es
Feedback
ECOMEDIA

ECOMEDIA

Ir al canal en Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi ECOMEDIA kanali

Mostrar más
1 299
Suscriptores
-824 horas
-537 días
-23430 días
Archivo de publicaciones
🌍 COP31: O‘zbekiston Milliy pavilyoni xalqaro hamkorlik maydoniga aylanadi Joriy yilning 9–20-noyabr kunlari Turkiyaning Ant
🌍 COP31: O‘zbekiston Milliy pavilyoni xalqaro hamkorlik maydoniga aylanadi Joriy yilning 9–20-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida BMTning iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan COP31 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ham o‘z Milliy pavilyoni bilan ishtirok etadi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/219519 🌍 COP31: Национальный павильон Узбекистана станет площадкой для международного сотрудничества С 9 по 20 ноября текущего года в городе Анталья (Турция) состоится конференция ООН по вопросам изменения климата COP31. Узбекистан также примет участие в ней со своим Национальным павильоном. https://gov.uz/ru/eco/news/view/219519 🌍 COP31: Uzbekistan’s National Pavilion to serve as a platform for international cooperation The UN Climate Change Conference (COP31) will be held in Antalya, Türkiye, from 9 to 20 November this year. Uzbekistan will also participate in the conference with its National Pavilion. https://gov.uz/en/eco/news/view/219519 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

✅Yangi O‘zbekiston qurilishida ekologik omillarga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezident
+4
Yangi O‘zbekiston qurilishida ekologik omillarga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashdi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/219471В строительстве Нового Узбекистана особое внимание уделяется экологическим аспектам Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Саида Мирзиёева провела встречу с инициаторами ряда крупных архитектурных проектов, независимыми специалистами и урбанистами, представителями ведущих специализированных творческих студий и высших учебных заведений. https://gov.uz/ru/eco/news/view/219471Environmental considerations highlighted as a key priority in building the New Uzbekistan Saida Mirziyoyeva, Head of the Presidential Administration of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with the initiators of several major architectural projects, independent experts and urban planners, as well as representatives of leading creative studios and higher education institutions. https://gov.uz/en/eco/news/view/219471 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

#savol_javob 🌳DARAXTNI O‘ZIM EKKAN BO‘LSAM, O‘ZIM KESISHIM MUMKINMI? 🅱️Daraxtni siz ekkan bo‘lsangiz ham, bu uni istalgan paytda kesish mumkin degani emas. 📍Daraxtning qayerda o‘sayotgani, uning holati va hududning huquqiy maqomi muhim. Ko‘cha, mahalla va umumiy foydalanishdagi hududlardagi daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesishga yo‘l qo‘yilmaydi. 📹Videoda daraxt qurigan yoki xavf tug‘dirayotgan holatda qanday yo‘l tutish kerakligi va qonuniy tartib haqida qisqacha tushuntiramiz. ✏️Kesishdan oldin — qonuniy tartibni tekshiring! 🌱

#qizil_kitob ✔️O'zbekiston florasining noyob vakili — ko'rimsiz qo'ziqulоq haqida eshitganmisiz? ➡️Ko'rimsiz qo'ziqulоq O'zbe
#qizil_kitob ✔️O'zbekiston florasining noyob vakili — ko'rimsiz qo'ziqulоq haqida eshitganmisiz? ➡️Ko'rimsiz qo'ziqulоq O'zbekistonning kamyob endemik turi hisoblanib, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi Nurota tizmasi va Oqtogʻda tarqalgan. ➡️Bu o'simlik bo'yi 30–40 santimetrga yetadigan ko'p yillik o't bo'lib, o'ziga xos tashqi ko'rinishi bilan ajralib turadi. Bir nechta poyadan iborat. Barglari tuxumsimon, chetlari tekis yoki noaniq arrasimon bo'lib, ustki tomoni yulduzsimon va oddiy tuklar bilan qoplangan, pastki tomoni esa qalin yulduzsimon tukli va yo'g'on tomirli. Gullari bandsiz, poyaning yuqori qismidagi barglar qo'ltig'ida 2–6 tadan siyrak halqa hosil qilib joylashgan. ➡️Ko'rimsiz qo'ziqulоq iyulda gullab, mevasi avgust oyida yetiladi. Tabiatda yakka-yakka yoki bir-biridan ajralgan to'plari uchraydi, tog'ning pastki va o'rta qismidagi mayda jins tuproqli, shag'alli va toshli yonbag'irlarda o'sadi. U, asosan, urug'i orqali ko'payadi. ➡️Eslatma! O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ko'rimsiz qo'ziqulоq kabi o'simlik va hayvon turlariga zarar yetkazish yoki yo'q qilish qonuniy tartibda qat'iy javobgarlikka sabab bo'ladi. @ecomediauzb 📸Instagram📹YouTubeTelegram💬Facebook

