es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 55 114 suscriptores, ocupando la posición 2 378 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 326 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 55 114 suscriptores.

Según los últimos datos del 10 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 2 433, y en las últimas 24 horas de 4 792, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 23.84%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 17.09% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 212 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 472 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 118.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 11 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

55 114
Suscriptores
+4 79224 horas
+3 6317 días
+2 43330 días
Archivo de publicaciones
⚡️AQSh'da elektromobillarni simsiz zaryadlovchi birinchi yo’l ishga tushirildi Michigan shtatining Detroyt shahrida elektr tr
⚡️AQSh'da elektromobillarni simsiz zaryadlovchi birinchi yo’l ishga tushirildi Michigan shtatining Detroyt shahrida elektr transport vositalarini simsiz quvvatlaydigan birinchi umumiy foydalanishdagi yo’l ishga tushirildi. U davlat organlari tomonidan Electreon kompaniyasi bilan birgalikda loyihalashtirilgan va foydalanishga topshirilgan. Yo’l Electreon kompaniyasining qabul qilgichlari bilan jihozlangan elektromobillarni quvvatlantira oladi. U elektromobil harakatlanayotganda to’g’ridan-to’g’ri batareyaga energiya uzatadi. Albatta, uning zaryadlash tezligi an’anaviy stantsiyalarga qaraganda ancha past, yo’lning uzunligi ham hozircha faqat 400 metrni tashkil etadi. Biroq keyingi yildan boshlab bunday yo’llar tarmog’ini butun Michigan shtati bo’ylab kengaytirish rejalashtirilgan. Zo’r g’oya o’ylashibdi, yo’lda yuraverasiz, mashina zaryadlanaveradi. 📟 DigiTech

💻 Mukammal taqdimotlar tayyorlab beruvchi neyrotarmoq • Gamma AI - matnli tavsif yordamida taqdimot tayyorlab beradi, hatto o’zi dizayn tanlab, rasm va videolar bilan ham boyitib beroladi. Servisga yaqinda GPT-4 ni ulashdi. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
🚢 Kemalar uchun ham liftlar borligini bilasizmi? Eng kattasi Xitoydagi Vujiang daryosida joylashgan - u kemalarni to’g’on orqali o’tkazish uchun ishlatiladi. Uning asosi har biri 2,3 km uzunlikdagi kanallar bilan bog’langan uchta liftdan iborat. 📟 DigiTech

🏭 Kun videosi: Minglab xitoylik ishchilar bir kunlik ishdan keyin kemasozlik zavodini tark etishmoqda. Uning hududi shunchalik kattaki, hatto bir kichik bo’limi ichida yurish uchun uzoq vaqt kerak bo’ladi: u yerda burg’ulash platformalari, shamol turbinalarini o’rnatish uchun kemalar va tankerlar ishlab chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️Google kutilmaganda o’zining yangi Gemini sun’iy intellektni chiqardi — bu matn, audio, video va tasvirlar bilan ishlay oladigan multimodal neyron tarmoqdir. Uning uchta versiyasi mavjud bo’ladi:Nano — oddiy vazifalar uchun mo’ljallangan, uni allaqachon Pixel 8 Pro smartfonida sinab ko’rish mumkin. • Pro — murakkab vazifalar uchun mo’ljallangan versiyasi, bugundan boshlab Bard chatbotida ishlaydi. • Ultra — eng ilg’or model, keyingi yildan ishga tushiriladi. Model MMLU testlarida 90% natija ko’rsatdi, bu GPT-4V ko’rsatgan natijadan ham yaxshiroq. Yaqin oylarda Gemini kompaniyaning boshqa mahsulotlariga ham integratsiya qilinadi: qidiruv, reklama, Chrome brauzeri va boshqalar. U nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Hacksmith Industries YouTube kanali mualliflari o’z garajlarida ko'z bilan boshqariladigan, yelkada turuvchi lazerlarni yasashdi. Barcha simlar ryukzakga yashirilgan, ko’zlash tizimi esa ko’zoynakga o’rnatilgan. Bu lazer metallni kesa olmaydiku, lekin havo shari va rezinani be’malol teshadi. 📟 DigiTech

