cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

TATU IQTIDORLI TALABALARI

TATU IQTIDORLI TALABALAR KANALI

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
390
Suscriptores
Sin datos24 horas
-47 días
-1630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#qabul #Yeungnam #double_degree 📣1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar diqqatiga!      Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining Yeungnam universiteti (YU) o‘rtasida tashkil etilgan “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabul qilish boshlandi! Dastur yo‘nalishlari: Axborot va kommunikatsiya muhandisligi (Information and Communication Engineering) ⏺Kompyuter injiniring (Computer Engineering) 🗣O'qitish tili: - Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur bosqichlari: 1-bosqich: 2 yil davomida TATUda o'qish. 2-bosqich: qolgan 2 yil davomida YUda o'qish. 🎓Ikki diplom: - O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga YU va TATU tomonidan ikkita bakalavr diplomi beriladi. 🆔Talab qilinadigan hujjatlar: - Pasport nusxasi - Transkript nusxasi - IELTS 5.5 va undan yuqori darajadagi sertifikat ❗️Shoshiling, joylar soni chegaralangan! 📞Qo'shimcha ma'lumot uchun: - +998 71-235-09-00 - +998 97-267-44-41 ✈️@tuituz_official
Mostrar todo...
🔥 1
#hackcelerator #BRB Sovrin jamg'armasi 300 mln. so'm bo'lgan "BRB Fintech Hackcelerator"da ishtirok eting! Biznesni rivojlantirish banki sizni dolzarb masalalarini hal qilish va qimmatbaho sovrinlarga ega bo'lish uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi ko'nikmalaringizni namoyish eting! Ishtirok etishning afzalliklari: ⏺ Sovrinlar: 1-o‘rin — 150 000 000 so‘m, 2-o‘rin — 100 000 000 so‘m, 3-o‘rin — 50 000 000 so‘m. ⏺ Yetakchi ekspertlar bilan ishlash.Kuchli jamoa yaratish va yangi do‘stlar topish imkoniyati. O'zingizni sinab ko'rishga tayyormisiz? Havola orqali ro'yxatdan o'ting https://brb.uz/hackcelerator ➖➖➖➖➖ Участвуйте в "BRB Fintech Hackcelerator" с призовым фондом 300 млн.сум! Банк развития бизнеса приглашает вас принять участие в конкурсе, где вы сможете решить актуальные задачи и побороться за ценные призы.  Покажите свои навыки в области финансовых технологий! Преимущества участия: ⏺ Призы: 1-е место — 150 000 000 сум, 2-е место — 100 000 000 сум, 3-е место — 50 000 000 сум. ⏺ Работа с ведущими экспертами.Возможность создать сильную команду и найти новых друзей. Готовы принять вызов? Зарегистрируйтесь по ссылке https://brb.uz/ru/hackcelerator ✈️@tuituz_official
Mostrar todo...
❤‍🔥 1
03:21
Video unavailableShow in Telegram
Futbol bo’yicha Olimpiya terma jamoamiz Parij-2024 o‘yinlariga yo‘llanma olgani munosabati bilan Uzbekistan's club "Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba" loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida Olimpiya termamiz uchun rasmiy madhiya yaratilib, maxsus video ishlanibdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tanlov ham o’tkazilmoqda. 20-iyulgacha #qonimdagalaba xalqaro chellenji o‘tkaziladi. Unda 50 million so‘m yutib olish mumkin. Sharti: “O‘zbekistonlik” qo’shig’iga 1 daqiqalik futbol mavzusida video olish va uni #qonimdagalaba heshtegi bilan Instagram'ga joylash kerak bo’ladi. Sportchilarimizga ham, tanlovda qatnashadiganlarga ham omad tilaymiz. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
Telegram 2.mp455.25 MB
👍 2🔥 1😁 1
00:07
Video unavailableShow in Telegram
#contest 🔅 IT-sohasida oʻz izingizni qoldirishni xohlaysizmi? Startap yaratib, u haqda butun mamlakatga gapirib berishni-chi? 🐦 Sovrin jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan “President Tech Award” startap tanlovida ishtirok eting! Hammasi har qachongidan ham oson: 🟢 awards.gov.uz saytiga oʻting; 🟢 Oʻzingizni va jamoangizni roʻyxatdan oʻtkazing; 🟢 Materiallarni yuklang; 🟢 Gʻalaba qozoning! “President Tech Award” tanlovida nafaqat Oʻzbekiston fuqarolari, balki IT Park rezidentlarining xorijiy xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin! 🤔 Qaroringizni keyinga qoldirmang: bugunoq ariza topshiring! _____________ 🔅 Do you aspire to make your mark on the IT industry? To create a startup and showcase it to the entire nation? 🐦 Participate in the President Tech Award startup competition with a prize fund of $1 million! It is easier than ever: 🟢 Visit the website awards.gov.uz; 🟢 Register yourself and your team; 🟢 Upload your materials; 🟢 Achieve victory! Participation in the President Tech Award is open not only to citizens of Uzbekistan but also to foreign employees of IT Park residents. 🤔 Do not postpone your decision: submit your application today! Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Mostrar todo...
