MSR Aka - uka matematiklar
Ir al canal en Telegram
📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27
Mostrar más560
Suscriptores
+424 horas
+27 días
-1330 días
Archivo de publicaciones
#mocktest
📑 Milliy sertifikat Integralga oid misol
📹 117 Mb (Video sifati buzilmasligi uchun MB hajmi yuqori).
#Biroz_kulgu
😅 Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo’lsin
Videoni kursdoshlarizga yuborib qo’ying 😉
🎉 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni!
Aziz ustoz va murabbiylar!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori – bilimli va salohiyatli avlodni tarbiyalashdagi fidokorona mehnatingiz yurtimiz kelajagi uchun beqiyos hissadir.
Sizlarga sogʻlik-salomatlik, tinchlik-osoyishtalik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda katta yutuqlar tilaymiz. Shogirdlaringiz muvaffaqiyatlari har doim sizning faxringiz va quvonchingiz boʻlsin.
Bizni kuzatingInstagram | Telegram
Repost from Shayx Nuriddin domla Xoliqnazarov
#muftiy_minbari
Ўқитувчи ва мураббийлар куни муборак бўлсин
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари
📲 https://t.me/nuriddin_domla_maruzalari_tv
⚡️3-4 kurs talabalariga pedagogik faoliyat olib borishlariga ruxsat berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining 2025-yil 22-sentyabr kungi 02/10-4/1-8393-sonli xati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-maydagi 168-sonli buyrug‘i bilan Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
➖ 60540100-Matematika,
➖ 60540200-Amaliy matematika,
➖ 60530500-Fizika,
➖ 60530100-Kimyo,
➖ 60510100-Biologiya,
➖ 60530200-Geografiya,
➖ 60220300-Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 3-4-bosqichida tahsil olayotgan talabalar va ushbu ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Malaka talablariga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borishlari mumkinligi to’g’risida.
✅ @Msr_math
❗️Super kontrakt miqdorlari:
🏛 Andijon davlat pedagogika instituti — bazaviy to‘lov-kontraktning 4 baravaridan 5 baravarigacha (yo‘nalishlarga qarab);
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti — 4 baravardan 5 baravargacha;
🏛 Buxoro davlat texnika universiteti — 4 baravardan 6 baravargacha;
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti — 3 baravardan 5 baravargacha;
🏛 Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti — 8 baravardan 15 baravargacha;
🏛 Jizzax politexnika instituti — 4 baravardan 6 baravargacha;
🏛 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti — 4 baravardan 6 baravargacha;
🏛 Milliy estrada san’ati instituti — 6 baravar;
🏛 Milliy rassomlik va dizayn instituti — 8 baravar;
🏛 Namangan davlat universiteti — 4 baravardan 12 baravargacha;
🏛 Namangan davlat texnika universiteti — 4 baravardan 5 baravargacha;
🏛 Nukus davlat pedagogika instituti — 4 baravardan 5 baravargacha;
🏛 Qoraqalpoq davlat universiteti — 5 baravardan 10 baravargacha;
🏛 Qoʻqon davlat universiteti — 6 baravardan 8 baravargacha;
🏛 Samarqand davlat pedagogika instituti — 5 baravardan 6 baravargacha;
🏛 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti — 4 baravar;
🏛 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali — 4 baravardan 6 baravargacha;
🏛 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — 5 baravardan 7 baravargacha;
🏛 Termiz davlat pedagogika instituti — 4 baravar;
🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti — 5 baravar;
🏛 TATU Samarqand filiali — 4 baravardan 5 baravargacha;
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali — 5 baravar;
🏛 Toshkent davlat texnika universiteti — 3,5 baravardan 4 baravargacha;
🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 6 baravardan 10 baravargacha;
🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 6 baravardan 19 baravargacha;
🏛 Toshkent kimyo-texnologiya instituti — 3,5 baravar;
🏛 TKTI Yangiyer filiali — 3 baravardan 4 baravargacha;
🏛 TTA Urganch filiali — 4 baravardan 12 baravargacha;
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti — 4 baravar;
🏛 Oʻzbekiston Milliy universiteti — 3 baravardan 8 baravargacha;
🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti — 3,5 baravardan 6 baravargacha;
🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 5 baravardan 7 baravargacha.
