es
Feedback
NUN NASHR

NUN NASHR

Ir al canal en Telegram
302
Suscriptores
Sin datos24 horas
-17 días
-430 días
Archivo de publicaciones
Hayotingizda muvaffaqiyatga qanday erishishingiz mumkin? O‘zingizga doim quyidagi savollarni bering: 🔵 Men kimman? 🔵 Shu jo
Hayotingizda muvaffaqiyatga qanday erishishingiz mumkin? O‘zingizga doim quyidagi savollarni bering: 🔵 Men kimman? 🔵 Shu joygacha qanday qilib keldim? 🔵 Endi qayerga ketmoqchiman? 🔵Nima maqsad bilan ketmoqchiman? 🔵 Yo‘limda qanday to‘siqlar uchraydi? 🔵 Ulardan qanday oshib o‘taman? Sizning hozirgi hayotingiz oldingi fikrlaringizning hosilasidir! Shundoq ekan, fikrlashingizni o‘zgartirsangiz, o‘z olamingizni, yashash tarzingizni butunlay o‘zgartirgan bo‘lasiz! Alloh taoloning oyatini eslang: “Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas” (Ra’d surasi 11-oyat) 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Baxtli ayol bo‘lish uchun juda chiroyli bo‘lish shart emas. Bu uchun ko‘ngli ochiq, quvnoqroq ayol bo‘lsangiz kifoya. Garchi
Baxtli ayol bo‘lish uchun juda chiroyli bo‘lish shart emas. Bu uchun ko‘ngli ochiq, quvnoqroq ayol bo‘lsangiz kifoya. Garchi go‘zalligingiz hamin qadar bo‘lsa ham nimtabassum va ochiq xarakter eringizga sizni eng chiroyli ayoldek ko‘rsatadi. Hayot musibatlarini aritish o‘rniga bir dunyo muammolar bilan muqobil keladigan, qovog‘i solig‘liq ayol esa xunuk ayol bo‘ladi. Bunday xarakter erni “O‘sha uyimga bormasammikan” degan fikrgacha olib borib qo‘yishi mumkin. ©Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉http://t.me/nunnashr

Zaifning qo‘lidan tuting, toki u quvvatga kirib olsin. Noumidga dalda bo‘lib turingki, u umid uchqunlarini ko‘ra boshlasin. Y
Zaifning qo‘lidan tuting, toki u quvvatga kirib olsin. Noumidga dalda bo‘lib turingki, u umid uchqunlarini ko‘ra boshlasin. Yiqilgan kishi muvaffaqiyat yo‘lini topib olgunicha unga tirgak bo‘ling. Odamlarning jarohatlariga malham bo‘lishga va yiqilish arafasidagi uylarni ta’mirlashga harakat qiling! O‘zingiz va boshqalar orasidagi mavjud aloqalarni yuzaga chiqarishda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana bu muborak so‘zlarini taammul qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Mo‘min – mo‘minning ko‘zgusidir. Mo‘min – mo‘minning birodaridir. Uning obro‘sini saqlaydi va uning ortidan himoya qilib boradi”. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Allohning dinini o‘rganing va chuqur tushunishga intiling, zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Alloh kimga yaxshilik
Allohning dinini o‘rganing va chuqur tushunishga intiling, zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Alloh kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, dinni yaxshi tushunadigan (faqih) qilib qo‘yadi", deganlar. Yaxshilikni yoyishda, Allohga da’vat etishda, odamlarni isloh etish yo‘lida sa’y-harakat qiling. Chunki Alloh taolo bir oyatda: " Allohga da’vat qilgan, solih amallarni qilgan va "Albatta men musulmonlardanman!" degan kishidan ham go‘zal so‘zli kim bor?!" (Fussilat surasi 33-oyat) deya marhamat qilgan. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Solih olim kishilardan birining hayotiga bir nazar tashlang Ilm majlisida o‘tirar va huzurida o‘nlab tolibi ilmlar uning so‘z
