cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

UzKadastr

Kadastr haqida ma'lumotlar//videolar Savollaringizni shu yerga yo'llang @kadastrsavolbot

Mostrar más
Uzbekistán53 273El idioma no está especificadoLey7 624
Publicaciones publicitarias
226
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

‼️ Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi. Fuqaro onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni bo'lish va bo'lish natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi. Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi! Xizmatni ko'rsatish muddati: 13 ish kuni mobaynida. Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida. Yaqinlaringizga ulashing 👉 @UzKadastr
Mostrar todo...
👍 2🔥 1
‼️Xususiylashtirilgan yer menga qanday foyda keltiradi va eng asosiysi snos qilinishi mumkinmi? Qonunchilikda davlatga tegishli yerlar yoki boshqa shaxslar foydalanishida bo‘lgan yerlar olib qo‘yilishi nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-fevral kunidagi 71-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga asosan siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi. Agar yer uchastkasi davlat ehtiyojiga kerak bo‘lsa, sizdan bozor narxida, shartnoma asosida sotib olishi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga o‘tadi. Yer “snos”ga tushib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Mostrar todo...
👍 2🔥 2
Bizga kelib tushgan savollardan biri 🏢
Assalomu aleykum ko'p qavatli uyda ichki qismi bo'linmagan xonadoni bo'lish tartiblari qanaqa, kimga qachon qay tartibda murojaat qilish kerak va kadastr harajatlari qanaqa bo'ladi Toshkent shahrida ❓️
Vaalaykum Assalom, 1. Agar yangi turar-joylardagi kvartirani nazarda tutgan bo'lsangiz. Kvartirani o'zingiz xohlaganday ichki xonalarni bo'lib chiqasiz. Keyin Yagona darchaga ariza bilan murojaat qilasiz. Kadastr mutaxassis kelib, o'lchov ishlarini amalga oshiradi va necha pul bo'lganini aytadi. Bir oy ichida to'lov qilasiz. Yagona darcha kadastr xujjatini 10 ish kunida qilib beradi. 2. Agar Ikkilamchi (1970-1980 yillarda qurilgan) turar-joylardagi kvartirani nazarda tutgan bo'lsangiz. Bemalol xonalarni ikki yoki uchga bo'lib ishlatavering. Agar kadastr xujjatini yangilab qo'ymoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi qadamlarni amalga oshirishingiz mumkin. Lekin kadastr xujjatini qishlishingiz shart emas. Agar maslahatimiz foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Mostrar todo...
👍 1🔥 1👏 1
Bizga kelib tushgan savollardan biri ⛺️
Yer sotib olganman hozirda uning loyiha bo'yicha qurdim shuni kadastr ro'yxatidan o'tkizishga ariza berdim arizamni rad etishdi qayerga murojat qilishim kerak❓️
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga Arizangizni tushuntirasiz. Maslahat: Avvalo davlat xizmatlari markazi orqali kadastr agentligiga murojaat qilganizda Sizga nima uchun kadastr qilinmasligi sabablarini va kamchiliklarini keltirib o'tgan bo'lish kerak. O'sha kamchiliklarni bartaraf qilish orqali ham masalani hal qilsa bo'ladi. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Mostrar todo...
👍 2🔥 1
⁉️Qachon ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar undirilmaydi? 1️⃣Fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda; 2️⃣Avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berishda; 3️⃣Qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda; 4️⃣Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda. Yaqinlaringizga ulashing 👉@UzKadastr
Mostrar todo...
👍 3🔥 1
⁉️Uy-joy merosxo'rlar o'rtasida qanday taqsimlanadi? 🏡Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Asos: “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunining 57-moddasi Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
Mostrar todo...
👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Тезкор ⚡️РАМАЗОН ҲАЙИТИ НАМОЗИНИНГ ЎҚИЛИШ ВАҚТЛАРИ БИЛАН ТАНИШИНГ! 👉🏻 @UzKadastr - Расмий канал!
Mostrar todo...
2👍 1🔥 1
❓Yo‘qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak? 👨‍💻Yo‘qolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda murojaat etishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Agar fuqaro o‘zi kelib murojaat qilsa DXM xodimlari uning nomidan, YaIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiriladi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi. Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi. Savolingizni: @kadastrsavolbot ga yuborishingiz mumkin Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
Mostrar todo...
👍 2🔥 2
“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda. Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak. Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan. Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda. Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan. Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mostrar todo...
👍 4🔥 1
⁉️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanganmi? Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi. ❌Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi. ⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish bundan mustasno. ❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart. Asos:O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 01-apreldagi 680-son Qonuni Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
Mostrar todo...
👍 6🔥 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.