cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ramzshunos

O'quvchi,o'rganuvchi kitobxon tarixchining sahifasiga xush kelibsiz, bookbloger emasman.

Mostrar más
Tayikistán10 594El idioma no está especificadoLibros18 853
Publicaciones publicitarias
514
Suscriptores
-324 horas
-217 días
-7730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

​​Urushda g‘olib va baxtli podshoh, g‘olib va baxtli qo‘shin, g‘olib va baxtli davlat, g‘olib va baxtli tuzum bo‘lishi mumkin. Ammo g‘olib va baxtli odam bo‘lmaydi. Negaki, urush odamni odam o‘ldirishga majbur qiladi. Odam o‘ldirgan  odam esa hech qachon baxtli bo‘lmaydi. O'tkir Hoshimov Ilk talabalik davrlarimda Remarkni "Uch o'gayni " asari qo'limga tushib qolgan miriqib, his qilib o'qib chiqqandim, o'shanda menga eng manzur bo'lgan jihati har bir voqealikni yaqqol xuddi o'quvchi o'qiganda o'z ko'zi bilan ko'rib turgandek tasvirlangani yoqqandi. Remark asarlarida bosh mavzu barchaga ayon bo'lgan – urush. Oʻzi aslini olganda dunyoda to'rtta mavzu bor, ular haqida doim ko'p yozishadi bular : urush, tinchlik, sevgi, mehnat kabilardir. "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" asariga to'xtaladigan bo'lsam, barcha jarayonlarni o'z ko'zingiz bilan ko'rgandek, go'yo unda qatnashayotgandek bo'lasiz, anashu urush ta'sirida yosh yigitlarni orzulari umuman butun hayotlari yakson bo'ladi, asar haqida ko'p narsa demoqchi emasman o'zingiz o'qing, his qiling, kezi kelsa yig'lang, bo'lmasa bardosh qiling. Asardagi butun boshli xulosa quyidagi fikrlar bilan ifodalangan menimcha: "Shu darajada dabdalasi chiqqan tanada bosh hamon qaqqayib turganiga aql bovar qilmaydi. Bu faqat bitta shifoxonadagi manzara. Bunaqa shifoxonalar Germaniyada son mingta, Fransiyada son mingta, Rossiyada son mingta. Yer yuzida mana shunday koʻrgiliklar yuz berib turgan ekan, odamlarning ijodi ham, ixtiro-si ham, kashfiyoti ham bir pul! Qon daryosini toʻxtatishga qurbi yetmagan, yuz minglab bunaqa dahshatxonalarni ochib qoʻygan jamiyatning ming yillik taraqqiyotiga men ishonmayman, bari yolgʻon, bu taraqqiyotdan insonga sariq chaqalik naf yoʻq. Urushning nimaligini faqat shifoxonada toʻla anglash mumkin". Remark o'qilgan 1-kitob @Ramzshunos
Mostrar todo...

🔥 9👍 6 6
#3-kun Ayyub Nidosi 32 bet( tugadi) Erix Mariya Remark 'Ortga yo‘l" 25 bet
Mostrar todo...
8
​​Xalqimiz tuyaga omad, g'alaba timsoli deb qaragan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, 1404-yilda Amir Temurning g'alabalaridan biriga bag'ishlab Samarqandda o‘tkazilgan bayram saylida ishtirok etgan hunarmandlar tuya va yo‘lbars shaklidagi sopol buyumlar yasaganlar. Qadimgi o‘zbek mifologiyasida ikki o‘rkachli tuya kuch-qudrat, omad, baxt, hokimiyat va davlat timsoli sifatida tasavvur qilingan. Baqtriya madaniyatiga oid qadimgi muhr, tanga va boshqa arxeologik topilmalarda tuya surati tasvirlanganligi miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidayoq mamlakatimiz hududida tuyani qut-baraka, kuch-qudrat, shon-sharaf, buyuklik ifodasi sifatida e‘zozlash an‘anasi keng ommalashganligidan dalolat beradi. Varaxsha yodgorligi esa o‘tmishda yashab o‘tgan xoqonlarning taxti ikki o‘rkachli tuya shakliga monand qilib yasalganligi haqida ma‘lumot beradi. III asrning oxiri – IV asrning boshidan to arablar istilosigacha bo‘lgan davrda hukm surgan xorazmshohlarning shohona tojini tuya tasvir bezab turgan. VII-VIII asrlarda Xorazmda zarb qilingan tangalarga tuya surati tushirilganligi ham bu jonivor ulug'vorlik, buyuklik ramzi deb qaralganligini ko‘rsatadi. Xorazmliklar tuyani―arallar deb atashadi. Tuyani so‘kish, urish mumkin bo‘lmagan. Tuya juni ajinani haydaydi deb o‘ylagan odamlar undan tumor qilganlar. Bu jonivor junini har qanday joyga tashlash mumkin bo‘lmagan. Tumor tayyorlashda tuya dumi, shuningdek, oldingi oyoqlarining osilib turgan yungidan foydalanilgan. Tuya yungidan uch yoki beshta ip qilib, yosh bolalar choponining orqa tomoniga tikib qo‘yilsa, o‘sha bolaga ziyon-zahmat yaqin yo‘lamaydi deb irim qilganlar. Hatto xorazmliklar shevasida ―tuyako‘z deb ataluvchi tumor ham bo‘lgan. Xalq irimlariga ko‘ra, homilador ayollarning tuya go‘shti yeyishi man etiladi. Chunki tuya go‘shti yegan ayol homilasini 12 oyga cho'zilar emish. 📚O'zbek mifologiyasi kitobidan @ramzshunos
Mostrar todo...
👍 7 3🐳 2
00:38
Video unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
1829500057.mp45.05 MB
12🔥 3
Mavzuyimiz mifologiya bilan bog'liq, menga juda qiziq mavzu, agar qiziqarli ma'lumotlar berib o'tganda darsni diqqat bilan tinglardim😕, telefonga lahzaga bo'lsa ham qaramasdim.
Mostrar todo...
😢 3
Photo unavailableShow in Telegram
Darsimiz Tarix falsafasi ustoz na yaxshi bilarkan, na yaxshi dars o'tar ekan😕 Yuqoridagi kitob o'qib o'tiribman📚
Mostrar todo...
💔 4😢 3
Mana shu odatimni yo'qotibman shekilli.
Mostrar todo...
💔 4🗿 3
Photo unavailableShow in Telegram
...chunki koʻp narsadan koʻnglimni uzdim chunki hafsalamni pir qildi hayot chunki bilib-bilmay niyatni buzdim chunki yeru koʻkdan boʻlmadi najot chunki oʻzim bilan kelisholmadik jindakkina aqlim egmadi boʻyin imkon ila vaqtni boʻlisholmadik, chunki hammasining maqsadi – oʻyin Behzod Fazliddin @Ramzshunos
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤 Deyarli o'qimadim. 🤍🔤🔤🔤🔤 Ayyub nidosi 50 bet📓
Mostrar todo...
17🔥 4
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.