es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 51 588 suscriptores, ocupando la posición 2 568 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 438 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 51 588 suscriptores.

Según los últimos datos del 04 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -2 687, y en las últimas 24 horas de -198, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 24.98%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.54% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 12 886 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 562 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 116.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 05 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

51 588
Suscriptores
-19824 horas
-1 4717 días
-2 68730 días
Archivo de publicaciones
+3
🚘 Jaguar shov-shuvli rebrendingidan so’ng o’zining birinchi avtomobilini namoyish etdi — futuristik Type 00. Bu hozircha faqat konsept, lekin sotuv modelida ko’p narsa o’zgartirilmaydi, u allaqachon ishlab chiqilmoqda. Avtomobil 2026-yil oxirigacha chiqishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🚆 Saudiya Arabistonida dunyodagi eng uzun haydovchisiz metro ishga tushirildi — u mamlakat poytaxti Ar-Riyodni qamrab oluvch
+4
🚆 Saudiya Arabistonida dunyodagi eng uzun haydovchisiz metro ishga tushirildi — u mamlakat poytaxti Ar-Riyodni qamrab oluvchi 176 km masofa, 85 bekat va olti liniyadan iborat. Tizimda Germaniyaning Siemens, Kanadaning Bombardier va Fransiyaning Alstom kompaniyalarining to’liq uchuvchisiz 183 ta poyezdi harakatlanadi, loyiha qiymati 35 milliard dollarni tashkil etdi. 📟 DigiTech

📚 Janubiy Koreyaning KAIST universiteti generativ neyrotarmoqlar bo’yicha bepul kurs chiqardi. Dastur ikki oyga mo’ljallanga
📚 Janubiy Koreyaning KAIST universiteti generativ neyrotarmoqlar bo’yicha bepul kurs chiqardi. Dastur ikki oyga mo’ljallangan. Kursda diffuziya nima ekanligini va tasvirni yaratish qanday ishlashini tushuntirishadi. Ilovalarni yaratish bo’yicha vazifalar ham mavjud. 👉 Bepul kursga havola. 📟 DigiTech

⚡️Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — Palataning COVID-19 bo’yicha qo’mitasi 2 yillik tekshiruvdan so’ng yakuniy hisoboti
+1
⚡️Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — Palataning COVID-19 bo’yicha qo’mitasi 2 yillik tekshiruvdan so’ng yakuniy hisobotini e’lon qildi. Eng muhim ma’lumotlarni to’pladik: — Uxanda WIV deb ataluvchi virusologiya instituti bor, u yerda alohida viruslar, jumladan, koronaviruslar funksiyalarini kuchaytirish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazilgan; — Xitoyliklar xavfsizlik qoidalariga ko’pincha amal qilishmagan, shu sabab infektsiya birinchi bemorga yuqqan; — 2019-yilning kuzida bir nechta WIV xodimlari alomatlari boʻyicha COVID-19 ga o’xshash narsa bilan kasal bo’lishgan; — Bunda AQSh ham ishtirok etgan: ular grant tizimi orqali WIV'dagi tajribalarni moliyalashtirishgan. Jumladan, ko’rshapalaklardagi koronaviruslar va bu virusning odamlarga yuqishi mumkinligi haqidagi tadqiqotlarni ham. 📟 DigiTech

🛰️ Tez orada sayyora bilan kosmosdan selfi olish mumkin bo’ladi. Buning uchun NASAning sobiq muhandisi butun bir sun’iy yo’l
🛰️ Tez orada sayyora bilan kosmosdan selfi olish mumkin bo’ladi. Buning uchun NASAning sobiq muhandisi butun bir sun’iy yo’ldoshni uchirishga qaror qildi. Sun’iy yo'ldoshga suratlarni ko’rsatish uchun smartfon va suratga oladigan kamera o’rnatilgan. Barchasi quyosh batareyasida ishlaydi. Kosmik selfiga tushish uchun Google Pixel egasi bo’lish yoki 30 dollar xayriya qilish kerak. Sun’iy yo’ldoshning uchirilishi 2025-yilning yanvariga rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️Ba’zi Apple qurilmalari saratonni keltirib chiqarishi aniqlandi: kompaniya mahsulotlarida tanani ichidan yo’q qiladigan mod
⚡️Ba’zi Apple qurilmalari saratonni keltirib chiqarishi aniqlandi: kompaniya mahsulotlarida tanani ichidan yo’q qiladigan moddalar mavjud. Foydalanuvchilar ba’zi Apple qurilmalarida bisfenol A borligini aniqlashdi. Bu modda plastmassani mustahkam qiladi, lekin gormonal muvozanatni buzadi, teri va qon saratoni xavfini oshiradi, shuningdek, reproduktiv tizim bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi. 20% gacha bisfenol teri orqali oson kirib, organizm ishiga ta’sir qiladi. Ko’plab mamlakatlarda bisfenol A qat’iyan taqiqlangan, hatto uning «xavfsiz» o’rnini bosuvchi moddalar ham muammoni hal qilmaydi. 📟 DigiTech

