cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

📓🎓ONA TILICHILAR🎓📓

💎ONA TILI VA ADABIYOT BOYICHA N1 KANAL 🛡BARCHA DTM KITOBLAR BIZNING KANALDA🛡 🎓📚BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI DARAJASIDAGI VARIYANT BIZDA📚🎓

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
6 123
Suscriptores
+1724 horas
+1687 días
+47730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

📚 Test: BBA-2023 repetitsion testlari (2) ❇️ Majburiy ona tili ❎ Javoblari yo'q ❗️ Bilimlarni baholash agentligi tomonidan tuzilgan Kanalimizga a'zo bo'ling 👇 @Ona_tilichilar_uchun_quizlar
Mostrar todo...
👏 2🕊 2🥰 1😘 1
🔰TALAFFUZDA RO'Y BERADIGAN TOVUSH ORTISH HODISALARI🔰 🖍 PROTEZA-so'z boshida tovush ortishi. ✅Stol=istol, stul=istul, stakan=istakan 🖍 EPENTEZA-so'z o'rtasida tovush ortishi. ✅Traktor=tiraktor, fikr=fikir, hukm=hukum,uzr=uzur, oila=oyila, soat=soxat, sinf=sinif. 🖍EPITEZA-so'z oxirida tovush ortishi. ✅Tank=tanka, bank=banka, disk=diska 🖍PROKOPA-bunda so'z boshida ba'zan unli yoki undosh tovush tushib qoladi. ✅Yog'och-og'och, tirik-irik. 🖍 SINKOPA-bu hodisa asosan o'zlashma so'zlar talaffuzi jarayonida yuzaga kelib, so'z o'rtasi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qilinadi. ✅Traktor-traktir, direktor-direktir, doktor-duxtir. 🖍ANAKOPA-so'z o'zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushish hodisasidir. ✅Do'st-do's, go'sht-go'sh, gazeta-gazet, smena-smen. 🖍ELIZIYA-unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlandigan ikki so'zning qo'shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. ❇️Bunda bir necha holat kuzatiladi: ✅a) Birinchi so'z oxiridagi unli tushib qoladi. 🖇Yoza olmoq-yozolmoq 🖇Bera olmoq-berolmoq ✅b) Unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so'zning bosh unlisi tushadi. 🖇Borar ekan-borarkan 🖇Borar emish-borarmish 🖇Borar edi-borardi ✅c)So'zlar tarkibida bir yo'la ham unli, ham undosh tovushlarning tushib qishi ELIZIYAning murakkab shaklini yuzaga keltiradi. 🖇Abdusalom-Absalom, 🖇Olib kel-opke. 🖍 REDUKTSIYA-so'zning birinchi bo'g'inida biror unlining, odatda tor unlining kuchsiz talaffuz etilish hodisasi. ✅Pishiq, pishak, qiliq ❇️Ba'zan so'zga biror affiks qo'shilishi natijasida, o'zakdagi tor unli kuchsizlanib, tushib qolishi ham mumkin. 🖇Burun-burni 🖇O'g'il-o'g'li 🖇Singil-singlim 🖍 SANDXI HODISASI-fe'llar bilan bog'lamalarning ixchamlashuvi(birikuvi) natijasida tovush tushishi. ✅ Ishlar+edi=ishlardi ✅ Borgan+emish=borganmish ✅ Borar+ekan=borarkan 🟢🟣🟢🟣🟢🟣🟢🟣🟢🟣🟢🟣 @Ona_tilichilar_uchun_quizlar
Mostrar todo...
🥰 1👏 1🕊 1💯 1
Ayrim atamalar izohi 1. Tabu- man etilgan, aynan aytilmaydigan so'zlardir. M: chayon - otsiz, qoraqurt - biy, qizamiq - gul. 2. Evfemizm-qo'pol, noqulay, beodob so'z va so'z birikmalarini qulay so'z va so'z birikmalari bilan almashtirish. M: ko'r-ko'zi ojiz, o'ldi - vafot etdi, xotin olmoq - uylanmoq Ba'zan evfemizm tabu bilan bog'lanib keladi. M: er - dadasi. 3. Parazit sozlar (ortiqcha sozlar) qo'pol, qo`llanishi nutq odobi doirasidan tashqarida bo'lgan, qarg'ish va haqorat so'zlardir. Bunday so'zlar badiiy adabiyotda ma'lum bir maqsad b-n qo'llanishi mumkin. M: Sut ko'r qilgur, haromi Gitler oqpadar Qo'pol, qarg'ish, haqorat so'zlari oliy ta'lim darsliklarida vulgarizmlar (vulgar soʻzlar) deb ham nomlanadi. 4. "Shaxsiy” ijod so'zlari – bularga momoy, boboy, mamulya, babulya, bratishka, mersi, zamri, znachit, to yest kabilar kiradi. O'zbek adabiy tili, lug'at boyligiga kirmaydigan, adabiy tilimizga qabul qilinmagan qo'llanma so'zlar oliy ta'limda varvarizmlar deb nomlanadi. 5. Jonii tilda uchraydigan so'zlar-bular ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko'rsatadigan so'zlar bo'lib, bularni zarur o'rinda me'yorda ishlatish kerak. M: innaykeyin (Sariboy nutqida). 6. Semasiologiya (lot. sema - ma'no, logos – ta'limot) so'z va gaplar ma'nosini o'rganuvchi soha @Ona_tilichilar_uchun_quizlar
Mostrar todo...
