cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Azizbek Zubaydullayev

Islomiy shaxsiy rivojlanish trenerligi boʻyicha xalqaro sertifikatga ega trener. Professional shaxsiy rivojlanish kursi - "Kashfiyot" asoschisi Kurslar uchun: @Kashfiyot_admin Reklama: @Az_Reklama_uchun Murojaat: @Azizbek_murojaatbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
10 158
Suscriptores
-12924 horas
-1 0627 días
+3 75130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Talablarga binoan😁
Mostrar todo...
🎉 5 1
Mushuklar haqida gaplashamiz
Oʻzi mushuk boqish arziydimi?
Avval shu savoldan boshlaylik Boshidan unga qanday muomala qilishingizga bogʻliq. Agar uni yoqimsiz, dardi faqat ovqat va uyda yashashga noloyiq kir mavjudot deb oʻylasangiz, oʻzini shunday tutadi Lekin uni boshidanoq mehr bersangiz, juda yoqimtoy, kayfiyatni koʻtaruvchi, ozoda va aqlli jonivorlar boʻlishadi
Ular qanchalik aqlli & yoqimtoy boʻladi oladi?
Keling, men bir paytlar "chaqaloq"ligidan tarbiya qilgan mushukning qanchalik aqlli & yoqimtoy boʻlganiga misollar koʻraylik * Xoh ishoning, xoh ishonmang, dasturxon oʻrtasida goʻsht tursa ham, unga teginmay, dasturxon atrofida oʻtirib, unga berilishini kutar edi * Uyquga yotganimizda darrov kelib, u ham koʻrpachaga kirib olar edi * Uxlayotganingizda qorningiz yo boshingiz ustida yotib olib, yo uyqungizni buzadi yo yoqimli qiladi * Har xil kreativ choʻzilib yotishlarini koʻrib maza qilasiz) * Dars, ish qilayotganingizda oyogʻingizga yotib olib, "xalaqit beradi" * Oʻzini doim ozoda tutib yuradi. Har xil hidlarni oʻzidan ketkazadi. Ishini tashqarida qiladi. Hatto akam bir marta qizlarni atirini sepib, yonlarida olib yotgan edilar😂 Xullas, haqiqiy mehr beruvchi, kayfiyatingizni koʻtaruvchi jonivorga aylana oladi
Buning uchun qanday tarbiya berish kerak?
Chaqaloqligidan olib, koʻproq erkalab va quchoqlab, odamga oʻrgatishni tavsiya qilaman Boʻlmasa, odamdan oʻzini uzoq tutadigan va munosabati faqat ovqatdan iborat boʻlib qoladi
Mostrar todo...
18❤‍🔥 9😁 8👍 5🏆 2🙉 1
Mushuklar boshqa mushuklarni koʻrganida: pxxxx! Odamini koʻrganida: miyaaaav🫠 Chota kimnidir eslatyapti😁
Mostrar todo...
😁 56🌚 10👍 5🤷‍♀ 4 1❤‍🔥 1
💙Ruhiy quvvatning 5 asosi Rizqqa ega boʻlish yoki hayotingizdagi musibatlardan xalos boʻlish boʻyicha unga ikki xil yondashish mumkin:
1. Diniy rivojingizni butunlay unutib, faqat rizq tashvishida va gʻamida boʻlish, musibatlarni oʻylab siqilish, muammolarni xayoldan ketkazmaslik, dam olishsiz ishlash va ish gʻamida boʻlish. Bu yoʻl sizni ham ruhan, ham jismonan tamom qiladi
2. Rizqdan hotirjam boʻlish, diningiz rioyasini qilish, ishni keragicha qilib, boshqa haqlarni ham ado qilish
🌟Hotirjamligingiz asosi boʻladigan fikrlar 🔵1. Rizqning tashvishini qilmang. Alloh uni siz uchun xayrli vaqtda yetkazishni boʻyniga olgan. U uchun keragicha harakat qilib, qolganidan hotirjam boʻling 🔵2. Diningiz rioyasini qiling. Ibodatlar sifati, ilm olish va unga amal, xulqingiz islohi ustida ishlang 🔵3. Duo qiling. Va uni allaqachon sodir boʻlishi aniqdek ishoning 🔵4. Ortiqcha ishlamang. Ayniqsa charchaganingizda yana ishlayman deb bugun ozgina qoʻshimcha ish uchun ertangi butun kunni isrof qilmang. Ish uchun alohida vaqt, toʻgʻri dam olish, kitob oʻqish, jismoniy faollik, toʻgʻri uxlash uchun alohida vaqt va eʼtibor ajrating 🔵5. Eʼtiborni jarayonga qarating. Hotirjamlik bilan oʻz bilim va koʻnikmalaringiz, ishingiz sifatini oshirish ustida ishlang. Natija uzoq kuttirmaydi @AzizbekZubaydullayev
Mostrar todo...
🔥 17👍 6 5 2🎉 1
20 minutda qabul yopiladi inshaAlloh
Mostrar todo...
Maqsadni yoʻqotib qoʻyish
#Savol: Hayot karvonim o'z yo'nalishini yo'qotgan nima qilay ,nimadan boshlay🥹.Xuddi bo'shliqqa tushib qolgandekman.Hozirgi hayotimdan nolimayman.Alhamdulillah nufuzi baland universitetda yaxshi yo'nalishda bujetda o'qiyman.Lekin taxminan 4 yildan beri kunimni rejalashtiraman.Boshida yaxshi amal qilaman u ,keyin umuman tashlab qo'yaman.Shu yil hisobida ruhlantiradigan shunaqangi ko'p kontent ko'rdimki,ayniqsa eng yaxshisi men un Aziz Rahimov chiqaradigan podcastlar.Lekin odam qancha ko'p bilsa shuncha boshlashga qiynaladi deydilarku.Balki shu uchun boshlolmayotgandirman iltimos maslahat bering🥹
Javob: audioda
Mostrar todo...
