cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

JAMIYAT UZ | rasmiy kanal ️

🖇O‘zbekiston Respublikasi "Yoshlar olami" gazetasining rasmiy telegram kanali. 📅Tahririyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 09-36 raqam bilan 2022-yil 15-iyunda qayta ro‘yxatga olingan 📩 Murojaat: @a_tuxtayev

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
5 235
Suscriptores
-224 horas
+9067 días
+81530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

‼️Jomboy tumani FHDYO bo‘limi jamoasi yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazmoqda. Bunda uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. “Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish, aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish kuzatilmoqda. Go‘zal BAXRIDDINOVA, Jomboy tumani FHDYO bo‘limi mudirasi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Mostrar todo...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risida»gi nizomning 11-bandiga ko‘ra, pasport quyidagi hollarda ID-kartaga almashtiriladi. Jumladan, pasportning amal qilish muddati tugaganda, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganda, pasportdagi yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda, sud ajrimi bilan pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganda, pasport blankasi yaroqsiz holga kelganda hamda pasport yo‘qotib qo‘yilganida ID-kartaga almashtiriladi. Fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti 1 oy muddatda ID-kartaga almashtirilishi lozim. Aziz MAMADAMINOV, Past Darg’om tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mutaxassisi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️Pasport berish va undan foydalanish, qayd etish, ro‘yxatdan chiqarish tartibini, shuningdek, pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand shahridagi Geofiziklar mahallasi idorasi yonida joylashgan “PORORO KIDS” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizning tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Qisqa fursat ichida aholining farzandlarini o‘ziga qamrab oldi. Va belgilangan muddatda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy bino foydalanishga topshirildi. Ayni paytda yaratilgan yangi ish o‘rinlarida ishchi xodimlar mehnat qilishmoqda. Asosiysi, muassasamizda bolajonlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash uchun barcha qulayliklar mavjud. Jumladan, rus, ingliz tillari va gimnastika, taekvando to‘garaklari, televizor va radio apparatlarining barchasi bolajonlarimizning ta’lim-tarbiyasi uchun qaratilgan e’tiborning yorqin namunasidir. Zarnigor TOHIROVA, mazkur NMTT direktori 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Mostrar todo...
Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Bugun Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur holatga munosabat bildirilib holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. “Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, "O‘zenergoinspeksiya", O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ vakillari jalb qilingan. Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. Hurmatli iste’molchilar, sizda ham yuqoridagi kabi muammoli holatlar mavjud bo‘lib o‘z yechimini topmayotganligidan norozi bo‘lsangiz, Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot orqali murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz!” deyiladi Qo‘mitaning rasmiy sahifasida Bekzod NURIDDINOV, Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB boʻlinma boshligʻi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⁉️Elektr energiyasi ortiqcha hisoblanyaptimi? Raqobat qo‘mitasi tomonidan bu bo‘yicha tezkor ishchi guruh tuzildi
Mostrar todo...
Keyingi vaqtlarda internet firibgarlari chuv tushirishning yangidan yangi yo‘llari va usullarini o‘ylab topmoqda.Shu bois iyul oyi viloyatda “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi deb e'lon qilindi. Mazkur oylik doirasida viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi mas’ullari tashabbusi bilan tashkilot rahbarlari, mahallalar yettiliklari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan bo‘lgan ayni masalani jamoatchilikka, mahalla fuqarolariga yetkazish haqida so‘z bordi. Shuningdek, internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi bu kabi targ‘ibot tadbirlarini viloyat bo‘ylab “mahallabay” va “xonadonbay”, ta’lim dargohlari hamda barcha hududlarda o‘tkazish haqida so‘z bordi. Kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga maʼlum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan videotaqdimotlar va tushuntirishlar berib o‘tildi. Murodullo KATTAKULOV, viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH -DAVR TALABI
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️KO‘ZI OJIZ BO’LSA… SAVOL:- Do‘stimning ko‘zi ojiz. Unga ayoli tahorat qildirib qo‘yadi. Do‘stim ba’zida ayniqsa, sahar vaqtida ayolimni bezovta qilib uyg‘otgim kelmaydi. Uni uyg‘otmasdan tayammum qilib olsam, bo‘ladimi, deb so‘radi. Shunday qilsa bo‘ladimi? JAVOB:-Bismillahir Rohmanir Rohim. Tayammum qilish uchun bir qancha shartlar bilan ruxsat beriladi. Shulardan biri tahorat qilishga yordam beradigan shaxs bo‘lmasa, tayammum qilishi mumkin (O‘zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi). Agar ayoli kabi tahorat qilishga yordam beradigan shaxs bo‘lsa, tayammum qila olmaydi, balki tahorat oladi. Do‘stingiz ham uyalmasdan ayolini uyg‘otsin va ayoli tahorat qildirishga yordamlashsin. Bu uchun ayoli ko‘plab ajru savoblarga ega bo‘ladi. Qolaversa, qiblani aniqlab berish, namoz o‘qish uchun pok joy topib berish ham kerak. Faxriddin hoji HUSENOV, Murod avliyo jome’ masjidi imom-xatibi. 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Mostrar todo...
"Iste’mol krediti to‘g‘risida"gi qonunining 16-moddasiga asosan, iste’molchi olingan iste’mol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda iste’molchi faqat iste’mol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar to‘laydi deb ko‘rsatilgan. ❗️Ya’ni, agar Siz iste’mol kreditini 3 yilga olgan bo‘lsangizu lekin kreditni 3 yil emas bir yilda hammasini to‘lab yuborsangiz qolgan ikki yil uchun sizga foiz hisoblanmaydi. Kredit uchun foizlar faqat siz undan foydalangan vaqtingiz uchun xisoblanadi xolos. Masalan: 3 yillik shartnoma bilan 100 so‘m kredit olgansiz deylik, siz uni 3 yilda foizlari bilan 130 qilib qaytarishingiz kerak lekin, siz qarzni uch yilda emas bir yilda to‘lab yuborsangiz 100 so‘mni 130 so‘m qilib emas, 110 so‘m to‘lab hammasini yopib yuborishingiz mumkin. Akmal SHERMATOV, Andijon tumanlararo ma’muriy sudining raisi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.