🔥 1🤩 1🕊 1💯 1
⚠️Yulduzlar mangu yonadi⚠️ badiiy asaridan savol-javob 1. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi dastlab qaysi jurnalda bosilib chiqqan? J.: “Sharq yulduzi” 2. Qaysi asarda yashinmachoq, oqsuyak singari o‘yinlar haqida so‘z yuritilgan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 3. Xo‘jasoatdagi kurashga kim bakovullik qiladi? J.: Bo‘ri polvon 4. Ikki polvon baravar yikilsa, qanday yiqilish bo‘ladi? J.: It yiqilish 5. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi kimning to‘yi bilan boshlangan? J.: Zulfiqor polvonning 6. Ko‘pkarida otdan yiqilib, kimning bir ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi? J.: Nasim polvonning 7. Esli molim, oqilim, churiya-chur-ey, Yelkamdagi kokilim, churiya-chur-ey, Shuncha molning ichida, churiya-chur-ey, Bog‘da ochilgan gulim, churiya-chur-ey. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 8. Tog‘larda bor gulxayr, churiya-chur-ey, Oq sutingni qil xayr, churiya-chur-ey, Kelar yili tuqqaning, churiya-chur-ey, Bo‘lsinda Zuhra-Tohir, churiya-chur-ey. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 9. Turtkilasam iyasan, churiya-chur-ey, Bir kadi sut berasan, churiya-chur-ey, Yashirib qolgan sutingni, churiya-chur-ey, Qay bir kimga berasan, churiya-chur-ey. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 10. Bo‘ri polvonning onasi kim? J.: Oyxol xola 11. G‘ujmoqi bug‘doy, Donginang to‘q-ay, To‘p bo‘l, o‘rayik, Xo‘pda ko‘rayik. Ushbu qo‘shiqni kim kuylaydi? J.: Momoqiz 12. “Egachim elakli bo‘ldi, elagi tilakli bo‘ldi” kinoyasi qaysi asarda qo‘llangan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 13. Yo‘rtib-yo‘rtib haydagin-a, mayda-yo, mayda-yo, Don somondan arisin-a, mayda-yo, mayda￾yo, Ayni sahar bo‘lganda-yo, mayda-yo, Xo‘jayi Xizir dorisin-a, mayda-yo, mayda￾yo. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 14. Ayri-ayri tuyog‘ing, mayda-yo, mayda￾yo, Olmos bo‘lsin jonivor-a, mayda-yo, mayda￾yo, Seni boqqan dehhonlar-a, mayda-yo, mayda-yo, Sarmast bo‘lsin jonivor-e, mayda-yo, mayda-yo. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi” 15. Mo‘l xirmondan oldim somon, mayda￾yo, mayda-yo, Oshiqqa qorong‘idan oydin yomon, mayda￾yo, mayda-yo Oshiqlar murodini bersin xudo, mayda-yo, mayda-yo, Kechalar yomg‘ir yog‘ar, kunduz tuman, mayda-yo, mayda-yo. Ushbu qo‘shiq qaysi asardan olingan? J.: “Yulduzlar mangu yonadi 🔰Biz bilan Ona tili va adabiyotni oson o'rganing🔰 👩‍🏫@Ona_tilichilar_uchun_quizlar 👨‍🏫
Mostrar todo...
