Keeping | Онлайн бухгалтерия
Ir al canal en Telegram
Keeping - бухгалтерия ва солиқ соҳасида ишончли ҳамкорингиз! 📥 @keepingchat 🤖 @Keeping_uz_bot 🌐 keeping.uz ☎️ +998 88 301 84 84
Mostrar más3 386
Suscriptores
+1324 horas
+817 días
+19030 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
septiembre '26
septiembre '26
+140
en 0 canales
agosto '26
+345
en 2 canales
Get PRO
julio '26
+47
en 1 canales
Get PRO
junio '26
+73
en 0 canales
Get PRO
mayo '26
+55
en 0 canales
Get PRO
abril '26
+182
en 0 canales
Get PRO
marzo '26
+381
en 0 canales
Get PRO
febrero '26
+937
en 2 canales
Get PRO
enero '26
+274
en 0 canales
Get PRO
diciembre '25
+126
en 0 canales
Get PRO
noviembre '25
+306
en 0 canales
Get PRO
octubre '25
+127
en 6 canales
Get PRO
septiembre '25
+32
en 1 canales
Get PRO
agosto '25
+316
en 4 canales
Get PRO
julio '25
+554
en 5 canales
Get PRO
junio '25
+1 607
en 1 canales
Get PRO
mayo '250
en 1 canales
Get PRO
abril '250
en 0 canales
Get PRO
marzo '250
en 1 canales
Get PRO
febrero '250
en 0 canales
Get PRO
enero '250
en 3 canales
Get PRO
diciembre '24
+10
en 0 canales
Get PRO
noviembre '24
+10
en 1 canales
Get PRO
octubre '24
+13
en 0 canales
Get PRO
septiembre '24
+3
en 0 canales
Get PRO
agosto '240
en 2 canales
Get PRO
julio '240
en 0 canales
Get PRO
junio '240
en 0 canales
Get PRO
mayo '240
en 0 canales
Get PRO
abril '24
+251
en 0 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 11 septiembre | +8 | |||
| 10 septiembre | +16 | |||
| 09 septiembre | +14 | |||
| 08 septiembre | +24 | |||
| 07 septiembre | +24 | |||
| 06 septiembre | +7 | |||
| 05 septiembre | +1 | |||
| 04 septiembre | +23 | |||
| 03 septiembre | +11 | |||
| 02 septiembre | +10 | |||
| 01 septiembre | +2 |
Publicaciones del Canal
📌 Hurmatli foydalanuvchilar!
«Keeping» onlayn buxgalteriya platformasida hisob-fakturalar bilan ishlashni yanada qulaylashtiruvchi imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin!
Endilikda qog‘oz ko‘rinishida yuborilgan hisob-fakturalarni tizimga qo‘lda kiritish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish imkoniyati mavjud.
📣 Mazkur videoda:
✔️ Qog‘oz ko‘rinishida yuborilgan hisob-fakturani tizimga qo‘lda kiritish;
✔️ Hisob-faktura ma’lumotlarini to‘g‘ri shakllantirish va saqlash;
✔️ Kiritilgan ma’lumotlarni tizimda aks ettirish jarayonlari bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan.
⚡️ Ushbu imkoniyat hisob-fakturalar bilan ishlash jarayonini soddalashtirib, hujjatlarni tizimda tartibli yuritish va buxgalteriya hisobini yanada qulay boshqarishga yordam beradi.
Batafsil ma’lumot uchun video yo‘riqnomani ko‘rib chiqishingizni tavsiya etamiz: 🔗 YouTube video
💬 Savollaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.
| 2 | Soliqdan jarima olmaslikning 3 ta asosiy qoidasi 🚫
Soliq jarimalarining aksariyati oddiy e'tiborsizlik va qo'lda qilingan xatolar sababli kelib chiqadi. Xavfsiz buxgalteriya uchun ushbu qoidalarga amal qiling!
1️⃣ Hisobot muddatlarini kechiktirmang
1 kunga kechikish ham hisob-raqamning muzlatilishiga olib kelishi mumkin. Hisobotlarni oxirgi kunga surmasdan topshiring.
2️⃣ Hujjat va omborni tartiblang
Hujjat bilan tasdiqlanmagan xarajatlar va ombor qoldig'idagi tafovut — asosiy jarima sababchisidir. Har bir e-fakturani o'z vaqtida tizimga kiriting.