Solih olim kishilardan birining hayotiga bir nazar tashlang Ilm majlisida o‘tirar va huzurida o‘nlab tolibi ilmlar uning so‘ziga quloq tutib, ortidan yozib olar edi. Dars asnosida onasi kelib, "Falonchi", dedi. Shunda o‘g‘il: "Labbay, onajon", dedi. Onasi: "Turib, tovuqlarga don sol", dedi. Oddiygina talab edi. Uni dars tugaganidan keyin ham kechiktirsa bo‘lar edi. Biroq, talab kim tomonidan bo‘ldi? Ulug‘ ona tomonidan, zimmamizda haq-huquqlari bor ona tomonidan! Ushbu olim nima qildi? Onasiga jahl qilib "Bu nimasi bo‘ldi, ona? Ko‘rmayapsizmi ilm majlisi bilan bandman. Oldimda o‘nlab tolibi ilmlar so‘zimga quloq tutib turibdi?!", dedimi? Onasiga "Ukam yoki o‘g‘limga shuni qilishini ayting", dedimi? Unga "Bu qanday ish bo‘ldi, ona?! Meni dars o‘rtasida bo‘lasizmi?! Darsimni tugatgunimcha kutib tursangiz bo‘lmasmidi?!", dedimi? Yoki unga "Darsimni tugatiboq, aytganingizni qilaman", dedimi? Yo‘q! Ming bora yo‘q! Balki, kitobini yopdi va o‘rnidan turib tovuqlarga don soldi. Talabalar uni kutib o‘tirishdi. Ishini tamomlagach, gapini va darsini nihoyasiga yetkazib qo‘ydi! "Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib, qiynalib tuqqandir" (Ahqof surasi 15-oyat). Qani aytingchi, biz ham ushbu solih olim singari ish tutamizmi? Band bo‘lib turgan vaqtimizda ham onamizning so‘ziga labbay, deya javob qaytaramizmi? Charchab yotgan joyimizdan onamizning chaqirig‘iga turamizmi? 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Qizimning maqtov yorlig‘i Qizim endigina o‘n yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, fe’li juda og‘ir edi. Doimo jim yurardi. Sal gapga xaf
Qizimning maqtov yorlig‘i Qizim endigina o‘n yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, fe’li juda og‘ir edi. Doimo jim yurardi. Sal gapga xafa bo‘lardi. Biror narsa so‘rasangiz, zarda bilan javob qaytarardi. To‘g‘ri, bolalar ruhiyatida gohida shunday o‘zgarishlar ham ko‘zga tashlanadi. Lekin bu ancha keyin – o‘smirlik yoshlarida kuzatiladigan holat. Qizimning fe’l-atvori haqida uzoq o‘yladim. Oxiri buning sababchisi o‘zim ekanligimni tushunib yetdim. Men, ko‘pincha, uning yutuqlarini e’tirof etish o‘rniga,  muvaffaqiyatlariga oddiy holatdek "o‘zi aslida shunday bo‘lishi ham kerak-da" degan ma’noda yondashardim. Noto‘g‘ri ish qilgudek bo‘lsa yoki biror buyurgan vazifamni ko‘ngildagidek  bajara olmasa, uni qattiq-qattiq koyib, bir ishni eplolmaydiganga chiqarardim. Hatto ishimda yoki uyda biror narsadan asabim buzilsa yo‘q narsaga qizimni koyib, alamimni undan olardim. Ha, barcha muammo qizimda emas, o‘zimda ekan.  