Plogging musobaqalari va marafonlarda faol ishtirok eting! Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Volontyorlar Assotsiatsiyasi hamkorligida 19-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni, “Ekologiya va velosport” musobaqasi hamda 20-sentabr — Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlab (“World cleanup day”) “Green Games” respublika plogging musobaqasi o‘tkaziladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/218929Приглашаем принять активное участие в плоггинге и в марафонах! В сотрудничестве с Национальным комитетом Республики Узбекистан по экологии и изменению климата, Министерством спорта, хокимиятом города Ташкента, Министерством дошкольного и школьного образования и Ассоциацией волонтёров 19 сентября в Ташкенте, в парке «Новый Узбекистан», состоятся международный беговой марафон «Молодёжь и экология», соревнования «Экология и велоспорт», а также республиканские соревнования по плоггингу «Green Games», приуроченные ко Всемирному дню чистоты (World Cleanup Day), который отмечается 20 сентября. https://gov.uz/ru/eco/news/view/218929Join the Plogging Events and Marathons ! In cooperation with the National Committee of the Republic of Uzbekistan on Ecology and Climate Change, the Ministry of Sports, the Tashkent City Hokimiyat, the Ministry of Preschool and School Education and the Association of Volunteers, the international “Youth and Ecology” Running Marathon, the “Ecology and Cycling” competition, and the national “Green Games” plogging competition will be held on September 19 at Yangi Uzbekistan Park in Tashkent, with the latter dedicated to World Cleanup Day on September 20. https://gov.uz/en/eco/news/view/218929 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

🦘Xorazm milliy tabiat bog‘idagi fotoqopqonga sariq yumronqoziq muhrlandi Sariq yumronqoziq Markaziy Osiyo cho‘l va dasht ekotizimlarida uchraydigan yirik kemiruvchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistonda ham tarqalgan. Asosan cho‘l, chala cho‘l, qumloq dasht va quruq tekisliklarda yashaydi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/218728 🦘В Хорезмском национальном природном парке в объектив фотоловушки попал жёлтый суслик Жёлтый суслик — один из крупных грызунов, обитающих в пустынных и степных экосистемах Центральной Азии. Он также встречается в Узбекистане. В основном этот вид обитает в пустынях, полупустынях, песчаных степях и сухих равнинных районах. https://gov.uz/ru/eco/news/view/218728 🦘Yellow Ground Squirrel Spotted by Camera Trap in Khorezm National Nature Park The yellow ground squirrel is one of the larger rodent species found in the desert and steppe ecosystems of Central Asia and is also native to Uzbekistan. It mainly inhabits deserts, semi-deserts, sandy steppes and dry plains. https://gov.uz/en/eco/news/view/218728 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

Saksovul nega Orol tubiga ekiladi? Saksovul — qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlarga moslasha oladigan chidamli cho‘l o‘simlig
Saksovul nega Orol tubiga ekiladi? Saksovul — qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlarga moslasha oladigan chidamli cho‘l o‘simligi. Uning kuchli ildiz tizimi qumli tuproqni mustahkamlashga yordam beradi. Shu sababli qurigan Orol tubida saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklari ekilib, himoya o‘rmonzorlari barpo etilmoqda. Ularning asosiy vazifasi — qum va tuz-changning shamol bilan tarqalishini kamaytirish hamda hududdagi ekologik holatni yaxshilash. Bir nihol ham katta ekologik vazifaning bir qismi bo‘lishi mumkin.

🌳TABIAT BIZDAN YORDAM SO‘RAYAPTI! ➡️Daraxtlar gapira olmaydi, ammo tabiatning holati bizga hammasini aytib turibdi. ➡️Plastikdan foydalanishni kamaytiring. Uni tabiatga tashlamang. Har bir plastik idish — yer, suv va tirik tabiatga uzoq yillik zarar. ♻️Plastikni kamaytiring. Tabiatni asrang. Kelajakni himoya qiling.

