan qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitishni
+2
Oʻquv markazi ochish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilinmoqda 1 yanvardan qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitishni yoʻlga qoʻyish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi. Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin boʻlib, buning uchun hech qanday toʻlov talab qilinmaydi. Saytning asosiy sahifasida sohalar keltirilgan. Ular orasidan “Ijtimoiy himoya” boʻlimini tanlab, undan “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun subsidiya” xizmatiga oʻtish kerak. “Xizmatdan foydalanish” tugmasi orqali esa ariza joʻnatiladi. Undan faqat yuridik shaxslar foydalanishi mumkin. Xususiy o‘quv markazlari uchun yangiliklarni ushbu kanalda kuzatib boring 👇  @oquvmarkazlarforumi

Oʻquv markazingizni rivojlantirish va sifatli taʼlim berish orqali sizning ham oʻquvchingiz Harvardga 💯 lik grant asosida oʻqishga kirishi mumkin ekanligi haqida bilasizmi? "Ibrat farzandlari" jamoasi aʼzosi, "Ibrat debate" menejeri Azizbek Zaylobiddinov, Cambridge oʻquv markazida oʻzining xorijiy til bilimlarini oʻzlashtirib, "Ibrat farzandlari" jamoasida oʻzining bilimlarini mustahkamlab, Yoshlar agentligida faol volontyorlar safida oʻzini koʻrsatib, bugun Oʻzbek yoshlari uchun namunaga aylanmoqda. @oquvmarkazlarforumi

https://mutolaa.com/book/noldan-birga Bu kitob bizni fikrlashga undaydigan va zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishni maʼlum darajada o‘rgatishi mumkin bo‘lgan kitob. Elektron va audio formatda. O‘ylaymiz-ki ushbu kitobni mutolaa qilish orqali o‘quv markazingizni rivojlantirish uchun o‘zingizga yetarli darajada rejalar tuzasiz. @oquvmarkazlarforumi

Barchangizga Yangi yil muborak boʻlsin. -Oʻtgan yilda erishgan natijalardan balandroq va ildamroq boʻling yangi yilda. -Oʻquv
Barchangizga Yangi yil muborak boʻlsin. -Oʻtgan yilda erishgan natijalardan balandroq va ildamroq boʻling yangi yilda. -Oʻquv markazingiz va har qanday loyihangizni rivojlangan darajasini koʻring yangi yilda. -Yoshlar ishlari agentligi sizlarni qoʻllab-quvvatlashga va doimo hamkorlikda loyihalar qilishga tayyor boʻladi yangi yilda. Omad siz tomonda boʻlsin @oquvmarkazlarforumi

https://mutolaa.com/book/yuqumlilik O‘quv markazlari va umumiy tadbirkor bo‘laman degan kanal aʼzolari uchun juda foydali kitob. Mahsulotingizni yoki siz rahbarlik qilib turgan markazni tanitish va uni yaqin kelajakda brendlar qatoriga qo‘shish uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozim? Ushbu kitobdan aynan shu savolga javob topishingiz mumkin. @oquvmarkazlarforumi

https://mutolaa.com/book/samaradorlikning-yigirma-bir-yo-li O‘quv markazingizni rivojlantirish uchun, avvalo o‘zingiz rivojlanishingiz lozim. Mutolaa qilishingiz va rejali bo‘lishingiz muhim. Sizlar uchun, endilikda, rivojlantirish va tadbirkor kabi fikrlashga undaydigan audio elektron kitoblarni tavsiya qilib turamiz. @oquvmarkazlarforumi