⚡️Meta, IBM, Intel, NASA, Stability AI va boshqalar xavfsiz sun’iy intellektlar uchun birlashishdi. AI Alliance butun dunyoda
⚡️Meta, IBM, Intel, NASA, Stability AI va boshqalar xavfsiz sun’iy intellektlar uchun birlashishdi. AI Alliance butun dunyodan 50 dan ortiq kompaniya, tadqiqot institutlari va universitetlarni o’z ichiga oladi. Umumiy maqsad ochiq, xavfsiz, mas’uliyatli sun’iy intellekt yaratish. Nimalar qilish rejalashtirilgan: — Ochiq SI modellari ekotizimini ilgari surish. — Mas’uliyatli SI'ni ishlab chiqish uchun baholash tizimlarini ishga tushirish. — SI yaratish uchun apparat texnologiyalarni rivojlantirish. — Ochiq kodli SI ishlab chiquvchilarini rag’batlantirish. Bu ro’yxatda Microsoft va OpenAI-ni ko’rmayapmiz: ular taklif qilinmaganmi yoki o’zlari xohlashmayaptimi? 📟 DigiTech

✍️ Rassom qanday qilib KREA neyrotarmog’ida eskizlarni real vaqt rejimida rasmga aylantirish mumkinligini ko’rsatdi. Avvallari bunday rasm chizish uchun soatlab vaqt ketardi, hozir neyrotarmoqlar yordamida buni 10 daqiqada qilish mumkin. Eng muhimi istagan odam bu neyrotarmoqni bepul sinab ko’rishi mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Dengiz va tog’larning uyg’unligi: Saudiya Arabistoni yangi qurilish haqida e’lon qildi Hududlarni rivojlantirish agentligi
+5
⚡️Dengiz va tog’larning uyg’unligi: Saudiya Arabistoni yangi qurilish haqida e’lon qildi Hududlarni rivojlantirish agentligi Neom hashamatli mehmonxona bo’ladigan Siranna nomli yangi majmua loyihasini ko’rsatdi. Asosiy g’oya futuristik ko’p qavatli uyni iloji boricha organik ko’rinishi uchun tog’ landshaftiga moslashtirishdir. Siranna Aqaba ko’rfazida joylashadi va unga faqat dengiz orqali borish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

🥽 Rossiyada startap jarrohlar uchun rentgen ko’rish effektiga ega ko’zoynaklar ishlab chiqdi “Skolkovo” rezidenti tibbiyot s
🥽 Rossiyada startap jarrohlar uchun rentgen ko’rish effektiga ega ko’zoynaklar ishlab chiqdi “Skolkovo” rezidenti tibbiyot sohasidagi xodimlar uchun foydali bo’lgan noyob ishlanmani namoyish etdi. Uning yordamida jarrohlar rentgen ko’rish xususiyatiga ega bo’lgan yangi ko’zoynaklarda ishlay olishadi. “Medjitan vijn” deb nomlangan jarrohlik uchun navigatsiya tizimi to’ldirilgan reallik (AR) texnologiyasidan foydalanadi. Startapga ushbu ko’zoynakni ishlab chiqish uchun taxminan 30 million rubl kerak bo’ldi, qurilma sotuvlari kelgusi yildan boshlanadi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko’ra, noyob ko’zoynaklar MRT yoki KT ma’lumotlariga asoslanib, bemorning ichki tuzilishining gologrammasini yaratadi va uni ko’zoynakga yetkazib beradi, so’ng tasvirni bemorning tanasi bilan aniq bog’laydi. Bu texnologiya shifokorlarga bemorni nafaqat yuzaki, balki "ichkaridan" ham kuzatish imkoniyatini beradi. 📟 DigiTech

⚡️Uill Smit "Men afsonaman" filmining davomi ustida ish boshlanganini e’lon qildi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo’li
⚡️Uill Smit "Men afsonaman" filmining davomi ustida ish boshlanganini e’lon qildi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo’lib o’tgan xalqaro kinofestivalda Smit allaqachon ssenariyni olganini va tez orada Maykl B. Jordan bilan telefonda suhbatlashishi va u bilan filmni hamkorlikda suratga olishini aytdi. Shuningdek Smit filmdagi o’z roliga qaytadi. Syujet asl filmning alternativ yakuniga asoslangan bo’ladi, unda Smit o’ynagan qahramon omon qolgan. Ssenariy "The Last of Us" o’yinidan ilhomlanilgan. Boshqa tafsilotlar hozircha sir saqlanmoqda. 📟 DigiTech