#bu_fakt ✔️Qurigan Orol tubida 2 million gektar “Yashil qoplama” ➡️2018–2025-yillar davomida Orol dengizining qurigan tubida
#bu_fakt ✔️Qurigan Orol tubida 2 million gektar “Yashil qoplama” ➡️2018–2025-yillar davomida Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etildi. ➡️Bu hududlarda saksovul, qoraburoq, cherkez va qandim kabi cho‘l sharoitiga chidamli o‘simliklar ekilmoqda. ➡️Asosiy maqsad — qum va tuz-changning havoga ko‘tarilishini kamaytirish, tuproqni mustahkamlash va Orolbo‘yi ekologik holatini yaxshilash. ➡️Bu — tabiatni tiklash yo‘lida amalga oshirilayotgan eng yirik ekologik ishlardan biridir. ➡️Orol tubida ham yashil hayot qayta boshlanmoqda. @ecomediauzb 📸Instagram📹YouTubeTelegram 💬Facebook

#fakt ✔️Toza ichimlik suvi hamma uchun ham oddiy imkoniyat emas ➡️2024-yil yakunlari bo‘yicha dunyoda 2,1 milliard kishi xavf
#fakt ✔️Toza ichimlik suvi hamma uchun ham oddiy imkoniyat emas ➡️2024-yil yakunlari bo‘yicha dunyoda 2,1 milliard kishi xavfsiz boshqariladigan ichimlik suvi xizmatidan foydalana olmaydi. ➡️Shulardan 106 million kishi suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yer usti manbalaridan iste’mol qiladi. ➡️Biz uchun kranni ochish bir soniyalik ish. Dunyoning milliardlab aholisi uchun esa toza suv — hanuz katta masala. 🖇Suvni qadrlaylik. Har bir tomchi muhim.

#Bilasizmi ✔️YER YUZINING UCHDAN BIR QISMI — O‘RMONLAR ➡️O‘rmonlar sayyoramizning eng muhim tabiiy boyliklaridan biridir. FAO
#Bilasizmi ✔️YER YUZINING UCHDAN BIR QISMI — O‘RMONLAR ➡️O‘rmonlar sayyoramizning eng muhim tabiiy boyliklaridan biridir. FAOning 2025-yilgi global baholashiga ko‘ra, dunyo o‘rmonlari 4 milliard gektardan ortiq maydonni, ya’ni quruqlikning qariyb 32 foizini egallaydi. Shu bilan birga, 1990-yildan buyon 489 million gektar o‘rmon deforestatsiya natijasida yo‘qotilgan. Yaxshi tomoni — so‘nggi yillarda o‘rmonlarning yo‘qolish sur’ati avvalgi davrlarga nisbatan sekinlashmoqda. ➡️ Har bir o‘rmon — minglab tirik organizmlarning uyi, toza havo va barqaror kelajak manbai. 🖇Yashil kelajak bizdan boshlanadi.

#qizilkitob ✔️Qorli tog‘lar bag‘rida shunday bir sirli jonzot borki, uni tabiat qo‘ynida uchratish har kimga ham nasib etaver
#qizilkitob ✔️Qorli tog‘lar bag‘rida shunday bir sirli jonzot borki, uni tabiat qo‘ynida uchratish har kimga ham nasib etavermaydi… ➡️Qor qoploni — baland va tik qoyalarning haqiqiy hukmdori. U tog‘ bag‘rida deyarli tovushsiz harakatlanadi, quyuq juni va tabiiy ranglari esa uni qorli-qoyali manzara bilan uyg‘unlashtirib yuboradi. Shu bois uning har bir ko‘rinishi tabiatning noyob va unutilmas lahzasi hisoblanadi. ➡️Qor qoploni nafaqat go‘zal va kuchli yirtqich, balki tog‘ ekotizimining muhim bo‘g‘ini hamdir. Uning mavjudligi — tog‘larda tabiiy muvozanat, oziqa zanjiri va bioxilma-xillik saqlanayotganining muhim belgilaridan biri. ➡️Ba’zan uni inson ko‘zi emas, tog‘lar bag‘riga o‘rnatilgan fotoqopqonlargina qayd etadi. Har bir shunday tasvir esa olimlar va tabiat muhofazachilari uchun qimmatli ma’lumot, biz uchun esa yovvoyi tabiat hali ham o‘z sirlarini saqlab kelayotganining isbotidir. ➡️Tabiatda har bir iz — bir sir, har bir harakat — bir hikoya. Qor qoplonining taqdiri esa tog‘larimiz kelajagi bilan chambarchas bog‘liq. ➡️Biz uni asrasak — nafaqat bir noyob jonzotni, balki butun tog‘ ekotizimini, uning go‘zalligi va sirlarini kelajak avlod uchun saqlab qolamiz.

