cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

IIV Sirdaryo AL | Rasmiy kanal

IIV Sirdaryo akademik litseyining rasmiy telegram kanali Web-sayt: https://sirdaryoal.uz Instagram: https://instagram.com/iiv_sirdaryo_al?igshid=MzRlODBiNWFlZA==

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
854
Suscriptores
-124 horas
-67 días
+730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦 ⚜️Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat. ✍️ Mavlono Jaloliddin Rumiy IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari 🌐Sayt |❤ Telegram |🌐Instagram
Mostrar todo...
👍 9
Repost from Men Talaba
Photo unavailableShow in Telegram
📣 NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIda 2023/24 qabulida kirish ballari qanday bo'lgan? 🏢 Namangan davlat universiteti - 1941 yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan bo‘lib, 1992 yilda universitet maqomini olgan. 📊 2023-2024 o'quv yili qabulida KIRISH BALLARI qanday bo'lgan? ⬆️Yuqori ko'rsatgich "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)" yo'nalishida bo'lgan:
Grant uchun: 182.4 ball Kontrakt uchun: 162.5 ball
⬇️Past o'tish bali "Meteorologiya va iqlimshunoslik" yo'nalishida bo'lgan:
Grant uchun: 68.8 ball Kontrakt uchun: 57.2 ball
🏢 Namangan davlat universiteti fakultetlari, yo'nalishlari haqida... Batafsil: 👉HAVOLA ORQALI👈 o'tib tanishing! Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram
Mostrar todo...
👍 1
⚡️Qabul-2024: Abituriyentlar va talabalar hayotida nimalar o'zgaryapti? 👉 Abituriyentlar endi har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi; 👉 O‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; 👉 OTMlarning magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi; 👉 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi; 👉 Endi abituriyentlar faqat 1 yillik grant oladi; 👉 Grantda o'qiganlar diplomini olishi uchun 3 yil ishlab berishi talabi bekor bo'ldi; 👉 Endi stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; 👉 Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; 👉 Imtiyozli abituriyentlar bu yil ham saqlanib qolinadi. ✅ @talimuz
Mostrar todo...

#BAYON Joriy yilning 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga hujjat topshirgan litseyning ll bosqich o‘quvchilaridan olingan bayon natijalari e’lon qilindi … batafsil o’qish IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari 🌐Sayt |❤ Telegram |🌐Instagram
Mostrar todo...
#BELLASHUV ⚡️Shu yilning 28-may sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi tomonidan katta qiziqish bilan kutilgan “Talent Show” bellashuvi o‘tkazildi. Bu tadbir o‘quvchilar orasida iste’dod va qobiliyatlarni namoyish qilish, ularning ingliz tilini yanada mukammal o‘rganishlariga rag‘batlantirish maqsadida har yili tashkil etilib kelinmoqda. Bellashuv to‘rt shartdan iborat bo‘lib, har bir shartda o‘quvchilar o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. 🌟 Poster Presentation - bu shartda har bir guruh ingliz tilida so’zlashuvchi xorijiy davlat haqida tayyorlagan posterni taqdim etdilar va ushbu mamlakat haqida ingliz tilida ma’lumotlar berdilar. 🎭 Performance - guruhlar o‘zlarining sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Har bir guruh ingliz tilida o‘ziga xos sahna ko‘rinishi tayyorlab, dramatik va komik chiqishlar orqali auditoriyani xushnud qildilar. 🖋 Grammar quiz - o‘quvchilar grammatik testlarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. 🎧 Singing - to‘rtinchi shartda o‘quvchilar o‘zlarining musiqa iste’dodlarini namoyish etdilar. Har bir guruh o‘ziga yoqqan inglizcha qo‘shiqni ijro etib, nafaqat o‘z vokal qobiliyatlarini, balki tilni his etishlarini ham ko‘rsatdilar. Qo‘shiqlar auditoriya tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olindi. 🏆Tadbir yakunida hakamlar hay’ati natijalarni e’lon qildi. “Talent Show” bellashuvida quyidagi guruhlar g‘olib bo‘ldilar: ✍️ 1-o‘rin: 101-guruh jamoasi ✍️ 2-o‘rin: 105-guruh jamoasi ✍️ 3-o‘rin: 102-guruh jamoasi 🏅Bundan tashqari, guruhlar quyidagi nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topildilar: ➖Eng bilimdon jamoa - 107-guruh Eng ijodkor jamoa - 103-guruh Eng iqtidorli jamoa - 105-guruh “Talent Show” bellashuvi barcha o‘quvchilar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularning o‘z bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga turtki berdi. Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonida faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari 🌐Sayt |❤ Telegram |🌐Instagram
Mostrar todo...
👍 12🔥 2👏 1
📚LITSEYDA KITOB YARMARKASI TASHKIL ETILDI. 📖 Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi. 🔹O’quvchi yoshlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yozgi ta'til bo'sh vaqtlarini mazmunli tashril etish maqsadida, joriy yilning 27-may sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida kitob yarmarkasi tashkil etildi. 🔹 Kitoblar yarmarkasida o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan  kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi. Litsey o’quvchilari ham ushbu yarmarkada faol ishtirok etishdi. ✅ Kitoblar yarmarkasini tashkil etishdan asosiy maqsad ham o’quvchi-yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni boy madaniy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iboratdir. IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari 🌐Sayt |❤ Telegram |🌐Instagram
Mostrar todo...
👍 7👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kelasi yildan sertifikati yo'q abituriyentlar ba'zi yo'nalishlarga hujjat topshira olmaydi! 🇺🇿 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. ✅ @talimuz
Mostrar todo...
🤔 5👍 3 1🔥 1
📌 Quyidagi qaysi davlat orol emas?Anonymous voting
  • Buyuk Britaniya 🇬🇧
  • Indoneziya 🇮🇩
  • Bruney 🇧🇳
  • Mali 🇲🇱
0 votes
👍 4😁 2
⚡️Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi. Atigi, 10 kun qoldi! 🇺🇿 Prezidentning tegishli farmoniga ko'ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: 👉 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 👉 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: ➖birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. ✅ @talimuz
Mostrar todo...

Repost from POSTDA|Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
👍 2