Men o‘z beparvoligim sabab qizimni ruhan sindirib qo‘ygan ekanman. Tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolarim uchun tavba qildim. Allohga shukurki, bu muammoni  kech bo‘lmasidan bartaraf etishga erishdim. Bir varaqni olib qizimning yaxshi fazilatlarini, maqtasa arzigulik jihatlarini yozdim. Ya’ni, uning ukasini yaxshi ko‘rishini, mehribonligini, hech kimni xafa qilmasligini, tartibli ekanini, ozodaligi kabilarni shu varaqqa jamladim. Dadasi ishdan qaytganlarida esa, qizimni chaqirib yozganlarimni o‘qib berdim. Qizimning fazilatlarini birma-bir o‘qir ekanman, uning xursandligining cheki yo‘q, go‘yo qanot chiqarib uchayotganday edi! © Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasidan 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

SILAI RAHM QILING! Shirin so‘z aytish, tez-tez ziyorat qilib turish yoki internet orqali yozib turish bilan bo‘lsa ham silai
SILAI RAHM QILING! Shirin so‘z aytish, tez-tez ziyorat qilib turish yoki internet orqali yozib turish bilan bo‘lsa ham silai rahm qiling. Silai rahm xonadonlarni obod qiladi va mol-dunyoni jalb qiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Silai rahm va chiroyli qo‘shnichilik xonadonlarni obod qiladi va umrni ziyoda qiladi". Alloh taolo umringizga Baraka berishini, O‘zining toatiga tavfiq berishini va kunduzlaringiz va kechalaringizni dunyo va oxiratga foydali ishlar bilan band qilib qo‘yishini xohlamaysizmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Alloh taolo bir qavm bilan diyorlarni obod qiladi va ularga mol-dunyolarni beradi. Ularga ularni yaratganidan beri hech g‘azab bilan qaramagan". "Bu qanday bo‘lgan, yo Allohning rasuli?", deyishdi. U zot: "Silai rahm qilishlari bilan", deb javob berdilar. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

KO‘Z YOSHLARINGIZNI KIM SOTIB OLADI? Farqad Sabaxiy rohimahulloh aytadi: “Bizga yetib kelishicha, amallarning hammasi tortila
KO‘Z YOSHLARINGIZNI KIM SOTIB OLADI? Farqad Sabaxiy rohimahulloh aytadi: “Bizga yetib kelishicha, amallarning hammasi tortilar ekan, faqatgina bandaning Allohga bo‘lgan qo‘rquvidan chiqqan ko‘z yoshi bundan mustasno. Chunki uni o‘lchaydigan o‘lchovning o‘zi yo‘q, uning barakasi sababidan olovli dengizlar so‘nadi”. Siz  qorong‘u tun qa’rida Allohga munojot qilib yoki Uni zikr qilgan holingizda to‘kkan yoshingizning azamatini ko‘ring! Allohdan qo‘rqib ko‘zlaringizdan oqqan bu yoshlarni ko‘ringki, ular  jahannam dengizlarinida o‘chirishga qodir... Bozorga borib shu ko‘z yoshlaringizni odamlarga ko‘rsatingchi, buni sizdan sotib oladigan birortasini topa olarmikinsiz?! Qiyomat kunida olovli dengizlarni-da so‘ndira oladigan bu ko‘z yoshlarning insonlar nazdida qadri yo‘q. Biroq bu Allohning huzurida buyuk bir ishdir! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: “Ikki ko‘z borki, uni abadiy jahannam tutmaydi. Biri Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ko‘z. Boshqasi Allohning yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘zdir”, demadilarmi, axir. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉http://t.me/nunnashr

Ayolingizga keragicha ehtirom ko‘rsatishni unutmang. “Ayol kishi hech narsani tushunmaydi”, degan takabburona fikrni qo‘ying.
