es
Feedback
Dunyoi Digar | Samandar Erkinjonov

Dunyoi Digar | Samandar Erkinjonov

Ir al canal en Telegram
Buy Ad
271
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-230 días
Archivo de publicaciones
Repost from Booktopia nashriyoti
🌟 "Booktopia" kitoblarini olish endi yanada oson! Botimizni mini-app'ida kitoblarni ko‘ring, buyurtma bering va buyurtmangiz
🌟 "Booktopia" kitoblarini olish endi yanada oson! Botimizni mini-app'ida kitoblarni ko‘ring, buyurtma bering va buyurtmangizni kuzating, barchasi Telegram ichida. 🔗 Mini-app’ni hoziroq sinab ko‘rish:
t.me/Booktopiapress_bot/app

Yana 16 soatdan so‘ng ko‘rishyapmiz, lekin ertaga nimalar bo‘ladi o‘zi? Ayni paytda, yana 8 kishiga "stul"imiz bor: https://t
Yana 16 soatdan so‘ng ko‘rishyapmiz, lekin ertaga nimalar bo‘ladi o‘zi? Ayni paytda, yana 8 kishiga "stul"imiz bor:
https://t.me/Fargona_kitobxonlar_klubi_bot/menu?startapp=tadbirlar
P. S. Rasmda bu safaram bitta xato bor, birinchi topganga - "barakalla" deymiz) Katta spoyler: Uchrashuvga kelish uchun kitobni tugatgan bo‘lish shart emas.

Shu fikrga qo'shilmagan bo'lardim. To'g'ri, 20-30 yosh oralig'i qattiq ishlab oladigan yoki faqat o'rganadigan davr deyishadi, lekin bir kun kelib, nima va qanday qilishimiz hayotimiz mazmunini tashkil qiladi. Bu degani bugungi kapitalistik "kalamushlar poygasi"da qanchalar oldinga chiqmaylik, ozgina o'z bilan yolg'iz qolib, "o'zi nima bilan hayotimni o'tkazdim" deb o'zimizni savolga tutganda, odamlar "yuksak natija" deya o'ylaydigan narsa — aslida, biz uchun hech qanday mazmun kasb etmasligi mumkin. Ha, menam ko'p pul ishlay deb o'zimni o'qqa-cho'qqa urib, shu "poyga"da o'zimga va yaqinlarimga nimadir qilay deb o'zimcha o'zimni qurbon qilib yuribman ba'zida. Lekin ich-ichimda bir kun shu "boshqalar" deya, o'z hayotimni ko'p qismini yashamay qolganimni his qilishdan qo'rqaman. Mana bu yerda yozganimdek, yetarlicha ulg'ayguncha, nimalarga erishganimiz emas, nima uchun qanday kurashganimiz aslida qimmatliroq bo'lishi mumkin — agar biz ikki kunlik baholarga emas, butun hayot haqida gaplashyotgan bo'lsak. Axir, bekorga aytishmaydiku, "Muvaffaqiyat — yomon ustoz" deya)

Repost from N/a
"JOMADON" loyihasining navbatdagi soni mehmoni - Malayziyaning Xiamen universitetida ta'lim olayotgan vatandoshimiz Samandar
"JOMADON" loyihasining navbatdagi soni mehmoni - Malayziyaning Xiamen universitetida ta'lim olayotgan vatandoshimiz Samandar Erkinjonov! Agar Osiyoda sifatli ta'lim olish, shaxsiy rivojlanish va xalqaro muhitga kirib borish haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, ushbu ko‘rsatuv aynan siz uchun. Suhbatimiz davomida akademik talablardan tortib, hamyonga ta'sir qiluvchi barcha xarajatlargacha ochiq muhokama qildik. 📹 To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling https://youtu.be/9I-yhFJXHcY?si=r1OSmESTiBCcUMta 📷Instagram| 🎞YouTube|🚀Telegram

Ertaga shuyerdamiz;)

I wanna go party, I wanna have fun Wanna be happy, could you show me how it's done?

