cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Lestat

There is an innate anxiety which supplants in us both knowledge and intuition. © Emil Cioran https://t.me/lestat_here/18 Fonotekam https://t.me/musicmusicagainmusic

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
384
Suscriptores
-424 horas
+77 días
+4530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Kechki repertuarimizda Shopen. Si diez minordagi noktyurni. Eng mashhur va eng dark kuylaridan biri. Shopen va qaygʻu soʻzlarini sinonim ekanligini klassik musiqa tinglaydigan insonlar juda yaxshi biladi va bu musiqa ham istisno emas. Eng sentimental, eng yurakka yaqin, eng darddosh kuylarni faqat Shopen yarata olgan. Va mening eng yaxshi koʻrgan va eng koʻp eshitgan bastakorim ham u) @lestat_here
Mostrar todo...
🍓 6 2
The Raven by Edgar Allan Poe Boʻpti, mana "The Raven"ni ham oʻqinglar https://www.poetryfoundation.org/poems/48860/the-raven @lestat_here
Mostrar todo...
The Raven

Once upon a midnight dreary, while I pondered, weak and weary,

Annabel Lee It was many and many a year ago, In a kingdom by the sea, That a maiden there lived whom you may know By the name of Annabel Lee; And this maiden she lived with no other thought Than to love and be loved by me. I was a child and she was a child, In this kingdom by the sea, But we loved with a love that was more than love— I and my Annabel Lee— With a love that the wingèd seraphs of Heaven Coveted her and me. And this was the reason that, long ago, In this kingdom by the sea, A wind blew out of a cloud, chilling My beautiful Annabel Lee; So that her highborn kinsmen came And bore her away from me, To shut her up in a sepulchre In this kingdom by the sea. The angels, not half so happy in Heaven, Went envying her and me— Yes!—that was the reason (as all men know, In this kingdom by the sea) That the wind came out of the cloud by night, Chilling and killing my Annabel Lee. But our love it was stronger by far than the love Of those who were older than we— Of many far wiser than we— And neither the angels in Heaven above Nor the demons down under the sea Can ever dissever my soul from the soul Of the beautiful Annabel Lee; For the moon never beams, without bringing me dreams Of the beautiful Annabel Lee; And the stars never rise, but I feel the bright eyes Of the beautiful Annabel Lee; And so, all the night-tide, I lie down by the side Of my darling—my darling—my life and my bride, In her sepulchre there by the sea— In her tomb by the sounding sea. Edgar Allan Poe 1849 @lestat_here
Mostrar todo...
🍓 6 1
#binnasa Po haqida binnasa Edgar Allan Po adabiyotni chindan sevadigan, kitob oʻqigan koʻpchilik odamga tanish. 