✅ @Msr_math
🥳 Biz Instagramda 8k dan oshdik barchaga rahmat bizni kuzatishda davom eting!
👌🏻 22kunda 3.000 ta obunachihttps://www.instagram.com/msr_matematika?igsh=NXB4dm00aGswMDFq
🥳 Biz Instagramda 8k dan oshdik barchaga rahmat bizni kuzatishda davom eting!
👌🏻 22kunda 3.000 ta obunachihttps://www.instagram.com/msr_matematika?igsh=NXB4dm00aGswMDFq
+1
#bazaviy_kontrakt2025
⚡️Rasman: Kontrakt narxlari e'lon qilindi
Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura)
✅ @Msr_math
❗️Super-kontrakt miqdori OTM rektori tomonidan tasdiqlanadi va shartnoma uchun 25-sentyabrdan ariza berish mumkin
Davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, bu yil tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini OTM rektorlari (direktorlari) belgilaydi.
📋 Tartib quyidagicha:
➖ agar abituriyent qabul chegarasidan 4,05 ballgacha yetmagan bo‘lsa – kontrakt miqdori hukumatning 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;
➖ agar 4,05 balldan ko‘proq yetmagan bo‘lsa – kontrakt miqdorini OTMning o‘zi belgilaydi. Uning miqdori bazaviy kontraktdan kamida 3 baravar yuqori bo‘ladi.
⏰ 25-sentyabrgacha barcha OTMlar o‘zining tabaqalashtirilgan kontrakt minimal miqdorini e’lon qiladi.
💰To‘lov tartibi:
Super kontraktga shartnoma olganlar bir yillik kontraktning 50 foizini 31-oktyabrgacha to‘lashi kerak.
ℹ️ Shuningdek, imtihonda ishtirok etib, 2–5-yo‘nalishlardan biri bo‘yicha grant yoki kontraktga tavsiya qilingan abituriyentlar istasa, o‘zining birinchi tanlagan yo‘nalishida ham tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
❌ Lekin, maqsadli qabulga kirganlarga bu qoida tatbiq etilmaydi.
✅ @Msr_math
❗️Joriy yil super-kontrakt miqdori OTM rektorlari tomonidan belgilanadi. Ancha arzonlashishi kutilmoqda
#abituriyent
Davlat qabul komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:
➖qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;
➖qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).
✅ @Msr_math
#qabul2025 #imkoniyat
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qo‘shimcha qabul 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;
🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;
🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
✅ @Msr_math
❗️Super-kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlanibdi, ertaga e’lon qilishar ekan.
6-yo’nalishda o’qishga kira olmagan abituriyentlarga kvotasi to’lmagan naq 5 ta yo’nalishni tanlash huquqi beriladi.
Super-kontraktda jiddiy o’zgarishlar yo’q.
✅ @Msr_math
⚡️Elementar matematikaning asosiy formulalar to'plamini yuklab oling!
Kitobcha elementar matematikaning barcha asosiy formulalari va qoidalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari talabalari, Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchi abiturientlar va matematika o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.Saqlab oling va tarqatib qo'ying! ✅ @Msr_math
⚡️Talabalarga kontrakt puli 50%gacha qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq, professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan muayyan toifadagi talabalarga kontrakt to‘lovining 50 foizigacha (lekin eng ko‘pi bilan BHMning 50 baravarigacha) miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi? “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar Bu yordam quyidagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar uchun amal qiladi Davlat oliy ta’lim muassasalari Xususiy oliy ta’lim muassasalari Xorijiy oliy ta’lim muassasalari Moliyaviy chegara qancha? 2025-yil 1-avgustdan boshlab, BHM (bazaviy hisoblash miqdori) 412 000 so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, yordam miqdorining yuqori chegarasi 50 × 412 000 = 20 600 000 so‘m Ya’ni, talaba kontrakti bundan kam bo‘lsa, 50%gacha to‘lanadi. Agar kontrakt miqdori yuqori bo‘lsa ham, maksimal 20,6 million so‘migacha yordam ko‘rsatiladi. ✅ @Msr_math