3️⃣ Hisob-kitobni avtomatlashtiring
Hisob-kitobdagi kichik adashuv ham soliqning kam ko'rsatilishiga va jarimaga olib keladi.
🌐Keeping onlayn platformasi bu xavflarni nolga tushiradi:
✔️Avtomatik provodkalar va xatosiz hisobotlar
✔️ TMZ qoldiqlari va hujjatlar tartibi
✔️ Noutbuk va planshetingiz orqali 24/7 qulay nazorat
Biznesingizni jarimalardan himoya qiling! 🛡
📌 Postni yo'qotib qo'ymaslik uchun saqlab oling va hamkasblaringizga yuboring!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 615 |
| 3 | 📣 O'quv markazlarini hamkorlikka taklif qilamiz!
"Keeping" platformasiga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Hozirgi kunda 10 000 dan ziyod tashkilot o'z buxgalteriya hisobini aynan bizning tizimda yuritmoqda, yirik banklar bilan integratsiyalar qamrovi esa yanada kengaymoqda. Biroq, mehnat bozorida "Keeping" dasturida erkin ishlay oladigan malakali buxgalterlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
Shu sababli, buxgalterlarni tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan o'quv markazlarini o'zaro manfaatli hamkorlikka chorlaymiz!
Hamkorligimiz doirasida sizga nimalar taqdim etiladi?
1️⃣ O'qituvchilarni to'liq tayyorlash Platformaning barcha imkoniyatlari bo'yicha chuqurlashtirilgan amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Tayyor o'quv dasturi va sifatli taqdimot materiallari taqdim etiladi.
2️⃣ O'quvchilar uchun shaxsiy amaliyot kabineti Darslar quruq nazariyadan iborat bo'lib qolmaydi. Har bir o'quvchiga tizimda erkin ishlashni mashq qilish uchun shaxsiy amaliyot kabineti ochib beriladi.
3️⃣ Foydali chegirma va bonuslar dasturi Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan o'quvchilar "Keeping"ning asosiy tarifini 25% chegirma bilan xarid qilishadi. O'quv markazi esa ushbu xariddan 25% miqdorida kafolatlangan bonusga ega bo'ladi.
4️⃣ Rasmiy hamkor maqomi O'quv markazingiz "Keeping" platformasining rasmiy hamkori sifatida tan olinadi va bu haqida ijtimoiy tarmoqlardagi katta auditoriyaga ega kanallarimizda e'lon qilinadi. Bu — markazingiz nufuzini yanada oshiradi.
5️⃣ Uzluksiz texnik va metodik ko'mak Platformadagi yangilanishlar, qo'shimcha o'quv materiallari va har qanday texnik savollar bo'yicha doimiy aloqada bo'lamiz hamda yordam ko'rsatamiz.
Nima uchun bu qadamni aynan hozir tashlash kerak? 🚀
"Keeping" tizimida ishlashni biladigan buxgalterlar bugungi kunda ish beruvchilar uchun eng talabgir kadrlarga aylanmoqda. Bu esa sizning o'quv kurslaringiz uchun kafolatlangan talabni va yangi o'quvchilar oqimini anglatadi. Ushbu zamonaviy yo'nalishni birinchilardan bo'lib o'zlashtirgan markazlar o'z hududida soha yetakchisiga aylanadi.
⚠️ Diqqat! Ushbu hamkorlik dasturi 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi. Shu muddatgacha ariza qoldirgan o'quv markazlari dasturning barcha shartlaridan to'liq bepul foydalanadi.
Biz bilan hamkorlikni bugundanoq boshlang va markazingiz qamrovini kengaytiring!
Murojaat uchun:
✉️ Telegram: @khurshid_nm
📞 Telefon: +998 98 020 84 84 | 676 |
| 4 | 🚨 Muhim eslatma
Biznes rahbarlari, hurmatli buxgalterlar va autsors-buxgalterlar! 📣
Ertaga, 10-sentabr — avgust oyi uchun hisob-fakturalarni rasmiylashtirish va yuborishning oxirgi kuni 🧾
⚠️ Kechki soatlarda soliq tizimlarida server yuklamasi ortishi mumkin. Jarima va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish uchun hujjatlarni hoziroq tekshirib, yuborishni yakunlang.
🙂 Hisobotlaringiz doim o‘z vaqtida va xatosiz bo‘lishini tilaymiz! | 656 |
| 5 | Foyda bor, lekin kassa bo‘sh — biznesingizda shu holat bo‘lganmi? 📉
Buning asosiy sabablaridan biri — amortizatsiyaning hisobga olinmagani va aylanma mablag‘ning noto‘g‘ri baholanishidir.