+2
📲 Huawei yangi qurilmalariga imo-ishoralar yordamida fayllarni havo orqali uzatish funksiyasini qo’shadi. Shu bilan birga, ushbu sehrli funksiyadan bir vaqtda birnechta odam foydalanishi mumkin. Bir odam o’z qurilmasidan faylni «olib», ikkinchi odam imo-ishoralar orqali faylni o’ziga o’tkazib olishi mumkin. 📟 DigiTech

📱 Avstraliya dunyoda birinchi bo’lib 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qo
📱 Avstraliya dunyoda birinchi bo’lib 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Unga ko’ra, bolalar hatto ota-onalari roziligi bilan ham akkaunt yarata olmaydilar, buni ijtimoiy tarmoqlarning o’zlari nazorat qilishlari kerak bo’ladi — qoidabuzarlik uchun 32 million dollargacha jarima ko’zda tutilgan. Cheklovlar bir yildan keyin kuchga kiradi, lekin ungacha ijtimoiy tarmoqlarda ro’yxatdan o’tganlarga ta’sir qilmaydi. 📟 DigiTech

⚡️Milliarderlar boylar uchun «abadiy hayot» tabletkalarini ishlab chiqishga sarmoya kiritishdi. Altos Labs kompaniyasiga Ross
⚡️Milliarderlar boylar uchun «abadiy hayot» tabletkalarini ishlab chiqishga sarmoya kiritishdi. Altos Labs kompaniyasiga Rossiyalik 63 yoshli Yuriy Milner asos solgan — kompaniya qayta dasturlash orqali hujayralarni yoshartirishni o’rganmoqda. Loyihaga allaqachon milliardlab dollar sarmoya kiritgan odamlar: PayPal asoschisi Piter Til, OpenAI rahbari Sem Altman, Jeff Bezos (3 milliard dollar) va boshqalar. 📟 DigiTech

🤖 Kiberpank yaqin: Watney Robotics startapi o’z robotlari kun bo'yi tinimsiz sochiqlarni qanday taxlashlarini ko’rsatdi. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, robotlar bu ishni butun yil davomida inson aralashuvisiz amalga oshirishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️MrBeast Ginnesning rekordlar sertifikatlari to’plamini ko’rsatdi. Hammasi bo’lib — 40 ta rekordlar sertifikati. Bu rekordla
⚡️MrBeast Ginnesning rekordlar sertifikatlari to’plamini ko’rsatdi. Hammasi bo’lib — 40 ta rekordlar sertifikati. Bu rekordlar Amazon uchun Beast Games shousini suratga olish jarayonida o’rnatilgan. Loyihada 1000 dan ortiq odam bosh sovrin — 5 million dollar uchun kurashishadi. Premyera — 19 dekabrda. 📟 DigiTech

⚡️Nissan bankrot bo’lishi mumkin, ularda investorlarni topish uchun faqat bir yil bor. Savdolar pasaymoqda, ish o’rinlari qis
⚡️Nissan bankrot bo’lishi mumkin, ularda investorlarni topish uchun faqat bir yil bor. Savdolar pasaymoqda, ish o’rinlari qisqartirilyapti, kompaniya inqirozda. Hozir ular Honda kompaniyasi bilan Nissan ulushini sotib olish bo’yicha muzokaralar olib borishyapti — bu ularning so’nggi umidi. Agar kelishuvga erishilmasa, kompaniya yopilishi mumkin. Xitoy kompaniyalari yana bir raqobatchini yo’q qilishdi. 📟 DigiTech

🌋 Salvadordagi 170 ta vulqon bitkoinlarni mayning qilish uchun ijaraga beriladi. Mamlakat prezidenti shunday taklif bilan ch
🌋 Salvadordagi 170 ta vulqon bitkoinlarni mayning qilish uchun ijaraga beriladi. Mamlakat prezidenti shunday taklif bilan chiqdi. Bitta vulqonni o’zidan Salvador allaqachon geotermal elektr stansiyasi tufayli 45 million dollarlik 474 bitkoin mayning qilgan. Prezident yuzdan ortiq shunday stansiyalar qurishni taklif qilmoqda. 📟 DigiTech

