cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Germaniyada ishlash va o'qish

Germaniyada ishlash va o'qish haqidagi dolzarb ma'lumotlarning ishonchli manbai: 📰Eng so'nggi yangiliklar 📚Foydali maslahatlar 🌐 Axborot tadbirlari @goetheinstituttaschkent tomonidan olib boriladigan rasmiy kanal.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
924
Suscriptores
-224 horas
-37 días
-630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Die Bundesagentur für Arbeit bietet Online-Veranstaltungen zu Themen Berufsausbildung und „Arbeit und Leben in Deutschland“. Am 27. Juni werden 2 Info-Veranstaltungen durchgeführt. Diesmal finden die Veranstaltungen auf Englisch statt. 🕐13:00 🕟19:00 ℹ️Sprache: Englisch 🔸Die Teilnahme ist kostenlos. 🛜 Anmeldung: https://www.arbeitsagentur.de/vor-ort/zav/webtutorials/events
Mostrar todo...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Hast du schon mal über eine Ausbildung in Deutschland nachgedacht? Ergreife Deine Chance! Im Mai besuchen deutsche Unternehmen Usbekistan, um sich über den usbekischen Arbeitsmarkt zu informieren und interessierte Fachleuchte oder Azubis in den Bereichen Pflege und Technik zu gewinnen. Über die Informationsveranstaltungen vor Ort werden wir bald Neuigkeiten bekannt geben, zunächst möchten wir alle interessierten Schüler*innen, Studierende und Eltern zu zwei Online-Terminen einladen. Seid dabei und stellt die Weichen für Eure Zukunft! 🙌 Das Programm findet im Auftrag der Regierung des Bundeslandes Sachsen (Deutschland) statt. ❓WAS Wir klären Fragen rund um deinen Weg nach Deutschland: ▫️Was ist eine duale Ausbildung? ▫️Welche Berufe kann ich lernen? ▫️Wie bewerbe ich mich? 🗓 WANN Montag, 22.04.24 um 14 Uhr Dienstag, 23.04.24 um 18:30 Uhr 🌐 ONLINE ▶️ https://goethe-institut.zoom.us/j/85831857409 Meeting ID: 858 3185 7409 #studium
Mostrar todo...
👍 2
Germaniyada ta'lim haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Imkoniyatingizdan foydalaning! May oyida nemis kompaniyalari Oʻzbekiston mehnat bozori bilan tanishish hamda hamshiralik ishi va texnologiya sohalari boʻyicha manfaatdor mutaxassislar yoki stajyorlarni jalb qilish maqsadida yurtimizga tashrif buyurishadi. Tez orada saytimizda axborot tadbirlari haqidagi yangiliklarni e'lon qilamiz, birinchi navbatda, barcha qiziqqan o'quvchilar, talabalar va ota-onalarni ikkita onlayn uchrashuvga taklif qilamiz. U erda bo'ling va kelajagingiz poydevorini quring! 🙌 Dastur Saksoniya federal yeri (Germaniya) hukumati nomidan amalga oshiriladi. ❓NIMA Germaniyaga sayohatingiz haqidagi savollarga oydinlik kiritamiz: ▫️Dual ta'lim nima? ▫️Qaysi kasblarni o'rganishim mumkin? ▫️Qanday qilib murojaat qilaman? 🗓 QACHON 22-aprel, dushanba / soat 14:00 23 aprel, seshanba / soat 18:30 🌐 ONLAYN ▶️ https://goethe-institut.zoom.us/j/85831857409 Meeting ID: 858 3185 7409 #talim
Mostrar todo...
Join our Cloud HD Video Meeting

Zoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution used around the world in board, conference, huddle, and training rooms, as well as executive offices and classrooms. Founded in 2011, Zoom helps businesses and organizations bring their teams together in a frictionless environment to get more done. Zoom is a publicly traded company headquartered in San Jose, CA.

👍 10😁 1
Assalom alaykum. Bugun e'tiboringizni quyidagi onlayn axborot tadbiriga qaratmoqchiman. Germaniyalik korhonalar tomonidan taqdim etilayotgan ushbu tadbirda Siz Ausbildung - ya'ni kasbiy ta'lim bo'yicha ma'lumot olasiz. Notiqlar nemis tilida ma'lumot beradilar, ammo taqdimot tili o'zbek tili. Siz o'z savollaringizni tadbir yakunida o'zbek tilida berishingiz mumkin. Tadbir mavzuga qiziqqan barcha yoshdagilar uchun.
Mostrar todo...
👍 2
Assalom alaykum. Hurmatli kanalimiz obunachilari, kelayotgan haftada bizning mutaxassislarimiz Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha ma‘lumot beradilar. E‘tibor bering, O‘zbekistondagi Gyote-Institutining ushbu kanali, Sizga Germaniyada ishlash va ta‘lim olish bo‘yicha ma‘lumotlarni Germaniya davlatining rasmiy sahifalariga tayangan holda taqdim etadi. Shuningdek, Siz ushbu kanalda ma‘lumot olish bilan birga, nemis tilidagi mavzuga doir so‘z va iboralar bilan tanishib borasiz. Barchangizga hayrli kun tilaymiz! t.me/meinwegnach_Deutschland
Mostrar todo...
Germaniyada ishlash va o'qish

