cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Zo’r Talaba | Rasmiy kanal

Muhokama uchun: t.me/ZorTalaba_Muhokama

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
5 850
Suscriptores
-1624 horas
-1257 días
-66530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from N/a
Президент Ш.Мирзиёев қасамёди маросимида тартибсизлик уюштиришга ҳаракат қилгани учун СамДУдан ҳайдалган талаба суд қарори билан ўқишга тикланди Самарқанд Давлат Университети раҳбарияти университетнинг Биология факультети Биотехнология йўналиши 316 – гуруҳ талабаси Шохрух Рофиевни “сиёсий бузғунчи”га чиқарган ҳолда университет талабалари сафидан ноқонуний равишда четлатиб юборган эди. Талабалар сафидан чиқаришга асос бўлган 2023 йил 18 июльдаги далолатномада Биология факультети декани У.Мирзаев ва бошқалар бирон бир асоссиз ўзларича: “Ш.Рофиев таълим олувчиларни ноқонуний тарзда оммавий ҳаракатланишга жалб этиб, университет маъмурияти ва бошқа тегишли идораларни расмий ва оғзаки равишда ҳам огоҳлантирмасдан 2023 йил 14 июль Президент инагурацияси (Қасамёд қабул қилиш маросими) бўлиб ўтадиган куни Тошкент шаҳрига боришган ва инногурация жараёнига кириш, у ерда тартибсизлик юзага келтириш орқали, эътиборни ўзига ва университетни обрўсизлантиришга каратишга ҳаракат қилишган. Расмий тадбирга киролмаганлиги сабабли, турли марказий ташкилотларга жамоавий тарзда асоссиз мурожаат қилишган” деган хулосага келишган. Ноқонуний ўқишдан четлатилган Шохрух даставвал ўзи мустақил равишда тегишли фуқаролик судига мурожаат қилиб суддан уни талабалар сафига тиклашни сўраган. Биринчи инстанция суди талабанинг ўқишга тиклаш билан боғлиқ даъво аризасини рад қилган. Шундан сўнг талаба Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят бўлимига мурожаат қилган ва жамиятнинг юридик кўмаги билан тақдим этилган Апелляция шикояти Самарқанд вилоят суди Фуқаролик ишлари бўйича хайъати судьялари томонидан тўлиқ қаноатлантирилган. Самарқанд вилоят суди судьяси Г.Эсанованинг 18 апрелдаги №2-1401-2307/20952-сонли ижро варақаси билан Даъвогар Рофиев Шохрух Эгамберди ўғли Шароф Рашидов номидаги Самарқанд Давлат Университети Биология факультети биотехнология тармоқлар бўйича йўналишининг 3-курс талабалик сафига тикланган. “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят судининг адолатли қарорини олқишлайди ва ўз навбатида Самарқанд Давлат Университети раҳбариятини ёш талабаларни “мухолифатчи” ёки “сиёсий бузғунчи”ларга чиқармасликка чақиради. Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят бўлими
Mostrar todo...
👍 4👏 1
Repost from N/a
Президент Ш.Мирзиёев қасамёди маросимида тартибсизлик уюштиришга ҳаракат қилгани учун СамДУдан ҳайдалган талаба суд қарори билан ўқишга тикланди Самарқанд Давлат Университети раҳбарияти университетнинг Биология факультети Биотехнология йўналиши 316 – гуруҳ талабаси Шохрух Рофиевни “сиёсий бузғунчи”га чиқарган ҳолда университет талабалари сафидан ноқонуний равишда четлатиб юборган эди. Давоми Ўзбекистон инсон ҳуқуқлари “Эзгулик” жамияти Самарқанд вилоят бўлими
Mostrar todo...
👍 2 1
Samarqand viloyat prokuraturasi haqida! Vanihoyat, nazoratchi tashkilot Prezident Administratsiyasining va mas‘ul tashkilot Bosh prokuratura nazorati ostida Samarqand viloyat prokuraturasi o‘z ishini a‘lo darajada bajarib, menga nisbatan tuhmat uyushtirgan SamDU talabalari, SamDU o‘qituvchilari va SamDU mansabdor shaxslarini qilgan huquqbuzarliklariga qonuniy baho berish uchun men taqdim qilgan ishga oid barcha hujjatlarni tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borish uchun Ichki ishlar organlari Tergov Bo‘limiga yuborildi. Samarqand viloyat Prokuraturasi xodimlari yana har doimgidek adolatni ta‘minlashdek o‘z professional burchlarini yuqori darajada ado etmoqda. Samarqand viloyat Prokuraturasi xodimlariga o‘z minaddorchiligimni izhor etaman. Tuhmat uyushtirganlar bilan esa, hali hammasi endi boshlandi.