🏬 Albaniya poytaxti Tiranada o’nlab kichik uylardan yig’ilganga o'xshash, turar-joy majmuasini qurishmoqchi. Binoning pastki
+3
🏬 Albaniya poytaxti Tiranada o’nlab kichik uylardan yig’ilganga o'xshash, turar-joy majmuasini qurishmoqchi. Binoning pastki qismida yer osti avtoturargohi va do’konlar bo’ladi, ikkinchidan oltinchi qavatgacha mehmonxona, 7-dan 16-qavatgacha esa xonadonlar joylashadi. Loyiha tasdiqlangan, ammo qurilish boshlanishi muddati hali aniq emas. 📟 DigiTech

👨‍💻 Stenford'dagilar aniqlashi bo’yicha: Minglab IT mutaxassislar ishda deyarli hech narsa qilishmaydi. Tadqiqotchilar yuzl
+1
👨‍💻 Stenford'dagilar aniqlashi bo’yicha: Minglab IT mutaxassislar ishda deyarli hech narsa qilishmaydi. Tadqiqotchilar yuzlab kompaniyalarning yopiq repozitoriyalarini o’rganib chiqishdi. Har bir kompaniyada o’rtacha 9,5% «arvoh dasturchilar» mavjud. Ularning yarmi oyiga bir marta butun koddagi faqat bitta satrni o’zgartirishadi. Katta texnologik kompaniyalar bunday xodimlar tufayli yiliga taxminan 11 milliard dollar yo’qotishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️iPhone 17 va iPhone 17 Pro Google Pixel'ga aylanishi mumkin. Smartfonlar iPhone X'dan keyingi eng katta redizaynga uchraydi
⚡️iPhone 17 va iPhone 17 Pro Google Pixel'ga aylanishi mumkin. Smartfonlar iPhone X'dan keyingi eng katta redizaynga uchraydi, deb yozadi The Information. Nashrning yozishicha, yangi iPhone'ning kamera moduli kattaroq bo’ladi va gorizontal holatda shisha o’rniga to’rtburchak metal ramkaga joylashtiriladi. Shisha faqat simsiz zaryadlash panelining pastki qismida qoladi. Barcha modellar alyuminiy korpusga ega bo’ladi. iPhone 17 Pro Max'da Dynamic Island ham kichraytiriladi. 📟 DigiTech

📱iPhone 17 Air'da SIM-karta sloti bo’lmaydi — u buning uchun juda ingichka. The Information nashrining yozishicha, iPhone 17
📱iPhone 17 Air'da SIM-karta sloti bo’lmaydi — u buning uchun juda ingichka. The Information nashrining yozishicha, iPhone 17 Air prototiplari qalinligi 5 dan 6 millimetrgacha, bu hajm SIM-karta sloti uchun yetarli bo’lmasligi mumkin. Ma’lum qilinishicha, bunday ingichka korpus tufayli batareya sig’imini kamaytirmaslik uchun ikkinchi dinamikdan ham voz kechishga to’g’ri keladi. 📟 DigiTech

🤖 Olimlar: sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan robotlarni buzish «juda oddiy» bo’lib chiqdi. Pensilvaniya universitet
🤖 Olimlar: sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan robotlarni buzish «juda oddiy» bo’lib chiqdi. Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilari bir qator yirik til modellarida (LLM) ishlovchi robotlar xavfli zaifliklarga ega ekanligini aniqlashdi. Maxsus so’rovlar orqali robotlarni aldash juda oson. Ularni dastlab bunga dasturlanmagan ishlarni qilishga undash mumkin. Misol uchun, robot-itlar odamlarga hujum qilishi, portlashlarni keltirib chiqarishi yoki ayg’oqchi sifatida ishlashi mumkin. 📟 DigiTech

+3
⚡️Google Kaliforniyada o’zining birinchi yog’ochdan qurilgan ofisini ochdi. Besh qavatli bino butunlay presslangan yog’ochdan qurilgan va kompaniyaning ta’kidlashicha, po’lat va beton konstruksiyalarga qaraganda 96% kamroq uglerod izi qoldiradi. 16 954 m² maydonga ega binoda 900 ta xodim ishlaydi. 📟 DigiTech

🤖 Janubiy Koreyada ishchi kuchining 10% dan ortig’ini robotlar tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich bo’yicha mamlakat jahonda yet
🤖 Janubiy Koreyada ishchi kuchining 10% dan ortig’ini robotlar tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich bo’yicha mamlakat jahonda yetakchiga aylandi. Tahlilchilarning fikricha, har 10 ming xodimga 1012 ta sanoat roboti to’g’ri keladi va har yili ularning soni o’rtacha 5% ga o’smoqda. 📟 DigiTech