cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

ONA TILI | VALISHEROV

Assalomu alaykum hurmatli bilimga chanqoq o'quvchilar. Bu kanal ona tili va adabiyot fanini o'rganuvchi o'quvchi-abituriyentlar hamda ustozlar uchun ochildi.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
231
Suscriptores
-124 horas
-47 días
+530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Reaksiya orqali javobni belgilang😉 A)👍 B)❤️ C)🕊 D)🔥
Mostrar todo...
1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Reaksiya orqali javobni belgilang😉 A)👍 B)❤️ C)🕊 D)🔥
Mostrar todo...
5 2🔥 1👏 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Reaksiya orqali javobni belgilang😉 A)👍 B)❤️ C)🕊 D)🔥
Mostrar todo...
25🔥 6 1
#nazm Garchi shuncha mag'rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak? Kamtarin bo'l, hatto bir qadam O'tma g'urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O'par doim peshonasidan. 1956-y ✍ Erkin Vohidov 📚Erkin Vohidov so‘zlari edi. Kamtarlik haqidagi she'rlari. Judayam ibratli asar
Mostrar todo...
4🔥 3🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun sinov test natijalari!
Mostrar todo...
👏 12 4 4 2 2 2 1🥰 1
Ibratli hikoya... Muso alayhissalom o‘ziga jannatda kim qo‘shni bo‘lishni bildirishini so‘rab, Alloh taologa iltijo qildi. Bir kuni shunday nido keldi: – Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi qo‘shning va do‘sting bo‘ladi... Muso alayhissalom qiziqib, qassobning qaysi ibodati uchun bunga munosib ko‘rilganini bilish niyatida yo‘lga chiqdi. Borib, qassobni axtarib topdi. Qassob hazrati Musoning haq payg‘ambar ekanini bilgan va bunga iymon keltirgan, lekin payg‘ambarning o‘zini ko‘rmagan edi, shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Taom tayyorlab, dasturxon tuzadi. Ovqatlanishga kirishishdan oldin u devorga osig‘liq bir savatni yerga tushirdi va undan qimirlashga madori qolmagan bir qari kampirni chiqardi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana savatga solib, devorga ilib qo‘ydi. Shunda kampir nimalardir deb pichirladi. Uning nima deyayotganini tushunmagan Muso alayhissalom qassobdan so‘radi: – Bu kampir kimingiz bo‘ladi? – Bu ayol mening onam bo‘ladilar. O‘tirib-turishga, yeb-ichishga madorlari yetmaydi. Shuning uchun o‘zim ovqatlantiraman, suv ichiraman, tozaliklariga qarayman. Qo‘limdan kelganicha xursand qilishga urinaman, – dedi qassob. – Hozirgina nimadir deb pichirlagandi, shunda nima dedi? – so‘radi hazrati Muso. Qassob javob berdi: – “Parvardigorim, men o‘g‘limdan roziman, Sen ham undan rozi bo‘l! Jannatda uni hazrati Musoga qo‘shni qil”, deb duo o‘qidi. Shunda Muso alayhissalom o‘zini tanitish vaqti kelganini tushundi va: – Men Allohning payg‘ambari Musoman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishni so‘rab, iltijo qilgan edim. Janobi Haq sen ekaningni ma’lum qildi. Senga xushxabar bo‘lsin, onangga qilgan xizmatlaring evaziga Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi va seni jannatda menga qo‘shni qildi, – dedi.
Mostrar todo...
5 4 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Humo Abituriyentlar Tayyorlash Markazida Ona tili adabiyot fanidan katta qabul.Majburiy Ona tili Adabiyot fanidan tezkor guruh ✅ Haftaning toq kunlari va juft kunlarida bo’lib o’tadigan yangi guruhlarga ham qabul ochiq ✅ Milly Sertifikatga tayyorlov kurslariga qabul ochiq ✅ Oktabr oyida bo’ladigan Milliy sertifikatga tayyorlov kursiga o’qituvchilar uchun qabul ochiq ☎️ 952000774 📍 Shahrixon tumani, Samarqand gilamlari ro’parasida
Mostrar todo...
🔥 5 1 1
Birpas Bolalikdagi sheʼriy mashqlarimning birida, shabboda, toʻxta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri, oʻzbek adabiy tilida bir pas degan soʻz yoʻq, bir nafas deyish kerak, deb oʻzi qizil qalam bilan toʻgʻrilab qoʻygan. Koʻp yillar oʻtib Navoiyning “Layli va Majnun”ida shunday baytni koʻrdim: Bir pos chu tundin oʻtdi ul xayl, Tushluq tushi qildi uyqugʻa mayl. Lugʻatlarda Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha часовой maʼnosidagi atama boʻlib chiqdi. Ajabki, oʻz soʻzimiz boʻlgan pos jahon kezib, yana oʻzimizga post shaklida, qoʻriqlanadigan joy, soqchining oʻrni hamda lavozim maʼnolarini olib qaytibdi... Demak, oʻzbekning bir pasi bir soat boʻlar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan soʻzning maʼnosini oʻzingiz tushunavering. Erkin Vohidov, “Soʻz latofati”. P/S. Hozirgi til meʼyorlari boʻyicha bu soʻz qoʻshib yoziladi: Bir pas ❌ Birpas ✅
Mostrar todo...
4🔥 2👏 2 1
Repost from BMBA | DTM | UZB
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati ✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. 📱 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi. 📚 Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan. ✍️ Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin. Сафимизга қўшилинг: 👉 @bmba_uz 👈
Mostrar todo...
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_adabiyotlar_ro‘yxati_2024.pdf5.74 KB
🔥 3 2 1
Repost from BMBA | DTM | UZB
​Бу йилги қабулда энг билимли абитуриентлар сараланиб олинади ✅ Жорий йилдан янги тартиб ишга тушса, рўйхатдан ўтиш 2 босқичдан иборат бўлади: 👉 Биринчи босқичда абитуриентлар агентлик тизимига ўзининг шахсий маълумотлари билан биргаликда фақатгина тест топшириш фанлари, тест топшириш тили ва жойини танлайди. Лекин ОТМлар ва йўналишларни танламайди. Дастлабки маълумотлар абитуриентларнинг тест синовида иштирок этиши учун етарли бўлади холос. Сўнг абитуриентлар имтиҳонга кириб чиқади. Мана шундан кейин абитуриентнинг қўлида ўз тўплаган балли бўлади ва у прогноз қила олади. Масалан, абитуриент имтиҳонда 120 балл тўплаган ва у тиббиёт олийгоҳларига контрактга ўтиш балли 150 дан кам бўлмаслигини билади. Тиббиёт йўналишларини танласа, кира олмаслиги эҳтимоли юқори. Буни олдиндан тўла прогноз қилиб бўлмаслиги мумкин, бироқ олдинги йиллардаги ўтиш балларига асосланиб, анча аниқ қарор қабул қилиш мумкин. Шунда абитуриент балли пастроқлигини ҳисобга олиб, бир йил йўқотмаслик учун биология йўналишини танлаши мумкин. Ёки тескари ҳолат ҳам бўлиши мумкин! Сафимизга қўшилинг! 👉 @bmba_uz 👈
Mostrar todo...
🔥 2 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.