cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

⚡ JARQO‘RG‘ON TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABI ⚡️

🏢 Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi axborot kanali ⚡Murojaat uchun: @jamshid00009

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
230
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Hammaga ma‘lumki 2024-yil "Open budjet" ning birinchi mavsumida Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi ham g‘olib chiqqan edi. Shu munosabati bilan maktabimizga ajratilgan jihozlar birin ketin yetib kelmoqda. Bugun bir nechta jihozlar mas‘ul shaxslar topshirildi. Bu jihozlar orasida rahbar xodimlarga zamonaviy monobloklar, bir nechta printerlar, o‘quvchilar uchun 2 klass so‘nggi rusumdagi monobloklar, video proyektorlar, sensorli televizorlar mas‘ul shaxslarga topshirildi. Jihozlarning qolgan asosiy qismi hamda o‘quv mashq avtomobillari yaqin kunlarda yetib keladi.
Mostrar todo...
🥰 2
01:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: 14-iyuldan imtihonlar boshlanadi Kirish test sinovlari 1 oydan keyin, ya'ni 14-28-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🇺🇿 Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi.
#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent ✅ @talimuz
Mostrar todo...
4.71 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi. Shundan: ➖ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta; ➖ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta. KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Mostrar todo...
👍 1
Jarqoʻrgʻon tuman 2-son kasb-hunar maktabi 1-bosqich  "Avtomobil shassesiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash" yo‘nalishi o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidan foto lavhalar. Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi rasmiy sahifalari Telegram   |  Facebook  |  Veb-sayt
Mostrar todo...
👍 1
Jarqoʻrgʻon tuman 2-son kasb-hunar maktabi 1-bosqich  "Avtomobil shassesiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash" yo‘nalishi o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidan foto lavhalar. Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi rasmiy sahifalari Telegram   |  Facebook  |  Veb-sayt
Mostrar todo...
Jarqoʻrgʻon tuman 2-son kasb-hunar maktabi 1-bosqich  "O‘t o‘chiruvchi" yo‘nalishi o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidan foto lavhalar. Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi rasmiy sahifalari Telegram   |  Facebook  |  Veb-sayt
Mostrar todo...
Bitiruvchilar ID karta olishlari shart! Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi
Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.
Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.
Mostrar todo...

⚡️Qabul-2024: Abituriyentlar va talabalar hayotida nimalar o'zgaryapti? 👉 Abituriyentlar endi har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi; 👉 O‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; 👉 OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi; 👉 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi; 👉 Endi abituriyentlar faqat 1 yillik grant oladi; 👉 Grantda o'qiganlar diplomini olishi uchun 3 yil ishlab berishi talabi bekor bo'ldi; 👉 Endi stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; 👉 Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; 👉 Imtiyozli abituriyentlar bu yil ham saqlanib qolinadi.
Mostrar todo...

❓Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi? Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi: C1️⃣ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; B2️⃣ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; B1️⃣ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.
Mostrar todo...
⚡️Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi. Atigi, 10 kun qoldi! 🇺🇿 Prezidentning tegishli farmoniga ko'ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: 👉 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 👉 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: ➖birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.