👍 16🏆 2👨‍💻 2🤝 2🎉 1🍓 1
🍀IKKI ESHIK ORASI🍀 ⚜️Har "ko'zi" piyoladek oynak taqadigan, o'zining yuzi lagandek, kreslosini rosa yaxshi ko'radi ♻️ "Kobra"—Shavkat Qudratovich ⚜️Yuzi cho'tir, birov yuzini do'lda qolgan tappi deydi, birov chakichlangan patir  deydi ♻️Ilhom choyxonachi ⚜️Xuddi koptokka o'xshaydi, kichkina, dum-dumaloq, tag'in yozdayam qora nimcha kiyib yuradi ♻️"Qora amma" ⚜️Bo'yi novcha, yuzi oppoq, chiroyli, sochi uzun, yerga tegadi ♻️Robiya ⚜️Devday xotin, mo'yloviyam bor, nuqul "suyagingni menga ber, men tozalab beray", deydi ♻️Parcha xola ⚜️Tabib buvaning xotini, burni tovuqning tumshug'iga o'xshaydi ♻️Lazakat xola ⚜️Soqol-mo'ylovi, ko'zi ustiga qayrilib tushgan qoshi, hatto quloqlarining ichidan chiqib turgan tuklari ham ko'kimtir-oppoq ♻️Orif oqsoqol ⚜️60 ga borib, kelinlardek yasanib oladi, No'g'ayqo'rg'onda "osmondagi qushni bejaydigan chevar" nomi bor ♻️Xolposh xola ⚜️"Oh desa o'pkasidan oy ko'rinadi", pok bola ♻️Ochilboy ⚜️O'zi kalta bo'lsayam, boshi toshni yoradi ♻️Husan duma ⚜️20 yil oldingi urushda bir oyog'idan ayrilgan; o'zi yaxshi-ku, ko'p ichadi ♻️Rashid abzi ⚜️Qalamda tortilgandek qoshlari, yonib turgan qop-qora xumor ko'zlar, sutday oppoq yuz, ingichka iyagida mitti xoli bor, angishvonadek og'zi, hammasi ataylab chizilganga o'xshaydi ♻️Ra'no ⚜️Sariq xotin ♻️Abduvalining oyisi ⚜️ Silliq yuzli, siyrak soqolli, Luqmoni hakimning nafasi tekkan, professor Slonimning o'zi tan bergan, barchani sizlab gapiradi ♻️Komil tabib ⚜️Shaddod xotin, uncha-muncha erkakni bir cho'qishda qochiradi, No'g'ayqo'rg'onda birinchi bo'lib traktor haydagan ayol ham, Yo'dosh otaning qo'lidan maqtov qog'oz olgan ham shu ♻️Bashorat ⚜️Urushdagi farg'onalik hazilkash kishi ♻️Ergashali ⚜️Ko'm-ko'k ko'zli, rangsiz, Rostov degan shahardan kelgan, o'g'li—4 yashar Vova(vafot etgan) ♻️Marja(Marusya) ⚜️Qo'y og'zidan cho'p olmagan, odamlarga ma'rifat tarqatishni o'ylagan, hamisha ozoda kiyinadigan, mayizdekkina muloyim odam ♻️Sadriddin Samadov ⚜️Qoraqosh, qorako'z, eng yosh qo'mondon, allaqayeri o'zbekka o'xshaydi ♻️Chernyaxovskiy ⚜️Yuzi oppoqqina, kipriklari uzun-uzun, ko'zlari odamga "bir nima demoqchimisan" deganday qaeab turadi ♻️Munavvar ⚜️O'zi mushtdek kallasi xumdek ♻️Qo'zivoy ⚜️Muzaffarning doim soat taqib yuradigan sinfdoshi ♻️Sherzod ⚜️Suvyuqmas bola ♻️Muzaffar ⚜️Yaxshi yigit, rubob chaladi, ashula aytadi, nima ovqat qilsa,  sayratib yuboradi, bitta aybi—befarqligi ♻️Ergash @ONA_TILICHILAR_UCHUN_QUIZLAR kanalida
Mostrar todo...