Ayolingizga keragicha ehtirom ko‘rsatishni unutmang. “Ayol kishi hech narsani tushunmaydi”, degan takabburona fikrni qo‘ying. Ayolingizning aybu nuqsonlarini yuziga solmang. Yo‘qsa qalbi jarohatlanib, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi. Shuningdek, boshqalar oldida ham uni tanqid qilmang. Binobarin, bu bilan uning hurmatini ham, o‘z hurmatingizni ham bir pul qilgan bo‘lasiz. Uning ishlarini olqishlashda qizg‘anchiq bo‘lmang. Ayolingiz nima yaxshi ish qilsa maqtang. Yana shuni unutmangki, bir-biringiz bilan tortishganingizda doim o‘zingizni haq deb o‘ylamang. Siz ham xato qilishdan ma’sum emassiz. ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉https://t.me/nunnashr

Qanday qilib Allohning tavfiqiga loyiq bo‘la olamiz? Alloh taoloning bandasiga tavfiq berganining alomatlari: Alloh uni odaml
Qanday qilib Allohning tavfiqiga loyiq bo‘la olamiz? Alloh taoloning bandasiga tavfiq berganining alomatlari: Alloh uni odamlarga panogoh qilib qo‘yadi. Odamlarning g‘amini aritadigan qilib qo‘yadi. Qarzdorlarning qarzini to‘lab beradigan, qayg‘uga cho‘mganlarga yordam beradigan, mazlumlarning qo‘lidan tutadigan, adashganlarni qutqaradigan, maslahatga muhtojlarga maslahat beradigan, osiylarni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan qilib qo‘yadi. Shularning bari bizda mujassam bo‘lsa naqadar yaxshi! Ayrim odamlar Allohning bandaga tavfiq berishi unga dunyo eshiklari keng qilib ochib qo‘yilishida namoyon bo‘ladi, deb o‘ylashadi. Din va oxirat ishiga qanchalik darajada e’tibor berish-bermasligining bunga daxli yo‘q, deb bilishadi. Aslida esa buning haqiqatini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha ochib berganlar: “Alloh orangizda rizqni taqsimot qilganidek, axloqni ham taqsimot qilib qo‘ygan! Alloh mol-davlatni O‘zi yaxshi ko‘rganiga ham, yaxshi ko‘rmaganiga ham beradi. Lekin iymonni faqat yaxshi ko‘rganlarigagina beradi. Alloh qaysiki bandani yaxshi ko‘rsa, unga iymonni tuhfa etadi”. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Qo‘rquvni yengish haqida Bolaligimizda kechalari tez-tez chiroq o‘chib turardi. Markazdan ancha chekkaroqda bo‘lganimiz uchun
Qo‘rquvni yengish haqida Bolaligimizda kechalari tez-tez chiroq o‘chib turardi. Markazdan ancha chekkaroqda bo‘lganimiz uchunmi, bunday holatni bizning hududlarda kuzatilishi tabiiy hol edi. Chiroq o‘chganda ko‘pchilik bolalar qorong‘ilikdan qo‘rqishadi. Xuddi shunday biz ham chiroq o‘chishi bilan bir-birimizni qidirib qolardik. Yonma-yon o‘tirgan bo‘lsak-da, bir-birimizning qo‘llarimizni ushlab olardik. Ba’zi oilalarda kattalar  “Bo‘ldi, chiroq o‘chdi, endi hamma barvaqt yotib uxlaydi”, deya bolalarini uxlatib qo‘ysalar, bizning dadamiz o‘zgacha yo‘l tutar edilar. Ular chiroq o‘chishi bilan barchamizni atroflariga yig‘ib olib har xil ibratli hikoyalar aytib berar edilar. Bu hikoyalar ichida o‘zlari kitoblardan mutolaa qilganlari yoki bo‘lmasa juma ma’ruzalarida eshitganlari ham bo‘lardi. Sham yorig‘ida bunday qiziq qissayu hikoyalarni  tinglash juda maroqli edi. Otam har bir hikoyani tamomlaganlaridan so‘ng xulosasini ham ta’sirli tarzda bayon qilib berardilar.  