cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

IELTS and MULTI-LEVEL

📌IELTS and MULTI-LEVEL materials 🧑‍🏫English teacher: Dilshod Rasulov 👨‍💼2015-2019 Bachelor's degree 🧑‍🎓2021-2023 Master's degree Murojaat uchun:👉 @Dilshod_Rasulovbot 💯Results: @results_dilshodbeksielts

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
457
Suscriptores
-324 horas
-47 días
-3230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

00:16
Video unavailableShow in Telegram
Today's students ✅@dilshodbeksielts
Mostrar todo...
1.09 MB
😁 10😇 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
😄 Kimda shunday go comments @dilshodbeksielts
Mostrar todo...
😁 12🔥 4👍 2 1
00:26
Video unavailableShow in Telegram
#joketime 😄 ➡️@dilshodbeksielts⬅️
Mostrar todo...
16.44 MB
😁 16👍 2
Ingliz tilida gapirib, xato qilsamchi?! Hamma ustimdan kuladi! ➡️ Yoshlar biror xorijiy tilni, deylik ingliz tilini o'rganishda qiynaladigan jihati asosan "uyatchanlik"! ✅ Ular nimadan uyaladi? Ingliz tilida xato gapirib qo'yishdan, boshqalarni oldida noto'g'ri gapirib, kulguga qolishdan. Xo'sh, boshqalardan uyalib, dars mavzusi bo'yicha gapirmaslik — yechim bo'la oladimi? Aslo! 📌 Til o'rganish jarayonida "maksimal" darajada shu tilda gapirish, muloqot qilish kerak. Ustozni oldida bo'ladimi, kursdoshlari oldida bo'ladimi ingliz tilida gapirishga harakat qilish kerak. Qandaydir frazani o'rgandimi, darxol qollab ko'rish kerak. ❔Frazani kimlar bilan qo'llagani ma'qul? Albatta, ingliz tilini biladigan kishilar bilan. Har qanday frazani ingliz tilida ishlatib, o'rganishi kerak bo'ladi. 🟠O'zimni misolimda keltiradigan bo'lsam, doim qaysi tilni o'rganishimdan qat'iy nazar, birorta yangi frazani o'rgandimmi, birdan o'rganayotgan tilimda qo'llayman. Xato aytamanmi, to'g'ri aytamanmi farqi yo'q. Agar xatolik bo'lsa, tog'irlab yuborishadi — degan fikrda gapiraveraman. Bu usul til o'rganishda eng kerakli va samarali usul hisoblanadi. ❕Qancha ko'p so'zlarni ishlatar ekansiz, esingizda qoladi va keyinchalik to'g'ri ishlatishga harakat qilasiz. Chunki, atrofdagi ustozlaringiz, do'stlaringiz sizni xatoingizni to'g'irlashadi. 🟧Oddiy muloqotda ham o'rni kelganda, so'zlarni inglizcha variantiga almashtirish, sizga til o'rganish jarayonida yordam beradi.
Sizni katta maqsadlaringiz haqidagi gaplaringizga, o'zi hech narsaga erisha olmaganlar kuladi. Aksincha, shu maqsadlarga erishgan boshqa toifa kishilar esa, sizni qo'llab-quvvatlashga harakat qiladi. Shunday ekan, xato qilishdan qo'rqib bajarmagandan ko'ra, xatolaringiz ustida ishlagan ma'qulroq!
➡️ Yana bir holat borki, bu savol berishdan uyalish! Aytishadiku: "Bilmaganni so'ragan olim, Uyalib so'ramagan o'ziga zolim!" ✔️ Aynan, ustozga savol berishga uyalmaslik kerak. Nima uchun? Birinchi navbatda siz pul to'layabsiz! Ustozingiz siz so'ragan savollarga javob berishi uchun pul to'layabsiz. Modomiki, savol bermas ekansiz, do'konga kirib, to'lov qilib, mahsulotingizni qoldirib ketayotgan xaridorga o'xshaysiz. Shu mahsulot siz uchun kerak, lekin uni olishdan uyalib tashlab ketyapsiz. Unda nega xaridni amalga oshirdingiz? ✅ Til o'rganishda ham xuddi shunday. Savol berishdan, noto'g'ri gapirib, kulguga qolishdan uyalib indamay ketish yaramaydi. O'zingiz uchun, kelajagingiz uchun uyatni chekkaga surib qo'ying. Mayli xato gapiring, mayli ko'p savol bering. Lekin aslo jim turmang! 💎 Meni eng yaxshi, eng zo'r o'quvchilarim ko'p savol beradi, ingliz tilida ko'p gapirishga harakat qiladi. "G'alati eshitiladi, ustimdan kulishadi", — degan fikrni chiqarib tashlashgan miyalaridan. Mabodo kulgili gapirib qo'ygan taqdirda ham, hamma kulsa ham, vaziyatdan positiv ruhda chiqib ketishadi. Shu holatdan o'zlari uchun saboq olishadi. " Noto'g'ri gapirib qo'ydimmi, keyingi safar bunday gapirish kerak ekan" deb tog'irlab ketishadi situatsiyani. O'zini yerga urilgandek his qilmaydi. "Zato ne peshkom" degandek, u harakat qilyapti. Bilasizmi, aynan shunday yoshlar eng yuqori ballarni oladi. Kamina ham shunday edim. Natijasini esa ko'rib turibsiz! FROM USTOZATION
Mostrar todo...
👍 16🔥 2😁 2❤‍🔥 1👏 1
