es
Feedback
Tarjima va Tanqid

Tarjima va Tanqid

Ir al canal en Telegram

Tarjima va Tanqid - bu ijtimoiy-gumanitar sohaga taalluqli ilmiy matnlar tarjimasiga va ularning kelgusida tanqidiy o‘zlashtirishga bag‘ishlangan jamoaviy va ixtiyoriy tashabbus. Aloqa uchun: tarjimavatanqid@protonmail.com

Mostrar más
Uzbekistán59 096La categoría no está especificada
307
Suscriptores
+224 horas
+177 días
+3830 días

Carga de datos en curso...

Canales Similares
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
julio '26
julio '26
+21
en 4 canales
junio '26
+55
en 4 canales
Get PRO
mayo '26
+4
en 0 canales
Get PRO
abril '26
+2
en 0 canales
Get PRO
marzo '26
+12
en 2 canales
Get PRO
febrero '26
+13
en 1 canales
Get PRO
enero '26
+14
en 1 canales
Get PRO
diciembre '25
+32
en 2 canales
Get PRO
noviembre '25
+12
en 1 canales
Get PRO
octubre '25
+152
en 1 canales
Get PRO
septiembre '250
en 4 canales
Get PRO
agosto '250
en 7 canales
Get PRO
julio '25
+16
en 0 canales
Get PRO
junio '250
en 0 canales
Get PRO
mayo '25
+2
en 0 canales
Get PRO
abril '250
en 0 canales
Get PRO
marzo '25
+1
en 0 canales
Get PRO
febrero '250
en 0 canales
Get PRO
enero '25
+7
en 0 canales
Get PRO
diciembre '240
en 0 canales
Get PRO
noviembre '24
+17
en 0 canales
Get PRO
octubre '240
en 1 canales
Get PRO
septiembre '240
en 0 canales
Get PRO
agosto '24
+29
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
08 julio+2
07 julio0
06 julio+5
05 julio+8
04 julio+1
03 julio+1
02 julio+1
01 julio+3
Publicaciones del Canal
Telegramda audio muhokama: Tommazo Trevisani - “O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘
Telegramda audio muhokama: Tommazo Trevisani - “O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘zgarishi” 🗓 12.07.2026 (yakshanba), 21:00 📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid) Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling! Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekistondagi-zamonaviy-to-ylar-marosimlarning-yuqoridan-va-pastdan-o-zgarishi Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack

2
O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘zgarishi Ushbu tarjima Tommazo Trevisanining O‘z
O‘zbekistondagi zamonaviy to‘ylar: marosimlarning “yuqoridan” va “pastdan” o‘zgarishi  Ushbu tarjima Tommazo Trevisanining O‘zbekistondagi zamonaviy to‘y marosimlari va ularning jamiyatdagi o‘rni haqidagi chuqur tadqiqotini o‘zbek kitobxonlariga yetkazish maqsadida tayyorlandi. Matnda mustaqillik yillarida to‘ylarning nafaqat quvonchli tadbir, balki ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar va siyosiy nazorat to‘qnashadigan murakkab maydonga aylangani atroflicha yoritilgan. Muallif marosimlarning "yuqoridan" — davlatning cheklovchi qarorlari va "pastdan" — bozor iqtisodiyoti hamda mehnat migratsiyasi ta’sirida o‘zgarishini tahlil qiladi. Ayniqsa, an’anaviy mahalla tushunchasining davlat nazoratidagi bo‘g‘inga aylanishi va bu holatning to‘y o‘tkazish tartibiga ta’siri matnning markaziy mavzularidan biridir. Tadqiqotda dabdaba va isrofgarchilikka qarshi kurash shunchaki iqtisodiy tejamkorlik emas, balki avtoritar boshqaruvning jamiyatning eng nozik qatlamlariga kirib borish usuli sifatida talqin etiladi. Farg‘ona vodiysida o‘tkazilgan dala kuzatuvlari orqali oddiy odamlarning or-nomus va "zamonaviy" bo‘lish istagi yo‘lidagi ichki kechinmalari hamda ziddiyatlari mahorat bilan ochib berilgan. To‘ylarning "yosharishi" va undagi jamoaviy ruhning zaiflashib borayotgani haqidagi fikrlar kitobxonni bugungi ijtimoiy o‘zgarishlar haqida jiddiy mushohada yuritishga chorlaydi. Yillik mavzuyimiz — farq uchun bu matn o‘ziga xos empirik keys sifatida qiziq. Unda