es
Feedback
TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

TDIU Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti

Ir al canal en Telegram

🎓Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti rasmiy Telegram kanali Fakultet telefon raqami: 712390129

Mostrar más
1 811
Suscriptores
-324 horas
-87 días
-4030 días
Archivo de publicaciones
#DoʻstlikFest2026 🌍Millatlararo totuvlik – bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat va ishonchga asoslangan mustahkam birdamlik timsolidir. Turli millat va elat vakillarining ahil-inoq yashashi jamiyat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikning eng muhim omili hisoblanadi. 🤝Bir-birimizning urf-odatlarimizni qadrlash, madaniyatimizni eʼzozlash va umumiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash orqali yanada kuchli va jips jamiyatni barpo etamiz. 🇺🇿Bir Vatan, bir xalq, bir ezgu maqsad yoʻlida birlashgan yurtda hamjihatlik, bunyodkorlik va farovonlik doimo ustuvor boʻladi. 🇺🇿 TDIU Yoshlar ittifoqiRasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📷Instagram |🖤YouTube | 📒Facebook

Repost from TSUE-TDIU
⚡️DIQQAT E’LON!!! 2026/2027 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (davom ettirish) bo‘yicha arizal
⚡️DIQQAT E’LON!!!   2026/2027 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash (davom ettirish) bo‘yicha arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda:   ➡️O‘zbekistondagi bir davlat OTMidan boshqa OTMiga yoki bir OTM ichida, shuningdek, universitet doirasida bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim shaklini kunduzgidan sirtqi (kechki va masofaviy ta’lim shakliga agarda mavjud bo‘lsa) ta’lim shakliga o‘zgartirish va o‘qishini qayta tiklash, kursda qoldirilgan talabalar o‘qishini davom ettirish yuzasidan arizalar – https://transfer.edu.uz/uz  sayti orqali (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi);   ➡️xorijiy mamlakatlardagi hamda O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan – https://my.uzbmb.uz/ sayti orqali (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan qabul qilinmoqda.   ➡️O‘qishni qayta tiklash (davom ettirish) bilan bog‘liq arxiv hujjatlarini olish uchun 2-o‘quv binosi, 1-qavat, Registrator ofisi, 125-xonaga (Islom Karimov ko‘chasi 49-uy) murojaat qilishingizni so‘raymiz.   ❗️Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlangan bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni 2026-yil 5-avgust (shu kuni ham). Belgilangan muddatdan o‘tgandan so‘ng arizalar qabul qilinmaydi!!!   📌O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash masalalari bo‘yicha murojaat uchun telefon: +998 71 239-28-78 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash t
+1
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.202620.07.2026 ⚠️ Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz.

Repost from TSUE-TDIU
TDIU talabalari “Yozgi universitet–2026” xalqaro dasturiga jo‘nab ketishdi! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabala
+2
TDIU talabalari “Yozgi universitet–2026” xalqaro dasturiga jo‘nab ketishdi! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida joylashgan Sibir Federal Universiteti tomonidan tashkil etilgan “Yozgi universitet–2026” xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqishdi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Repost from TSUE-TDIU
#Bitiruvchi2026 #GalaKonsert “Bitiruvchi–2026” tadbiri gala konsert dasturi bilan davom etdi “Bitiruvchi–2026” tantanali tadb
+9
#Bitiruvchi2026 #GalaKonsert “Bitiruvchi–2026” tadbiri gala konsert dasturi bilan davom etdi “Bitiruvchi–2026” tantanali tadbiri diplom topshirish marosimidan so‘ng yorqin gala konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbirda taniqli san’atkorlar hamda ijodkor yoshlarning musiqiy chiqishlari bitiruvchilar, ustozlar va mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Qiziqarli sahna chiqishlari, jonli ijrolar va ko‘tarinki muhit bitiruvchilarning talabalik yillarini unutilmas xotiralar bilan yakunlashiga xizmat qildi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati Bizni kuzatib boring:🚀@tsueuzofficial

Repost from TSUE-TDIU
#Live #Bitiruvchi2026 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda
+3
#Live #Bitiruvchi2026 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
⚡️Marosim davomida bitiruvchilar ko‘p yillik mehnati va sa’y-harakatlarining munosib e’tirofi sifatida diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar. Tadbir samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Bitiruvchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Repost from TSUE-TDIU
#Live #Bitiruvchi2026 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda
+3
#Live #Bitiruvchi2026 Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi ➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
⚡️Marosim davomida bitiruvchilar ko‘p yillik mehnati va sa’y-harakatlarining munosib e’tirofi sifatida diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar. Tadbir samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Bitiruvchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

#Marifat_elchisi 📚 Kitob — bilimlar xazinasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy statistika” kafedrasi profe
+4
#Marifat_elchisi 📚 Kitob — bilimlar xazinasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy statistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Chilonzor tumanidagi “Katta Olmazor” MFYda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Kitob — bilimlar xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Yakunda mahalla kutubxonasi fondini boyitish maqsadida badiiy, ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlari tuhfa etildi. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish va ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! TelegramInstagram

Repost from TSUE-TDIU
#Dolzarb90kun TDIU professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi 3
+9
#Dolzarb90kun TDIU professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
3-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 100 nafardan ortiq professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalar markaz ekspozitsiyalari, ko‘rgazma zallari va tarixiy manbalar bilan tanishdilar. Ularga O‘zbekiston zaminida shakllangan ilm-fan, ma’rifat, bag‘rikenglik va madaniy taraqqiyot an’analari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