Repost from N/a
Meni kutgil Toshkent🥲
+1
Meni kutgil Toshkent🥲

Pomuqning "Qor"i Ichkaridagi Kars shahri "Ochlik"ni jismonan va ruhan och qolgan kunlarimda o'qigandim. U ba‘zi yuzaki qatlamlarni yirtib olib, meni hayotning yalang'och haqiqati bilan yuzma-yuz qilgandi. O‘rxon Pomuqning "Qor" (Kar) romanini esa mutlaqo boshqa bir holatda — ichimda hamma narsa muzlab, kimgadir yaqinlashishdan qo'rqib, o'zimni ishlarim va rejalarm orqasiga yashirib yurgan qahraton kunlarimda qo'lga oldim. Qish chillasi. Kars shahri. Qalin qor shaharni butun dunyodan uzib qo'yadi. Dastlabki sahifalardanoq siz asardagi o'sha mutlaq izolyatsiyani his qilasiz. Lekin qiziq tomoni, asar qandaydir uzoq Turkiyadagi shahar haqida emas, u mening, sizning, hammamizning ichimizdagi qulflangan, qor ostida qolgan xudbin ruhimiz xaritasi bo'lib chiqdi. O'ylashimcha, bu kitobning eng qiziq va ayni paytda eng go'zal kashfiyotlaridan biri — yolg'izlikning qanday ishlashini fosh qilishida bo‘lsa kerak. Pomuq asarda shunday yozadi:
"Yolg'izlik — bu aslida g'urur masalasidir; sen o'z hidingga, o'z qobig'ingga o'zing ko'milib yashaysan... Baxt va teranlik (she'riyat) juda qisqa vaqt birga yashay oladi xolos. Shundan so'ng, yo baxt insonni to'mtoqlashtiradi, yoki o'sha teranlik shu qadar haqqoniy bo'ladiki, u sening baxtingni barbod qiladi."
Bu satrlarni o'qiyotib, men bir zumga to'xtab qoldim, chunki unda bizning eng katta fojiamiz yashiringan: biz ataylab odamlardan masofa saqlaymiz, kim bilandir chinakamiga bog'lanishdan qochamiz va o'zimizning bu izolyatsiyamizni qandaydir "dahoona" yolg'izlik deb oqlaymiz. Lekin aslida bu oddiygina kibr va qo'rquvdir balki? Biz chuqurroq, teranroq bo'lishga intilganimiz sari, oddiy, samimiy insoniy baxtdan shunchalik mahrum bo'lib borarmiz(?), vaqt o'tib o'zimiz ataylab qulflab olgan bu "Kars"ning ichida muzlab qolarmiz yoki? Muzlab borarkanmiz, miyamizda bir majruh ovoz jaranglay boshlaydi. Asardagi Ka (bosh qahramon) his qilganidek:
"Eng qo‘rqinchlisi, uning qo'rquvini, madori quriganini va mutlaq yolg'izligini atrofdagi hech kim hatto sezmayotganini bilib yashash edi."
Menimcha, hayotdagi eng og'ir dard ham shu. Atrofing to'la odam, hamma o'zining "muhim" ishlari bilan band, lekin sening ichingda to'xtovsiz qor yog'ayotganini hech kim ko'rmaydi. Siz buni hech kimga aytolmaysiz ham, chunki o'sha "g'urur" va qo'rquv bunga yo'l qo'ymaydi. Pomuq bu asarida yana bir qiziq narsani aytadi:
"Shaxsiy baxtimizni (she'riyatni) topa olmaganimiz uchungina o'zimizni siyosat (katta maqsadlar) soyasiga uramiz."
"Qor" romani biz qochib kiradigan oxirgi boshpanalar (din, siyosat, doimiy bandlik, ambitsiyalar) qanchalik mo'rt ekanini ko'rsatadi. Qalbingizda bo'shliq bo'lsa, kimgadir kerakligingizni, kimnidir sevishingizni his qilmasangiz, o'zingizni shunday "katta ishlar" soyasiga urasiz. Lekin qor baribir yog'averadi. U hammamizni tenglashtiradi va qanchalar yolg'iz ekanimizni ko'zimizga ko'rsatib qo'yadi. Pomuq shafqatsiz yozuvchi. U odamning ichki inqirozini qorli manzara fonida shu qadar o'tkir tasvirlaydiki, asarni o'qib bo'lgach, siz ham o'sha qahratonning ichida qolib ketgandek bo'lasiz. Lekin aynan shu izolyatsiya bizga o'zimizga tashqaridan, xolis qarashga imkon beradi. Qisqa qilib aytganda, "Qor" nimani o'rgatadi? U biz o'zimizcha yaratib olgan, bizni himoya qiladi deb o'ylagan qalin "g'urur" va "bandlik" devorlari aslida bizni tiriklayin muzlatayotganini ko'rsatadi. U hech kim sezmayotgan yolg'izligingizning adabiy shaklidir. Agar siz ham hozir atrofdan, odamlardan uzilib, o'z "Kars"ingizda qamalib qolgan bo'lsangiz, bu qorli bekatda bir muddat to'xtab o'ting. Balki qorning sovuqligi sizga qanchalik iliqlikka muhtoj ekaningizni eslatib qo'yar. @aj_nabiy #qorli_bekatlar