to‘y shunday nuqta sifatida ko‘rinadiki, bu yerda moddiy farqlar — daromaddagi, resurslarga egalikdagi, mehnat muhojirligi, davlat nazoratiga nisbatan mavqedagi tafovutlar — iqtisodiy bo‘lib qolmaydi, balki boshqa registrga o‘tkazilib, «madaniylik», «zamonaviylik» yoki «oqillik»dagi farq oʻlaroq o‘qila boshlaydi. Trevizani boy va kambag‘al to‘ylar o‘rtasidagi jarlik axloq va did tilida — «zamonaviy» bilan «qoloq», «oqil» bilan «isrofgar» qarshi qo‘yilishi orqali — qanday gapirilishini, bu tarjimada esa davlat ham, bozor ham, jamoaning o‘zi ham ishtirok etishini ko‘rsatadi. Shu tariqa matn kengroq savolni ko‘rib chiqishga imkon beradi: mulkiy tengsizlik qanday qilib ramziy o‘lchovlar kasb etadi va qaysi sharoitlarda u iqtisodiy sifatida idrok etilmay, madaniy yoki axloqiy tartibdagi farq bo‘lib ko‘rina boshlaydi. Tarjimon sifatida ushbu ilmiy ish o‘zbek to‘ylari atrofidagi bahslarga yangicha, antropologik nigoh bilan qarashga yordam berishiga ishonaman. Tarjimon: Muhammad Dovud Tahrirchi: Maxfiratbegim Azizi Asl manba: Tommaso Trevisani (2016) Modern weddings in Uzbekistan: ritual change from ‘above’ and from ‘below’, Central Asian Survey, 35:1, 61-75. Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekistondagi-zamonaviy-to-ylar-marosimlarning-yuqoridan-va-pastdan-o-zgarishi Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
604
3
Bourdyening «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat»i: asosiy g'oyalar kartochkalarda Oldinroq biz fransuz sotsiologi Pyer Bourdy+6
Bourdyening «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat»i: asosiy g'oyalar kartochkalarda Oldinroq biz fransuz sotsiologi Pyer Bourdyening «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat» matnini e'lon qilgan, so'ng uni jamoa bo'lib muhokama qildik. Bizga qo'shila olmaganlar va matn haqida biroz ko'proq bilishni istaganlar uchun uning asosiy g'oyalarini kartochkalarga jamladik: nega tengsizlik zamonaviy jamiyatda ham avloddan-avlodga o'tib boradi, kapital nega faqat pul emas, habitus nima va nega eng kuchli hokimiyat turini biz umuman sezmaymiz — barchasi kartochkalarda. Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
293
4
Bourdye. «Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat» — muhokama audiosi Pyer Bourdyening matni bo'yicha onlayn suhbatimizning audio yozuvi tayyor. Jonli muhokamaga qo'shila olmaganlar endi uni to'liq tinglashi mumkin. ▶️ YouTube: https://youtu.be/950Br8C1_nc?si=X7anhwVZPdPPiRqE 🎧 Substack: https://substack.com/home/post/p-204902732 Tinglang va mulohazalaringiz bilan o'rtoqlashing. Keyingi matn va muhokama haqida tez orada xabar beramiz. Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
272
5
Bugun!
283
6
Telegramda audio muhokama: Pierre Bourdieu - “Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat” Jamiyatdagi bo‘linishlar haqidagi muayyan t
Telegramda audio muhokama: Pierre Bourdieu - “Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat” Jamiyatdagi bo‘linishlar haqidagi muayyan tasavvurni shakllantirish va uni odamlar ongiga singdirish, ya'ni yashirin ijtimoiy tafovutlarni ko‘rinadigan va oshkora farqlarga aylantirish qudrati siyosiy hokimiyatning eng oliy ko'rinishidir. 🗓 28.06.2026 (yakshanba), 21:00 📍 Telegram (https://t.me/tarjimavatanqid) Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling! Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/ijtimoiy-makon-va-ramziy-hokimiyat Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
1 118
7
Matnlar yuzasidan muhokama va suhbatlarni qaysi platformada olib borgan ma’qul, deb o‘ylaysiz? Fikr almashish, savol-javob va muhokamalar uchun qaysi platforma sizga qulayroq?