📚 #marifat_ulashib ✨Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qi
+5
📚 #marifat_ulashib ✨Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining tashabbuskor jamoasi tomonidan Chilonzor tumanidagi “Kamolon” mahallasida yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Kitob — bilimlar xazinasi” tadbiri davomida yoshlar bilan kitob mutolaasining ahamiyati, bilim olish va vatanparvarlik ruhida kamol topish masalalari yuzasidan samimiy suhbatlar olib borildi. Tadbirning eng quvonarli jihatlaridan biri mahalla kutubxonasiga 50 dona badiiy, ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlari sovg‘a qilinib, yosh kitobxonlar uchun yangi bilimlar olamiga eshik ochilgani bo‘ldi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! TelegramInstagram

📚 Kitob — ma’rifat va taraqqiyot manbai Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ekonometrika kafedrasi professor-o‘qi
+7
📚 Kitob — ma’rifat va taraqqiyot manbai Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ekonometrika kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yangi Kamolon mahallasi kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi. Tadbir davomida mahalla kutubxonasi fondini boyitish maqsadida badiiy, ilmiy-ommabop hamda o‘quv adabiyotlaridan iborat 50 ta kitob topshirildi. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim va tafakkurini kengaytirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! TelegramInstagram

📚 Kitob — ma’rifat va taraqqiyot manbai Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi profess
+7
📚 Kitob — ma’rifat va taraqqiyot manbai Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Beshyog‘och mahallasi kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi. Tadbir davomida mahalla kutubxonasi fondini boyitish maqsadida badiiy, ilmiy-ommabop hamda o‘quv adabiyotlaridan iborat 50 ta kitob topshirildi. Mazkur tashabbus yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga qaratilgan. 📖 Kitobga mehr — kelajakka e’tibor! Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! TelegramInstagram

📚 Kitob — ma’rifat va taraqqiyot manbai Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Sun’iy intellekt kafedrasi professor-
+5
📚 Kitob — ma’rifat va taraqqiyot manbai Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Sun’iy intellekt kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Shayxontohur tumanidagi Charxnovza mahalla fuqarolar yig‘ini kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi. Mahalla kutubxonasiga badiiy, ilmiy-ommabop hamda o‘quv adabiyotlaridan iborat 50 ta kitob tantanali ravishda topshirildi. Ushbu tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalari va milliy-ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi. 📖 Kitob ulashing, ma’rifat tarqating! Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! Telegram |  Instagram

Repost from TSUE-TDIU
#TalabaExpo2026 TDIU bitiruvchilari “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda ▶️Xabar berganimizdek, poyta
+9
#TalabaExpo2026 TDIU bitiruvchilari “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda Xabar berganimizdek, poytaxtda o‘tkazilayotgan “TalabaExpo – 2026” kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchi talabalari ham faol ishtirok etmoqda. ☑️Mazkur ko‘rgazma doirasida talabalar yirik kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

TDIUda fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish davom etmoqda ☑️Navbatdagi h
+9
TDIUda fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish davom etmoqda ☑️Navbatdagi hisobot tinglovlarida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti va uning tasarrufidagi kafedralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar taqdim etildi. Hisobotlar davomida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram

🟦🟦🟦 TDIU “Iqtisodchilar” jamoasi 3-o’rin sohibi! ☑️ Xabaringiz bor, TDIUning “Iqtisodchilar” jamoasi “Yoshlar – giyohvandl
+6
🟦🟦🟦 TDIU “Iqtisodchilar” jamoasi 3-o’rin sohibi! ☑️ Xabaringiz bor, TDIUning “Iqtisodchilar” jamoasi “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida ishtirok etish uchun Termiz shahriga jo'nab ketishgan edi. ▶️Jamoamiz tanlovda 30 ta OTM jamoalari orasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi. 🔥Shuningdek, jamoamiz diplom hamda 100 million so’m miqdoridagi pul mukofotiga ega bo’lishdi. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram

Repost from TSUE-TDIU
#JahonChempionati #BizBirgamiz 🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida! Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport tarixida yangi sahifa ochgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini, murabbiylar shtabi hamda butun xalqimizni samimiy muborakbod etadi.
Yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan milliy terma jamoamizga zafarlar yor bo‘lsin!
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Biz birgamiz! 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Olg‘a, O‘zbekiston!🇺🇿 Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram

📚 Yoshlarning yozgi ta’tili – bilim va rivojlanish sari muhim qadam 2026-yil 9-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot univers
+4
📚 Yoshlarning yozgi ta’tili – bilim va rivojlanish sari muhim qadam 2026-yil 9-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” fakulteti “Iqtisodiy statistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Chilonzor tumanidagi umumta’lim maktabida “Yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning raqamli savodxonligini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga raqamli savodxonlik, sun’iy intellekt, dasturlash, ma’lumotlar tahlili, grafik dizayn, moliyaviy savodxonlik va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarning istiqbollari yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! Telegram |  Instagram

📌 TDIU “Iqtisodiy statistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Shakirova Nigora Axralovna, To‘rayeva Zilola Turg‘uno
+5
📌 TDIU “Iqtisodiy statistika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Shakirova Nigora Axralovna, To‘rayeva Zilola Turg‘unovna tomonidan 2026-yil 5-iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Katta Olmazor MFYda kafedra haftaliklari doirasida “Ogoh jamiyat – xavfsiz hayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, jamiyatda xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! TelegramInstagram