cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Zaspoiler

Ushbu kanalda "Efemerida" jamoasi aʼzolari tomonidan biz koʻp duch keladigan asarlar haqida qisqacha maʼlumotlar olasiz. Spoiler qilish yaxshimas, lekin hammasi sizlar uchun)

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 647
Suscriptores
Sin datos24 horas
-117 días
-3230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#bobosöz_izidan “Birpas”mi, “ikkipas”?.. “Biz bilan birpas o‘tiring”, deymiz. Umuman “birpas” degan so‘zni biz ko‘p ishlatamiz. Lekin uning tarixini, kechmishini, sakkiz og‘a-inidan bir o‘zi yolg‘iz qolganligini, yеtti aka-ukasi esa, tarix to‘zonlarida yo‘q bo‘lib ketganligini bilmaymiz. Qizig‘i shundaki, “birpas” so‘zidagi “pas” qismi tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” degan ma’noni anglatgan. Shuning uchun ham, kechaning bir pasi, kechaning ikki pasi, uch pasi, to‘rt pasi, besh pasi, olti pasi, yеtti pasi va nihoyat, sakkiz pasi kabi iboralar tilimizda ishlatilgan. Xullas, ular jami sakkiz og‘a-ini bo‘lishgan. Shuningdek, “pas” so‘zining “rioya, e’tibor”, “saqlash, qo‘riqlash” degan ma’nolari ham bo‘lgan. “Birpas” so‘zining paydo bo‘lish tarixi “O‘zbek adabiy tili leksikasi tarixi” kitobida shunday izohlangan. @efemerida_adabiyoti
Mostrar todo...
👍 11
Photo unavailableShow in Telegram
Qurbon hayit muborak bo'lsin)
Mostrar todo...
😁 12 2
Tabib • muallif: Tadeush Dolenga Mostovich • yozilgan vaqti: 1937-yil • obrazlar: Rafal Vilchur (Antoniy Kosiba), Beata, Marisa, Leshek Chinskiy, er-xotin Chinskiylar, Prokop, Zonya, pani Shkopkovo, doktor Dobronetskiy, doktor Pavlitskiy, advokat Korchinskiy va boshqalar. • syujet: mahoratli jarroh Rafal Vilchur har tomonlama omadli inson edi. Sevimli ishi, yetarlicha boyligi, qadrli rafiqasi va qizi bor edi. Ammo qanchalik qattiq muhabbat qo'yganiga qaramay, rafiqasi Beata boshqa bir insonni sevib qolib, qizi Mariola (Maria Iolanta), ya'ni Marisani olib uyni va eri Vilchurni tark etadi va Yanek ismli o'rmonchi yigit bilan turmush quradi. Bunday baxtsizlikka duch kelgan Vilchur qattiq tushkunlikka tushib uydan chiqib ketadi va nihoyatda ko'p ichkilik ichganidan uyga qaytib kelolmaydi. Mast bo'lib yurgan payti talonchilar uni urib, axlat o'rasiga tashlaydilar va undagi barcha pul va arzirli buyumlarni o'g'irlab ketadilar. Qattiq zarba va uzoq davom etgan behushlik natijasida Rafal Vilchur xotirasini yo'qotadi. Uni axlat o'rasidan Pavel Bankovskiy degan bir keksa odam topib olib, yordam beradi. Vilchur uzoq vaqt hech qanday hujjatsiz yuradi, bir necha marta shu holat sababli qisqa muddatga qamaladi. Shundan so'ng u vafot etgan Antoniy Kosiba ismli odamning passportini o'zlashtirib oladi. Uzoq vaqt shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib Radolishekka kelib qoladi va tegirmonchi Prokopning qo'lida ishlay boshlaydi. Tegirmonchining cho'loq bo'lib qolgan o'g'lini davolab, tabib sifatida mashhur bo'lib ketadi. Bu yoqda esa o'rmonchi Yanekning vafotidan so'ng Radolishekka kelib qolgan Beata ham uzoq yashamaydi. Qizi Mariola – Marisa esa o'sha yerlik Shkopkovo xonimning qaramog'ida qoladi. Ulg'ayib, pani Shkopkovoning mo'jaz do'konida sotuvchi bo'lib ishlay boshlaydi.Radolishekdan biroz uzoq bo'lgan Lyudvikovodagi fabrika egalarining o'g'li Leshek Chinskiy bilan tanishadi va bir qancha vaqtdan so'ng bir-birlariga ko'ngil qo'yishadi. Marisaning qishlog'idagi muttaham va bezoriligi