332
8
Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat Pyer Bourdye (1930–2002) XX asr ikkinchi yarmining eng nufuzli sotsiologlaridan biridir. U
Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat Pyer Bourdye (1930–2002) XX asr ikkinchi yarmining eng nufuzli sotsiologlaridan biridir. Uning ilmiy faoliyati asosan bitta savol atrofida qurilgan: nega ijtimoiy tengsizlik shu qadar barqaror? Nega har bir yangi avlod uni go‘yo o‘z xohishi bilan qayta ishlab chiqarayotgandek ko‘rinadi? Nima uchun ijtimoiy farqlar avlodlar osha saqlanib qoladi? Quyida e’lon qilayotgan matnimiz — "Ijtimoiy makon va ramziy hokimiyat" — Bourdyening 1986-yilda San-Diyegoda o‘qigan ma’ruzasidir. Bu ma’ruza uning eng mashhur asari — Tafovut (Distinction, 1979) ortida yotgan nazariy qarashlarning ixcham va lo‘nda bayonidir. Unda Bourdyening asosiy tushunchalari bir joyga jamlangan: ijtimoiy makon, habitus, kapitalning turli shakllari (iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va ramziy) hamda ramziy hokimiyat. Bourdyening markaziy g‘oyasi uni bevosita Freire bilan, shuningdek, bu yilgi mavzumiz — farq masalasi bilan bog‘laydi. Jamiyatdagi farqlar tabiiy emas. Biz "elita" va "oddiy xalq", "intellektual" va "ishchi", "savodli" va "savodsiz" kabi kategoriyalar haqida gapirganda, tayyor va tabiiy holatlarni tasvirlamaymiz; aksincha, tarixan shakllangan va ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarilgan farqlarning belgilarini o‘qiymiz. Insonning qanday gapirishi, qanday kiyinishi, qayerda dam olishi yoki qanday musiqa tinglashi — bularning barchasi uni ijtimoiy makonning muayyan nuqtasida ko‘rsatadi va ayni paytda boshqalardan ajratib turadi. Muhimi shundaki, bu farqlar shunchaki tabiiy mavjud emas; ular maktab, til, davlat, bilim va unvon beruvchi institutlar orqali yaratiladi, so‘ng esa tabiiy holat sifatida taqdim etiladi. Aynan shu nuqtada Bourdye Freirening tahlilini davom ettiradi. Agar Freire maktabning "biluvchi" va "bilmaydigan" o‘rtasidagi tafovutni qanday ishlab chiqarishini ko‘rsatgan bo‘lsa, Bourdye ushbu mexanizmni butun jamiyat miqyosida tahlil qiladi. Maktab va universitet devorlari ichida ishlaydigan mantiq ulardan tashqarida ham amal qiladi. Odamlar bir-birini muntazam ravishda tasniflaydi, baholaydi, ijtimoiy mavqe beradi va bu farqlarni tabiiy deb qabul qiladi. Bu farqlarning eng ta’sirlilaridan biri esa kimning gapirishga haqqi borligi, kimning so‘zi esa e’tiborga loyiq deb topilmasligidir. Diplom, unvon, "ekspert" maqomi — Bourdye nazarida bularning barchasi ramziy kapital shakllaridir. Kimning ovozi eshitiladi, kimning ovozi esa shunchaki shovqin sifatida qabul qilinadi — buni ko‘p jihatdan aynan shu kapitalning taqsimoti belgilaydi. Bourdyeni o‘qish oson emas. Uning matnlari uzun jumlalar va murakkab tushunchalarga boy. Tarjima jarayonida matnni imkon qadar ravon va tushunarli qilishga harakat qildim, biroq uning asosiy tushunchalarini — habitus, maydon (field), ramziy kapital, ramziy zo‘ravonlik va nazariya effekti kabi atamalarni soddalashtirmadim. Chunki ular Bourdyening fikriy loyihasining markazida turadi; ularsiz matn o‘zining nazariy aniqligi va o‘tkirligini yo‘qotadi. Zarur joylarda qavs ichida asl atamalarni ham keltirdim. O‘qish oson bo‘lmasligi mumkin, ammo umid qilamanki, bu matn voqelikka boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi. Tarjimon: Javohir Nematov Asl manba: Bourdieu, P. (1989). Social space and symbolic power. Sociological theory, 7(1), 14-25. Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/ijtimoiy-makon-va-ramziy-hokimiyat Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