PTA 2024.mp410.21 MB
❤‍🔥 1👍 1
02:41
Video unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇺🇿 “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVINI E'LON QILADI! 📣 “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qiladi!Jamg‘armaning 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta'lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta'lim dasturi uchun 250 o‘rin, -doktorantura ta'lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. 🔣 Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25-iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. 👫 Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi. ✏️ Tanlovga oid barcha ma'lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e'lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma'lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. 🌐 E'tibor bering, (http://admission.eyuf.uz onlayn qabul platformasi 2024 yil 25-iyundan boshlab hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi. ☎️ Qo‘shimcha savollarga javoblarni +99 871 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin. “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! ✈️@tuituz_official
Mostrar todo...
21.95 MB
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Муҳандислик йўналишлари бўйича “Энг яхши ғоя”, “Энг яхши лойиҳа” ва “Энг яхши ихтиро” республика танлови ўтказилади. Танловда ўқитувчилар, талабалар ва амалиётчи муҳандислар иштирок этиши мумкин бўлади. Биринчи ўринга электромобиль берилади. Шунингдек, ғоя, лойиҳа ва ихтиро муаллифи бўлган энг зўр 10 нафар иштирокчи Германия, Япония, Хитой, Россия, Италия, Туркия, Жанубий Корея, Сингапур каби давлатларга стажировкага юборилади. Бу мақсадлар учун ҳар йили 15 миллиард сўм ажратилади. Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
❤‍🔥 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#e’lon #vazir_yoshlar #ochiq_muloqot 30-iyun – “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash hamda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan, 21-iyun kuni Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Unda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif, muammo, loyiha va tashabbuslar shaxsan vazirlar tomonidan joyida o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Mostrar todo...
Repost from IT Made🤖
01:27
Video unavailableShow in Telegram
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti ITMade jamoasi ITMBOT robotini taqdim etadi. Robot imkoniyatlari: - noqulay tekislikda harakatlanish; - real vaqt rejimida nishonni aniqlash; - lazer yordamida zarba berish; - zararli o'simlik/hasharot va boshqa plastik/kordon/yog'ochdan yasalgan obyektlarga zarba berish; - 15 km/soat tezligigacha harakatlanish; Robot plastik va metalldan yasalgan. Fusion 360 dasturida loyihalashtirilgan robot muallifi: Vahhobov Sardor (yoshlar akademiyasi a'zosi) 🎵King_Macarella-Afsona Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! _____________________________ 🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐linkedin
Mostrar todo...
IMG_0062.MP416.83 MB
👍 3🔥 1🫡 1
#fan_olimpiadasi #respublika_bosqichi #natijalar 👍Informatika va axborot texnologiyalari fani boʻyicha respublika olimpiadasi gʻoliblari aniqlandi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 8-iyun kuni Informatika va axborot texnologiyalari fanidan oʻtkazilgan respublika olimpiadasida jami 67 nafar talaba qatnashdi. Olimpiada bakalavriat bosqichining bitiruvchi talabalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Fan olimpiadasi ikki bosqichda oʻtkazildi – birinchi bosqichda talabalar Informatika va axborot texnologiyalari fanidan test topshirdi, ikkinchi bosqichda masalalar yechishdi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasi natijalari: 🥇1-oʻrin: Jalolov Ibroxim Umarbek oʻgʻli (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) 🥈2-oʻrin: Qayumjonov Jaxongir Bobirjon oʻgʻli (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) 🥉3-oʻrin: Olimov Fayozbek Fazliddin oʻgʻli (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali) Olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga imtiyozli qabul qilinadi. ✈️ Telegram
Mostrar todo...
🎉 2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqich bitiruvchi 4-kurs talabalari o‘rtasida 2024-yil 8-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Respublika fan olimpiadasi tashkil etildi va yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.
Mostrar todo...
🔥 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.