es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 50 942 suscriptores, ocupando la posición 2 607 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 461 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 50 942 suscriptores.

Según los últimos datos del 07 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -2 585, y en las últimas 24 horas de -172, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.05%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.55% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 12 775 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 461 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 113.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 08 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

50 942
Suscriptores
-17224 horas
-1 4157 días
-2 58530 días
Archivo de publicaciones
🎵 Suno neyrotarmog’i har qanday tovushdan musiqa yarata oladigan bo’ladi — yangilanish bilan ishlab chiquvchilar neyron tarmoqqa audio2audio funksiyasini qo’shishadi. Videoda bu qanday ishlashi ko’rsatilgan, shunchaki fantastika! Endi istagan odam misol uchun, stol ustiga qalam bilan urib o’zini barabanchidek his qilishi mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️POCO brendi o’zining birinchi plansheti — POCO Pad'ni namoyish etdi. U 12,1 dyuym va 120 hz chastotali katta 2K displeyga,
+3
⚡️POCO brendi o’zining birinchi plansheti — POCO Pad'ni namoyish etdi. U 12,1 dyuym va 120 hz chastotali katta 2K displeyga, shuningdek, to’rtta dinamikga ega. Snapdragon 7s Gen 2, 8-256 GB xotira + 1,5 TB gacha microSD uchun slot, 10 000 mA/soat batareya, 33 Vt tez zaryadlash va Wi-Fi 5 mavjud. Narxi — 330 dollar. Yana 80 dollarga klaviatura, 60 dollarga esa stilus sotib olishingiz mumkin. 📟 DigiTech

📲 SpaceX oddiy smartfonlarda Starlink interneti orqali videoqo’ng’iroqlarni sinovdan o’tkazmoqda. Hech qanday qo’shimcha dasturlarsiz, internet tezligi esa 17 Mbit/soniyaga yetmoqda. Bu yilgi rejalar bo’yicha Qo’shma Shtatlarda Starlink uyali aloqa xizmati ishga tushiriladi. Klassik aloqa xizmatlari ishlamaydigan hududlarda xabarlar yuborish, qo’ng'iroq qilish va internetga ulanish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI SMM muharririni izlamoqda, maosh oyiga 15 000 dollardan boshlanadi. Bundan tashqari, ular sug’urta, pullik ta’tillar
⚡️OpenAI SMM muharririni izlamoqda, maosh oyiga 15 000 dollardan boshlanadi. Bundan tashqari, ular sug’urta, pullik ta’tillar, psixologik yordam, rivojlanish va malaka oshirish uchun yillik stipendiya bilan ham ta’minlashadi. San-Fransisko'dagi ofisda uch kun, qolgan kunlarda esa masofaviy ishlash kerak bo’ladi. Agar siz hozirda u yerda yashamasangiz, ular AQSh'ga ish vizasini olishda yordam berishadi. Orzudagi ishga o’xshaydi. Havoladan o’tib ariza qoldirish mumkin, balki omadingiz kelib qolar :) 📟 DigiTech

🌌 Somon yo’li galaktikasi fotograflar nigohida: Capture the Atlas portali 2024-yildagi galaktikamizning eng yaxshi suratlari
+5
🌌 Somon yo’li galaktikasi fotograflar nigohida: Capture the Atlas portali 2024-yildagi galaktikamizning eng yaxshi suratlarini tanlab oldi. Albatta, ularning barchasiga ishlov berilgan, lekin qo’l va hech qanday neyron tarmoqlarsiz. Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, butun to’plamni esa havoladan kirib ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

+2
🥄 Yaponiyadagi Kirin kompaniyasi taomlarning ta’mini o’zgartirib, uni tuzsiz sho’rroq qiladigan qoshiqni namoyish etdi. Qurilma tildagi natriy ionlarining molekulalariga zaif elektr zaryadi bilan ta’sir qiladi, shu sabab taomga tuz solinmasa ham u bordek tuyuladi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, qoshiq tuz iste’molini kamaytirishga va sog’lom bo’lishga yordam beradi. Narxi — 127 dollar. 📟 DigiTech