631
9
Freyrening «Mazlumlar pedagogikasi»: asosiy g'oyalar kartochkalarda Ikki hafta oldin biz Paulu Freyrening «Mazlumlar pedagogi+7
Freyrening «Mazlumlar pedagogikasi»: asosiy g'oyalar kartochkalarda Ikki hafta oldin biz Paulu Freyrening «Mazlumlar pedagogikasi» kitobidan bir bobni e'lon qilgan, so'ng uni jamoa bo'lib muhokama qilgan edik. Bizga qo'shila olmaganlar va kitob haqida biroz ko'proq bilishni istaganlar uchun uning asosiy g'oyalarini kartochkalarga jamladik: an'anaviy ta'limda nima noto'g'ri, nega Freyre ozodlikni o'zaro ish deb biladi va bularning bari muloqot bilan qanday bog'liq - barchasi quyida. «Hech kim hech kimni ozod qilmaydi, hech kim o'zini o'zi yolg'iz ozod qila olmaydi: insonlar bir-birini birgalikda, dunyo vositachiligida ozod qiladi». Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
540
10
Biz boshladik: https://x.com/i/spaces/1MJgNNZajObGL?s=20
256
11
Eslatma: muhokama bugun soat 21.00da.
290
12
🎙 Audio muhokama: Paulo Freire — "Mazlumlar pedagogikasi" "Odamlarni mustaqil qaror qabul qilishdan mahrum etish ularni obye
🎙 Audio muhokama: Paulo Freire — "Mazlumlar pedagogikasi" "Odamlarni mustaqil qaror qabul qilishdan mahrum etish ularni obyektga aylantirishdir." 🗓 14.06.2026 (yakshanba), 21:00 📍 X (x.com/tarjimavatanqid) Tarjimani o'qib keling va muhokamaga qo'shiling! Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack
734
13
Paulu Freire "Mazlumlar pedagogikasi" Najod — ta’limda. So’nggi yillarda bu shiorni jamoatchilik maydonida tobora ko’proq esh
Paulu Freire "Mazlumlar pedagogikasi" Najod — ta’limda. So’nggi yillarda bu shiorni jamoatchilik maydonida tobora ko’proq eshita boshlagandaymiz. Ammo bu ibora qanchalik nafis bo’lsa, shunchalik mavhum ham. Nega najot va nimadan najot? Nega aynan ta’lim najot bo’lishi kerak, eng muhimi — qanaqa ta’lim? "Ta’lim" va "najot" deganda biz nimani nazarda tutamiz? Albatta, umumiy, intuitiv darajada hammamiz nimaga ishora qilinayotganini tushunamiz: ma’lum bilim va ko’nikmalarni egallash — va bu insonni, hatto butun jamiyatni sifat jihatidan boshqa darajaga olib chiqishi kerak. Ma’lum bir taraqqiyot yo’li, o’z ustida ishlash — keyinchalik martaba, muvaffaqiyat va farovonlikka aylanashi kerak. Ammo bularning barchasi yolg’on bo’lsa-chi? Biz ta’limni noto’g'ri tushunayotgan bo’lsak va u aslida najot bo’lmasa-chi? Shunchaki yaxshi o’qish, chet tillarini bilish va dasturlash tillarini egallash yetarli bo’lmasa-chi? "Najot" aslida ma’lum ierarxiyalardan ozod bo’lish emas, balki ularga "moslashish", ular ichiga "joylashish" bo’lsa-chi? Klassikaga aylangan "Mazlumlar pedagogikasi" kitobini braziliyalik pedagog Pauluda Freire 1968-yilda yozgan. Kitob uning Braziliyadagi savodsiz dehqonlar bilan ishlash tajribasidan tug’ilgan —  Freire kattalarni o’qish va yozishga o’rgatadi, ammo gap faqat harflarda emasligini tezda anglaydi.  