1809-yilda Amerikada Boston shahrida aktyorlar oilasida tugʻilgan bu odam adabiyot taxtasiga oʻzining ismini zulmatdek qora siyohlarda oʻchmas qilib yozib ketgan. Va faqat yozuvchilik orqasidan tirikchilik qilgan ilk odamlardan biri boʻlgan. Natijasi sir emas, bir umr qiyinchilikda, ochlikda, azoblarda yashagan. Bu adibning nimasi shunchalik oʻziga xos? Misol bilan tushuntirishga harakat qilaman. Bizning miyamiz xuddi uyga oʻxshaydi. Chindan ham. Baʼzilarda u juda katta, shinam, keng, kerakli narsalarning bari mavjud, baʼzilarda esa xaroba, juda tor. Baʼzilar oʻziga kerakli narsalarni oʻzlari joylashtirishadi uylariga, baʼzilarga esa qolgan odamlar olib kelib beradi va ular shunchaki bor narsani tiqishadi. Xoʻp, bu tushunarli. Lekin har bir uyda juda ham qorongʻu boʻlgan bitta yertoʻla bor. Biz u yerda oʻzimizning eng qora qoʻrquvlarimizni, travmalarimizni, hatto oʻylashga ham choʻchiydigan fikrlarimizni saqlaymiz. U yerga biz tushmaymiz, chiroq yoʻq u yerda, iloji boricha uzoqroq yuramiz. Po esa bizni aynan mana shu yertoʻlamizga sudrab olib tushadi. Bizga oʻzimizning ichki qoʻrquvlarimiz, dahshatlarimizni butkul koʻrsatadi, shu qadar qora va yorqin boʻyoqlar bilan tasvirlab koʻrsatadiki, biz endi boshqa narsa haqida oʻylay olmay qolamiz. Bizni ana shu yertoʻlaga qaytgimiz kelib qoladi. Po mana shunaqa yozuvchi. Zamonaviy gotik adabiyotning pionerlaridan, oʻzining qora va makabr asarlari bilan bizning eng yovuz taraflarimizni ochadi. Asarlaridagi asosiy mavzu oʻlim. Lekin shunchaki oʻlim emas. Oʻlim aralashgan barcha narsa. Qabrlar, qaygʻular, yolgʻizlik, yoʻqotishdan keladigan dahshatlar va yozgʻirishlar. U shundoq ham sirli boʻlgan oʻlimni bizga yanada chigalroq va dahshatliroq qilib koʻrsatadi. Oʻzining oʻlimi ham xuddi shunday sirli boʻlgan. 1849-yilda vafot etgan, lekin haligacha hech kim bilmaydi uning nimadan vafot etganini. Koʻpchilik alkogol peredozidan deydi, koʻpchilik sirrozdan, koʻpchilik suitsiddan. Aniq manba yoʻq. Shaxsan menga uning sheʼrlari koʻproq yoqadi. Ayniqsa "The Raven" va "Annabel Lee". Oʻzi bu ikkala sheʼr haqida kattaroq post qilishim kerak. "The Raven"(Quzgʻun) oʻz yorini yoʻqotgan bir aristokratning katta va kimsasiz qasrda yolgʻiz, zorlanib oʻtirishi bilan ochiladi va uning qasriga qop-qora quzgʻun uchib keladi. U asta-sekin quzgʻun bilan suhbatlasha boshlaydi, unga savollar beradi, quzgʻun esa faqat bir xil javob qaytaradi. Oʻzga dunyo, oʻlim haqida kechgan savol-javob unga yaxshigina taʼsir qiladi. Poema davomida biz bu odamning asta oʻzligini yoʻqotishini, aqldan ozishini, telba boʻlib borishini kuzatamiz va dahshatga botamiz. Poema juda goʻzal yozilgan, ingliz tilining barcha qudratidan foydalanilgan, qofiyalanish tizimi shu qadar chiroyliki, beixtiyor ovoz chiqarib oʻqib yuborasan. "Annabel Lee" sheʼri esa uning eng oxirgi asari. Oʻlimidan bir necha kun oldin yozilgan bu sheʼrda biz sevgiga, baxtsiz sevgiga guvoh boʻlamiz. Bir-birini sevgan ikki yoshning bir-biridan ajratilishi, birining vafoti, ikkinchisining alamlari tasvirlangan. Lekin bu oʻzining tipidagi boshqa sheʼrlardan oʻzining juda ham dark ekanligi bilan ajralib turadi. Buni ham astoydil tahlil qilib, katta post qilish kerak. Erinmasam va qoʻlimdan kelsa, shu sheʼrni tarjima qilib, tahlil qilishga harakat qilaman. Hozircha esa sheʼrni oʻzini ulashib turaman, sizlar esa Po bilan tanishinglar, oʻzlaringning yertoʻlanglarni bir koʻringlar) @lestat_here
Mostrar todo...
🍓 8 2
Quick quiz: Kanal sizga nima beryapti va nima uchun kanaldasiz?
Mostrar todo...
