es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 53 272 suscriptores, ocupando la posición 2 488 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 371 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 53 272 suscriptores.

Según los últimos datos del 26 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 768, y en las últimas 24 horas de -288, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 24.99%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.67% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 325 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 958 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 125.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 27 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

53 272
Suscriptores
-28824 horas
-3 2697 días
+76830 días
Archivo de publicaciones
⚡️Inqiroz HDD'gacha yetib bordi: Western Digital sun’iy intellektlar sababli qattiq disklarni ishlab chiqarish quvvati tugab
⚡️Inqiroz HDD'gacha yetib bordi: Western Digital sun’iy intellektlar sababli qattiq disklarni ishlab chiqarish quvvati tugab borayotgani haqida ogohlantirdi. HDD'ning yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri oddiy foydalanuvchilarga narxlarning ko‘tarilishiga tayyorlanishni maslahat berdi. Boshqa kompaniyalarga o‘xshab, WD ham yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratishga qaror qildi. 📟 DigiTech

🌆 Bir yigit mushuklari uchun metroli mini shaharcha qurdi. Mushuklar uydan «maktab»gacha poyezdda borishlari mumkin. Loyiha ikki yil davomida qurildi. Mushuklar shahrida kinoteatr, supermarketlar, McDonald's, daryo va suv ta’minoti tizimi barpo etilgan. Barcha xonalarni aqlli kameralar nazorat qilib turadi, tozalikni esa robot-changyutgichlar ta’minlaydi. 📟 DigiTech

🖼️ X (Twitter)dagi bir yigitni Ilon Mask uning yuzini tasvirlagan muvaffaqiyatsiz portreti uchun blokladi. Yigit shunchaki «
+1
🖼️ X (Twitter)dagi bir yigitni Ilon Mask uning yuzini tasvirlagan muvaffaqiyatsiz portreti uchun blokladi. Yigit shunchaki «Umid qilamanki, bir kun Ilon mening rasmimni ko‘radi» degan yozuv bilan asarini joylagan edi. Chamasi, Ilon Mask ko‘rgan. Va unga unchalik yoqmagan. Ijobiy tomoni shuki: post 11 million marta ko‘rildi, yigit esa 22 ming obunachiga ega bo‘ldi. 📟 DigiTech

⚡️Routerlarni narxi ham oshadi — xotira tanqisligi ta’siri routerlar va TV-qurilmalargacha yetib bordi. Vaziyat og‘ir: bu qur
⚡️Routerlarni narxi ham oshadi — xotira tanqisligi ta’siri routerlar va TV-qurilmalargacha yetib bordi. Vaziyat og‘ir: bu qurilmalar uchun DRAM chiplari narxi 7 barobar oshib ketdi. Agar bir yil avval routerdagi xotira uning qiymatining atigi 3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, endi bu ko‘rsatkich 20 foizga yetdi. 📟 DigiTech

⚡️Endi Spotify’dagi barcha treklarni BEPUL yuklab olish mumkin — Anna’s Archive xakerlari 13 trillion dollarlik da’voga qaram
⚡️Endi Spotify’dagi barcha treklarni BEPUL yuklab olish mumkin — Anna’s Archive xakerlari 13 trillion dollarlik da’voga qaramay, Spotify’dan olingan 6,4 TB hajmdagi musiqalarni tarqatib yuborishdi. Tarmoqqa allaqachon o‘nlab torrent-paketlar sizib chiqqan: metama’lumotlar, muqovalari bilan millionlab treklar. Hozircha bular faqat «kam mashhur» relizlar, ammo bu ulkan arxivning bir qismidir — jami 300 TB va o‘n millionlab yozuvni tarqatish rejalashtirilgan. Tarqatish sekin ketmoqda, lekin foydalanuvchilar allaqachon fayllarning haqiqiyligini tasdiqlashdi. Spotify akkauntlarni topib, bloklayotganini ma’lum qildi. Domenlarni allaqachon o‘chirishni boshlashgan, ammo arxivni bundan keyin ham qism-qism qilib tarqatishni davom ettirishsa kerak. 📟 DigiTech

⚡️Xitoy hukumati avtomobillardagi sensorli tugmalarga qarshi. Xitoy hukumati Tesla, Xiaomi va BYD kompaniyalarini avtomobil s
⚡️Xitoy hukumati avtomobillardagi sensorli tugmalarga qarshi. Xitoy hukumati Tesla, Xiaomi va BYD kompaniyalarini avtomobil saloniga jismoniy tugmalarni qaytarishga majbur qiladigan qonunni tayyorlamoqda. Burilish chiroqlari, avariya signali, uzatmalar selektori va favqulodda qo’ng’iroq tugmalari endi sensorli menyu ichida yashirinmaydi — faqat haqiqiy jismoniy tugmalar bo‘ladi. Sensorli ekranlar haydovchini chalg‘itishi va texnik nosozlik paytida ishlamay qolishi xavfi bor. Bundan avvalroq, Xitoy avtomobillarda yashirin eshik tutqichlarini ham taqiqlagan edi. 📟 DigiTech