"She must be unhappy too. Unhappy people are sensitive to the unhappiness of others." No Longer Human, Osamu Dazai

"Menga nimaga mukkasidan ketganingni ayt - men kimligingni aytaman." Shu "kimligingni aytaman" deydigan bir qancha shunday so'zlar bor, "savolingni ber", "odatlaringni aytib ber" deya boshlanadigan. Lekin ularni ichida eng to'g'risi, eng haqiqatga yaqini nimaga mubtalo bo'lganimiz, mukkasidan ketganimiz (obsessed with) bo'lsa kerak. Ya'ni, qaysidir odatlariz, harakatlariz borki, uni hech kim eslatmasayam, tez-tez qilib turasiz - hatto uni noto'g'riligini bilib, sezib tursangiz ham. Sababi juda bog'lanib qolgansiz aynan o'sha jarayondan olinadigan yutuqqa (gormonlarga). Iqtisodiyotda bunga "revealed preference" deyiladi, ya'ni siz og'zingiz bilan aytgan qadriyat emas, balki hech kim ko'rmaganda qilgan tanlovingiz sizning haqiqiy qadriyatingiz hisoblanadi. Siz "men o'qishni yaxshi ko'raman" desangiz-u, bo'sh vaqtingizning 90 foizini boshqa narsaga sarflasangiz - sizning haqiqiy "sevganingiz" og'zingizdan chiqqan gap emas, qo'lingiz cho'zilgan narsa. Albatta, odamni bosimda, o'ziga noqulay holatda qanday munosabatda bo'lishi ham uning qaysidir taraflarini ko'rsatib qo'yishi mumkin. Lekin ayni bosimsiz holatda, hech kim bizni majburlamagan holatda nimani tanlashimiz ich-ichimizda nimaga moyilligimizni, qanday bo'shlig'imiz borligini ko'rsatadi. Agar nimaga mukkasidan ketganimiz kimligimizni ko'rsatib bersa, ularni o'zgartirish orqali o'zimizni ham o'zgartira olarkanmiz-da? Ha, albatta, lekin odam eski "sevgan" narsasini tashlab, yangi muhabbatni majburan his qila oladimi? Deylik siz kitob o'qishni hali ich-ichizdan yaxshi ko'rmaysiz, lekin kitob o'qish foydali ekanligini bilasiz, shunda o'zingizni majburlab kitob o'qishda davom etishingiz kerakmi? Qaysidir ma'noda ha, qaysidir ma'noda yo'q. Agar siz xuddi o'sha kitobsevarlarni atrofida yursangiz, kuzatsangiz ijtimoiy tarmoqlarda tobora siz ham mutolaa jarayoniga boshqacha qaraysiz va qo'lingizga to'g'ri kitob tushib qolsa, siz aniq kitob o'qishni sevib qolasiz va sizni hech kim majburlashiga hojat qolmaydi. Lekin shu yerda bitta muhim savol bor: nega ba'zi "mukkasidan ketish"lar bizni oldinga olib boradi-yu, ba'zilari joyimizda ushlab turadi yoki yanada pastga tortadi? Kitob, sport, hunar - bularga mukkasidan ketish vaqt o'tishi bilan ustma-ust to‘planib boradi (compound bo'ladi): bugungi bilim ertangisiga qo'shiladi, bugungi kuch ertangisiga zamin bo'ladi. Reels, Tiktok, doomscrolling esa har safar noldan boshlanadi, kecha ko'rgan 200 ta videongizdan bugun sizda hech vaqo qolmagan. Buning sababi ham tasodifiy emas. Psixologiyada "variable reward" (o'zgaruvchan mukofot) degan tushuncha bor - qimor o‘yinlariga o‘xshash ijtimoiy tarmoqlar nega odamni bunchalik bog'lab qo'yadi, chunki har safar tugmani bosganingizda nima chiqishini bilmaysiz: ba'zan hech narsa, ba'zan katta yutuq. Aynan shu bashorat qilib bo'lmaslik miyani eng ko'p bog'laydigan narsa. Reels lentasi ham xuddi shunday qurilgan - bir video zerikarli, keyingisi kulgili, uchinchisi hayajonli. Kitobga mukkasidan ketish tabiiy ravishda paydo bo'ladi, reels'ga mukkasidan ketish esa atayin, muhandislik qilib shunday qilib qo'yilgan. Aytgancha, agar siz Instagramda kuniga 1 soatdan ko'proq reels ko'rishga, har xil joyda "doomscrolling"ga mukkasidan ketgan bo'lsangiz, iltimos, bu kanaldan sekin chiqib keting. Chunki shunday postlar orqali men sizda nimadir xato qilmayapmanmi degan savolni tug'dirib, o'zizni bezovta qilishizga sababchi bo'lishim mumkin. To'g'ri, ba'zilar buni shunchaki "soxta qulaylik" deb emas, balki bo'shliqni to'ldirish deb ham izohlashi mumkin, ya'ni odam yolg'iz qolganda, hayotida ma'no yoki bog'lanish yetishmaganda, eng yaqin turgan narsaga (deylik ekranga) yopishadi. Ha, qo‘shilaman - bu inson uchun tabiiy narsa, va men buni ayblab bo'lmaydiyam demoqchi emasman. Lekin bitta narsa aniq - sabab tushunarli bo'lishi, oqibatni oqlamaydi. Bo'shliqni reels bilan to'ldirish, bo'shliqni yanada kattalashtiradi, xolos.