Chiroq bo‘lmasa-da, oqshomning bunday fayzli o‘tishi bizga juda yoqardi, ba’zan, hatto,  chiroq o‘chib qolishini o‘zimiz xohlar edik. Bora-bora chiroq o‘chganda qorong‘idan vahimaga tushish hissi bizga begona bo‘lib ketdi. O‘z farzandlarimda ham yoshligimda his qilganim holatni kuzatganimda otam qo‘llagan uslubni men ham qo‘lladim. Ularga men aytib bergan hikoyalar juda yoqdi. Endi quyosh botdi deguncha atrofimda yig‘ilib o‘tirib oladigan bo‘lishdi. Ayniqsa payg‘ambarlar haqidagi qissalarni aytib berganimda diqqat bilan quloq tutishadi. Bolalarni har xil internet, telefon o‘yinlardan cheklab, mana shunday ibratli hikoyalarni aytib berish foydadan xoli emas. Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga, albatta, vaqt ajrating, ularning tarbiyasiga jiddiy e’tibor bering.   ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasidan 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Imom Shofe’iyni Alloh mukofotlasin! U zot go‘zal munosabat ko‘rinishlarini va aziyat va yomonliklardan xoli hayot kechirish y
Imom  Shofe’iyni Alloh mukofotlasin! U zot go‘zal munosabat ko‘rinishlarini va aziyat va yomonliklardan xoli hayot kechirish yo‘lini qisqacha anglatganlar: "Agar aziyatlardan salomat holda, hayotingiz maroqli va obro‘yingiz saqlangan holda yashashni xohlasangiz, tilingiz boshqalarning kamchiliklarini zikr qilmasin! Aksincha, sizning xato-kamchiliklaringiz ularning tillarida doston bo‘ladi. Agar ko‘zingiz ularning ayblarini axtarayotgan bo‘lsa, uni saqlang va unga "Boshqalarning ham ko‘zlari bor", deb ayting! Yaxshilik qilgan holda yashang, kechirimli va o‘timli bo‘ling! Yaxshi deb bilgan ishlaringizning eng yaxshisini qiling!". 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Yerga yiqilib tushganingizda – odamlar ataylab chox qazib qo‘yishgan, degan noma’qul xayolni miyyadan chiqarib tashlang. Aksi
Yerga yiqilib tushganingizda – odamlar ataylab chox qazib qo‘yishgan, degan noma’qul xayolni miyyadan chiqarib tashlang. Aksincha, qaytadan turishga harakat qiling! Hayot yo‘llarining pastu-balandlariga, mashaqqatlariga duchor bo‘lmaslik uchun ko‘zingizni kattaroq oching va aqlingizni yig‘ishtirib oling! Yiqilgan taqdiringizda ham, qanday qilib tashvish chekish kerakligini emas, balki oyoqqa turib olish payida bo‘ling. Qachon qaddingizni rostlab olsangiz, o‘zingiz kabi yiqilganlarga yordam qo‘lini cho‘zish va o‘zlarini tiklashga ko‘maklashish uchun, ularni yodingizda saqlang! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Bir kishi shunday hikoya qiladi: Oilam davrasida o‘tirib, ularga taqdimot marosimimda bo‘lgan noqulay vaziyat haqida aytib be
Bir kishi shunday hikoya qiladi: Oilam davrasida o‘tirib, ularga taqdimot marosimimda bo‘lgan noqulay vaziyat haqida aytib berayotgan edim. "Taqdimotimni endigina namoyish etaman deb turganimda ustimga qahva to‘kilib ketsa bo‘ladimi!", desam, hammalari: "Eh, nima qilib qo‘ydingiz?!" deyishdi. Faqat onamgina mendan tashvishlanib: "O‘zingga hech narsa qilmadimi?" dedilar. Ey Alloh, barcha onalarni hifzu-himoyangda saqla! Ularni sira musibatga duchor qilma! Bu dunyoda onadan boshqa sizga butun mehr-muhabbatini, sog'ligi-yu umrini bag'ishlab, evaziga sizdan hech narsa kutmaydigan inson yo‘q. Onaning bag‘ri xotirjam boshingizni qo'yishingiz mumkin bo‘lgan eng emin joydir! Onangiz sizni chaqirsa, aka-ukalaringiz ichidan aynan sizga xizmat aytsa (ish buyursa), bilingki, Alloh sizni ibodatga chorlabdi! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Shubhasiz, ota-onaga yaxshilik qilish farzdir. Ammo shuni unutmangki, ota-onaga yaxshilik qilish uchun xotinga zulm qilish sh