Odatda ta’lim ko’pincha insonni ozod qilmaydi, balki uni jim turishga va bo’ysunishga o’rgatadi, degan xulosa keladi u. Kitob tanqidiy pedagogika sohasidagi eng asosiy asarlardan biriga aylandi; u o’nlab tillarga tarjima qilingan, ba’zi mamlakatlarda esa bir vaqtlar hatto taqiqlangan ham. E’tiboringizga kitobning ikkinchi — eng muhim — bobi tarjimasi havola etilmoqda. Unda Freire o’zi "banking" deb atagan ta’lim modelini tasvirlaydi. Uning mohiyati quyidagicha: o’qituvchi o’quvchiga bilim "qo’yiladigan" bo’sh hisob raqamidek munosabatda bo’ladi. O’quvchi faqat qabul qilishi, yodlashi va takrorlashi kerak — fikrlamasligi, bahslashmasligi, "nega?" deb so’ramasligi lozim. Bunday ta’lim, deydi Freire, bilim emas, balki itoatkorlik ishlab chiqaradi. Va u boshqa yo’lni taklif qiladi — teng muloqot sifatidagi ta’lim, unda o’qituvchi va o’quvchi birgalikda dunyoni anglaydi va birgalikda uni o’zgartiradi. Bu yilgi turkumimizni aynan shu matndan boshlar ekanmiz, biz bolalikdan, maktab partasidan boshlab bizda shakllanadigan farq haqida suhbat ochmoqchimiz — o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi farq haqida. Biluvchi bilan bilmaydigan; gapiruvchi bilan jim tinglovchi; yuqoridagi bilan quyidagi o’rtasidagi farq haqida. Bu farq biz uni maktab yoki universitet devorlari doirasida o’ylaganimizda juda tabiiy ko’rinadi. Ammo kamida shu darajada ko’zga tashlanmas bo’lib qoladi, qachonki ta’limdan so’ng u bizning ijtimoiy va siyosiy hayotimizga ko’cha boshlasa va o’sha yerda hukmronlik bilan bo’ysunish o’rtasidagi farqni yuzaga keltirsa.  Tarjimon: Javohir Nematov Asl manba: Freire, P. (2000). Pedagogy of the oppressed (M. B. Ramos, Trans.; 30th anniversary ed.). Continuum. (Original work published 1968) https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/paulu-freire-mazlumlar-pedagogikasi Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram| Youtube| Academia.edu | Spotify | Substack
1 058
14
Biz qaytdik! Biz bilan qolganingiz uchun rahmat! Bizda yangiliklar bor: Birinchidan, biz o‘z resurslarimizni kengaytirdik. Bi
Biz qaytdik! Biz bilan qolganingiz uchun rahmat! Bizda yangiliklar bor: Birinchidan, biz o‘z resurslarimizni kengaytirdik. Bizning materiallar endi faqat odatiy resurslarda (Telegram, Facebook, syg.ma) va faqat matn ko‘rinishida emas, balki X (asosan suhbatlar va anonslar ko‘rinishida), Instagram (matnlar qisqa va lo‘nda turli ko‘rinishda), YouTube (video va audio), Academia.edu (matn pdf formatda), Substack (audio va matn), Spotify-da (audio) ham paydo bo‘ladi va turli formatlarda. Barcha tarmoqlarga ilovalar quyida. Ikkinchidan, biz faqat tarjima emas, nihoyat tanqid bilan ham shug‘ullanmoqchimiz. Shu sabab tarjimalarni muhokama qilishni boshlaymiz. Bir hafta - matnni chuqur o‘qish uchun, keyin esa sizni X-da suhbatga taklif qilamiz. Keyingi yakshanba soat 21.00da. Ilova va tafsilotlar yana alohida beriladi. Muhokamaning audiosi yozib olinib, qatnasha olmaganlarga havola etiladi. Va nihoyat - biz dizayn qildik va matnlarni iloji boricha ko‘proq odamlarga turli formatlarda yetkazish ustida ishlayapmiz. Bizning post va sahifalarimizni yoyishda sizdan yordam so‘rab qolamiz. Tez orada ko‘rishguncha! Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram| Youtube| Academia.edu | Spotify | Substack
6 872