Amortizatsiya (Depreciation) — uzoq muddatli aktivlar qiymatini ularning foydali xizmat muddati davomida bosqichma-bosqich xarajatga o‘tkazib borish mexanizmidir.
U moliyada 3 ta hal qiluvchi vazifani bajaradi:
1️⃣ Real marjinallik (Matching Principle): Yirik xaridni sotib olingan oydayoq "zarar" qilib ko‘rsatmaydi, balki u daromad keltiradigan butun davrga adolatli taqsimlaydi.
2️⃣ CapEx zaxirasi: Uskunani yangilash vaqti kelganda kassa uzilishiga (cash gap) tushmaslik uchun aylanmada real zaxira ushlab turadi.
3️⃣ Soliq optimizatsiyasi: Amortizatsiya ajratmalari soliqqa tortiladigan bazani qonuniy ravishda kamaytiradi.
Aktivlar hisobini va eskirish normalarini qo‘lda yuritish — kassa uzilishi va moliyaviy xatolarga olib keladi.
Keeping — korxonangizdagi barcha asosiy vositalar hisobini va amortizatsiya ajratmalarini qonunchilik hamda moliyaviy standartlarga muvofiq to‘liq avtomatlashtiradi. ⚡️
🔗 Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va moliyaviy hisobotlaringizni tartibga soling!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 1 108 |
| 6 | 📌 Hurmatli foydalanuvchilar!
«Keeping» onlayn buxgalteriya platformasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (nodavlat bog‘cha) tadbirkorlari uchun yangi qulaylik: qo‘shimcha ish haqini tizimda aks ettirish imkoniyati joriy etildi!
Endilikda nodavlat bog‘chalar subsidiya hisobidan tashqari, muassasaning o‘z mablag‘lari hisobidan mustaqil ravishda xodimlarga hisoblangan qo‘shimcha ish haqlarini ham tizimga kiritishlari va soliq hisobotlarida avtomatik shakllantirishlari mumkin.
📣 Mazkur videoda:
✔️ Yangi xodimni pasport ma'lumotlari orqali tizimga kiritish, ishga qabul qilish buyrug‘i va mehnat shartnomasini avtomatik shakllantirish (QR kod orqali imzolash imkoniyati bilan);
✔️ Xodim uchun tabel yaratish va uning asosida oylik ish haqini hisoblash;
✔️ Hisoblangan qo‘shimcha ish haqini «Ye-hisobot» bo‘limida daromad va ijtimoiy soliq hisobotlariga qo‘shish va yangilash;
✔️ Ushbu summalarni soliq hisobotlarida alohida ajratib ko‘rsatish va ma'lumotlarni Excel formatida yuklab olish jarayonlari ko‘rsatilgan.
⚡️ Ushbu yangilik nodavlat bog‘chalarda xodimlarning ish haqi hisob-kitobini shaffof yuritishda hamda soliq hisobotlarini tayyorlashda aniqlikni ta'minlab, vaqtingizni tejashga xizmat qiladi.
Batafsil ma’lumot uchun video yo‘riqnomani ko‘rib chiqishingizni tavsiya etamiz: 👉 YouTube video
💬 Savollaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin. | 922 |
| 7 | Yangi shartnoma: foydami yoki tuzoq? 🔒
Tasavvur qiling: pulni o'tkazdingiz, ammo birozdan so'ng yangi hamkoringiz soliq qarzlariga botgani yoki hisobi muzlatilgani ma'lum bo'ldi. Natijada pul ham, mahsulot ham yo'q.
Biznes rahbarlari, buxgalterlar va autsors-mutaxassislar uchun bunday "syurprizlar" juda qimmatga tushadi. Shartnoma imzolashdan oldin "bir kunlik" soxta firmalarni qanday qilib darhol fosh qilish va firibgarlardan himoyalanish sirlarini yangi maqolamizda ochib berdik!
