cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rasmiy sahifasi Official page of the Center for the Development of National Cinematography of Uzbekistan Официальная страница Центра развития национальной кинематографии Узбекистана ☎️ +998 77 173-31-11

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
678
Suscriptores
+224 horas
+237 días
+4130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

01:49
Video unavailableShow in Telegram
Xorij xabarlari #MarvelStduios #CaptainAmerica Yangi "Kapitan Amerika" filmining treyleri e'lon qilindi Marvel Studios “Kapitan Amerika: Yangi dunyo” komiks filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 2025-yil 14-fevralda premyera etilishi rejalashtirilgan. Bosh rolni Entoni Maki ijro etgan. Filmda, shuningdek, Xarrison Ford, Jankarlo Esposito, Liv Tayler, Denni Ramires, Shira Xaas, Tim Bleyk Nelson va boshqalar rol ijro etgan. Filmning budjeti qayta suratga olishlar tufayli 300 million dollardan oshdi. Kapitan Amerika: Kris Evans ishtirokidagi birinchi trilogiya 2011-yilda ishlab chiqarilgan va dunyo bo‘ylab 2,2 mlrd dollar daromad keltirgan. 🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_5853.MP49.37 MB
01:43
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Bugun Oʻzbekiston xalq artisti Rajab Adashev tavallud topgan kun Mahoratli aktyor faoliyati davomida “Yangi boy”, “Kichkina odamlar”, “Osmondagi bolalar”, “Abdullajon”, “Tangalik bolalar”, “Boyvachcha”, “Hasan ibn Husan” va shu kabi koʻplab mashhur filmlarda rol ijro etgan. Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi jamoasi Rajab Adashevni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, uning ijrosidagi mashhur “Abdullajon” filmidan kinoparcha taqdim etadi. Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati 🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_5850.MP48.90 MB
🔥 1🎉 1
01:43
Video unavailableShow in Telegram
🎬 Kinoparcha 📺 “Toshkent – non shahri” Shuhrat Abbosov filmi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati 🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_5828.MP48.94 MB
👍 1
01:46
Video unavailableShow in Telegram
Xorij xabarlari #F1 #WarnerBros. "Formula 1" filmining treyleri e'lon qilindi Warner Bros. "Formula 1" poyga filmining ilk treylerini taqdim etdi. Unda bosh rolni Bred Pitt ijro etadi. Film rejissyori Jozef Kosinski (“Top Gun: Maverick”). Ikkinchi planda esa Xaver Bardem, Kerri Kondon, Tobias Menzis va Kim Bodniya rol o‘ynagan. Bred Pitt va Lyuis Hamilton film prodyuserlari hisoblanadi. Ma'lum qilinishicha, premyera 2025-yil 25-iyunda bo'lib o'tadi. 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_5826.MOV8.27 MB
02:04
Video unavailableShow in Telegram
OAV – biz haqimizda 🇺🇿🇬🇪 Gruziyada o'tkazilgan “O'zbekiston madaniyati va kino kunlari” "O'zbekiston 24" telekanali "Axborot 24" informatsion dasturi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Mostrar todo...
IMG_5822.MP410.96 MB
Namanganda “Samuray” filmi namoyish qilindi “Maʼnaviyat festivali” doirasida tashkil etilgan “Kinokarvon” tadbirlari Namangan viloyatida davom etmoqda. “Kinokarvon” ijodiy jamoasi tomonidan Pop tumani hokimligi binosida “Samuray” filmi tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi. Shuningdek, mahalliy aholi bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Namanganda “Samuray” filmi namoyish qilindi “Maʼnaviyat festivali” doirasida tashkil etilgan “Kinokarvon” tadbirlari Namangan viloyatida davom etmoqda. “Kinokarvon” ijodiy jamoasi tomonidan Pop tumani hokimligi binosida “Samuray” filmi tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi. Shuningdek, mahalliy aholi bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Mostrar todo...
🔴XVI Toshkent xalqaro kinofestivali uchun filmlarni saralash ishlari boshlandi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun yuborilgan filmlarni saralash ishlari boshlandi. Xalqaro toʻliq metrajli filmlar tanlovi komissiyasi tarkibi Mannob Qoʻchqorov, Baxtiyor Yoqubov, Eljon Abbosov kabi kino mutaxassislardan iborat. Saralashning ilk kunida Komissiya Yoqutiston Respublikasi kinoijodkorlari tomonidan taqdim etilgan “Angels Donʻt Buzz”, “Where the Siberian Cranes Dance”, “Era”, “Plague” filmlarini koʻrib chiqdi. Namoyishga tavsiya etishda filmning badiiy-gʻoyaviy jihatlari, millatlar oʻrtasidagi totuvlik, maʼnaviyatimizga zid sahnalarning mavjud emasligi kabi mezonlarga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ayni paytda xorijiy davlatlardan filmlar kelishi va ularni saralash komissiyasi tomonidan koʻrikdan oʻtkazish jarayoni davom etmoqda. #tiffest23 🔴Selection of films for the 16th Tashkent International Film Festival has started Under the National Center for the Development of Cinematography, the selection of films sent to participate in the Tashkent International Film Festival has begun. The composition of the international full-length film selection commission consists of film experts such as Mannob Kuchkarov, Bakhtiyor Yakubov, Eljon Abbasov. On the first day of the selection, the Commission reviewed the films "Angels Don't Buzz", "Where the Siberian Cranes Dance", "Era", "Plague" presented by filmmakers of the Republic of Yakutia. When recommending for screening, serious attention is paid to criteria such as the artistic and ideological aspects of the film, harmony between nations, and the absence of scenes that are against our spirituality. At the moment, the process of receiving films from foreign countries and their review by the selection commission continues. Telegram | Website | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Xorij xabarlari #Shrek5 #DreamWorks "Shrek 5" multfilmi katta ekranlarga qachon chiqarilishi ma'lum bo'ldi DreamWorks Animations studiyasi "Shrek" multfilmining beshinchi qismi 2026-yil 1-iyulda ekranlarga chiqishini e'lon qildi. Bosh qahramonlarga yana Mayk Mayers (Shrek), Kemeron Diaz (Fiona) va Eddi Myorfi (Eshak) tomonidan ovoz beradi. DreamWorks Animation'ning ushbu franshizasi 2001-yilda boshlangan bo'lib, dunyo bo'ylab 3 mlrd dollar daromad keltirgan. 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Mostrar todo...
Oʻzbek dublyaj sanʼati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi Kuni kecha Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida oʻzbek dublyaj sanʼatining yorqin vakillari bilan chrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston xalq artisti, dublyaj ustasi Mukambar Rahimova, shuningdek, Shomahmud Shorasulov, Sobir Nazarmuhamedov, Nilufar Isayeva kabi dublyaj rejissyorlari ishtirok etdi. Uchrashuvda dublyaj sanʼatini yutuqlari, zamonaviy dublyaj tendensiyalari va sohani yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi. Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati 📱Telegram 📱 Instagram 📱Facebook 📱Veb-sayt
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.