cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yangiariq - Live

Хоразм вилояти, Янгиариқ туманида бўлаётган энг сўнги янгиликлар, муаммо ва мурожаатлар барчаси шу ерда. Сизда қандайдир хабар ёки мурожаат бўлса бизга ёзиб қолдиринг👉🏻 @Yangiariq_murojaat_Bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
187
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️ Эртага вилоятимиздаги айрим ҳудудларда вақтинча свет бўлмайди. ▪️Янгиариқ тумани: Оқ мачит, Ангариқ, Чикирчи, Тузлог, Таган, Кушанда, Севган, Қиллавит, Гулобод, Пурсанг, Аччиқ қуйи, Қоракўз, Остона, Сардорлар маҳаллаларида. ▪️Ҳазорасп тумани: Зангиота, Наврўз, Шовот, Оқ Майдон, Карвак, Янгиобод, Овшар, Буюк аждоллар маҳаллаларида. ▪️Урганч тумани: Орзу, Ҳидоят маҳаллаларида ▪️Янгибозор тумани: Тозадўрман, Шоирлар, Бархаёт, Халқобод маҳаллаларида ▪️Шовот тумани: Тараққиёт, Хитой, Узункўл, Қўзоққала, Дўстлик маҳаллаларида. ▪️Боғот тумани: Боғозор, Навбаҳор, Ўзбекистон маҳаллаларида ▪️Гурлан тумани: Дўсимбий, Навбаҳор, Тахтапир, Декон маҳаллаларида ▪️Қўшкўпир тумани: Янгилик, Иронкўл, Маст маҳаллаларида ▪️Хонқа тумани: Маданият, Шодлик, Гулистон, Зинаҳос маҳаллаларида Жорий йилнинг 25-январь куни соат 10:00 дан 18:00 гача жорий профилактика ишлари сабабли электр энергияси таъминотида вақтинчалик узилишлар бўлиши мумкин. @XORAZMLIKLAR kanali👇🏻 http://telegram.me/joinchat/AAAAAFX4R5ZzkvGRQ2m7yw
Mostrar todo...
Bugun soat 23:08 da Xitoy-Qirg’iziston chegarasida zilzila sodir bo'ldi. Magnituda М=7. O’zbekiston hududida sezilish kuchi: Vodiy viloyatlarida 3-4 ball; Toshkent shahrida 3 ball. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
03:31
Video unavailableShow in Telegram
Янгиариқ туманида аёлларни хатловдан ўтказиш бўйича жараёнлар давом этмоқда.
"Ширшоли" маҳалласи мисолида мавзуга тўхталдик. Янгиариқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Mostrar todo...
Xotin qizlo.mp457.65 MB
Photo unavailableShow in Telegram
“Xonqa-1” va “Xonqa-2” gaz taqsimlash stansiyalarida gaz hisoblagich o’rnatilishi (yirik hududlarga ajratish maqsadida) munosabati bilan 23-yanvar kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha Xonqa tumanining barcha mahallalari va Yangiariq tumanining Sherobod va Shixbog’i mahallalariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatilishini ma’lum qilamiz. Xonqa tumani: Aholi xonadonlari soni – 15 627 ta Ulgurji iste’molchilari soni – 632 ta Yangiaariq tumani: Aholi xonadonlari soni – 3327 ta Ulgurji iste’molchilari soni – 37 ta Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Mostrar todo...
01:37
Video unavailableShow in Telegram
#Efir S-IQBOL teleradiokanali orqali efirga uzatilgan lavha! 📹 Urganch shahar va Yangiariq tumanlarida amalga oshirilayotgan profilaktik targ'ibot tadbirlari xususida. Boshqa yangiliklar👇 Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Mostrar todo...
20.01.2024 Urganch sh Yangiariq.mp49.97 MB
E‘LON
Urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi Ostona, Gullanbog‘, Tagan, Kattabog‘ hududlaridagi subyektlar rahbarlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 641-sonli qarori asosida "Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan 2024-yil hosilidan urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘ligini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish istagini bildirgan va imkoniyati mavjud fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi fermer xo‘jaligi rahbarlari 2024-yil 15-yanvardan 2024-yil 7-fevralgacha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlarini bildiramiz. Ariza va hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 7-fevraldan to‘xtatiladi va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov Yangiariq tumani qishloq xo‘jaligi binosining ikkinchi qavatida joriy yilning 8 fevral kuniga belgilandi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 99-347-58-30 va 95-787-69-95 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Yangiariq tumanida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari 📊 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Yangiariq tumanida bajarilgan qurilish ishlarining 41,5 %i yoki 89,9 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2022- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,8 % ni tashkil qilgan. Shuningdek, qurilish ishlarining 126,5 mlrd so‘mi (58,5 %) norasmiy sektor tomonidan bajarilgan. Batafsil ... Rasmiy sahifalar Facebook | Telegram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️ Эртага вилоятимиздаги айрим ҳудудларда вақтинча свет бўлмайди. ▪️Янгибозор тумани: Қадрият, Истиқлол, Ифтихор маҳаллаларида ▪️Ҳазорасп тумани: Бўстон, Қовунчи, Боғдор, Мустақиллик, Навроъз маҳалласида ▪️Янгиариқ тумани: Янгиер, Ширшоли, Пурсанг, Кўриктом маҳалласида ▪️Урганч тумани: Қипчоқ, Бободеҳқон, Боғдорчи маҳаллаларида Жорий йилнинг 16-январь куни соат 10:00 дан 18:00 гача жорий профилактика ишлари сабабли электр энергияси таъминотида вақтинчалик узилишлар бўлиши мумкин. @XORAZMLIKLAR kanali👇🏻 http://telegram.me/joinchat/AAAAAFX4R5ZzkvGRQ2m7yw
Mostrar todo...
Маҳаллани қўллаб-қувватлаш бўйича Янгиариқ туман кенгашининг ташкилий йиғилиши бошланди. Йиғилиш кун тартибида учта масала кўриб чиқилиши белгиланган. Янгиариқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Mostrar todo...
ЯНГИАРИҚ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АППАРАТ ХОДИМЛАРИ ТИББИЙ КЎРИКДАН ЎТКАЗИЛДИ Ходимларга муносиб меҳнат шароитларини яратиш билан бир қаторда уларни    соғ ва саломат бўлишларига эътибор қаратиш муҳим аҳамиятга эгадир. Меҳнат жамоасида соғлом муҳитни шакллантириш ишни самарадорлигини оширишга замин яратади.       Тиббий кўрик доирасида ходимлар кардиолог, терапевт, невропотолог, эндокринолог  каби мутахассис шифокорлар кўригидан ўтдилар. Шунингдек, қон таҳлили, ультротовуш диагностикаси каби текширувлар ҳам ўтказилди. Янгиариқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.