Hech qachon ustoz to'lovni o'quvchidan so'ramasin 🛑 O'quv markazlarda ustoz va o'quvchi o'rtasidagi munosabatga pul aralashmasligi zarur. To'lov o'quvchi va o'quv markaz o'rtasidagi masala, buni o'zlari hal qilishi maqsadga muvofiq. To'lov masalasini administratorlarga topshiring yoki alohida xodimga biriktiring. Ana o'shalar o'quvchilar bilan gaplashib muammolarni hal qilsin. ⚖️ Kim grant, imtiyozlar asosida o'qiyapti, kim to'liq to'lov qilmaganini o'qituvchi bilmasa, hammaga birdek dars o'ta oladi, birdek qattiqqo'llik qiloladi, tanbeh beroladi. O'zi ko'plab o'quvchilar ustozidan bilmagan narsasini so'rgani uyaladi, to'lov masalasi esa ular o'rtasiga yanada katta devor qo'yishi mumkin. 💬 Bu esa o'quvchilarni o'rganishiga ta'sir qiladi va natijalari yaxshi bo'lmaydi. O'quv markazingizning o'quvchilari yaxshi natijaga erishishini xohlasangiz, ularning ongida yaxshi taassurot bilan yodda qolishni istasangiz mana shu masalalarni ham inobatga oling. @oquvmarkazlarforumi

"O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi" Ko‘plab o‘quv markazlarini bir nuqtada birlashtirgan va yangi maqsad-g‘oyalarga to‘ldirib yuborgan forum. @oquvmarkazlarforumi

⚡️Mamlakatimizdagi o‘quv markazlari soni qariyb 2 baravarga o‘sgan ⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “O‘z
+2
⚡️Mamlakatimizdagi o‘quv markazlari soni qariyb 2 baravarga o‘sgan ⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev qiziqarli ma’lumotlar ulashdi. Xususan, 2022-yilda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qituvchi markazlar soni 12 840 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga qaratilgan e’tibor natijasida bu ko‘rsatkich ikki yil ichida 1,7 barobarga oshib, 22 297 taga yetdi. Hozirda ushbu markazlarda 353 mingdan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda. 🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar uchun chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida yaratilgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, ularning kasb egallash imkoniyatlari yildan-yilga oshib bormoqda. 💼Birgina Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi orqali bugungi kungacha 755 ta o‘quv markazlari bilan hamkorlik olib borilib, 25 mingdan ortiq yoshlarga ta’lim berildi. Ushbu muassasalarning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz! #Yoshlarforumi2024 @oquvmarkazlarforumi

Xorijiy tillarni va zamonaviy kasblarni o'rgatuvchi o'quv markazlarni yuritishdagi 5 ta farqlar Yuqorida ikki xil o'quv marka
+5
Xorijiy tillarni va zamonaviy kasblarni o'rgatuvchi o'quv markazlarni yuritishdagi 5 ta farqlar Yuqorida ikki xil o'quv markazning ba'zi farqlari bilan bo'lishdik. Albatta, ikkisining ham "plyus va minuslari" bor, shunday ekan tanlov o'zingizdan. Yana qanday mavzularda ma'lumotlar, foydali kontentlar berilishini xohlaysiz? Izohda yozib qoldiring! @oquvmarkazlarforumi - o'quv markazlar hamjamiyati

Ilk marotaba oʻtkazilgan "Oʻzbekiston oʻquv markazlari forumi" dan lavhalar. Xususiy o‘quv markazlari rahbarlari va Alisher S
+9
Ilk marotaba oʻtkazilgan "Oʻzbekiston oʻquv markazlari forumi" dan lavhalar. Xususiy o‘quv markazlari rahbarlari va Alisher Sa'dullayev Davomi bor. @oquvmarkazlarforumi

Xorijiy tillarni va zamonaviy kasblarni o'rgatuvchi o'quv markazlarni yuritishda qanday farqlar bor? Fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz, keyinroq biz ham o'z javoblarimizni aytamiz. @oquvmarkazlarforumi - o'quv markazlar hamjamiyati

Ilk marotaba oʻtkazilgan "Oʻzbekiston oʻquv markazlari forumi" dan lavhalar. Davomi bor. @oquvmarkazlarforumi
+8
Ilk marotaba oʻtkazilgan "Oʻzbekiston oʻquv markazlari forumi" dan lavhalar. Davomi bor. @oquvmarkazlarforumi