10.20 MB
👍 19 2
Telegramda professional, ayniqsa, qadriyatlarga asoslangan Shaxsiy rivojlanish kurslari koʻp emasligidan xafa boʻlaman Toʻgʻri, bu men uchun qandaydir darajada foyda, shu sohada tanilishimni oson qilishi mumkin Lekin bu ayniqsa online IELTS kurslarining mashhurligi oldida, shuncha katta oʻzbek millatining soni oldida juda kam IELTS kurschilarning hamjihatligi, bir-birini qoʻllab quvvatlashi, birgalikda loyihalar qilishiga juda havas qilaman Shaxsiy rivojlanish bloggerlari, kurslari ham shunday koʻp va mashhur boʻlishini orzu qilaman
Mostrar todo...
🔥 17🕊 6 4
Kashfiyot 6-mavsum uchun qabulning oxirgi soatlari qoldi Katta yangiliklar bor Bugun ilk darsda nimalar qilamiz inshaAlloh: 🔵Shu oy ichida oʻzida va hayotida qanday oʻzgarishlar qilmoqchi ekanini aniqlash 🔵 Qaysi muammolaridan qutulishni xohlashini aniqlash 🔵 Orzusidagi shaxsiyatni, orzusidagi kunni aniqlab olish 🔵 Orzusidagi kasbni aniqlab olish va uni bir yil ichida oʻrganib, ishlab boshlash rejasini tuzib olish 🔵 Shu yil uchun rejalarni aniqlab olish 🔵Shu hafta uchun rejalar aniqlab olish 🔵Masʼul sherik topib olish 🔵 Oltin koʻnikmalar roʻyhati va ularni shakllantirish rejasi 🔵 Eng ajoyib kitoblar va ularni oʻrganish safari 🔵 "Kashfiyot"ning ajoyib videodarslari, workbooklari, amaliy vazifalari, bonus materiallari Soat 20da qabul yopiladi. Va biz ajoyib safarni boshlaymiz inshaAlloh Qoʻshilish uchun murojaat: @Kashfiyot_admin
Mostrar todo...
👍 11🔥 3
#savol Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu! Ustoz pedagogikani bitirdim( ingliz tili fakulteti) ammo hali ham òqituvchi bo'lishga yetarlicha malakam, bilimim yetishmasligidan xavotirdaman! Otam aytardi: Qachonki, òzingni tayyor deb bilsang auditoriyaga kir, bòlmasa halollik bòlmaydi, derdilar... Savolim: Sentabrdan òqituvchi bòlishimni turmush qurgan oilamdagilar belgilab qòyishgan va bizda aytarli hech qayerda $ siz ishga qabul qilishmas ekan, axir bu yerda boshdan halollik bòlmayapti, noiloj majburmiz kìrĝizishga deyishdi... Bandasini rozi qilaman deb, Allohimni ranjitmayapmanmi, shundan tashvishdaman... Javob: Ha toʻgʻri. Pul bilan ishga kirmang. Oʻquv markazga kiring. Va online ishlab boshiashiz ham mumkin. Tajribasizlgim tufayli birovni puliga xiyonat qilmay desaiz, boshida bepul ishlang . Grammatikadan darslar oʻting Kanal ochib, biroz reklama qilib, bir oy tinimsiz bepul darslar oʻting. Tajribaiz ham shakllanadi, oʻquvchilarizni ham hurmati koʻpayadi. Bir ikki oydan keyin oʻzlari kurs oching deb iltimos qilishadi @AzizbekZubaydullayev
Mostrar todo...
👍 29🔥 4 2🕊 2
☀️Yozda issiqdan bosh og’riyaptimi? Issiqda, ayniqsa yoz peshinida bosh og’rishi tabiiy hol Buni yengish uchun menga foyda bergan usullarni aytay 1. Salqin “Chortoq” Boshqa ichimliklarni bilmadimu, lekin salqin chortoq ichish men uchun eng samara beradigani bo’ldi. Tana harorati joyiga keldi, diqqat tiklandi, bosh ogʻrigʻi ketdi. Bu oshqozon faoliyati uchun hm juda foydali ichimlik Baklashkali versiyasini olsangiz arzonroq tushadi 2. Turib ishlash O’zim ishlaydigan xonada noutbukda turib ishlash uchun ham sharoit qilganman. Dangasalik tutaversa, turib ishlayman. Va ishni yoqimsiz majburiyat emas, o’zim maza qilib o’ynaydigan o’yin sifatida qabul qilaman. Shunda ajoyib g’oyalar keladi Ajoyib g’oyalar ustida ishlaganimdan bir necha minut o’tib, shijoat qaytaradi va o’tirib ishlashda davom etaman 3. Qaylula Bu - peshindan oldin yo keyin bo’ladigan, qisqa sunnat uyqu. Bu - charchoq bostirib kelganining istalgan vaqtida bo’lishi mumkin . Ilojini qilolsangiz, cho’zilib yotganingiz, bo’lmasa partaga bosh qo’yib yotganingiz ma’qul. Qaylulaning mo’jizalari, u energiyani hatto 100% gacha qayta tiklanishi tadqiqotlarda isbotlangan Agar haqiqatda energiyasiz bo’lsangiz, meva yoki muzqaymoq ham yeyishingiz mumkin @AzizbekZubaydullayev
Mostrar todo...
👍 40 12 5🔥 2🕊 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.