+2
⚡️Xitoyliklar bir vaqtning o‘zida 10 kishi ucha oladigan uchar avtobus — Matrix nomli yo‘lovchi dronini ishlab chiqishdi. Bu ulkan qurilma ikkita versiyada ishlab chiqariladi: 250 km masofaga uchadigan elektr varianti va 1500 km masofagacha ucha oladigan gibrid varianti. Qachon va qayerda uchishni boshlashi hozircha noma’lum, biroq sinovlardan allaqachon o‘tib bo‘lgan. 📟 DigiTech

+3
🎥 Bred Pitt Tom Kruz bilan jang qilyapti, Rosomaxa esa Tanosdan kaltak yemoqda — bular hozirda ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur videolar. Ular TikTok ishlab chiqaruvchilarining yangi neyron tarmog‘i Seedance 2.0 da yaratilgan. Ular shunchalik realistik chiqqanki, neyro-videolarni haqiqiy filmdan deyarli farqlab bo‘lmaydi. Hatto «Dedpul» filmining ssenariy muallifi Rett Riz ham hayratda qolib: «Chamasi, biz [Gollivud] uchun hammasi tugadi», deb yozdi. 📟 DigiTech

⚡️Meta inson vafotidan keyin uning ijtimoiy tarmoqlarini boshqara oladigan neyrotarmoqni yaratdi. Model foydalanuvchining pos
⚡️Meta inson vafotidan keyin uning ijtimoiy tarmoqlarini boshqara oladigan neyrotarmoqni yaratdi. Model foydalanuvchining postlari va qiziqishlarini o‘rganadi va u o‘z akkauntini yuritishni to‘xtatganida uning o‘rnini egallaydi. Neyrotarmoq hatto boshqa insonlarga qo‘ng‘iroq qilishni ham biladi. Kompaniya hozircha bunday texnologiyani Facebook va Instagramga qo’shmaslikka va’da berdi. Lekin, ularda allaqachon patent mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Olimpiadada ko‘p vazifali inson topildi — figurali uchish murabbiyi bir paytning o‘zida 13 mamlakatdan 16 sportchi bilan ishlamoqda. Benua Risho allaqachon memga aylanib ulgurdi: ba’zan uning shogirdlari ketma-ket musobaqaga chiqishadi, shuning uchun u tribunadan tribunaga yugurishi va terma jamoalar kurtkasini almashtirib yurishiga to’g’ri kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda hatto dastlab buni qandaydir hazil yoki egizaklar deb o‘ylashdi. 📟 DigiTech

Kia SONET Black edition lizingga - oson va manfatli! ✔️ Boshlang‘ich to‘lov 25% dan ✔️To‘lov muddati 60 oygacha ✔️ Har bir mi
Kia SONET Black edition lizingga - oson va manfatli! ✔️ Boshlang‘ich to‘lov 25% dan ✔️To‘lov muddati 60 oygacha ✔️ Har bir mijozga alohida yondashuv ✔️ Qulay rasmiylashtirish shartlari ✔️ Ortiqcha hujjatlarsiz - faqat pasportning o‘zi kifoya *Shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdori, to‘lov summasi va muddatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart hisoblanadi. Kia SONET’ni tez va qiyinchiliksiz rasmiylashtiring! 📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998555006886 🚩 Kia Ahmad Donish Reklama

🚘 Toyota yangi dizayndagi Highlander 2027 modelini namoyish etdi, endi u elektromobil. Ikkita versiya bo‘ladi: 221 ot kuchig
+3
🚘 Toyota yangi dizayndagi Highlander 2027 modelini namoyish etdi, endi u elektromobil. Ikkita versiya bo‘ladi: 221 ot kuchiga ega bazaviy modeli, bir zaryadda 462 km masofa bosib o’tadi, shuningdek, 338 ot kuchiga ega top versiyasi 435 km masofani bosib o‘tadi. Salonida uch qator o‘rindiqlar, panoramali tom va 14 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Narxi — 48 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda endi strimerlar kamera oldida shunchaki jim turishibdi — ularning nutqi, ohanglari va hatto yuz ifodalarini neyrotarmoq generatsiya qilmoqda. Insonni to‘liq almashtirish mumkin emas, chunki platformalar kadrda haqiqiy odamning bo‘lishini talab qiladi. Agar efirda faqat virtual avatar bo‘lsa, algoritmlar qamrovni qisqartiradi yoki translyatsiyani butunlay taqiqlaydi. 📟 DigiTech

📲 Statistika: Bugungi kunda har to‘rtinchi faol smartfon iPhone, har beshinchisi esa Galaxy smartfonlaridir. Apple va Samsun
📲 Statistika: Bugungi kunda har to‘rtinchi faol smartfon iPhone, har beshinchisi esa Galaxy smartfonlaridir. Apple va Samsung birgalikda 2025-yil yakuniga ko‘ra jahon bozorining deyarli yarmini (44 foizini) egalladi va ikkala kompaniya ham dunyo bo’yicha foydalanishdagi faol qurilmalar soni milliarddan oshgan yagona brendlar bo‘lib qolmoqda. Ulardan keyin Xiaomi, Oppo, Vivo, Huawei va Honor turadi. Qolgan barcha brendlarda, jumladan Google'da ham, har bir brend uchun faol smartfonlar soni 200 milliondan kamni tashkil etadi. 📟 DigiTech