Germaniyada ishlash va o'qish haqidagi dolzarb ma'lumotlarning ishonchli manbai: 📰Eng so'nggi yangiliklar 📚Foydali maslahatlar 🌐 Axborot tadbirlari @goetheinstituttaschkent tomonidan olib boriladigan rasmiy kanal.

👍 7 1
Photo unavailableShow in Telegram
👨‍🎓DIPLOM VA UNING TAN OLINISHI Agar Siz Germaniyadan tashqarida kasb-hunar ta'limi, oliy ta’lim muassasasi diplomi yoki maktab shahodatnomasini olgan bo'lsangiz, ushbu hujjatlarni tarjima qilishingiz va tasdiqlatishingiz kerak. Tasdiqlash bu: rasmiy muassasa tomonidan Sizning hujjatlaringizning haqiqiyligini tekshirilishini anglatadi. Germaniyada Sizning diplomingiz tan olinmasligi mumkin. Siz oliy ma`lumotingiz to’g‘risidagi hujjatlaringizni (xorijiy diplomlarni tan olish) sayti orqali tekshirishingiz mumkin. 🌐 Manba #Germaniyada_ishlash
Mostrar todo...
👍 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
👨‍💻ISHLASH UCHUN RUXSATNOMA Agar Siz Yevropa Ittifoqidan bo'lmasangiz, Sizga Germaniyada ishlash uchun ruxsatnoma (Arbeitserlaubnis / Arbeitsgenehmigung) kerak bo‘ladi. Sizning ishlash huquqingiz mamlakatda yashash uchun ruxsatnomangizda ko'rsatiladi. 🔹Ishlash uchun ruxsatnoma: Agar Siz Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo'lmasangiz, Sizga ishlash uchun ruxsatnoma kerak bo'ladi. Ushbu ruxsatnoma mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma bilan birga migratsiya xizmati idorasida beriladi. Ishlash uchun ruxsatnomani faqat Germaniyadan Sizga ish taklifi yoki ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi bo'lsa olishingiz mumkin. 🔹Mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma (Niederlassungserlaubnis) chet el fuqarosiga mamlakatda qonuniy ravishda muddatsiz istiqomat qilish imkonini beradi. Mamlakatda ma’lum muddat yashash uchun ruxsatnoma (Aufenthaltserlaubnis) istiqomat qilish vaqtini uch yilgacha cheklaydi. Ushbu ikkala hujjat ham Germaniyada ishlash huquqini olish uchun ishlatilishi mumkin. 🔹Yevropa Ittifoqining ko'k kartasi: (Blaue Karte EU) - bu Yevropa Ittifoqiga a'zo davlat tomonidan ishga joylashish uchun beriladigan yashash uchun ruxsatnoma. Yevropa Ittifoqining ko‘k kartasini olish uchun Sizga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi sertifikat va yetarlicha yuqori maoshga ega ish taklifi kerak bo‘ladi. #Germaniyada_ishlash Manba: aussiedlerbote.de
Mostrar todo...
👍 12 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Germaniyaga immigratsiyani rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun muhim yangiliklar! 2024 yil mart oyidan boshlab mutaxassislar immigratsiyasi to'g'risidagi yangi qonun asta-sekin kuchga kiradi. Bu Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarning malakali mutaxassislari uchun Germaniyaga kelish va u yerda ishlash jarayonini osonlashtiradi. Agar Siz Germaniyada o'z mutaxassisligingiz bo'yicha ishlashni istasangiz, Sizning xorijiy professional diplomingiz tan olinishi mumkin. Bu Germaniyadagi kasb-karyerangiz uchun nafaqat foydali, hattoki zarur qadam bo'lishi mumkin. Germaniyada xorijiy kasbiy malakalarni tan olinish tartibi haqida ko'proq ma'lumotni "Anerkennung in Deutschland" rasmiy axborot portalida topishingiz mumkin. #Germaniyada_ishlash
Mostrar todo...
👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇩🇪 Germaniyadagi birinchi qadamlar: sizning qo'llanmangiz 📃 Bugun biz Siz bilan Germaniyaga borgach, albatta bilishingiz kerak bo'lgan asosiy mavzular bo’yicha fikr almashamiz. 1️⃣ Sizga birinchi navbatda qizil pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat kerak bo‘ladi. Agar Siz Yevropa Ittifoqidan bo'lmasangiz, Sizga viza ham kerak bo'ladi. 2️⃣ Pasport stoli va ro’yxatdan o’tish jarayoni: Germaniyaga yetib kelgach, o’zingiz istiqomat qilayotgan shahardagi pasport bo'limi (Einwohnermeldeamt)da ro'yxatdan o'tishni unutmang. Shundan so’ng Siz shaxarda istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (Aufenthaltstitel) olishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun Siz Chet el fuqarolari bilan ishlash idorasi (Ausländeramt)ga murojaat qilishingiz kerak. 3️⃣ Agar Siz hali nemis tilini juda yaxshi bilmasangiz, integratsiya til kurslarida ishtirok etishingiz mumkin. (Batafsil) 4️⃣ Agar Siz allaqachon kasb-hunarga ega bo'lsangiz yoki mamlakatingizdagi oliy ta'lim muassasasida o'qigan bo'lsangiz, hujjatlaringizni tarjima qilib, tasdiqlatishingiz kerak. Buni qayerda amalga oshirishingiz mumkinligini bandlik agentligidan (Arbeitsagentur) bilib oling. Bandlik agentligi Sizga ish qidirishda ham yordam beradi. Agar Sizda hali biror kasb egasi bo’lmasangiz yoki oliy ta’lim muassasasini tugatmagan bo'lsangiz, Siz ham bandlik agentligiga murojaat qilishingiz lozim. U yerda Siz kasbga yo'naltirish bo'yicha maslahat olasiz. 5️⃣ Germaniyada bolalar taxminan 6 yoshdan maktabga borishlari kerak. Farzandingiz bo'lsa, uni maktabga yuborish uchun yashab turgan shahringizdagi yoshlar agentligi (Jugendamt) ga murojaat qiling. 6️⃣ Sug'urtaning ayrim turlari juda muhim: birinchi navbatda tibbiy sug'urta, nafaqa sug'urtasi. Agar Siz ish bilan ta'minlangan bo'lsangiz, unda Siz ushbu sug'urta turlarini avtomatik ravishda olasiz. Bundan tashqari, Sizga bank hisob raqami ham kerak (Batafsil). Umid qilamizki, ushbu ma'lumotlar Siz uchun foydali bo‘ldi. Agar Sizda savollar bo'lsa, ularni sharhlarda qoldiring! 🙌 🌐 Manba #Germaniyada_ishlash
Mostrar todo...
👍 10 1
Photo unavailableShow in Telegram
@goetheinstituttaschkent ning "Germaniyada ishlash va o'qish" nomli rasmiy Telegram kanaliga xush kelibsiz! 🎉 Bu yerda Siz Germaniyada ta’lim olish, ishlash, shuningdek, Germaniyada doimiy yashash mavzusiga oid dolzarb va tasdiqlangan ma'lumotlarni, foydali maslahatlarni topasiz. Biz Sizga o’zga mamlakatdagai hayot tarziga muvaffaqiyatli moslashish va maqsadlaringizga erishish uchun kerak bo'ladigan barcha ma’lumotlarni taqdim etishga intilamiz. 📚 Germaniyada o'qish: ta'lim tizimi, universitetlar, grantlar va qabul jarayoni haqida ma'lumot oling. 💼 Germaniyada ishlash: mehnat bozori, ishlash imkoniyatlari va malaka talablarini o'rganing. 🛂 Germaniyaga doimiy yashash uchun ko'chib o'tish: viza tartib-qoidalari, uy-joy topish, sog'liqni saqlash va Germaniyadagi hayotning boshqa muhim jihatlari haqida bilib oling. 📅 Axborot tadbirlari: mutaxassislar bilan suhbatlashish va barcha savollaringizga javob olish uchun bizning onlayn-tadbirlarimizga qo'shiling. Eng so'nggi yangiliklar va tadbirlardan xabardor bo'lish uchun kanalimizga obuna bo'ling. Sayohatingizning har bir bosqichida Sizni qo'llab-quvvatlashdan mamnunmiz! Hurmat bilan, O'zbekistondagi Gyote-Instituti jamoasi.
Mostrar todo...
👍 3👏 2 1
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.