cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tadbirlari

Publicaciones publicitarias
544
Suscriptores
+224 horas
+77 días
+4430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

“BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR” "CHET TILINI BILISH DARAJASI BO'YICHA SERTIFIKAT SOHIBI"    ⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o’quvchilari O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasi bo'yicha ABDULLAYEVA JASMINA, BOZOROVA FARZONA, SAYDULLAYEVA YASMINA lar  B2 sertifikatini qo'lga kiritdilar. Maktab-internat o'qituvchilar jamoasi o'quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi. 🌐Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati. |Telegram |Facebook |Instagram
Mostrar todo...
👍 15👏 1🗿 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Denov 2-IMI #qabul_2024 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati bugun tugaydi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. ☎️Murojaat uchun (+998) 91 576 00 76, (+998) 99 027 60 00 (+998) 97 845 32 32 raqamlariga telefon qilishingiz mumkin. Manzilimiz: Buyuk kelajak MFY Toshkent ko'chasi 34-uy 🌐Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati. Telegram Facebook Instagram
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️2025-yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi berildi Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda quyidagi takliflar ilgari surilgan: ➖ attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqish; ➖ Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi; ➖ Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o‘tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish; ➖ kam quvvatda ishlayotgan pedagogika kollejlari negizida bog‘cha va maktablar, texnikumlar, “Barkamol avlod” maktabi tashkil qilinishi; ➖ Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti negizida Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish, yangilangan institutda ota-onalar va bolalar uchun tarbiyaga oid adabiyotlar yaratish, 5 ta ixtisoslik bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyati hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. Taqdimot doirasida quyidagilar belgilandi: ➖ yangi o‘quv yilidan mingta maktabda Prezident maktabining baholash tizimi joriy etiladi; ➖ 270 ta maktab interaktiv doska, 365 tasi kompyuter sinflari bilan jihozlanadi. 👉 @xushnudbek 👈
Mostrar todo...
👍 5
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифати ва педагоглар малакасини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества школьного образования и квалификации педагогов. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги
Барчамиз ҳамжиҳат бўлиб, бошлаган ислоҳотларимизни янада қатъий давом эттирсак, бу улуғ мақсадга сўзсиз етамиз. Фарзандларимизни албатта билимли, ҳунарли, одобли инсонлар, чинакам ватанпарвар авлод этиб вояга етказамиз. Шу йўлда барчамизга бахт ва омад ёр бўлсин! Эл-юртимизни Яратганнинг ўзи паноҳида асрасин! Сиз, азизларни муқаддас Қурбон ҳайити билан яна бир бор табриклаб, барчангизга сиҳат-саломатлик, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, файзу барака тилайман. Улуғ айём барчамизга муборак бўлсин!
Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Mostrar todo...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Ҳурматли Юртдошлар! Барчангизни юртимизда кенг нишонланаётган улуғ ва муборак айём – Қурбон ҳайит байрами билан чин қалбимдан самимий табриклайман. Муқаддас Қурбон ҳайит айёми эзгулик, хайру саховат ва меҳр-оқибат ойи сифатида эл-юртимизнинг ижтимоий-маънавий ҳаётида азал-азалдан алоҳида ўрин эгаллаб келади. Шундай экан, бугунги осуда ҳаётимизнинг қадрига етиш, саломатликдек азиз неъматни асраб-авайлаш, жамиятимизда ҳукм сураётган миллатлар ўртасидаги бағрикенгликни, фуқаролар орасидаги ўзаро ҳурмат, меҳр-оқибат муҳитини янада мустаҳкамлаш барчамизнинг асосий бурчимиздир. Нияти пок, мақсадлари улуғ халқимизнинг ушбу саодатли онларда қилаётган тоат-ибодатлари ва дуолари ижобат бўлсин! Муҳтарам Юртбошимиз томонидан кейинги йилларда шаклланган яхши анъанамизга мувофиқ, Қурбон ҳайити муносабати билан бу йил ҳам бир неча кундан иборат дам олиш кунлари белгиланди. Бу хонадонларимизга, ҳаётимизга Ийд ал-адҳонинг эзгулик нури, чинакам байрам кайфиятини олиб киришга хизмат қилади. Шунингдек, муқаддас масканлар, улуғ аждодларимиз қадамжоларини зиёрат қилиш, мўътабар ота-оналаримиз, қариндош-уруғларимиз, ёру биродарларимизни йўқлаш, кўмак ва ёрдамга муҳтожлар ҳолидан хабар олиш, юртимиз бўйлаб саёҳатларни амалга ошириш учун яна бир қулай имкониятлар яратилди. Яратганнинг ўзи доимо йўлимизни ҳам, юзимизни ҳам ёруғ қилсин! Юртимизни, элимизни турли бало-қазолардан Ўзи асрасин! Қурбон ҳайити барчамизга муборак бўлсин! Денов тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати 🕊@dthaxborotxizmati 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Mostrar todo...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табригиПоздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, muhtaram surxondaryoliklar! Siz, azizlarni mehr-oqibat, xayr-saxovat, olijanoblik kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman. Niyati va maqsadida yaxshilik va ezgulik bo‘lgan tanti surxondaryoliklarning Yaratganga shukronalar aytib, yurtimiz tinchligi va farovonligini so‘rab qilayotgan duolari ijobatini tilayman. Muborak kunda barcha vohadoshlarimizga Yaratgandan uzoq umr, baxt-saodat, sihat-salomatlik va xotirjamlik, xonadonlariga fayzu baraka tilayman. Barchangizga yana bir bor azizu mukarram Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Ulug‘bek Qosimov, Surxondaryo viloyati hokimi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 4🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mostrar todo...
👍 3😁 1
Repost from Xusniddin Mamadiyev
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli vohadoshlar! Aziz o‘qituvchilar, ta’lim sohasi fidoyilari!  
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat va ezgulik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda o‘zimning eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Barchamiz bugun Qurbon hayitini katta xursandchilik bilan o‘tkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik ila dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan so‘rab, yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz baxt-u kamoli uchun go‘zal tilaklar bildiryapmiz. Ushbu bayram bir-birimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabr-u qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.   Muhtaram ustozlar hamda jonkuyar hamkasblar!   Barchangizni yana bir bor Qurbon hayiti bilan qutlagan holda, ona yurtimizga tinchlik, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka va xotirjamlik tilab qolaman.
Xusniddin Mamadiyev Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Telegram | Facebook
Mostrar todo...
👍 4 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.