es
Feedback
JavaHere's Blogs 🚀

JavaHere's Blogs 🚀

Ir al canal en Telegram
2 265
Suscriptores
-524 horas
-237 días
-10430 días
Archivo de publicaciones
Assalamu alaykum Barchangizga ramazon hayiti muborak bo'lsin. Ramazon oyida qilgan barcha ro'za-yu, ibodatlaringizni O'zi qab
Assalamu alaykum Barchangizga ramazon hayiti muborak bo'lsin. Ramazon oyida qilgan barcha ro'za-yu, ibodatlaringizni O'zi qabul etsin. Kelasi ramazonlarga ham omonlikda borish barchamizga nasib qilsin. Alloh karim, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va ezgu amallar tilayman. Hayit muborak.

photo content
+1

Bu birinchi live stream edi. Nimadir o’rgangan bo’lsangiz, qaysidir ma’noda niyyatimiz amalga oshibdi va kamchiliklar uchun uzr so’rayman.

Stream uchun link

Qaysi mavzuda yoki qaysi masalalarni ko’rib chiqamiz?

Leetcode Stream'ni qachon qilamiz? Barchasi Toshkent vaqti bo'yicha
Anonymous voting

Alhamdulillah Va nihoyat kutilgan intervyu uchun taklifnoma keldi. Qaysi davlatdan kelar ekan deb qiziqqan edim, eng ko'p xoh
Alhamdulillah Va nihoyat kutilgan intervyu uchun taklifnoma keldi. Qaysi davlatdan kelar ekan deb qiziqqan edim, eng ko'p xohlaganim - Shvetsariyadan keldi. Endi bu intervyudan eson-omon o'tib olib, Zurichga borish nasib qilsin. Duo qilib turasizlar 🤲. JavaHere

Endigi mavzular ketma-ketligi: 1. Leetcode da masala yechamiz - live stream 2. Java va C++ ni birga ishlatish 3. Bellman-Ford
Endigi mavzular ketma-ketligi: 1. Leetcode da masala yechamiz - live stream 2. Java va C++ ni birga ishlatish 3. Bellman-Ford algoritmi 4. Min/Max Heap ma'lumot tuzilmasi ...(Design Patterns) Ha aytgancha youtube da "obuna, like 👍va comment" bo'lsa, githubda "star ⭐️" bilan qo'llab quvvatlashingiz mumkin :) Youtube - link Github, Design Patternlar - link Github, Algoritmlar va Masala yechimlari - link

Bridge Design Pattern O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing! 🚀🚀🚀 Telegram | Youtube

Keyingi video uchun variantlar
Anonymous voting

Repost from ULUSHAHIVE
#algo A* (A-star) algorithm Qanday muammoni yechadi: A* o’zining ikkita nuqta orasidagi eng qisqa yo’lni Dijkstra’s algorithm ga solishtirganda effektivroq va tezroq topib berishi bilan ajralib turadi. Tezroq ishlashiga asosiy sababi bir nuqtaga kelish tan narxi (masofasi or whatever) va destination pointga yetib borishning taxminiy narxlarini to’g’ri combine qilib qaror qilishidadir. Aynan shu taxmin qilishi heuristic deb yuritiladi. Tezliklarini solishtirish uchun ushbu videoga refer qiling. Problem: NxM grid berilgan. Agar (i, j) katakda ‘.’ bo’lsa bu katak bo’sh, ‘#’ esa bu katak band deganini bildiradi. (start_x, start_y) katakdan (end_x, end_y) katakka borishning eng qisqa yo’lini topish kerak. Yechim: A* ning yechimi Dijkstra amakinikidan uncha farq qilmaydi. Ochiq va yopiq set bor. Ochiq set bu - yurish uchun kandidat kataklarimiz va ularga yurish costlari. Yopiq set esa biz kirib bo’lgan va qayta process qilishni hoxlamaydigan kataklar. Dijkstrada qo’shni kataklarga yurishni shunchaki yurish masofasi yoki narxlarini yig’indisi orqali ifodalasak, A* da heuristic functionimiz qanday implement qilinganiga qarab bu logika istalganicha bo’lishi mumkin. Lekin, klassik holatda quyidagi ko’rinishda bo’ladi: shu katakkacha kelish narxi + destinationgacha yetib borish taxminiy narxi. Shuning uchun tepada takidlaganimdek, A* da ko’p narsa heuristics qanday yozilganiga bog’liq. Misol uchun, ushbu holatda heuristic functionni manhattan distance deb qarashingiz mumkin. Note: Ba’zi hollarda average run timeni yaxshilash uchun bir necha xil hueristic function yozib, current state qandayligiga qarab mos keladiganini ishlatish ham o’rinli bo’ladi. Learn Algorithms With ULUGBEK

Algoritmlashni uzun izohlar bilan emas, balki qisqa va asosiy mag’zini tushunib olish uchun o’zbek tilidagi yaxshi manbaa. Albatta bir necha oylardan beri faqat boshqalar yozgan postlarni ulashyabman. InshaAlloh endi biz ham har ikki haftada 1 ta yaxshi kontent qilishga kirishamiz.

Ramazon tuhfasi: Android dasturlash kursi bepul ravishda YouTube kanalimda chiqadi. Darslar har shanba kuni soat 09:00da qo'yib boriladi. Android darslari: Dasturlash va Kotlinga kirish | 42.uz https://youtu.be/3RRx4YaGFRM

Repost from Sariq Dev
Yoshlarga dasturlashni o'rgatayotgan ustoz... @sariqdev

Ramazon Barchamizga ulug' Ramazon oyi muborak bo'lsin. Ramazon oyidan yangi tug'ilgan chaqaloqdek gunohsiz va pok bo'lib chiq
Ramazon Barchamizga ulug' Ramazon oyi muborak bo'lsin. Ramazon oyidan yangi tug'ilgan chaqaloqdek gunohsiz va pok bo'lib chiqishimizni Alloh nasib qilsin. Har kunidan unumli foydalanishimizni Alloh nasib qilsin. Kunduzlari ro'zador, tunlari qiyomda turishimizni Alloh nasib qilsin. Ramazon ayyomi yana bir bor muborak bo'lsin.

Barchamizga ulug
Barchamizga ulug

Google, London 🙂 Google ning eng katta ofislaridan biri Londonda internship qilish imkoniyati paydo bo'lgan edi, ammo Polsha
Google, London 🙂 Google ning eng katta ofislaridan biri Londonda internship qilish imkoniyati paydo bo'lgan edi, ammo Polshada vaqtinchalik turar joy kartasini olish juda uzoq muddatga cho'zilayotgani uchun borsam qaytib kela olmay qolaman. To'g'ri, Google internship qilish uchun visa ishlarini qilib beradi, ammo borayotgan davlatingizga qilib beradi. Ya'ni London (Buyuk Britaniya) ga visa olib beradi, olgandan so'ng esa Polshaga kelib bo'lmaydi (Balkim qandaydir yo'li bordir, men bilmayman). Shuning uchun London taklifini chekkaroqqa surib turib, Yevropa ichidan qidiryabman. Eh Polsha, Eh karta uchun ertaroq harakat qilmagan men... Nima bo'lganda ham yaxshilikka. Nasib qilsa 1 qadam va nimadir bo'ladi :)

photo content