🔈 Hoziroq o'qing!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 827 |
| 8 | Oldin qarz shartnomasini tuzing keyin pul mablag'larini o'tkazing. https://t.me/keepinguz da shartnomaning namunaviy shakli mavjud. Qarzlar bo'yicha foizlar hisoblash to'liq avtomatlashtirilgan. Juda qulay va oson. Bepulga bir oy sinab ko'ring. | 663 |
| 9 | Ertaga tekshiruv keladigan bo’lsa, yuragingiz shuv etib ketadimi? 👀
Kadrlar hujjatlari, hisobdan chiqarish, kalkulyatsiya... Ularni chop etish, muhrlash, papkalarga taxlab chiqish va eng alomat joyi — kerakli vaqtda topa olmaslik! Tanish holat-a? ❓
Bu boshog'riqlar o'tmishda qoldi. Keeping bilan barcha muhim hujjatlar kundalik ish jarayonining o'zida avtomatik shakllanadi va bir joyda xavfsiz saqlanadi.
Nega aynan Keeping?
1️⃣To'liq yuridik kuch: Har bir hujjat elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi.
2️⃣100% tayyorgarlik: Kadrlar va muassislar shartnomalari har doim tartibda — kutilmagan reviziyalar endi qo'rqinchli emas.
3️⃣Vaqtni tejang: Arxiv titib soatlab vaqt yo'qotmaysiz — barcha hujjatlar bir soniyada topiladi.
Tekshiruv stressini unuting. Hujjatlaringiz doim tartibda va qo'lingiz ostida bo'lsin!
🎁 Birinchi oy — mutlaqo BEPUL!
Havolaga o'ting va birinchi oyni bepul foydalaning! 🚀
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 995 |
| 10 | O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿
“Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” g‘oyasi ostida nishonlanayotgan ushbu qutlug‘ ayyom xalqimizning tinchlik, farovonlik va taraqqiyot sari intilishlarini o‘zida mujassam etadi.
Mustaqillik yillarida har bir sohada yangicha yondashuv va samarali yechimlarning joriy etilishi mamlakatimizning kelajakdagi rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Keeping jamoasi zamonaviy buxgalteriya yechimlari orqali tadbirkor va buxgalterlarning kundalik ishlarini soddalashtirish, ularga vaqt va resurslarini yanada samarali boshqarish imkonini yaratishga intiladi.
Zero, kelajak bugungi to‘g‘ri qarorlar bilan bunyod etiladi.
Barchangizni Mustaqillik bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, kelajagimiz porloq bo‘lsin! ✨
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 1 178 |
| 11 | 1-sentabrdan BHM 440 000 so‘m bo‘ladi! Tariflar oshishidan oldin Keeping’ga ulgurib qoling! 🚀
Respublikamizda Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM) oshishi munosabati bilan, 1-sentabrdan boshlab Keeping platformasining tarif narxlari ham yangilanadi ⚡️
Lekin sizda xarajatlarni tejab qolish uchun ajoyib imkoniyat bor! 31-avgust soat 23:59 ga qadar amaldagi arzon narxlarda obunani rasmiylashtirib, keyingi oylar uchun ham eski narxni saqlab qolishingiz mumkin 🙂
📌 Muhim eslatma: Agar siz allaqachon obuna bo‘lib foydalanayotgan bo‘lsangiz, bu o‘zgarish sizga ta’sir qilmaydi — narxingiz o‘zgarmasdan qoladi! Yangilanish faqat 1-sentabrdan keyingi yangi xaridlar uchun amal qiladi.
💡Vaqt oz qoldi! Narxlar oshishini kutmasdan, hoziroq obuna bo‘ling va buxgalteriya hisobini qulay sharoitda yuriting.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 1 633 |
| 12 | 🚀 Silk Road Finance & Technology Forum: fintex kelajagi allaqachon Toshkentda!
Bugungi kunda O‘zbekistonda fintex sohasi jadal rivojlanib, biznesni raqamlashtirish va avtomatlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Hozirda poytaxtimizda yilning eng muhim xalqaro voqealaridan biri bo‘lib o‘tmoqda!
📣 Qachon: 24–26-avgust
📍 Qayerda: CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar majmuasi
Keeping jamoasi forumda faol ishtirok etmoqda. Biz buxgalteriya hisobini soddalashtiradigan hamda moliyaviy jarayonlarni shaffof va samarali qiladigan zamonaviy yechimlarni taqdim etmoqdamiz.
Stendimizda sizni nimalar kutmoqda:
1️⃣Keeping taqdimoti: platformaning asosiy imkoniyatlari va qulayliklari sharhi.
2️⃣Biznesni raqamlashtirish: hisob-kitobni avtomatlashtirish uchun tayyor va samarali uskunalar.
