Basriya
Ir al canal en Telegram
«Baxtsiz kunimiz ilm olmagan kunimiz» Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Mostrar más6 522
Suscriptores
Sin datos24 horas
+157 días
-7030 días
Archivo de publicaciones
6 523
Tavba va uning fazli
Alloh taolo:
“Ey iymon keltirganlar! Allohga nasuh tavba qilinglar! Shoyadki, Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa”, degan (Tahrim, 8-oyat).
“Tavba” so’zi ”qaytish” maʼnosini anglatadi. Bu soʻzning sharʼiy istiloxdagi ma’nosi esa, gunohdan Allohga qaytishni bildiradi. “Nasuhan” so’zi esa, “xolis”, “jazm”, “sodiq”, “nasihat qiluvchi” maʼnolarini anglatadi. Demak, ”tavbatan nasuhan” birikmasi ”xolis tavba”, “jazm tavba”, ”sodiq tavba”, ”nasihat” maʼnosidagi tavba maʼnolarini anglatadi. Bu maʼno haqida koʻpgina fikrlar rivoyat qilingan.
Jumladan, hazrati Umardan: ”Tavbai nasuh nima?” deb so’ralganda, u kishi: ”Kishining yomon ishga tavba qilib, soʻng unga abadiy qaytmasligidir”, deb javob berganlar.
Ulamolarimizning taʼkidlashlaricha, nasuh tavba bo’lishi uchun toʻrt narsa: qalb ila nadomat qilish, til ila istig’for aytish, gunohni takrorlamaslikka azmu qaror qilish va yomon hamsuhbatlardan uzoqlashish lozimdir.
Hadislardan birida bunday rivoyat qilinadi: “Islom oʻzidan avvalgi gunohlarni yuvib yuboradi, tavba ham oʻzidan avvalgi gunohlarni yuvib yuboradi”. Yaʼni, bir kishi avval gunoh ishlar qilib yurgan boʻlsa-yu, keyin musulmon boʻlsa, avvalgi gunohlari musulmon bo’lishi bilan oʻz-oʻzidan yuvilib ketadi.
Shuningdek, bir musulmon kishi bilmasdan gunoh ishni qilib yursa-yu, keyin tushunib yetib, tavba qilsa, y’ani chin koʻngildan nadomat qilsa va o’sha ishni qaytib kilmaslikka ahdu paymon etsa, bilmasdan qilgan avvalgi gunohlari yuvilib ketadi. Xolis tavba eshigining ochib qoʻyilishi siz bilan biz uchun Allohning katta ne’matidir.
Boshqa dinlarda tavba qilish juda ham qiyin, baʼzi ummatlarga esa, tavba qilish uchun bir birlarini o’ldirish buyurilgan. Islomda esa, tavbaning nihoyatda oson ish ekanini o’zimiz koʻrdik. Lekin hali erta, vaqti kelganda tavba qilib olarman”, degan fikr eng yomon fikrdir. Alloh taolo tavba tufayli bilmasdan qilingan xatolarni kechiradi, bilib-tushunib, qasddan qilingan gunohlarni emas.
Alloh taolo Oli Imron surasida:
“Magar shundoq boʻlgandan keyin tavba qilib, yaxshi amallarni qilganlar boʻlsa, bas, Alloh magʻfirat qiluvchi va rahmlidir”, degan (89- oyat).
Tavba eshigining ochiq qoʻyishning oʻzi Allohning bandalariga boʻlgan ulkan rahmatidir. Ojiz inson bilib-bilmay xatoga yoʻl qoʻysa, keyin oʻziga kelib, xatosiga afsus qilsa, tavba qilsin, sodir etgan gunohidan qaytsin.
Lekin gunohdan qaytganlikni faqat Ogʻiz bilan eʼlon qilish yoki dildan oʻtkazish tavbaga kifoya emas. Balki tavbaning haqiqiy ekanligi tavbadan keyin yaxshi amallarni qilish bilan sobit boʻladi.
Alloh taolo Niso surasida:
“Jaholat-la yomonlik qilib qoʻyib, soʻngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Alloh ning zimmasidadir. Alloh ana oʻshalarning tavbasini qabul qiladir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir”, degan (17-oyat).
Ulamolarimiz jaholatning bu yerdagi maʼnosini, hidoyat yoʻlidan adashish, deb taʼriflaganlar. Shunga binoan, yoʻldan adashib, gunoh ishlarni qilib yurganlar, biz qiladiganimizni qilib boʻldik, endi kech boʻldi, tavba qilganimizning foydasi yoʻq, degan fikrga bormasliklari kerak. Ular xatolarini qanchalik tez tushunsalar, qanchalik tezroq tavba qilsalar, oʻzlariga shunchalik yaxshi boʻladi. Ularning tavbasini qabul etishni Alloh taolo oʻz zimmasiga olgan.
Kofir holida oʻlganlarning ishi o’z-o’zidan malum: ular toʻppa-to’g’ri doʻzaxga ravona bo’ladilar, Ularning tavbalari botil va hech qachon qabul boʻlmaydi. Ammo mo’min bo’la turib, moʻminlikka toʻgʻri kelmaydigan ish qilganlar-chi? Ularga iymonlari hurmatidan oʻzini oʻnglab olish imkoni berilgan edi. Tavba eshigi ochilgan edi. Ular gunohlardan tavba qilishlari, yaʼni, qaytishlari lozim edi.
Arabchada “tavba” soʻzi “qaytish” ma’nosini anglatadi. Demak, gunohdan qaytib, savobga yurish lozim edi. Ammo banda bu ishni vaqtida qilmadi. Endi ko’ziga o’lim ko’rinib qolganda “Tavba qildim” deganidan nima foyda?
Hadis va Hayot, 35-juz
6 523
Неъматни фақат овқат деб ҳисоблайдиганлар, фаросат қандай улуғ неъмат эканлигини англамайдилар…
6 523
Китоб ёлғизга таскин, қалбга нажот, хамсухбат истаганларга сухбат манбаи, фикрловчига рохат, йўловчига чироқ кабидир.