🚘 Dunyodagi birinchi natriy-ion batareyali seriyali elektromobil namoyish etildi — Xitoyning Changan kompaniyasi CATL Naxtra
+1
🚘 Dunyodagi birinchi natriy-ion batareyali seriyali elektromobil namoyish etildi — Xitoyning Changan kompaniyasi CATL Naxtra batareyali Nevo A06 ni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Asosiy xususiyati — ekstremal sovuqda ham barqaror ishlash: batareya −40°C haroratda 90% dan ortiq sig‘imni saqlab qoladi va hatto −30°C haroratda ham normal zaryadlanadi. Bundan tashqari, natriy litiyga nisbatan arzonroq va topish osonroq, mutaxassislar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘lishini va elektromobillar narxi pastroq bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda. Xitoyda Nevo A06 sotuvi 2026-yil o‘rtalarida boshlanishi kutilmoqda, narxi hozircha noma’lum. 📟 DigiTech

🎧 Insayderlar xabar berishicha, yangi AirPods Pro quloqchinlarida atrof-muhitni tahlil qilish uchun kichik kameralar o‘rnati
🎧 Insayderlar xabar berishicha, yangi AirPods Pro quloqchinlarida atrof-muhitni tahlil qilish uchun kichik kameralar o‘rnatiladi. Kameralar fotosuratga olish uchun emas, balki havoda qo‘l harakatlarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Tizim quloqchin taqib, telefonga qarab ketayotgan foydalanuvchini to‘siqlar yoki yaqinlashayotgan obyektlar haqida ogohlantira oladi. Shuningdek, u Apple Vision Pro garniturasida «fazoviy tovush» ishlashini yaxshilaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu quloqchinlar shu yil davomida chiqariladi va AirPods Pro 3 ning takomillashgan varianti bo‘ladi. 📟 DigiTech

📲 Xitoydagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Dreame kompaniyasi o‘zining ilk smartfonlarini namoyish etdi. Flagman Dreame
+2
📲 Xitoydagi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Dreame kompaniyasi o‘zining ilk smartfonlarini namoyish etdi. Flagman Dreame RS1 modeli Nubia Z80 Ultra'ning «hashamatli nusxasi» bo‘lib chiqdi (aytishlaricha, hatto sozlamalarda model nomini o‘zgartirishga ulgurishmabdi). U qimmatbaho toshlar va Snapdragon 8 Elite Gen 5 bilan jihozlangan. Shuningdek, yupqa Air1 va arzon E1 ham namoyish etildi. Sotuvlar birinchi Polshada boshlanadi, lekin narxlar hali e’lon qilinmadi. Bundan tashqari, Dreame endi avtomobil va kameralar ham ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanmoqda. 📟 DigiTech

+3
🚘 Ferrari va Apple'ning sobiq bosh dizayneri Joni Ayv avtomobil uchun «mukammal boshqaruv paneli»ni ko’rsatishdi. Interfeyslarning deyarli 100 foizi jismoniy tugmalar, dastaklar va aylantirgichlardan iborat. Hatto rulning orqasidagi displey ham oddiy emas — ketma-ket joylashgan ikkita OLED-matritsa «haqiqiy chuqurlik» effektini hosil qiladi. Bundan tashqari, burilish chiroqlari tugmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri rulning kesishgan qismiga o‘rnatilgan. Bu tizim bilan jihozlangan birinchi avtomobil yaqin kelajakda namoyish etiladigan elektr Ferrari Luce bo‘ladi. 📟 DigiTech

📱iPhone 17 Pro va Pro Max qurilmalari shunchaki g‘ilofni yechish paytida sinib qolishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalan
+1
📱iPhone 17 Pro va Pro Max qurilmalari shunchaki g‘ilofni yechish paytida sinib qolishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar antenna atrofidagi plastik qoplamalarining yorilishidan shikoyat qilishmoqda. Izohlarga qaraganda, muammo ommaviy va tez uchraydi. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoydagi vaziyat: Qwen sun’iy intellekti chat-bot orqali choy buyurtma qilgan har bir kishiga ¥25 (3,6 dollar) dan bera boshladi — butun mamlakat bo‘ylab qahvaxonalar buyurtmalar va kuryerlar navbati bilan to‘lib ketgan.
Xitoyda yangi sun’iy intellekt poygasi shunday ketmoqda. Baidu, Tencent, ByteDance va Alibaba endi botlari aqlliroq ekanligi bilan emas, balki foydalanuvchilarni o‘z botlaridan foydalanishga o‘rgatish uchun kim ko‘proq bonus berishi bilan bellashishmoqda.
📟 DigiTech