3️⃣Netvorking: soha mutaxassislari bilan tajriba almashish, trendlarni muhokama qilish va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish.
Keeping uchun bu texnologik salohiyatni namoyish etish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va yangi g‘oyalardan ilhomlanish uchun ajoyib imkoniyatdir 📈
Texnologiyalar moliya sohasini qanday o‘zgartirayotganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun tashrif buyuring! 👀
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 1 326 |
| 13 | 📹 Jonli efirning yozib olingan varianti tayyor!
Keeping platformasida ishni boshlash mavzusidagi jonli efirimizni o'tkazib yuborgan bo'lsangiz — endi uni istalgan vaqtda to'liq ko'rishingiz mumkin.
Videoda platformaning real korxona misolidagi ishlash jarayoni bosqichma-bosqich ko'rsatib berilgan. Mutaxassislarimiz Keeping'ning shunday imkoniyatlarini ochib berdiki, ularni bilgan buxgalter kunlik ishini sezilarli darajada yengillashtiradi.
👤 Ayniqsa Keeping platformasida endigina ish boshlayotganlar uchun bu video haqiqiy qo'llanma bo'ldi — qayerdan boshlash, qanday sozlash va qaysi bo'limlar nima uchun kerakligi tushunarli qilib tushuntirilgan.
Barchaga ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilamiz
▶️ https://www.youtube.com/live/k4bn_WbIWkE
➡ Saqlab qo'ying va buxgalter hamkasblaringizga ulashing. | 2 705 |
| 14 | 🔴 EFIR BOSHLANDI!
«Keeping platformasida ishni qanday boshlash kerak?» — hozir jonli efirdamiz.
Savollaringizni chat orqali yozib qoldiring — mutaxassislarimiz to'g'ridan-to'g'ri javob beradi.
📹 https://www.youtube.com/live/k4bn_WbIWkE | 1 242 |
| 15 | ⏰ 1 soat qoldi!
🔴 Jonli efir: «Keeping platformasida ishni qanday boshlash kerak?»
⏲ Soat 19:30 da boshlanadi
Jamshid To'ychiyev va Otabek Ergashev bilan — Keeping'da ishni noldan boshlash, real korxona misolida jonli ko'rsatuv va savol-javob.
📹 https://www.youtube.com/live/k4bn_WbIWkE | 1 058 |
| 16 | 🔔 Eslatma: jonli efir bugun soat 19:30 da!
🔴 «Keeping platformasida ishni qanday boshlash kerak?»
🗒 Bugun
⏲ Soat 19:30
📍 YouTube kanalimizda
Buxgalteriya hisobini onlayn yuritishni boshlamoqchimisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Ushbu efir aynan siz uchun.
Efirda nimalarni ko'rasiz:
🔘 Keeping onlayn buxgalteriya platformasida ishni noldan boshlash
🔘 Platformaning noyob imkoniyatlari real korxona misolida jonli ko'rsatiladi
🔘 Buxgalter kunlik ishini necha barobar tezlashtirishi mumkinligi bilib olasiz
🔘 Savol-javob: mutaxassislarga to'g'ridan-to'g'ri savol berish imkoniyati
Spikerlar:
📌 Jamshid To'ychiyev — Keeping loyiha menejeri, 25 yildan ortiq professional tajribaga ega buxgalter
📌 Otabek Ergashev — soliq maslahatchisi, xalqaro buxgalter (ACCA DipIFR, CAP, IABPE)
➡ Ushbu postni saqlab qo'ying va buxgalter hamkasblaringizga ham ulashing.
📹 https://www.youtube.com/live/k4bn_WbIWkE?si=MUGaS3LknW8LB_Dq
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 1 057 |
| 17 | 🚀 Yangilik: har bir bank uchun oborotka yuklash bo'yicha qo'llanma tayyor!
Yaqinda «AI oborotka» funksiyasini ishga tushirgan edik. Quyidagi qo'llanmalar yordamida bank-klient platformasidan oborotkani qay tarzda to'g'ri yuklab olish batafsil ko'rsatib o'tilgan.
📘 Banklar bo'yicha alohida qo'llanmalar tayyorladik: bank tizimidan Excel formatdagi oborotkani qanday yuklab olish va Keeping platformasiga qanday kiritish bosqichma-bosqich ko'rsatib o'tilgan.