🤗 2🔥 1👏 1🤩 1🤓 1
🌁"ASRGA TATIGULIK KUN"🏙️ ROMANI BO'YICHA SAVOL-JAVOBLAR MUALLIF : RUXSHONABONU TEACHER 💥Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romani qachon yozilgan?   ❗1980-yil 💥Chingiz Aytmatovning qaysi romani matbuotda chiqishi bilanoq, keng jamoatchilikni larzaga solgan?   ❗"Asrga tatigulik kun" 💥Qaysi asar voqealari bir kun ichida bo'lib o'tadi?   ❗"Asrga tatigulik kun" 💥Qaysi asari Chingiz Aytmatov uchun, jon-u jahonning o'zi edi?   ❗" Asrga tatigulik kun" 💥Asarga kimning kitobidan epigraf qilib olingan ?   ❗Arman yozuvchisi Grigor Narikatsining "Musibatnoma" asaridan 💥Asarni kim o'zbek tiliga tarjima qilgan?   ❗Asli Rashidov💥" Asrga tatigulik kun"  romanida siyosatdan tamomila chetda turuvchi, siyosiy muammolar  hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamyargina odam ham, aslida, siyosatning ta'siridan xoli bo'lolmasligi qaysi qahramon taqdiri misolida juda ishonarli aks ettirilgan" Bu qaysi qahramon? ❗ Edigey Bo'ron 💥" Asrga tatigulik kun"  romanida voqealar qayerda bo'lib o'tadi?   ❗Bo'ronli bekatida, Sario'zak cho'lida 💥Ona Bayit qabristonigacha Bo'ronli bekatdan  eng yaqin yo'ldan yurilganda  borish-u kelish qancha masofa edi?   ❗60 chaqirim 💥 Kazangapning ólganini Edigeyga kim yetkazadi?   ❗Ukkubola 💥Kazangapning dafn marosimi maslahatiga necha kishi yig'ilgandi?   ❗Besh kishi🧾"Atrofda yer ko'p, albatta, istaganimcha topiladi. Faqat odamlar nimagadir yaqinlarini duch kelgan joyga ko'mib ketishavermaydi. Har holda bejiz bo'lmasa kerak" Ushbu fikr kimga tegishli? ❗Edigeyga 🧾Sobitjonning xotini nima uchun qaynotasining dafn marosimiga kelmadi? ❗Allaqanday konferensiyada qatnasharmish, ana shu yig'inga chet ellik mehmonlar tashrif buyurarmish 🧾Manqurt kim? ❗Xotirasidan umrbod mahrum etilib, o'tmishni eslolmaydigan qul. 🧾Oqmoya tuyaning avlodlari qanday xususiyatga ega? ❗Urg'ochilari o'ziga tortib, oq bosh tug'ilib, nayman eliga ma'lum va mashhur, norlari esa, aksincha, hozirgi Qoranor Bo'ron singari qoradan kelgan, juda baquvvat bo'ladi. 🧾Nayman qabilasi uchun nima isnod hisoblanardi? ❗Jangda birodarlarining kimsasiz Sario'zak cho'lida dafn etilmay qolib ketgani. Muallif: Kamola Ibrohimova 🌱Keyingi qo'llanmani qaysi badiiy asardan qilishimizni xohlaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring! 🚫 Mualliflik huquqini saqlang hurmatli admin (ka)la @ONA_TILICHILAR_UCHUN_QUIZLAR
Mostrar todo...
😍 3👍 2 1💯 1🤗 1💘 1
💢 Yozuvchi va shoirlarga tegishli misralar💢 ✏ Eng daxshatli sukunat shoir jim tursa - XURSHID DAVRON ✏ Odamning chiqiti bo'lmaydi - ABDULLA QAHHOR ✏ Shunchaki yozmoqlik shoirga o'lim - H. XUDOYBERDIYEVA ✏ Yorilmagan yaraday sevgi - ABDULLA ORIPOV ✏ Yer ostida shivirlar bahor - OYBEK ✏ Adabiyot atomdan kuchli - ABDULLA QAHHOR ✏ Asrlarni yig'latgan sevgi - USMON NOSIR ✏ Makotiblar - taraqqiyning boshlanishi ✏ Tanasidan qon oldirgan bemor - HAMZA ✏ Yashamoq - bir tansiq taom - H. XUDOYBERDIYEVA ✏ Kitob - tafakkur qanoti - OYBEK ✏ Kimda qanoat bo'lsa unda g'am yo'q - A. NAVOIY ✏ Haq berilmas olinur - BEHBUDIY ✏ Minnat himmatni yo'q qiladi  - BERUNIY ✏ Haq yo'li, albatta, bir o'tilgusi - CHO'LPON ✏ Men she'r yozsam, endi uni qog'ozga emas, Anov yal-yal yonayotgan o'tga yozaman - OMON MATJON ✏ O'zbek tili kambag'al emas, uni kambag'al deganlarning o'zi kambag'aldir - ABDULLA QODIRIY @Ona_tilichilar_uchun_quizlar
Mostrar todo...