“Servercore hamkorlik dasturi bilan qanday qilib pul ishlash mumkin?” Qiziqyapsizmi? Unda bepul vebinarga marhamat, u yerda s
“Servercore hamkorlik dasturi bilan qanday qilib pul ishlash mumkin?” Qiziqyapsizmi? Unda bepul vebinarga marhamat, u yerda siz Servercore hamkorlik dasturi bilan birgalikda qanday qilib pul ishlashni bilib olasiz. Sizni quyidagi javoblar kutmoqda: — Provayder, hamkor va referallar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday amalga oshiriladi? — Dasturga qanday ulanish mumkin? — Hamkorlarga qanday vositalar va imkoniyatlar taqdim etiladi? — Mukofotlar qanday toʻlanadi: mablagʻlarni chiqarib olish yoki Servercore boshqaruv paneli hisobiga oʻtkazish mumkin? Qancha daromad olasiz? 10% — bu boshlang‘ich foiz. Siz uni Servercore mahsulotlari yoki xizmatlariga oyiga 50 000 000 so‘mgacha sarflagan har bir referal uchun olasiz. Agar referal oyiga 50 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘ sarflasa, siz ushbu miqdorning 15% ini olasiz. Batafsil ma'lumot uchun havola bo‘yicha vebinarda ro‘yxatdan o‘ting. Reklama

⚡️OpenAI yana GPT-5 haqida gapirdi, bu safar Microsoft dasturchilar konferensiyasida. Ularning aytishicha, model deyarli tayy
+2
⚡️OpenAI yana GPT-5 haqida gapirdi, bu safar Microsoft dasturchilar konferensiyasida. Ularning aytishicha, model deyarli tayyor. Kompaniya GPT-3 ni akula, GPT-4 ni kosatka bilan, GPT-5 ni esa kit bilan taqqosladi. Foydalanuvchilar allaqachon bir kitning og’irligi 30 ta akulaga tengligini hisoblab chiqishdi. Bu shuni anglatadiki, GPT-5 modeli GPT-3 dan 30 baravar kuchliroq bo’ladi. 📟 DigiTech

Foizsiz muddatli to'lovga texnika oling idea do'konlarida payme nasiya rasmiylashtiring va muddatli to'lovga bozor narxida te
Foizsiz muddatli to'lovga texnika oling idea do'konlarida payme nasiya rasmiylashtiring va muddatli to'lovga bozor narxida texnika sotib oling. Aksiya may oyining oxirigacha butun O'zbekiston bo'ylab amal qiladi. Batafsil ma'lumot. Reklama

⚡️Microsoft bosh direktori Internetni g’azablantirdi — uning aytishicha Windows 11 da barcha harakatlaringiz Recall funksiyas
⚡️Microsoft bosh direktori Internetni g’azablantirdi — uning aytishicha Windows 11 da barcha harakatlaringiz Recall funksiyasi orqali yozib olinadi. Dastur doimiy ravishda skrinshotlar oladi va ularni hatto Internetsiz ham saqlaydi. Ushbu yangilik qizg’in muhokama qilinmoqda. Ilon Mask buni «Qora oyna» seriali uchun yangi syujet deb atamoqda, foydalanuvchilar esa barcha yozishmalar, fayllar va boshqa ma’lumotlar noto’g’ri qo’llarga tushishi mumkinligidan havotirdalar. Kompyuterni Windows 11 ga yangilanmaslik uchun yana bir sabab. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda dronlarni foydali qo’llanilishiga yana bir misol. Tepaliklardagi qurilish maydonchasiga ishchilar kopter yordamida chelaklarda sement jo’natishmoqda. Fantastik filmdan olingan kadrlarga o’xshaydi! 📟 DigiTech

🏠 Huawei o’zining ixcham «kelajak uyi»ni namoyish etishga tayyorlanmoqda. Bu yotoqxona, oshxona, mehnomxona va hammom bilan
+3
🏠 Huawei o’zining ixcham «kelajak uyi»ni namoyish etishga tayyorlanmoqda. Bu yotoqxona, oshxona, mehnomxona va hammom bilan jihozlangan 37,95 m² maydonli, 10 tonnalik kapsulali uydir. Uy egalari smartfon yordamida yorug’likni, maishiy texnika va iqlim nazoratini boshqarishi mumkin bo’ladi. Narxi taxminan 70 000 dollar atrofida bo’lishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

