es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

N Z K about

N Z K about

Ir al canal en Telegram
214
Suscriptores
Sin datos24 horas
-47 días
-430 días
Archivo de publicaciones
#Nzk_mem Jamoa sardori to'g'ri javobni oldindan bilsak ham, savol to'liq o'qib bo'linmaguncha, forma aytilmaguncha jim o'tiri
#Nzk_mem Jamoa sardori to'g'ri javobni oldindan bilsak ham, savol to'liq o'qib bo'linmaguncha, forma aytilmaguncha jim o'tirishni qat'iy buyurgan. Butun jamoaga tanish savol o'qilmoqda:

Toxir: Bir, Zarafshon kuchli oʻynayapdi Ikki, Narpay kuchli oʻynayapdi Akmal: Bu sanayvermay, toʻgʻri javobni qachon aytarkan
Toxir: Bir, Zarafshon kuchli oʻynayapdi Ikki, Narpay kuchli oʻynayapdi Akmal: Bu sanayvermay, toʻgʻri javobni qachon aytarkan-a?

Oldinlari kitob talashilardi, endi vaushermi? 😀

🤯🤯 muzokara davom etmoqda. Yana bitta bomba bor.

Navoiy va Toshkent shahri klublarining tajribali bilimdoni Zoir Xudoyberdiyev kuzgi mavsumda "Black hole" jamoasida to‘p sura
Navoiy va Toshkent shahri klublarining tajribali bilimdoni Zoir Xudoyberdiyev kuzgi mavsumda "Black hole" jamoasida to‘p suradi

💣💣💣 yaqin soatlarda

#statistika #kntb "Kimda nechta titul bor?" NZK doirasida o'tkazilgan barcha jamoaviy va shaxsiy turnirlar g'oliblari
#statistika #kntb "Kimda nechta titul bor?" NZK doirasida o'tkazilgan barcha jamoaviy va shaxsiy turnirlar g'oliblari

#statistika #shaxsiy_oʻyin Navoiy Zakovat klubi doirasida 15 bora tashkil etilgan mavsumiy "Shaxsiy oʻyin" bahslarining barch
#statistika #shaxsiy_oʻyin Navoiy Zakovat klubi doirasida 15 bora tashkil etilgan mavsumiy "Shaxsiy oʻyin" bahslarining barcha sovrindorlari

#statistika #jamoalar_titullari NZK doirasidagi jamoaviy musobaqalarda jamoalar nechta titul qoʻlga kiritgan?
#statistika #jamoalar_titullari NZK doirasidagi jamoaviy musobaqalarda jamoalar nechta titul qoʻlga kiritgan?

#statistika #prof_liga 18 marta tashkillashtirilgan Navoiy Zakovat klubi Professional ligasining barcha sovrindorlari
#statistika #prof_liga 18 marta tashkillashtirilgan Navoiy Zakovat klubi Professional ligasining barcha sovrindorlari

#statistika #nzk_marafon 6 marta tashkil etilgan NZK ichki marafonining barcha sovrindorlari
#statistika #nzk_marafon 6 marta tashkil etilgan NZK ichki marafonining barcha sovrindorlari

photo content

photo content
+1

Men — Aziza Najmiddinova. Ilk bor Navoiy Zakovat Klubi Professional Ligasiga 2022-yilda, 8-sinfda kelgan edim. Oradan 4 yil o‘tdi. Bu 4 yil mobaynida erishgan yutuqlarim, yaxshi-yomon kunlarim, quvonchlarim va hayajonlarim — barcha-barchasi mana shu Zakovat stoli atrofida o‘tdi desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Har hafta eng orziqib kutadigan kunim shanba kuni edi. Zakovatga borish, jamoadoshlarim bilan bir stol atrofida o‘tirish, savollar ustida bosh qotirish, savolni topa olmay qolsal xafa bo‘lish, topsak esa birgalikda quvonish — hayotimning eng katta mazmunlaridan biriga aylangan edi. Ilk bora «Movarounnahr», undan keyin «Turkiston», «Goodfellas», «Slizerin» va nihoyat «Black Hole» jamoalari safida bilimdon bo‘lish nasib etdi. Har bir jamoa, har bir jamoadosh va har bir o‘yin xotiramda alohida o‘rin qoldirdi. 2025–2026-yillarda esa Yosh kitobxon tanlovining Respublika bosqichida ikki karra sovrindor bo‘lishga erishdim. Lekin bu yutuqlarning eng katta sababchilaridan biri — aynan Zakovat edi. Chunki men mantiqiy fikrlashni ham, ko‘plab bilimlarni ham avvalo Zakovat orqali topdim. Hatto Yosh kitobxon tanlovining «Kvest» shartida rekord o'rnatgan holda 80 ballni qo‘lga kiritganimda ham buning sababini juda yaxshi bilardim. Men zakovatchi edim. Undan tashqari, ''Iste'dod'' Ko'krak-nishoni bilan taqdirlanishim ham bevosita Zakovat o'yinlaridagi faoliyatimga ham aloqador edi. Zakovatda bir stol atrofida nafaqat kuchli bilimdonlar bilan tanishdim, balki hayotiy maslahatlari bilan menga yo‘l ko‘rsatgan ustozlarni ham uchratdim. Balki shu sababdan ham Zakovat men uchun hech qachon shunchaki o‘yin bo‘lmagan. Bugun esa O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti talabasi bo‘lish sharafiga ega bo‘ldim. Hayotimda yangi bir bosqich boshlanmoqda. Shu sababli esa Navoiy Zakovat Klubi Professional Ligasidagi 4 yillik yo‘limni yakunlash vaqti keldi. Bu yerda men faqat bilimdon bo‘lib ulg‘aymadim. Men bu yerda o‘zimni topdim, do‘stlar orttirdim, ustozlar topdim, yutishni ham, yutqazishni ham o‘rgandim. Bu yo‘l hayotimning eng chiroyli sahifalaridan biri bo‘lib qoladi. Navoiy Zakovat Klubi! Barchangizga tashakkur!