202.2km I’ve finally hit that +200km mark again in June. Now, it’s time to work on getting back to the +300km level I reached
+3
202.2km I’ve finally hit that +200km mark again in June. Now, it’s time to work on getting back to the +300km level I reached two years ago, back when I used a 10km daily run as a discipline rule. ​I know running 93 days straight, waking up at 5am for it wasn't the healthiest approach, but it completely changed me and my life. This time, as I work toward that 300km goal, I’m doing it the healthy way: prioritizing enough rest days, better eating habits, and proper shoes, while focusing on better cadence, faster speed and stronger endurance.

Stay in the Race Compared to other animals, humans are not physically impressive. We are much slower and weaker than many ani
Stay in the Race Compared to other animals, humans are not physically impressive. We are much slower and weaker than many animals. We also have no claws, no fangs or fur to protect us. We are slower and weaker than the things we’d want to eat AND the things that want to eat us. By every obvious measure, we should have been lunch. However... Over long distances, no animal on Earth beats a human. We couldn’t sprint after our prey and we couldn’t fight off our predators, so we outlasted both. We followed our prey for hours until it overheated and collapsed, and we kept moving long after the predator gave up. We became the apex animal not by winning short contests, but by refusing to quit the long game. There’s a well-known paper on this by Daniel Lieberman and Dennis Bramble, who argue our bodies are built for distance through a stack of features working together: we can cool ourselves while still moving (by sweating), where most animals have to stop and pant. We have springy tendons, long legs, and a stabilized head, and as a result we are quite well adapted for endurance. I suspect our brains play a big part too. Fellow distance runners know that there is a point where the body has nothing left to give, and going on becomes a matter of will (and delusion). We did not come out on top because we were the fastest or the strongest, but because we were the ones still moving when everything quicker had given up. Some of the most successful people I know are the ones who stay in the race, who keep showing up long after the talented have burned out and the fastest, smartest and luckiest have quit.