+3
☄️ Kecha tunda Portugaliya va Ispaniya aholisi uchib o’tayotgan meteoritni ko’rishdi. Kosmik obyekt osmonni zumrad rangida yoritdi va atmosferada yonib ketdi. 📟 DigiTech

🛥️ Dunyodagi birinchi vodorodda yuruvchi Project 821 superyaxtasi Niderlandiyada suvga tushirildi. Mish-mishlarga ko’ra, u B
+3
🛥️ Dunyodagi birinchi vodorodda yuruvchi Project 821 superyaxtasi Niderlandiyada suvga tushirildi. Mish-mishlarga ko’ra, u Bill Geytsning buyurtmasi bo’yicha 1 milliard dollarga qurilgan. U uzoq masofalarga gidrotozalangan o’simlik moyida suzadi, vodorod esa elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Aytgancha, Project 821 mamlakatda qurilgan eng katta motorli yaxta ham hisoblanadi. Uning uzunligi 119 metr, bortda 12 ta kabina, sport zali, kinoteatr, kutubxona va basseyn mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Hozirgi kundagi top neyrotarmoqlarning eng yangi ro’yxati. Barcha ishlar uchun bitta saytda 200 tadan ortiq neyrotarmoqlar
⚡️Hozirgi kundagi top neyrotarmoqlarning eng yangi ro’yxati. Barcha ishlar uchun bitta saytda 200 tadan ortiq neyrotarmoqlar yig’ilgan: tasvirlarni qayta ishlash, generatsiya qilish, matnli so’rov orqali 4K video yaratish, QR kodlarni generatsiya qilish va hokazo. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚀 SpaseX kecha tunda Falcon 9 raketasini uchirdi. Shu tunda uchgan zamolyot yo’lovchilari «kosmik meduza» effektini kuzatishdi — bu hodisa raketaning chiqindi gazlarini quyosh yoritganda paydo bo’ladi, garchi u paytda Yerda qorong’u bo’lsa ham. 📟 DigiTech

⚡️Yangi GPT-4o modeli sizni yuklagan rasmingizni eslab, shu asosida boshqa rasmlar yaratishni o’rgandi. Endi oddiy matnli so’rov kiritish orqali GPT-4o'da hatto butun boshli komikslar yaratish mumkin. 📟 DigiTech

+1
🛰️ Yerni suv osti optik tolali internet kabel tarmog’i va Starlink sun'iy yo’ldoshlari bilan qanday qoplanganini vizual taqqoslovi. Starlink sun’iy yo'ldoshlarining interaktiv xaritasi mavjud veb-saytni ishga tushirgan. Saytdagi globusni aylantirib qaysi hududda sun’iy yo’ldoshlar yo’qligini ko’rish mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Saraton kasalligini keltirib chiqaradigan yong’inga qarshi komponentlar 99% avtomobillarda topildi — ular avtomobil o’rind
🚘 Saraton kasalligini keltirib chiqaradigan yong’inga qarshi komponentlar 99% avtomobillarda topildi — ular avtomobil o’rindig’i va boshqa avtomobil materiallariga qo’shiladi. Yong’inga qarshi komponentlar (antipiren), ayniqsa, issiq sharoitda zararli bo’lib, avtomobil ichidagi havoda kontsentratsiyasi oshadi. Haydovchi kuniga hatto bir soat vaqt mashinada o’tkazsa ham, uning salomatligiga zararli ta’siri bordir. 📟 DigiTech

+1
📲 iPhone va iPad'ga nazar bilan boshqarish funksiyasi paydo bo’ladi. Ushbu funksiya nogironlar uchun mo’ljallangan, lekin undan istagan odam foydalanishi mumkin. Texnologiya sun’iy intellekt asosida ishlaydi, nigohning yo’nalishi esa old kameradan kuzatiladi. Funksiya 2024-yilning kuzida chiqadigan iOS 18 da ishlaydi. Avtomobilda ko’ngli ayniydiganlar uchun ham maxsus funksiya qo’shiladi, u yoqilgan paytda ekranda suzuvchi nuqtalar chiqib yoqimsiz effektni kamaytiradi. 📟 DigiTech