es
Feedback
Manfaatli

Manfaatli

Ir al canal en Telegram

Manfaatli Sizga! Postlarimizni manbaa bilan oling❗ . . Murojaat @Ulamolar_hikmatlari_bot

Mostrar más
593
Suscriptores
-324 horas
-77 días
-4330 días
Archivo de publicaciones
0.96 KB

➡️Eng afzal zikrlar Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qur’oni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz o‘z hadislarida ta’lim bergan zikrlar ham ko‘pki, bular haqida alohida kitoblar ta’lif etilgan. Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qilingan hadisda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki so‘z tilga yengil, tarozida og‘ir, Rahmonga suyuklidir: “Subhanallohi va bihamdihi, Subhanallohil aziym”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). Yana shu zotdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “La havla va la quvvata illa billahi”ni ko‘proq ayt. Albatta, u jannatning xazinalaridan bir xazinadir”, dedilar”. (Imom Termiziy rivoyati). @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

#Xatmul_Qur'on Baqara surasi 62-83 oyatlar Ustoz Abdulbosit qori Qobilov @Manfaatli_sizga

#manfaatli Alloh taolo o‘zining muborak kalomida: “Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar. Va ertayu kech Uni poklab yod etinglar”, deb marhamat qilgan. (Ahzob surasi, 41-42-oyatlar).  @Manfaatli_sizga

Bu kishi yilning yaxshi oʻqituvchisi ekanlar. “Nun” harfini oʻquvchilarga zavqu shavq bilan oʻrgatmoqdalar. Oʻrgatganda ham, umrbod esdan chiqmaydigan qilib oʻrgatmoqlar. Oʻrnak olsa boʻladigan uslublari, shavq va muhabbatlari bor ekan. #tarjimasi Assalomu alaykum, ey sevimli NUN! Marhabo, ey hazrati NUN! Hayotimizga xush kelibsan, ey muhtaram NUN! Doim bor boʻl, omon boʻl, ey qadrli NUN! @Manfaatli_sizga

#manfaatli Islom VII asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu Xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambarlar va elchilar yuborgan, ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammadni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi. Muhammad oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona Xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etdi. Qurʼonga koʻra, arablar va yahudiylarning umumiy bobokaloni Ibrohim Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohimga nozil boʻlgan dinidir.

⚡️Afsuski, ko'plar nasihatni o'ranmay, tajribani o'rganishga kirishadi. @Manfaatli_sizga
⚡️Afsuski, ko'plar nasihatni o'ranmay, tajribani o'rganishga kirishadi. @Manfaatli_sizga

⚡️Alloh taolo aytadi: "U O'zi istagan kishilarga hikmat ( foydali bilim ) beradi. Kimga hikmat berilgan bo'lsa, demak, unga k
⚡️Alloh taolo aytadi: "U O'zi istagan kishilarga hikmat ( foydali bilim ) beradi. Kimga hikmat berilgan bo'lsa, demak, unga ko'p yaxshilik berilgani aniqdir. (Baqara surasi, 269-oyat). @Manfaatli_sizga

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Xatmul-Qur'on Baqara surasi 49-61 oyatlar Abdulbosit qori Qobilov @Manfaatli_sizga

⚡️Hakimlardan biri dedi: "Bilgilki, hikmatlar payg'ambarlik xazinasidan olinadi. Ularning oxirgisi Allohning Rasuli Muhammadd
⚡️Hakimlardan biri dedi: "Bilgilki, hikmatlar payg'ambarlik xazinasidan olinadi. Ularning oxirgisi Allohning Rasuli Muhammaddir. U zotga salovat va salomlarning afzali bo'lsin!" @Manfaatli_sizga

⚡️Qanoat – boylikning boshi, taqvoning asosidir. @Manfaatli_sizga
⚡️Qanoat – boylikning boshi, taqvoning asosidir. @Manfaatli_sizga

#manfaatli Jahonda dunyo aholising 24,9%i, yaʼni 1,1–1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi[2][3]. Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20%idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil, mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afgʻoniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80%dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80%igacha tashkil qiladi (Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina, Albaniya, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya va boshqa), Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Gayana, Surinam, Trinidad va Tobago)da, Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. Yaqinlarga ham ulashing!😊

⚡️Tabiating daraxtini ekilgan joyidan sug'urib tashla demayman, chunki inson o'z tabiatini o'zgartirishi mumkin emas. Men u b
⚡️Tabiating daraxtini ekilgan joyidan sug'urib tashla demayman, chunki inson o'z tabiatini o'zgartirishi mumkin emas. Men u bilan kurashda davom et, demoqchiman. Shunda saodatga yetasan. @Manfaatli_sizga

#eslatma Ertaga dushanba, ro‘zadorlar karvonida bo‘l. Agar qodir bo‘lmasang,boshqalarga eslat. Ahmad Iso Ma’suroviy Yaqinlaringizga ham ulashing! 👉 @Manfaatli_sizga

⚡️Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Qabrga tayyorgarliksiz kirgan odam dengizdan kemasiz o'tmoqchi bo'lg
⚡️Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Qabrga tayyorgarliksiz kirgan odam dengizdan kemasiz o'tmoqchi bo'lgan odam kabidir". @Manfaatli_sizga

#manfaatli Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va buddaviylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi[1]. „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi, lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.

بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ🌸✨

Xatmul-Qur'on Baqara surasi 30-48 oyatlar Abdulbosit qori Qobilov @Manfaatli_sizga

Manfaatli - Estadísticas y analítica del canal de Telegram @manfaatli_sizga