Shubhasiz, ota-onaga yaxshilik qilish farzdir. Ammo shuni unutmangki, ota-onaga yaxshilik qilish uchun xotinga zulm qilish shart emas. Ham ularga, ham turmush o‘rtog‘ingizga go‘zal muomalada bo‘lishingiz, ikkita fazilatni bir vaqtda jamlashingiz kerak. Chunki zimmangizda ayolingizning ham haqqi bor. Buni siz amalga oshirishingiz kerak. Unga turmush o‘rtoqdek munosabatda bo‘lish, moddiy ehtiyojlarini ta’minlab berish sizning majburiyatingiz. Shunday ekan, ota-onani roziligi uchun xotinga zulm qilmang, xotinni rozi qilaman deb, ota-onani tashlab qo‘ymang. Alloh barchamizni O‘zi rozi bo‘ladigan amallarga yo‘llab qo‘ysin! ©️Shayx Yusuf Xattor Muhammad 📚«Oila — saodat maskani» kitobidan ✅ 👉https://t.me/nunnashr

Mehrli quchoqlar bolani o‘zgartiradi Qizim bog‘cha yoshidanoq biroz tortinchoq, uyatchan edi. Maktabga bora boshlaganidan key
Mehrli quchoqlar bolani o‘zgartiradi Qizim bog‘cha yoshidanoq biroz tortinchoq, uyatchan edi. Maktabga bora boshlaganidan keyin  ham uning bu fe’li o‘zgarmadi.  Bir kuni u qaysidir fandan “2” baho olib keldi. Onasi uyni boshiga ko‘tarib qizimni urisha boshladi. Shunda men ayolimga bunday qilish noto‘g‘ri ekanligini, bolaning o‘zi ham olgan bahosidan juda xafa bo‘layotganini tushuntirdim. Qizimni yonimga chaqirdim-da, uni bag‘rimga bosgan ko‘yi: “Qizim, xafa bo‘lma,  hali sen ko‘p “5” baholar olasan, sinfingda eng a’lochi qiz bo‘lasan”, deya yupatdim va qizimni darsdan keyin shug‘ullanishi uchun o‘qituvchi gaplashdim.  Vaqt o‘tishi bilan uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortib bordi, “5” baholari ham ko‘paydi. Qizim har safar yaxshi baho olsa yoki qandaydir muvaffaqiyatga erishsa, uni bag‘rimga bosib, peshonasidan o‘pib: “Barakalla qizalog‘im, men seni juda yaxshi ko‘raman”, derdim.   O‘quv yilining oxirgi kuni edi. Qizim yuzida quvonch bilan eshikdan kirib keldi va qo‘lidagi eng faol, a’lochi o‘quvchilarga beriladigan “Maqtov yorlig‘i”ni shoshilgancha onasiga tutqazdi. Demak, bolaning ta’lim va tarbiyasiga mehr-la yondashish, uning ruhiyatini tushunish, e’tiborli bo‘lish lozim ekan. Bunga men o‘z tajribamda guvoh bo‘ldim. ©Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti 📚" Farzand tarbiyasidan 700 saboq " kitobidan ✅👉https://t.me/nunnashr

Avval Allohga ishoning keyin esa o‘zingizga. Ayblaringizni yaxshilab tanib oling. Ishonavering, agar siz o‘sha ayblaringizdan
Avval Allohga ishoning keyin esa o‘zingizga. Ayblaringizni yaxshilab tanib oling. Ishonavering, agar siz o‘sha ayblaringizdan xalos bo‘lsangiz, orzularingizning ro‘yobga chiqishiga bir qadam qoladi... O‘z xatolaringizni yodingizda tuting, birodarlaringiz, yaqin og‘a-inilaringizni atrofingizda saqlab qolishni istasangiz ularning xatolarini esingizdan chiqaring. Bilingki, haqiqiy saodat – kishi boshqalarning aybini qo‘yib, o‘z ayblari bilan ovora bo‘lishidadir. 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Bir-biridan ajralmas ikki egizak Bilasizmi, bir-biridan ajralmaydigan ikki egizak bor. Biri bor joyda, albatta, ikkinchisi ha