Mostrar todo...
👍 3 1
❗️Vazirlar Mahkamasining (226-son, 06.05.2024 y.) qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda
✔️Qarorni qabul qilish zarurati: 1️⃣ Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo'lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi;
Ma'lumot uchun: Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog'i o'rtacha 25-30 foizni, shu jumladan, Germaniyada 30 foizni, Fransiyada 26 foizni, Avstraliyada 26 foizni Buyuk Britaniyada 23 foizni tashkil etadi.
2️⃣ har yili o'rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdagi ularda, ayniqsa Hukumat qarorlarida, normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi;
Ma'lumot uchun: 2017-2022 yillarda qabul qilingan 6 mingta yaxlit qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar o'rganilganida, ularning 45 foizini huquqiy normalar, qolgan 55 foizini esa topshiriqlar, tavsiya va ma'lumot ko'rinishidagi boshqa masalalar tashkil etishi aniqlangan.
3️⃣ shu bois norma ijodkorligi sohasida o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo'llanilib kelmoqda va ushbu yo'nalishda so'nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi.
Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 sentabrdagi PF–6075-son Farmoni bilan 498 ta hamda 2021 yil 30 apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 380 ta, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 fevraldagi 87-son qarori bilan 1 887 ta, 2022 yil 21 iyuldagi 396-son qarori bilan 422 ta, shuningdek, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan 1 322 ta, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni ijrosi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 339 ta eskirgan va o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlar bekor qilindi.
✅Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda: O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o'zgartirish va qo'shimchalar) o'z ahamiyatini yo'qotgan qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish.
Ma'lumot uchun: ushbu qarorlar vaqtinchalik (bir martalik) hamda tashkiliy chora-tadbirlarni (yillik rejalar, bayram kunlari va yubileylarni nishonlash) amalga oshirish bilan bog'liq hujjatlar hisoblanadi.
Mostrar todo...
👍 1
Bu menga nisbatan o‘zimiznikilar tomonidan qo‘yilgan tuzoq bo‘lishi mumkin. Meni javobgarlikka torttirish uchun "Buyurtma" tushgan bo‘lishi mumkin. **Shu sababdan har ehtimolga qarshi "Eltuz" ga nisbatan avvaldan qanday fikirda ekanligimni sizlarga ma‘lum qilib qo‘yishni lozim topdim. "Eltuz" asoschisi Qudrat Bobojon davlat xoyini va u hozirda davlatdan badarg‘a qilingan. Men uni hech qachon qo‘llab-quvvatlamaganman va oxirigacha shunday bo‘lib qoladi.** Menga ushbu xabarni yuborganlarga sabab topib bermaslik uchun "Eltuz" telegram kanalini ham darhol tark etdim. Sh.Rofiyev
Mostrar todo...
Bu menga nisbatan o‘zimiznikilar tomonidan qo‘yilgan tuzoq bo‘lishi mumkin. Meni javobgarlikka torttirish uchun "Buyurtma" tushgan bo‘lishi mumkin. Shu sababdan har ehtimolga qarshi "Eltuz" ga nisbatan avvaldan qanday fikirda ekanligimni sizlarga ma‘lum qilib qo‘yishni lozim topdim. "Eltuz" asoschisi Qudrat Bobojon davlat xoyini va u hozirda davlatdan badarg‘a qilingan. Men uni hech qachon qo‘llab-quvvatlamaganman va oxirigacha shunday bo‘lib qoladi. Menga ushbu xabarni yuborganlarga sabab topib bermaslik uchun "Eltuz" telegram kanalini ham darhol tark etdim.
Mostrar todo...
Davlat xoyini bo‘lgan Qudrat Bobojon tomonidan yuritilayotgan "Eltuz" telegram kanali obunachilarining telegram shaxsiyiga, xususan, menga ham mana shunday mazmundagi xabarlar kelaboshladi👇 Ҳурматли “Eltuz” гуруҳи обуначиси ушбу гуруҳ эгаси ҳамда модераторларига нисбатан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 158-моддаси (Ўзбекистон Республикаси Президентига тажовуз қилиш) 3-қисми (оммавий ахборот воситаларидан, телекоммуникация тармоқларидан ёки Интернет бутунжаҳон ахборот тармоғидан фойдаланган ҳолда уни ҳақоратлаш ёки унга туҳмат қилиш) ҳамда Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 244 прим 6-моддаси (Ёлғон ахборот тарқатиш) билан жиноят иши қўзғатилган.  Шу сабабли жиноий жавобгарликка тортилмаслигингиз учун ушбу гуруҳни зудлик билан тарк этинг.
Mostrar todo...
👍 3