💘 3🎉 2💔 2👍 1
📒KO'MAKCHI📒 📝Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiladigan so'zlar ko'makchilar deyiladi. 📝Otlarning boshqa so'zlarga tobe bog'lanishi uchun xizmat qiladigan so'zlarga ko'makchilar deyiladi. 📝Ko'makchilar tarixan mustaqil so'zlar bo'lib, hozirgi kunda leksik ma'nosini yo'qotgan va grammatik ma'no ifodalashga o'tgan so'zlardir. ✏️Mustaqil ma'nosini yo'qotish darajasiga ko'ra ko'makchilar 2 guruhga bo'linadi: 1.Sof ko'makchilar; 2.Vazigadosh ko'makchilar.         📌Sof ko'makchilar📌 Atash ma'nosini tamoman yo'qotgan va faqat o'zi birikkan so'zni boshqa so'zga tobelantirib bog'lash uchun xizmat qiladigan ko'makchilarga sof ko'makchilar deyiladi. Masalan: bilan, uchun, sari, haqida, tufayli, singari, uzra, qadar, sayin, kabi, yangligʻ. ✏️ESLATMA: Sof ko'makchilar urg'u olmaydi. Ba'zan bilan, uchun ko'makchilari badiiy uslubda -la, ila, birla, -chun shaklida qo'llanadi. -la, -chun chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: Fursat g'animatdir shoh satrlar-la bezamoq chogʻidir umr daftarin. @Ona_tilichilar_uchun_quizlar
Mostrar todo...
🤗 6😘 6🍓 3👍 2💘 2
✅FONETIKA URG'U OLMAYDIGAN QO'SHIMCHALAR 1.- la fe'l yasovchi qo'shimchasi ; 2. Fe'lning bo'lishsizlik shakllari: -may, -mayin,-masdan, -maslik, -ma ; 3. Qo'shimcha holatidagi yuklamalar:--mi, -chi, -a(ya), -u, -yu, -da, -ku, -oq(yoq), -gina, -dir ; 4.O'xshatishni ifodalovchi shakllar:-day, -dek, -cha ; 5.Sonning ma'no turini hosil qiluvchi qo'shimchalar:-ta, -tacha,   -larcha, -lab,-ala, -dan ; 6. Bog'lamalar: -man, -san, -miz, -siz, -dir ; 7. Zamon shakllari: -moqda, -yapti, -di, -gan, -moqchi : 8.Familiya oxiriga qo'shiluvchi qo'shimchalar: -ov, -ova, -yev, -yeva 9. Sof ko'makchilar: uchun, bilan, sari, kabi, sayin, haqida, singari ; 10. Fe'lning buyruq-istak mayli shakllari: -sin, -gin, -ay, -aylik ; 11. Qo'shma va takroriy so'zlarda urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydi ; 12. Bo'lishsizlik  belgilash  gumon olmoshlarida urg'u oxirgi bo'g'inga tushmaydi. @Ona_tilichilar_uchun_quizlar
Mostrar todo...
🔥 6👍 3😘 2🏆 1🍓 1🤓 1
📒KO'MAKCHI📒 📝Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiladigan so'zlar ko'makchilar deyiladi. 📝Otlarning boshqa so'zlarga tobe bog'lanishi uchun xizmat qiladigan so'zlarga ko'makchilar deyiladi. 📝Ko'makchilar tarixan mustaqil so'zlar bo'lib, hozirgi kunda leksik ma'nosini yo'qotgan va grammatik ma'no ifodalashga o'tgan so'zlardir. ✏️Mustaqil ma'nosini yo'qotish darajasiga ko'ra ko'makchilar 2 guruhga bo'linadi: 1.Sof ko'makchilar; 2.Vazigadosh ko'makchilar.         📌Sof ko'makchilar📌 Atash ma'nosini tamoman yo'qotgan va faqat o'zi birikkan so'zni boshqa so'zga tobelantirib bog'lash uchun xizmat qiladigan ko'makchilarga sof ko'makchilar deyiladi. Masalan: bilan, uchun, sari, haqida, tufayli, singari, uzra, qadar, sayin, kabi, yangligʻ. ✏️ESLATMA: Sof ko'makchilar urg'u olmaydi. Ba'zan bilan, uchun ko'makchilari badiiy uslubda -la, ila, birla, -chun shaklida qo'llanadi. -la, -chun chiziqcha bilan yoziladi. Masalan: Fursat g'animatdir shoh satrlar-la bezamoq chogʻidir umr daftarin. @Ona_tilichilar_uchun_quizlar
Mostrar todo...
👨‍💻👨‍💻📚📝ÒŅÀ ȚÌĻÌ VÁ ĂĐÃBĮÝÓȚĐÀŅ QO‘ĻĽÀŃMAĹĄŔ📚📝👨‍💻👨‍💻

ASSALOMU ALAYKUM HURMATLI O‘QUVCHILAR USHBU ONA TILI VA ADABIYOT KANALIMIZDA SIZGA KERAK BO‘LADIGAN MA‘LUMOTLAR, QO‘LLANMALAR, TESTLAR TASHLAB BORILADI!! Guruhimiz:

https://t.me/maxsus_OnaTiliAdabiyot