#statistika #kntb "Kimda nechta titul bor?" NZK doirasida o'tkazilgan barcha jamoaviy va shaxsiy turnirlar g'oliblari...???

Rasman NZK da transfer oynasi ochildi.
Rasman NZK da transfer oynasi ochildi.

Hayotda shunday insonlar borki ular qayerga bo'lsalar o'sha yerdagi muhitni yanada yaxshilab o'zlaridan ijobiy energiya tarqatadilar, ushbu makon rivojiga sababchi bo'ladilar. Klubimizda mana shunday pozitivlik tarqatadigan inson NZKning "yangasi" bo'lmish Nazira Diyorovadir. Nazira Diyorova Navoiy zakovat klubiga kelganlaridan so'ng darhol kirishib ketdilar. Klub o'yinlari, mashg'ulotlarida faol qatnasha boshladilar, bir nechta jamoa safida o'ynadilar. Bu samarali faoliyatlari davomida ko'plab yosh bilimdonlarni qo'llab-quvvatladilar, savollar tuzib o'yinlar tashkil etdilar, NZK a‘zolari orasida birdamlikni yanada mustahkamladilar. Ustiga ustak Nazira Diyorova ko'plab jamoalarni tashkil ham qildilar va ligalarimizda raqobatbardoshlikni oshirdilar. NZK xotin-qizlar qanchalik ko'paysa klubimiz shu darajada ravnaq topadi. "Yanga"ning bir qancha bilimdon qizlar "kashf etilishi" va o‘yinlarga muntazam qatnashib boshlashlarida hissalari katta bo'ldi. Ayollar ligasi va Xotin-qizlar turnirida muntazam qatnashib g'alabalarga erishmoqdalar. "Yanga" bilimdon qiz ayollar uchun motivatsiya manbasi, ularning ruhlantiruvchisi hamdir. Qizlarning boshini qovushtirish va klubga jalb etish yo'lida qilayotgan harakatlarining natijasi, albatta, yuksak bo'ladi. Zero, qizlarda kuch!

"Kapalak effekti"ga misol bo'la oladigan voqeani aytib bermoqchiman... Taxminan bir yil avval NZK a‘zolari qandaydir turnir qilgandilar. Men ham qatnashgan edim. Random asosida shakllantirilgan jamoalarda o‘ynagandik. Guruhimizda Xatirchi tumani 92-maktab o‘quvchilari ham bor edilar. O'sha kuni ular oramizdagi tajribali bilimdonlardan ancha narsa o'rganib ketishgandi. Ushbu musobaqadan keyin 92-maktabning fidoyi ustozi Dilshoda opa Boliyeva menga bolajonlar ulkan taassurotlar olganliklarini, yetuk bilimdon bo'lish orzusida ekanliklarini aytdilar. Maktab o'quvchilar jamoasiga ozgina bo'lsada maslahatlar berdim. Ular har hafta muntazam O‘quvchilar ligasida qatnashdilar. Dilshoda opa shogirdlari uchun o‘z hisoblaridan harajat qilib imkoniyatlar yaratib berdilar. Navoiy shahridagi bir qancha musobaqalarga olib keldilar. Hattoki, bilimdonlar orasidan ustozlar topdilar. Bu harakatlar samarasi tezda bilindi. Tuman miqyosidagi turnirlarda natijalar ko'rina boshladi. Maktabdan ko'plab iqtidorli yosh bilimdonlar yetishib chiqdi. Ular yurtimizning turli hududlarida intellektual bahslarda qatnashmoqdalar. Xulosa o'rnida aytmoqchimanki, bir kichik turnir ham ko'plab iste'dodlarni kashf etishi mumkin. Kapalakning ohista qanot qoqishi to‘fonlarga sabab bo'lgani singari...

Ishtiyoq, yuqori darajadagi qiziqish va qaysidir darajadagi "mubtalolik" muvaffaqiyatga jiddiy omil bo'ladi. Sadoqat shakllanishida ham mazkur omil ta'sir etadi. Bolaligimda "kitob jinnisi" edim. Xolamlarnikiga mehmonga borganda uch jildli entsiklopediya bilan tanishib uyga ko'tarib kelganman. Ushbu katta hajmli kitoblarning barcha maqolalarini chaqnoq ko'z va tashnalik ila o'qib chiqqandim o'shanda. Ilm ummoniga cho‘ng‘ishning tiyiqsiz istagi shuurimni zabt etgandi. Entsiklopedik ma'lumotlarni o'rganish vasvasasi meni bilimdon bo'lishimda hal qiluvchi rol o'ynagan. Bugunda mana shunday qaynoq xohishga ega yoshlarda o‘z sabiyligimni ko'raman. Shunday yoshlardan biri Bexruz Boboyorov. Bexruzni NavDU akademik litseyi jamoasida o'ynab yurgan paytidan bilaman. O'shanda u tiyrak nigohi va doimiy tabassumi bilan jamoasida yaqqol ajralib turardi. Uni vujudidagi ulkan ishtiyoq olovi betinim progressga erishayotgan bilimdonga aylantirdi. Bexruz hozircha "cho'qqi"ga intilayotgan alpinist misoli. Shu ruhda ketsa yuksaklar uning oyog'i ostida bo'ladi.

Bugun shanba. Halizamon Tohir aka guruhga murojaat qiladi: "Ru-ligaga kim boradi?"
Bugun shanba. Halizamon Tohir aka guruhga murojaat qiladi: "Ru-ligaga kim boradi?"