cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyat boshqarmasi Matbuot xizmatining telegram kanali

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
637
Suscriptores
+324 horas
+147 días
+10230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Muhtaram va aziz yurtdoshlar! Qurbon hayiti barchamizga muborak bo'lsin! O'tgan davr mobaynida mamlakatimiz rahbari tashabbuslari, fidoyiliklari bilan nafaqat milliy-diniy bayramlarimiz, balki din-u e'tiqodimizga yangidan hayot baxsh etildi, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimiz, ulug' allomalarimizning bebaho merosini asrab-avaylash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Mustaqil yurtimiz va mehnatsevar xalqimiz hamda barcha mo'min-musulmonlarimizga Alloh taolodan tinchlik, xotirjamlik, fayzu-barokat va yaxshiliklar hamda farovonlik so'rab qolaman. Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan siz azizlarni oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi nomidan muborakbod etaman. @otfivandijonuz
Mostrar todo...
👍 10
Andijon shahridagi “Alisher Navoiy” nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan "Bo‘sh ish o‘rinlari" yarmarkasida Andijon shahridagi pedagogika kolleji ham ishtirok etdi. “Vatan xizmatingga shaymiz!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda Andijon shahar pedagogika kolleji bitiruvchilari hamda o‘qituvchilar guruhi ham faol ishtirok etib, bir nechta mehnat shartnomalarini imzolashga erishildi. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
Andijon shahridagi A.Navoiy istirohat bog‘ida Andijon viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarka ish o‘rni mavjud bo‘lmagan uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga shart-sharoitlar yaratish va qo‘llab-quvvatlashni maqsadi Yarmarkada Asaka pedagogika kolleji ham faol ishtirok etdi. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
👍 2
Shahrixon agrosanoat texnikumida "Yoshlar oyligi" doirasida guruhlar o‘rtasida Zakovat intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
👍 7🔥 6👏 2
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Izboskan tuman 2-son kasb-hunar maktabida, 2-kurs talabalarining yengil avtomobillarni boshqarish amaliyoti o‘tkazildi Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
Izboskan.mp446.47 MB
👍 1
01:20
Video unavailableShow in Telegram
Asaka Pedagogika kollejining "Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi" yo‘nalishini joriy yilda 188 nafar talabalar tamomladilar. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
Asaka oliy talim.mp481.69 MB
👍 1
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida ''Orzularni maqsadga aylantiramiz'' shiori ostida ''Kasb festivali'' o‘tkazildi ————— Buloqboshi pedagogika kollejida bo'lib o'tgan seminarda 168 nafar bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. 2023-2024 o‘quv yilida bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilayotgan seminarlar viloyatning qolgan hududlarida ham bo'lib o'tmoqda.. Seminarda Buloqboshi tuman hokimi F.Bo‘taxonov hamda sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida kollejda va kasb-hunar maktabida o‘qiyotgan o‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lishi maqsadida yo‘nalishlar kesimida namoyishlari va qo‘l mehnatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yakunda uman hokimi barchani kelgusi ishlarida omadlar tiladi. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
🕊 5👍 2
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Shahrixon tumani agrotexnologiyalar texnikumida yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida tadbir o‘tkazildi —————— O‘tkazilgan tadbirda bitiruvchi yoshlarni ishga joylashtirish va bandligini taʼminlash uchun bo‘sh ish o'rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada yoshlar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
Shahrixon.mp470.32 MB
🔥 1
Bitiruvchilarining "Yangi O‘zbekistonning yangi iqtidorlari!" deb nomlangan musiqiy kompozitsiyali hisobot konserti o‘tkazildi —————— Andijon shahar pedagogika kollejida "Yoshlar oyligi" doirasida "Musiqiy ta‘lim" mutaxassisligi bitiruvchilarining "Yangi O‘zbekistonning yangi iqtidorlari!" deb nomlangan musiqiy kompozitsiyali hisobot konserti o‘tkazildi. Folklor etnografik guruh ijrosidagi sahna ko‘rinishlar bilan uyg‘unlashgan xalq laparlari ijrosi tadbirga o‘zgacha fayz ulashdi. Yakunda ishtirokchilarga esdalik sovg‘alar topshirildi. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
02:44
Video unavailableShow in Telegram
Asaka tumanida "Innovator o‘qituvchi" ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi —————— Asaka tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘qituvchilarning Pedagogik mahorati hamda innovatsion faoliyatiga bag‘ishlab "Innovator o‘qituvchi" ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi. Ko‘rik-tanlovda viloyat Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i M.Madazimov, boshqarma xodimlari hamda viloyatdagi barcha tibbiyot texnikumlarining direktorlari, o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tanlovda “Avitsenna”va “Innovator” jamoalari o‘zaro bellashdilar. Ko‘rik-tanlov ishtirokchilar hay‘at a‘zolari tomonidan 5 ta shartlar bo‘yicha baholandi. Barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. G‘olib bo‘lgan “Avitsenna” jamoasi a‘zolari viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Sahifa: @otfivandijonuz
Mostrar todo...
9.mp435.89 MB
🔥 1