Vocabulary analysis of the answer above 💯 Basic Vocabulary • Common nouns: "school," "subject," "time," "classmates," "people," "activity," "football," "team," "memory," "childhood." • Verbs: "remember," "love," "appreciate," "go," "play," "help," "bond," "become," "improve," "interact." Intermediate Vocabulary • Adjectives: "primary," "young," "different," "boring," "healthy," "entertaining," "helpful," "nice," "physical," "mental," "special," "incredible." • Adverbs: "honestly," "vividly," "especially," "effectively." Advanced Vocabulary • Phrases and collocations: "vividly remember," "related to," "physical education," "opportunity to," "time span," "healthy activity," "team players," "interact effectively," "vivid memory," "cherish a memory." Grammar and Sentence Structure • Simple Sentences: "I love physical education." "I think we improved reactions." • Compound Sentences: "I don't remember too much about my years in primary school because I was very young, you know, seven years old, eight years old, nine years old, but just like everybody else." • Relative Clauses: "most of those are related to my favourite subject in school, which was physical education." • Coordinating Conjunctions: Used to link ideas smoothly, e.g., "and," "but," "because." #AttentionToDetail 👍 @ieltsaidbydilshodbek
Mostrar todo...
🔥 8👍 2
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
‼️Bugun qabul boshlanadi #abituriyent Bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, ertalab ochilib qolsa kerak. Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
👍 6🔥 1
⚡️Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan 8 ta OTMda bu amaliyot bekor bo‘ldi 2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qildi. Joriy yilgacha 8 ta OTMning chet tili birinchi mutaxassislik fan bo‘lgan yo‘nalishlarida abituriyentlardan test emas, ijodiy imtihon olinardi. Bu yilgi qabulda mana shu OTMda ham ijodiy imtihon o‘rniga test bo‘ladi va bu OTMga topshiradigan abituriyentlar ham o‘tgan yildagi kabi faqat shu OTM doirasida emas, respublikadagi barcha OTMdan o‘z yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan 5 tasini tanlashi mumkin bo‘ladi. 2024-yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTM kabi test imtihoni o‘tkaziladi: ➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➖Samarqand davlat chet tillar instituti; ➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ➖Toshkent davlat pedagogika universiteti; ➖Qo‘qon davlat pedagogika instituti; ➖Nukus davlat pedagogika instituti; ➖Andijon davlat chet tillar instituti; ➖Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.
“Prezident farmonida 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, deyilgan. Bu keyingi yildan chet tili birinchi fan bo‘lgan barcha yo‘nalishlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo‘lishini anglatadi. Agar keyinchalik qaysidir yo‘nalishga chet tili birinchi fanga aylantirilsa ham, shu yo‘nalishga topshiruvchi abituriyent uchun sertifikat talabi majburiy bo‘ladi. Bu haqida bir yil oldindan abituriyentlarni ogohlantiryapmiz: keyingi yildan chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga topshiruvchi abituriyentlar hozirdan harakat boshlashi kerak”, deb tushuntirdi Abduvali Xoliqov.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Mostrar todo...
👍 10
Words related to "CLOTHES" 👕 👚1. Dress accordingly - vaziyatga qarab, to'g'ri kiyinmoq • I like to dress accordingly/appropriately. 👚2. Put on - kiymoq • Put on your jacket- we are going out 👚3. Take off - yechmoq • Please take off your shoes before coming in 👚4. Try on - kiyib ko'rmoq (asosan mos kelish yoki kelmasligini aniqlash uchun) • Can I try it on please ? 👚5. Fit someone - Kimgadur razmeri mos kelmoq • In the offline shopping, you can try on and you can make sure whether it fits you or not. 👚6. Presentable - juda chiroyli ham emas, juda xunuk ham emas, just good-looking enough. • As long as I'm presentable, that's all right for me. 👚7. Stylish, trendy clothes - zamonaviy • I'm not much into trendy clothes, honestly. 👚8. Have an eye for fashion - modani yaxshi tushinadigan • She has an eye for fashion. 👚9. Dress elegantly - didli, nafis, chiroyli kiyinmoq • She dresses elegantly all the time. 👚10. Second-hand - ikkinchi qo'l • I don't like wearing second-hand clothes 💸#Shopping 📕#Vocab @dilshodbeksielts
Mostrar todo...
4👍 3
🎯 ABUSIVE | Qattiq tegadigan 🪓 cruel - shafqatsiz (1) 🔴 🪓 brutal - yovuz (1) 🟡 🪓 unkind - mehrsiz 🪓 pitiless - rahmsiz 🪓 vicious - yovuz (2) 🟡 🪓 savage - vahshiy 🪓 sadistic - sadistik 🪓 ruthless - shafqatsiz (2) 🔴 🪓 barbaric - varvarlik 🪓 inhuman - g'ayriinsoniy (1) 🔵 🪓 merciless - shafqatsiz (3) 🔴 🪓 uncaring - beparvo 🪓 heartless - yuraksiz 🪓 inhumane - g'ayriinsoniy (2) 🔵 @dilshodbeksielts
Mostrar todo...
👍 7🔥 4😁 1
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi #abituriyent Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
👍 7👏 5 1😱 1