cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Sirdaryo ovozi l rasmiy kanal

Bog'lanish: @sirdaryo_ovozi_bot Viloyatimiz, yurtimiz hamda jahondagi muhim yangiliklar haqida sizni xabardor qilamiz.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
25 899
Suscriptores
-7624 horas
-1 1987 días
-11 54030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi. Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi. https://t.me/sirdaryo_ovozi_uz
Mostrar todo...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo'lib o'tmoqda.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi. Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi. Birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi. Natijada oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi. https://t.me/sirdaryo_ovozi_uz
Mostrar todo...
👍 1
Ma'rifat soati
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sirdaryo viloyati bo'limi tomonidan korxona va tashkilotlar uchun navbatdagi "Ma'rifat soati" o'tkazildi.
Ushbu ma'rifat soatida davlat xizmatchilari uchun "Biz korrupsiyaga qarshimiz", Korrupsiya-insoniyat taraqqiyoti kushandasi" mavzularida kerakli ma'lumotlar berib o'tildi. ✍️https://t.me/sirdaryo_ovozi_uz
Mostrar todo...
IMG_0546.MOV15.98 MB
👍 2
Ma'rifatli buvijon
Bolajonlarni dunyoqarashlarini yanada kengaytirish hamda ular qalbida Vatanga muhabbat hissini kuchaytirish, bolajonlarga ertak aytib berish maqsadida "Ma'rifatli buvijon" loyihasi yo'lga qo'yilgan.
Shu maqsadda Guliston shahar Ahillik mahallasida joylashgan 11-sonli Maktabgacha taʼlim muassasasida oʻzbek xalq ertaklaridan biri "Qimmat va Zumrad" ertagi aytib berildi. ✍️https://t.me/sirdaryo_ovozi_uz
Mostrar todo...
IMG_0542.MOV32.01 MB
👍 1
Suhbat paytidagi psixologik xiylalar! 🟡 1. Ismini aytib chaqiring — Suhbatda boshqa odamning ismini tez-tez ishlatish yaqinlik va ishonch darajasini yaratadi. 🟡 2. Faol savollar texnikasi — Javobi to'liq beriladigan va muhokama uchun mos bo'lgan savollarni bering. 🟡 3. Umumiy maqsadlarni yaratish — Umumiy maqsadlar yoki manfaatlarni belgilash odamlarni birlashtiradi, muloqotda umumiy yo'nalish yaratadi. 🟡 4. Aks qaytarish effekti — Boshqa odamning gaplarini bir qismini takrorlash hissiy aloqa va tushunishni yaratishga yordam beradi. ✍️@Sirdaryo_ovozi
Mostrar todo...
👍 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Qayerga_boramiz 🎭Kechki namoyish 🎭"KAKKULI SOAT" 🎭 Кomediya 📆 28 iyun,  juma ⏰ Soat 18:00 da ☎️+998973403553 +998993042615 📃Chipta narxi 15 000 so‘m ↗️Yaqinlarga ulashing, teatrga taklif eting! ✍️@Sirdaryo_ovozi
Mostrar todo...
👍 1👏 1
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Zominda II Xalqaro maqom sanʼati anjumani tantanali ravishda ochildi
Ushbu anjuman davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va birinchi festival 2018-yil Shahrisabzda oʻtkazilgan edi. Keyinchalik pandemiya tufayli kechiktirilgan sanʼat qurultoyi bu yil yangicha ruh va shukuh bilan qaytdi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/23400 ✍️@Sirdaryo_ovozi
Mostrar todo...
IMG_4488.MP416.63 MB
👍 1🔥 1
Mehmondorchilik Mezbon, dasturxondagi «quruq meva»larni olmaxondek ildamlik bilan «shipirib tashlayotgan» mehmonga zimdan razm solib turib, iltifot qildi: — Marhamat qilsinlar, mehmon, marhamat qilsinlar! Manavi «chaq-chuq» lardan jinday-jinday tanovul qilib o'tirsinlar… — Rahmat, — dedi mehmon «yumushi»ni bamaylixotir davom ettirib. — Otam rahmatli o'lar chog'ida menga vasiyat qilganlar. «Mehmonga borsang, o'nta mayiz, o'nta mag'iz, o'nta xandonpista, o'nta bodom, o'nta yeryong'oq, o'nta turshak, o'nta sho'rdanak, o'n bo'lakkina burama holva tanovul qilmasang, mezbon xafa bo'ladi», deganlar… — Hay-hay-hay! Otangiz ko'-o'-o'p donishmand bo'lgan ekanlar-da! Mabodo shuncha narsani bir yo'la tanovul aylash odamni jinday beorom qiladi, demaganmilar? — Aytganlar! «Shuncha ne'matni tanovul etish og'irlik qilsa yoki shoshib turgan bo'lsang, mevalardan to'rtta-to'rttadan yegin-da, qolganini cho'ntagingga solib qo'y, bo'lmasa, mezbon xafa bo'ladi», deganlar. — E, barakalla, mehmon, barakalla! Marhamat, olaversinlar! So’raganning aybi yo'q, mabodo otangizning oldiga shoshib turganingiz yo'qmi? 📚”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar “ ✍️@Sirdaryo_ovozi
Mostrar todo...
👍 3
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
#Diqqat "Ma'rifat soati"
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://www.youtube.com/watch?v=MoerYRKVBPQ sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Mostrar todo...
👍 1🔥 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
#Diqqat "Ma'rifat soati"
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni youtube https://www.youtube.com/watch?v=zXzrEsur7Rk sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.