Bb

photo content

Qum-shag‘alni noqonuniy qazib olayotgan huquqbuzarlarga chora ko‘rilmoqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi va hududiy bosh boshqarmalar tomonidan ekologik huquqbuzarliklarga qarshi doimiy kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. https://gov.uz/oz/eco/news/view/216946 Принимаются меры в отношении лиц, незаконно добывающих песчано-гравийную смесь Национальным комитетом по экологии и изменению климата и территориальными управлениями продолжаются усиленные рейдовые мероприятия, направленные на выявление и пресечение экологических правонарушений. https://gov.uz/ru/eco/news/view/216946 Measures being taken against illegal extraction of sand and gravel The National Committee on Ecology and Climate Change and its regional departments continue to conduct intensified raids aimed at identifying and preventing environmental violations. https://gov.uz/en/eco/news/view/216946 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

🚴‍♀️Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi Ertaga, 10-sentabr kuni respublikaning barcha hud
🚴‍♀️Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi Ertaga, 10-sentabr kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus avtotransport vositalaridan havoga chiqadigan zararli tashlamalarni kamaytirish va bu orqali ekologik barqaror muhitni shakllantirish, shuningdek, jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/216790 🚴‍♀️Завтра в республике состоится очередная акция «День без автомобилей» Завтра, 10 сентября , во всех регионах республики состоится очередная акция «День без автомобилей». Данная инициатива направлена на сокращение выбросов вредных веществ в атмосферу от автотранспортных средств и, тем самым, формирование экологически устойчивой среды, а также широкое продвижение культуры использования общественного и экологически чистого транспорта. https://gov.uz/ru/eco/news/view/216790 🚴‍♀️Tomorrow, Uzbekistan will hold another “Car-Free Day” campaign Tomorrow, September 10, another “Car-Free Day” campaign will be held across all regions of the country. The initiative is aimed at reducing harmful emissions from motor vehicles and thereby contributing to a more environmentally sustainable environment, while also promoting a culture of using public and environmentally friendly modes of transport. https://gov.uz/en/eco/news/view/216790 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin

❓EKO SO‘ROVNOMA

#bilasizmi 🥞Har yili millionlab tonna plastik tabiatga chiqib ketadi ➡️Har yili taxminan 19–23 million tonna plastik chiqind
#bilasizmi 🥞Har yili millionlab tonna plastik tabiatga chiqib ketadi ➡️Har yili taxminan 19–23 million tonna plastik chiqindi daryo, ko‘l va dengiz kabi suv ekotizimlariga tushadi. Agar qat’iy choralar ko‘rilmasa, 2040-yilgacha tabiatga chiqayotgan plastik chiqindilar hajmi qariyb uch baravar oshishi mumkin. ➡️Bir martalik plastik buyumlar juda qisqa vaqt ishlatiladi, ammo ularning tabiatdagi izi uzoq saqlanib qoladi. Bu esa suv jonzotlari, ekotizim va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 🌍 Bugungi tanlovimiz — ertangi tabiat holatini belgilaydi.

🟢Atrof-muhit muhofazasi mavzusiga bag’ishlangan haykaltaroshlik simpoziumi o’tkaziladi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan Toshkent shahrida 13-oktabrdan 14-noyabrga qadar “Toshkent – 2026” VI xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi o‘tkaziladi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/216432 🟢Состоится скульптурный симпозиум, посвящённый охране окружающей среды С 13 октября по 14 ноября в Ташкенте пройдёт VI Международный скульптурный симпозиум «Ташкент – 2026», организованный Национальным комитетом по экологии и изменению климата совместно с Ассоциацией художников Узбекистана Академии художеств Узбекистана. https://gov.uz/ru/eco/news/view/216432 🟢Sculpture Symposium on Environmental Protection to Be Held From 13 October to 14 November, Tashkent will host the 6th International Sculpture Symposium “Tashkent – 2026”, organised by the National Committee on Ecology and Climate Change in cooperation with the Association of Artists of Uzbekistan under the Academy of Arts of Uzbekistan. https://gov.uz/en/eco/news/view/216432 📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linked

#bu_qiziq ❓Bir kunda qancha ovqat isrof bo‘lishini bilasizmi? UNEP ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda dunyoda 1,05 milliard ton
#bu_qiziq ❓Bir kunda qancha ovqat isrof bo‘lishini bilasizmi? UNEP ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda dunyoda 1,05 milliard tonna oziq-ovqat chiqindiga aylangan. Bu iste’molchilar uchun mavjud oziq-ovqatning qariyb 19 foizi degani. Shundan 631 million tonnasi aynan uy xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ovqat isrofi — nafaqat iqtisodiy, balki ekologik muammo hamdir. Chunki isrof qilingan oziq-ovqat bilan birga uni yetishtirishga sarflangan suv, yer, energiya va mehnat ham yo‘qotiladi. 🥗 Keragicha olish, ortig‘ini saqlash va oqilona iste’mol qilish — ekologik madaniyatning muhim qismidir.