📲 Bloomberg: Microsoft iOS va iPadOS’da uchinchi tomon ilova do’konlaridan birini birinchi bo’lib ishga tushirishi mumkin. K
📲 Bloomberg: Microsoft iOS va iPadOS’da uchinchi tomon ilova do’konlaridan birini birinchi bo’lib ishga tushirishi mumkin. Kompaniya allaqachon Apple qurilmalarida raqamli mobil o’yinlar do’konini ishga tushirishga tayyorligini ma’lum qilgan. Sentyabr oyida Apple Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi kurashish organlari talabiga binoan uchinchi tomon kompaniyalariga iOS va iPadOS’da o’z ilovalar do’konlarini ochishga ruxsat berishi, shuningdek, App Store'ni chetlab o’tuvchi to’lov usullarini taqdim etishi kerak edi. Apple 2024-yil 6-martgacha Yevropa Ittifoqi talablarini bajarishi kerak. Microsoft hali o’z do’konini ishga tushirish sanasini ochiqlamadi, ammo bu 2024-yilda bo’lishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🎸Kuzma nomli robo-gitara ixtiro qilindi, u har qanday musiqani 24/7 ijro eta oladi. Ushbu qurilmani amerikalik muhandis Maykl Kuzma ixtiro qildi. Maxsus qurilma kompyuter dasturiga ulangan bo’lib, tanlangan musiqani ijro etadi. Uni har xil gitaralarga qotirish mumkin. Ko’cha musiqachilari tez orada o’z ishini Kuzma'ga topshirishadi shekilli :) 📟 DigiTech

🛰️ Olimlarning fikricha, 2024-yil boshida quyoshdagi kuchli bo’ronlar Yerni bir necha hafta internetsiz qoldirishi mumkin. H
🛰️ Olimlarning fikricha, 2024-yil boshida quyoshdagi kuchli bo’ronlar Yerni bir necha hafta internetsiz qoldirishi mumkin. Har 11 yilda Quyosh «quyosh maksimali» deb nomlanuvchi fazadan o'tadi, uning yuzasida qora dog’lar paydo bo’ladi. Bu dog’lar portlab kuchli energiya chiqaradi. Ushbu magnit bo’roni sun’iy yo’ldoshlarni ishdan chiqarishi va bizni aloqa va navigatsiyadan mahrum qilishi mumkin. Yaxshi yangilik ham bor: Internet bo’lmasa-da, shimoliy yog’dulardan bahramand bo’lishingiz mumkin, ular quyoshdagi chaqnashlardan keyin paydo bo’ladi. 📟 DigiTech

🤖 AQSh'lik olimlar inson hujayralaridan mikrorobotlar — «qutqaruvchilar»ni yaratishdi: ular shikastlangan hujayralarni tiklaydi. Mikrorobotlar zararlangan neyronlarga qo’shilganida, hujayralar orasida aloqalar shakllanib ular o’sishni boshlaydi. Tadqiqotchilar tanamizni nazorat qilib, kasal to’qimalarni qidiradigan va davolaydigan bio-robotlarni ishga tushirishga yaqinlashishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Xitoylik bloger baliq ovlash uchun mo’ljallangan, plastik quvurlar va faneradan qayiqqa o’xshash qurilma yasadi. Natijada paydo bo’lgan qurilmada ham quruqlikda harakatlanish, ham g'ildiraklarga bog'langan taxtalar yordamida suvda suzish mumkin. Unda yomg’irdan saqlovchi quyosh panellaridan yasalgan tom mavjud, qarmoqqa baliq tushishini kutayotganda esa televizor ko’rish yoki uxlash mumkin. 📟 DigiTech

🕺 Boston Dynamics Spot robo-itiga musiqaga o’ynash funksiyasini ham qo’shibdi. Buni bir lazgiga o’ynatish kerakmi deyman :) 📟 DigiTech

⚡️Agar sun’iy intellektga natija uchun to’lov taklif qilinsa, u so’rovga yaxshiroq javob beradi. Qanchalik ko’p pul taklif qi
⚡️Agar sun’iy intellektga natija uchun to’lov taklif qilinsa, u so’rovga yaxshiroq javob beradi. Qanchalik ko’p pul taklif qilinsa, neyron tarmoq shunchalik yaxshi harakat qiladi. Rasmdagi jadvalda javobdagi ma’lumotlar hajmi va «poralar» hajmi ko'rsatilgan. Agar sun’iy intellekt maksimal to’g’ri va batafsil javob berishini istasangiz ushbu prompt (matnli so’rov)ni ishlatishingiz mumkin — I'm going to tip $200 for a perfect solution! Odamzot o’z maqsadiga erishish uchun nimalarni o’ylab topmaydiya :) 📟 DigiTech

+2
⚡️Savdo markazlarida «golografik» ventilyatorlarni ko’rgan bo’lsangiz kerak. Bir nechta shunday ventilyatorlarni birlashtirib ajoyib 3D tasvir hosil qilish mumkin ekan. Bularning barchasi ayniqsa qorong’uda ajoyib ko’rinadi. 📟 DigiTech

🪄Garri Potter muxlisi sun’iy intellekt yordamida birinchi kitob asosidagi multfilm uchun treyler yaratdi. Sifati Pixardan qolishmaydi! 📟 DigiTech