Bilaman, kechagi futboldan so'ng, hammamizni ko'nglimiz xira. Lekin baribir bu shunchaki navbatdagi kun, xolos. Bugun yana o'z muammolarimiz, kundalik tashvishlarimiz bilan uyg'ondik. 1 oydan keyin JCH tugasayam, shunaqa oddiy va keyingi "og'ir", "yoqimsiz", "zerikarli" va "bir xil" kunlarni o'tkazishda davom etamiz. Lekin ayni shunday "bir xil" kunlarda qanday qilib halovat yoki ichki xotirjamlik topishimiz mumkin? Ushbu hojatxonalar farroshi haqidagi "mukammal" film bu savolga nomukammal javob beradi.

IT proyektlarda mijozni o'ziz topsangiz, kommunikatsiyani ham, to'liq "qurilish" ishlarini o'zingiz olib borsangiz, qaysidir
IT proyektlarda mijozni o'ziz topsangiz, kommunikatsiyani ham, to'liq "qurilish" ishlarini o'zingiz olib borsangiz, qaysidir paytda mijozga 1-2 taklif bergandan keyin qayta bezovta qilmaslik samaraliroqdek. Xuddi qizlar kabi munosabatda bo'lganidek. Yozishga sizda narsa bo'lsa-da, ikkinchi tomonga sizga qiziqishga yoki o'zi bilan yolg'iz qolishga imkon bermasangiz, u sizga ehtiyoj his qilmaydi. Sizga ehtiyoj his qilmaydigan qiz yoki mijoz bilan sun'iy yoki majburiy munosabatlar baribir erta tugaydi yoki sizni jarohatlab, vaqtingizni oladi, xolos. Shuning uchun, ushbu ikki holatda olinadigan shaxsiy foydalar nimani evaziga kelishni oldindan tushunish soxta munosabatlar yoki asabingizni egovlaydigan mijozlardan asraydi.

Menga "U" kerak Tobora menga shunday tuyulyaptiki, Telegram kanallarda "Ish joyi kerak" degan e'lonlar "Xotin/Er yoki Qiz/O'g
Menga "U" kerak Tobora menga shunday tuyulyaptiki, Telegram kanallarda "Ish joyi kerak" degan e'lonlar "Xotin/Er yoki Qiz/O'g'il bola o'rtoq kerak" ma'nosida yoziladigan e'lonlardek bir xil samarasiz yoki oxiriga borib foydasizdek. Nima uchunligini pastda tushuntirishga harakat qilaman. Deylik, juft qidirayotganda aynan bizni jamiyatdagi o'rnimizga, ruhiyatimizga, vaybimizga va "og'riqlarimizga" mos keladigan odamni biz o'zimiz uchun ideal variant deb ayta olamiz. Shunda realistik holatda, u odam bilan kelisha olamiz va ko'proq umrni muhabbat bilan o'tkaza olamiz. Lekin o'shanday o'zini e'lonlarga qo'yadigan va e'longa joylaydigan odamlar o'shayergacha kelib qolgunicha nimalarni boshdan o'tkazgani va nega aynan oxiri shu to'xtamga kelib qolganini o'ylab olsak, va hatto uchrashuvga chiqib ko'rsakam, katta ehtimol bilan birinchi 10 daqiqada tushunamiz - u o'sha realistik ideal variant emas. Ular qanaqadir Dostoevskiy qahramonlariga o'xshaydi, yer ostiga yoxud burchakka qisilib olib, kimdir ularni qachondir tushunishini kutib yashaydigan, amaliy harakatdan uzilgan odamlar. Demak, bu yo'l orqali topiladigan variant biz xohlagandek emaskan, nima uchun bu yo'lga o'zimizni solib, majburlab o'zimiz aslida xohlamaydigan juftni tanlashimiz kerak? Ana endi buni ish beruvchi yoxud jamoa boshlig'i yoki HR sifatida ko'rsangiz, eng yaxshi va baland oylikdagi ishlarga ishchi odam oladiganlar bunday joylarni kuzatishsayam, sizni ko'rib qolish ehtimollari va haligi tepada izohlagan "ishonchsizlik" kutilmasidan keyin juda kam. Bulgakovda bir zo'r gap bor ediku, "Hech qachon so'ramang... o'zlari kelib taklif qilishadi" degan. Lekin real hayotda, bugungi kunda bunaqasi ishlamasa kerak. Kutib yotaversangiz, o'sha illuziya ichida qolib ketaverasiz. Shunday ekan, menimcha, hozirgi kunda ish topish haqidagi tasavvur chegarasini kengaytirish kerak va ish beruvchilarga o'zingiz aloqaga chiqishingiz kerak. Xuddi kinolardagi "auteur" rejissyorlar o'z ssenariysini kadr ortida birovdan nimadir kutib o'tirmay, o'zi voqelikni yaratganidek. Siz ham to'g'ri deb o'ylagan juft nomzodingizga yoki kompaniyaga darrov niyatizni ochiq qilishingiz kerak. Ishga olish ehtimolliklari va muvaffaqiyatli davom ettirishizni foizi shunchaki e'lon bergandan ko'ra aniq bir necha baravar afzal. Binobarin juft topishda ham. Xulosa qilganda, bugun odamlar/ishlar/ma'lumotlar juda ko'p, endi eng yaxshilar uchun eng yaxshi bo'lishingizdan ko'ra, qanchalik yaxshiligizni ularga tez bildirib, aniq niyatizni bildirib qo'yganingiz ularga va sizga tezroq qaror qilib, keyingi nomzodga o'tish/o'tmasligini aniqlashtirib beradi. Gapni qisqasi, bo'ydoqlar, yaxshi qizlar/yigitlar ketib qolyapti, keyin daraxtni oyog'ni sindirib tepsagam, o'shanday nomzodni topolmasligimiz mumkin. Lekin shoshilisham, yo bir joyda qotib turisham aqlli qaror emas)