1
Repost from N/a
The Eminem Show - 26.05.2002 #EminemChallenge Eminemning ijodiy taraflama cho'qqisi. Avvalgi ishlaridan farqi bu albomda uning flow, cadenca hamda beat'lar bilan ishlashi ancha yuqorilaydi. Storytelling hamda albom mavzulari asosan shon-shuxrat, jamiyat hamda o'zining shaxsiy muammolari atrofida aylanadi. Bu albom SSLP hamda MMLP kabi anti-hero, drug-user, zo'ravon, telba g'azabli oq tanli repperdan ko'ra mulohazaliroq, geniy hamda o'zi yashaydigan jamiyat muammolari uchun qayg'uruvchi superyulduz qahramonga yanada qisqa qilib aytsak DC komikslaridagi Robinga o'xshagan xarakter bilan paydo bo'ladi. Albomda birortayam ortiqcha trek yo'q. Barchasi o'ta yaxshi treklar, ularni eshitib turib "keyingisi" tugmasini umuman bosmaysiz. Har bitta qo'shig'ini alohida tahlil qilsa bo'ladi, barchasi o'zining mavzusiga ega va eng muhimi Eminem barcha treklarda o'z ildizlariga sodiq qolib, lyrical o'yinlar, rhyme-scheme hamda qoyilmaqom barlar o'yinlarini yaxshi qo'llagan. Bu albomdan adashmasam birorta trekka alohida taqriz yozmagan ekanman. Albomning lead-singli - "Without Me" avvalgi ikkita albomdagi Mr-Don't-Give-F**k egosi Slim Shady tomonidan mainstream uchun aytilgan. Keyingi mashxur qo'shiqlar "Superman" - o'z davrida Eminemning Mariah Carey bilan bo'lgan janjali bilan birgalikda yangi oilaviy hayoti haqidagi qarashlarini ham olib chiqqan. "'Till I Collapse" - pryam udarrrr beat, Nate Dogg ijrosidagi smoooth naqorot hamda Eminem eng yaxshi qo'llagan cadence hamda flow texnikasi bilan uncha-muncha artist faqatgina orzu qila oladigan darajadagi motivatsion madhiya yaratib qo'ygan. "Sing For The Moment" - Aerosmith hard-rock guruhining ikonik "Dream On" trekiga sample qilingan va tepada nomi tilga olingan qo'shiqlardan kam bo'lmagan darajadagi san'at asari nomini olishga loyiq qo'shiq. "Cleanin' Out My Closet" - onasi Debbie Nelsonga atab ishlangan, o'ta dark hamda agressiyaga bor trek - qora marvarid. "Hailie's Song" - bu trekda Marshall Mathers rostakamiga kuylagan, shubxasiz u eng yaxshi vokalist emas lekin har holda qo'shiq orqali emotsiyalari yetkazib bera olgan. "My Dad's Gone Crazy" - bu qo'shiqda Eminem o'z qizi Hailie Jade bilan birgalikda studiyada yozgan, o'ta ochiq mavzularda komedik tarzda gapirib, barchani ustidan kulgancha Slim Shady egosini qaytargan. "When The Music Stops" - Eminem bunda musiqasi orqali o'smir-yoshlarga qanday ta'sir qilayotganini tahlil qiladi huddi "Sing For The Moment" dek. "White America", "Square Dance", "Soldier", "Say Goodbye Hollywood" - bular, asosan, jamiyat hamda shon-shuxrat badali kabi mavzularga chuqur kirishadi. Umuman olganda yuqorida aytganimdek har bir trek katta taqriz yozishga arziydi. Ulardagi so'z o'yinlari, flow o'zgarishi hamda yangi-yangi texnikalarning qo'llanishi albomni hip-hopning eng yaxshi albomlari qatorida muqim rolni egallashida katta ta'sir qiladi. Avvalgi albomdagi "Steve Berman" skiti esingizdami? Uning tanqidlari sabab Eminem "The Way I Am" hamda "The Real Slim Shady" ni yaratgandi. Bu albomda ham bu janobning bir necha og'iz so'zlarini eshitish mumkin. Skitda u albom haqida biroz gapirib yakuniy gapni aytgunga qadar Eminem uni to'pponchadan otib qo'ya qoladi)) Keyin esa u oxirgi nafasi bilan "Bu narsa hayotimda eshitgan eng yaxshi albomim edi" deb rostini aytib qo'ya qoladi)) Tavsiya qilamanmi, albatta! Shubxasiz, eshitib chiqish zarur bu albomni. Eminemning boshqa albomlaridan ko'ra bu silliqroq ketadi, bunga SSLP yoki MMLP kabi telba mavzularning deyarli yo'qligi ham sabab. Albomni tinglash uchun link. Shady Rating: 10/10 @shady_verse
Mostrar todo...
9
Qachondir suitsid qilsam, mana shu musiqa sadolari ostida qilaman shu ishni
Mostrar todo...
Qachondir suitsid qilsam, mana shu musiqa sadolari ostida qilaman shu ishni
Mostrar todo...
Qachondir suitsid qilsam, mana shu musiqa sadolari ostida qilaman shu ishni
Mostrar todo...
🍓 1
Repost from N/a
Biz mana shunday qilib yolgʻiz qolamiz. Aslida bu ham unchalik yomon emas. Qoʻrqinchli ham emas. Bu bizga oʻzimizga oʻzimiz javobi topilmaydigan savollar berishimiz va qorongʻu xonada oʻtirib olib yutoqib chekishimiz uchun ham kerak.
Mostrar todo...
🍓 11 3