cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Baxtli onalik

Onalik baxti; Ota-ona halovatiga erishish; Yetuk insonni tarbiyalash kabi muhim masalalarga yechim izlaymiz. Ushbu kanaldan tarbiyaviy va axloqiy kitoblarni pdf shaklda sotib olishingiz mumkin. Murojaat uchun: @Baxtlibolajonn

Mostrar más
Uzbekistán16 067El idioma no está especificadoFamilia e hijos2 681
Publicaciones publicitarias
3 347
Suscriptores
-1424 horas
-147 días
-5630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Bugun muzeyga kichkina o'g'lim bilan bordik. Yaqin tariximizdagi haqiqiy o'zbek xonadoni muhitini juda chiroyli tarzda shakllantirishibdi. Bolalarga o'tmishimizni kitoblar, balki mana shunday jonli tasvirlar orqali tanitishimiz zarur. Ularning shuuriga qadriyatlarimizni singdirib borishimiz kerak. Yangi kitoblarimizda ham aynan milliylik, o'zbekona mentalitetni singdirishga intilyapmiz. (Aytgancha, muzeyga kirish bolalar uchun tekin)
Mostrar todo...
👍 24 2
Rus tilida taqqoslovchi sifatlarni o'rganayotgandik. Sherni kuchli, quyonni kuchsiz deb tushuntiribdi lug'atda. Kichkina o'g'lim e'tiroz bildirdi: -Quyon bolasini ham yeb qo'ya oladi. -Ha, kuchsizligi uchun ham bolasini yeb qo'yadi, bolam...
Mostrar todo...
😢 33👍 4 4
cute baby❤️90後超級奶爸帶娃的一天。有這樣的老公,寶媽和寶寶太幸福了,如果你老公也這樣,你還願意生孩子麼?😂#嬰兒 #귀여운아기 #寶寶 https://youtube.com/shorts/PlEiRGkyZRo?si=hT_o3O0boWl2ulfs
Mostrar todo...
cute baby❤️90後超級奶爸帶娃的一天。有這樣的老公,寶媽和寶寶太幸福了,如果你老公也這樣,你還願意生孩子麼?😂#嬰兒 #귀여운아기 #寶寶

Update Funny baby videos daily,Thanks for your subscription。cute baby channel on Youtube,Maybe the best (cute baby channel ) on Youtube.每日更新,歡迎訂閱!#cutebaby #...