bilan tanilgan Zenon Voydilo bir kuni Leshek va Marisa haqida haqoratomuz gaplar gapirganidan keyin vaziyat keskinlashadi. Leshekning ota-onasi Zenonning otasi bilan tadbirkorlik aloqalarini uzgach, ota g'azablanib Zenonni uydan haydaydi. Alami kelgan Zenon payt poylab Leshek va Marisaga tuzoq qo'yib, ularning baxtsiz hodisaga uchrashiga sabab bo'ladi. Ular og'ir ahvolda tabib Antoniyning oldiga olib kelinadi. Tabib Leshek va Marisaning hayotini saqlab qolish uchun o'sha yerlik shifokor Pavlitskiydan yordam so'raydi. Ammo shu paytgacha yig'ilib kelgan kin va adovat, shuningdek, Antoniyning diplomsiz va savodsizligi haqidagi iddaolar sabab doktor unga yordam berishdan bosh tortadi, Leshekni shahar shifoxonasiga olib ketishini, Marisaning esa ahvoli og'irligi, bir necha daqiqa umri qolganini aytadi. Chorasiz qolgan tabib Antoniy doktorning jarrohlik va tibbiyot uskunalarini o'g'irlaydi. Ulardan foydalanib, Marisa ustida g'oyat xavfli operatsiyani o'tkazadi. Operatsiya muvaffaqiyatli o'tadi. Ammo doktor Pavlitskiy tabibni o'g'rilik va tibbiyot diplomisiz odamlarni davolaganlik va operatsiya o'tkazganlikda ayblab, sudga beradi. Tabib 3 yilga qamaladi. Lyudvikovoga qaytgan va sevgilisining hayot ekanligidan xabar topgan Leshek Marisa bilan uchrashadi va turmush qurishga kelishishadi. Tabibni esa bu qilgan yaxshiligi uchun qamoqdan ozod qilishga urinib, do'sti – mahoratli va yosh advokat Korchinskiyni yollaydi. Korchinskiy sud guvohligi uchun bir vaqtlar Antoniyning assistenti va shogirdi bo'lgan doktor Dobronetskiyni chaqiradi. Doktor Antoniyning o'z ustozi Rafal Vilchur ekani va xotirasini yo'qotgani uchun shu holatga tushganini anglab yetadi. Sudda Antoniy ozod etiladi. Leshek va Marisa bilan Marisaning onasi dafn etilgan joyga kelgan Antoniy Beatani xotirlaydi va esdan chiqqan barcha voqealar ko'z oldida namoyon bo'ladi. Roman shu joyda yakunlanadi. Asar asosida turli yillarda Imdb reytingi 7.0 va 7.8 bo'lgan ikkita film suratga olingan. @efemerida_adabiyoti
Mostrar todo...
👍 4 2
Ğoliblik uchun @Jahon_Kitoblar_Olami 2ta kitob va'da qilgandi. Shu sababli natijalarni umumiy hisoblagan holda Bahrizamon (7ta) va House M.D homiy bilan bog'lanishini so'raymiz
Mostrar todo...
🔥 7👍 2
Demak, g'oliblaar🔥 Asarlar boshlanmasidan savollar: 🥇-o'rin: Bahrizamon (7ta to'g'ri javob) 🥈-o'rin: House M.D (4ta to'g'ri javob 🥉-o'rin: Qahramon Otaxanov (3ta to'g'ri javob) 🥉-o'rin: Aziz Samiyev (3ta to'g'ri javob) E'zoz, Mushtariy), Jaloliddin Eshpo'latov - 2ta to'g'ri javob Javohirbek³, Saidislom Olimov, Shabona, MeFoDiy, Zulfinoy, Charos Hasanova - 1ta to'g'ri javob Book/movie posterlar: 🥇-o'rin: Diyorbek (4ta to'g'ri javob) 🥇-o'rin: House M.D (4ta to'g'ri javob) 🥈-o'rin: Aziz Samiyev (3ta to'g'ri javob) 🥉-o'rin: Mushtariy) (2ta to'g'ri javob) 🥉-o'rin: Nuruddiyn (2ta to'g'ri javob) 🥉-o'rin: Qahramon Otaxanov (2ta to'g'ri javob) Muslimbek, MR.PERFECT, Jaloliddin Eshpo'latov, Asadbek Yusupov - 1ta to'g'ri javob G'oliblarni tabriklayman! Va'da qilganimdek, davomli olqishlar siz uchun)
Mostrar todo...
👍 9 3🔥 3
Deyarli ertaga ekan)
Mostrar todo...
😁 8🔥 1
Turnircha nihoyasiga yetdi. Vaqti, ko'z nuri va telefon zaryadini ayamasdan qatnashgan barchaga rahmat. Natijalar iloji boricha bugun e'lon qilinadi
Mostrar todo...
6👍 1🔥 1
Javob: Kichkina xonimlar
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Va so'nggi...
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.