Bir-biridan ajralmas ikki egizak Bilasizmi, bir-biridan ajralmaydigan ikki egizak bor. Biri bor joyda, albatta, ikkinchisi ham bo‘ladi. Ular – ota-onaga yaxshilik qilish va hayotdagi muvaffaqiyat! Abu Hurayra roziyallohu anhu xonasidan chiqib, onasining hujrasi oldidan o‘tayotganida uning eshigi oldida to‘xtardi va: – Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, onajon! – derdi. Onasi javoban: – Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh, bolaginam! – deb alik olardi. – Meni kichikligimda tarbiyalaganingizdek Alloh sizga rahm qilsin! – Keksayganimda menga yaxshilik qilganingdek Alloh senga rahm aylasin! Abu Hurayra roziyallohu anhu buni har kuni uyga kelganda qilardi. Endi ayting-chi, farzandlarimiz bizga Abu Hurayradek muomalada bo‘lishyaptimi? Shuni yodda tuting, baxt-saodat turlari qancha ko‘p bo‘lmasin, ular ichra eng go‘zali ona duosidir! Kimki ota-onasiga itoat etib yashasa, ularning xizmatida yelib-yugursa, Allohning huzuridagi bandalik darajalari ko‘tariladi va hayotida muvaffaqiyatlarga noil bo‘ladi! 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Metin qoyalar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Odamlarni yo‘qotishlik bilan mol-dunyo qozonishga urinmang! Odamlarning ko‘nglini qozonish mol-dunyo qozonish uchun ochilgan
Odamlarni yo‘qotishlik bilan mol-dunyo qozonishga urinmang! Odamlarning ko‘nglini qozonish mol-dunyo qozonish uchun ochilgan yo‘ldir. Ali roziyallohu anhu o‘g‘illari Hasan roziyallohu anhuga shunday deganlar: "O‘g‘ilcham, o‘zing va boshqalar o‘rtasiga bir mezon qilib olgin. O‘zing uchun yaxshi ko‘rgan narsalarni odamlar uchun ham yaxshi ko‘r va o‘zing uchun yomon ko‘rgan narsalarni ular uchun yomon ko‘r. Senga zulm qilinishini istamaganingdek, boshqalarga zulm qilma. Alloh seni hur yaratdi, boshqalarga qul bo‘lma!". 📖© Hasson Shamsiy Poshoning " Oqshom go‘zalliklari" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr

Qaro kunlarda sizga yordam qo‘lini cho‘zgan, dunyo to‘nini teskari kiyib olganda ham siz bilan birga yelkadosh bo‘lgan, ba'zi
Qaro kunlarda sizga yordam qo‘lini cho‘zgan, dunyo to‘nini teskari kiyib olganda ham siz bilan birga yelkadosh bo‘lgan, ba'zi yaqinlaringiz tashlab ketgani uchun o'zingizni yolg‘iz his qilganingizda sizni bu jarlikdan olib chiqqan kishilarni unutmaslikka harakat qiling... Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham kishilarga minnatdorchilik bildirish mo‘minlikning xislati ekanini ta’kidlab: “Odamlarga tashakkur aytmagan kishi, Alloh azza va jallaga ham shukr qilmaydi”, degan bo‘lsalar, boshqa bir hadislarida yaxshilikni mukofotlab qo‘yishni o‘rgatib shunday deya marhamat qiladilar: “Kim sizlarga bir yaxshilik qilsa, uni mukofotlab qo‘yinglar! Taqdirlashga arzirli biror narsa topa olmasangiz, haqqi ado bo‘ldi deb o‘ylaguningizgacha uning haqqiga duo qilib qo‘ying”, deya marhamat qildilar. (Imom Abu Dovud rivoyati). 📖© Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonlaridagi oilaviy oqshomlar" kitobidan ‼️ Yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 👉 t.me/nunnashr