Juda qiziq mavzu o'ylashga va o'rganishga. Lekin baribir mualliflik filmlari va mualliflik kitoblari keyingi 50 yilda qadrini bozorda tushirmasa, inson qo'li bo'lgan yaqqol ijod o'shalar bo'ladi. Yomon tarafi shundaki, insonni har qaysi yangi ijodiy algoritmi qanchalik eksperimental va absurd bo'lmasin, undagi takrorlanuvchi naqshlar (patternlar) baribir sun'iy intellekt tomonidan o'rganilib, "duplicate" (nusxa) qilsa bo'ladi. Shunday ekan, nimadirni qilish bo'yicha yangi maktablar har 3-5 yilda eskirib, yangisiga ehtiyoj tug'diradi. Lekin har safar sun'iy intellekt bizni tobora yaxshiroq nusxalay borgani sari, bizdagi muallifga ehtiyoj oldingidek bo'lmasligidan qo'rqaman (agar allaqachon o'sha kunlarga kelmagan bo'lsak). Bu esa bir kuni yo'qolib borayotgan tillar kabi sezilmasdan ko'zimizga odatiy holdek ko'rinib qolishi mumkin degani.

A heart that's full up like a landfill A job that slowly kills you Bruises that won't heal You look so tired, unhappy Bring down the government They don't, they don't speak for us I'll take a quiet life A handshake of carbon monoxide

"I'll be brave, Father"

Shekspir dardini sotganda
Barchamiz hayot deb atalmish karvonda nimanidir yoki kimnidir yo‘qotamiz. Buyuk orzularimiz parchalanadi, yoshligimiz bizni tark etadi, jon qadar sevganlarimiz kaftimizdan suvdek to‘kilib ketadi. Barchamizning ichimizda kichkina, o‘lib ketgan o‘zimizning “Hamnet”larimiz bor.
Shekspir "Hamlet"ni qanday yozganligi haqida olingan filmga tahliliy taqriz yozdim:
https://oyina.uz/uz/article/4719

Oxirgi 2-3 hafta ishga ko‘milib qolib, aytarli narsa yoza olmadim. Lekin bu oyga kamida 4 ta maqola yozish rejam bor edi. Shu birinchi maqolam, navbatdagisi Shekspir haqida olingan va Oskar olgan film bo‘ladi.