🏦 Xalq banki
🏦 Asia Alliance Bank
🏦 Hamkorbank
🏦 SQB
🏦 Trastbank
🏦 MKBANK
🏦 OFB
🏦 BRB
🏦 Asakabank
🏦 Universal bank
🏦 Aloqabank
🏦Poytaxt Bank
🏦 Garant bank
🏦 KDB
⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺
🏦 Davr Bank
🏦 Ipak Yuli Bank
🏦 Agrobank
🏦 Octobank
🏦 InfinBank
🏦 Ziraat Bank Uzbekistan
⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺⏺
🟢 Ipoteka bank OTP Group
🏦 Kapitalbank
💳 Uzum Bank
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 960 |
| 18 | 🏦 Davr Bank va 📊 Keeping o'rtasida integratsiya shartnomasi imzolandi!
⚙ Ayni vaqtda texnik ishlar olib borilmoqda va integratsiya tez orada yakunlanadi.
Ushbu integratsiya yordamida Davr Bank mijozlari bank oborotkasini Keeping platformasidan chiqmasdan turib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bu degani:
🔘 "Bank-klient" tizimiga alohida kirish shart emas;
🔘 Faylni qo'lda yuklab, tizimga kiritish kerak emas;
🔘 Ma'lumotlar avtomatik va xatosiz Keeping platformasiga kelib tushadi;
🔘 Inson omili tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatoliklarning oldi olinadi;
🔘 Buxgalterlarning qimmatli vaqti tejab qolinadi.
📊 Davr Bank va Keeping mijozlarning vaqtini tejash va ularga yangi imkoniyatlar taqdim etish bo'yicha hamkorlikni davom ettiradi.
💬 Integratsiya to'liq ishga tushgach, sizga birinchilardan bo'lib xabar beramiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 1 082 |
| 19 | 🚀 Yangi tizimga o‘tishdan qo‘rqyapsizmi? Unda avval uni bepul sinab ko‘ring!
Ko‘pchilik biznes rahbarlar, tadbirkorlar va buxgalterlar yangi dastur tanlashda bir savol ustida uzoq o'ylanadi: "Pul to‘lab qo'ysam-u, tizim ishimga mos kelmasa-chi?" 👀
Keeping’da bu kabi xavotirlarga o‘rin yo‘q. Biz sizga xarid qilishdan oldin tizimni to'liq his qilib ko'rish imkonini beramiz!
🎁 Siz 30 kun davomida platformadan mutlaqo BEPUL foydalanasiz.
Bu vaqt ichida hech qanday cheklovlarsiz:
1️⃣Hisobotlarni tez va oson shakllantiring;
2️⃣ Hujjatlar bilan xatosiz ishlang;
3️⃣Buxgalteriyangizni to'liq tizimlashtiring.
Bir oy davomida Keeping sizning biznesingizga qanchalik mos kelishini amalda sinang va bunga o‘zingiz ishonch hosil qiling 📈
💡To‘lashga shoshilmang. Avval sinab ko‘ring. Balki aynan Keeping siz izlayotgan mukammal yechimdir!
👉 Hozirroq bepul davrni faollashtiring: https://keeping.uz/
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 947 |
| 20 | 🔴 JONLI EFIR: Keeping platformasida ishni qanday boshlash kerak?
🗒 21-avgust, juma
⏲ Soat 19:30
📍 YouTube kanalimizda jonli translyatsiya tashkil etilmoqda!
Buxgalteriya hisobini onlayn yuritishni boshlamoqchimisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Ushbu efir aynan siz uchun.
Efirda nimalarni ko'rasiz:
🔘 Keeping onlayn buxgalteriya platformasida ishni noldan boshlash
🔘 Platformaning noyob imkoniyatlari real korxona misolida jonli ko'rsatiladi
🔘 Buxgalter kunlik ishini necha barobar tezlashtirishi mumkinligi bilib olasiz
🔘 Savol-javob: mutaxassislarga to'g'ridan-to'g'ri savol berish imkoniyati
Spikerlar:
📌 Jamshid To'ychiyev — Keeping loyiha menejeri, 25 yildan ortiq professional tajribaga ega buxgalter
📌 Otabek Ergashev — soliq maslahatchisi, xalqaro buxgalter (ACCA DipIFR, CAP, IABPE)
🎉 Efir mutlaqo bepul. Faqat vaqtni belgilab qo'ying va qo'shiling.
➡ Ushbu postni saqlab qo'ying va buxgalter hamkasblaringizga ham ulashing.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube | 3 170 |