👍 12🥰 8😁 2
Hayotimda biror katta yangilik oldidan doimo qattiq tushkunlikni his qilaman. Doimo yonib-kuyib yuradigan, yangiliklarga tashna Gulchiroy o'z qobig'iga berkinib oladi. Bu davrda hech kim bilan gaplashgim kelmaydi. Telefondan uzoqlashaman. Lichkalarga javob berishga-da xohishim qolmaydi. Ayniqsa, kimdirga maslahat berish juda og'ir tuyuladi. Umuman hech narsaga-da istak bo'lmaydi. Faqat o'zim bilan o'zim gaplashaman. O'zim va hayotimni tahlil qilaman. Tushunchalarim tamoman o'zgarib ketadi. Ba'zan bu juda ham yoqimsiz. Shunday davrlarim yashab o'tish onlarimda yoqmasa-da, lekin aynan eng yaxshi narsalar, eng yaxshi g'oyalar, avval botina olmagan ishlarim aynan mana shu tushunarsiz holatimdan so'ng yuz beradi. Bugun ham shunday. Bir necha yillardan buyon orzu qilgan nashriyotimni bugun ochdim. Bu ishga qo'rquv, tahlika va yana quvonch bilan kirishdimki, duolaringizdan umidvorman. Nashriyot faqat bolalar uchun kitoblar chiqaradi. Faqat bolalar uchun. Avvalgi jamoamiz bilan endi rasmiy tarzda ishlaymiz, inshaalloh. Yangi kitobimizni tez orada e'lon qilamiz. Aytgancha, nashriyot nomi " Javondagi quyoshcham" 🥰. Oramizda nashriyot ochgan, bu sohada tajribali insonlar bo'lsa, @Baxtlibolajonn ga murojaat qilsangiz, iltimos.
Mostrar todo...
45👍 22🥰 14
ТОНГ Сутчи хотинлардек шошиб келар тонг, Тандирга ўт ёқиб жўнайди кеча. Дастёр бола қўли куйиб тахлар нон, Саҳар чоғи кенгроқ туюлар кўча. Ҳали биров тегиб-тегинмаган тонг, Ҳали олинмаган кундуз қаймоғи. Ҳали ғубор боғлаб лойланмаган онг, Ҳали уйғонмаган виждон қийноғи. Iqbol Mirzo
Mostrar todo...
👍 25
#iqtibos_vaqti ​​"Men muvaffaqiyat formulasini bilmayman-ku, ammo muvaffaqiyatsizlikning aniq formulasini bilaman. Bu barchani birday xursand qilishga urinishdir". ©Ernest Xeminguey
Mostrar todo...
👍 16🔥 11😢 10 3
Otaning farzandi uchun qilishi mumkin bo'lgan eng katta ishi bu- uning onasini sevishi va ardoqlashidir!
Mostrar todo...
👍 22 7
Ushbu kitobni bugun o'zimga sovg'a qildim. Anchadan buyon o'zimga sovg'a olmay qo'ygan ekanman. Kitobni kitob do'konidan yurib ko'tarib keldimmi, uchibmi eslomayman☺️
Mostrar todo...
👍 56 20😁 6🥰 4
Har bir inson mehrga, muhabbatga intiladi. Bolaligida qondirilmagan hissiyotlar, ulg'aygach o'z o'rnini qoplashga intiladi. Har xil usullar bilan. Yaqin dugonam aytadi. Bolaligida u bilan hech kimning ishi bo'lmas ekan. Faqat ish qilsa maqtashar, boshini silashar ekan. Shu sabab tinimsiz kichkina jussasiga ish qilar ekan. Ulg'aygach kelin bo'lgan xonadonida ham tinimsiz mehnat qilgan. Uni yaxshi ko'rishlari uchun. Ha, u shu orqali mehrni olgan. Uni boshqachasiga hech kim yoqtirmaydi deb o'ylagan... Tanish bir ayol aytyapti. Yillar davomida ter to'kib ishlabman. Ammo, oyligimni biror kun ushlamabman. Shundayligicha qaynotamga topshirardim. Bolaligimda onamda onamdan yaxshi gap eshitmasdim. Men mehrni pulga sotib olar ekanman o'ylab qarasam... Bularni tahlil qilsak, juda ayanchli. Qoldirilgan ishlarning o'rni bir kun asoratsiz to'ldirilar ekan-u, qoldirilgan hislarning o'lponi juda og'ir ekan. Ularni to'ldirishga ba'zan umrlar yetmay qolar ekan. https://t.me/bolajontwins
Mostrar todo...
Baxtli onalik

Onalik baxti; Ota-ona halovatiga erishish; Yetuk insonni tarbiyalash kabi muhim masalalarga yechim izlaymiz. Ushbu kanaldan tarbiyaviy va axloqiy kitoblarni pdf shaklda sotib olishingiz mumkin. Murojaat uchun: @Baxtlibolajonn

😢 38 23👍 8
Robinzon Kruzoning sarguzashtlari asari menga juda yoqadi. U yolg'iz o'zi ulkan kenglikda qolib ketadi. Hech zot yo'q. Na bir yashamoq uchun sharoit... U esa to'xtamaydi. Bir inson yashamog'i uchun barcha qulayliklarni yaratib oladi. Izlanadi. Bir insonning nimalar qila olishini shu asar orqali chuqur his qilganman. Inson har narsaga erisha oladi. Insonlar ko'magisiz. Amma-xola, tog'a, hatto otasiz. Faqat u ma'rifatli bo'lsa. Tafakkur qila olsa. Faqat Allohga suyansa. Harakat qilsa. Aslida hech kim bizga yordam berolmaydi. O'zimizdan boshqa. Yordam berayotgan bo'lsa, faqat halal beradi. O'zimizni ko'rsatishimizga, yo'limizni topishimizga. Halal berayotganlar aslida yordam berayotganlardir. Kuchimizni, ruhimizning kuchini o'stirishga... https://t.me/bolajontwins
Mostrar todo...
Baxtli onalik

Onalik baxti; Ota-ona halovatiga erishish; Yetuk insonni tarbiyalash kabi muhim masalalarga yechim izlaymiz. Ushbu kanaldan tarbiyaviy va axloqiy kitoblarni pdf shaklda sotib olishingiz mumkin. Murojaat uchun: @Baxtlibolajonn

33👍 9