cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

MUZRABOT 51-MAKTAB / MATBUOT

Muzrabot tuman 51-maktab MATBUOT XIZMATI Ma'muriyat: Maktab direktori Tel: 97-140-15-51 O'TIBDO' Tel: 94-461-35-07 MMIBDO': Tel: Yoshlar Yetakchisi: 94-063-36-96 CHQBT rahbari tel: 99-725-28-26

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
263
Suscriptores
Sin datos24 horas
-57 días
-230 días
Archivo de publicaciones
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Senat ishchi guruhining Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2101 #Surxondaryo #Senat #urganish #muhokama Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
Repost from JANUB JAVOHIRI
Photo unavailableShow in Telegram
#bilasizmi Muzrabot tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1968-yil 25-dekabrda tashkil etilgan. 1994-yilgacha Gagarin tumani deb yuritilgan. Viloyat hududining eng janubiy qismini egallaydi. Shimolida viloyatning Sherobod va Qiziriq, sharqda Angor tumanlari, janubi-sharqda Termiz tumani, janubida Amudaryo orqali Afgʻoniston, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni – 0,74 ming km² ni tashkil qiladi. Tumanda 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Beshqoʻton, Boldir, Guliston, Muzrabot, Navbahor, Obodon, Xalqobod, Shoʻrob, Qorakamar) bor. Tarkibida 10 ta shaharcha, 48 ta qishloq aholi punktlari va 37 mahalla mavjud. Bundan tashqari u yerda bitta gazeta „Muzrabot“ gazetasi faoliyat yuritadi. Markazi – Xalqobod qoʻrgʻoni. ✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
Mostrar todo...
👍 2
02:47
Video unavailableShow in Telegram
ZAKOVAT QUIZ FINAL INTRO.mp4183.41 MB
🏆 4
⚡️OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi. Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan. MMT Vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi. Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart. 💰Oylik bot «O'QITUVCHI» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇 @oqituvchi_ga https://telegram.me/joinchat/T7PoUfVbP1eh3Fg_
Mostrar todo...
👍 1
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan yurtimizga kelgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni samimiy kutib oldi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
Aeraport_reels_new.mp427.77 MB
01:24
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Muzrabot tumanida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning "Stol tennis" turi bo'yicha tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Munosiblar aniqlandi va g'olib yoshlar estalik sovg'alar hamda viloyat bosqichlariga yo'llanmalar bilan rag'batlantirildi.
Bizni kuzating
🇺🇿Telegram / Facebook / Instagram /YouTube
Mostrar todo...
98.67 MB
👍 2
Фотолавҳа! ✍🏻 Muzrabot tumani hokimligi Аxborot xizmati Kanalga ulanish⬇️ t.me/muzrabot_tuman 🌐FacebookTelegram 🌐 YouTube 🌐 Web-site
Mostrar todo...
Мактабларда “Сўнгги қўнғироқ” садолари жаранглади Бугун Музработ туманидаги барча умумтаълим мактабларида "Илм - саодат калити" шиори остида “Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари бўлиб ўтди. Туманнинг "Дўстлик" маҳалласидаги 51-умумтаълим мактабида бўлиб ўтган тантанада иштирок этган туманимиз ҳокими Исмаилов Абдурашид Худаярович дастлаб Президентимизнинг мактаб битирувчиларига йўллаган табригини ўқиб эшиттирди. Уларга келгусидаги ишларида омад тилади. Илм олишдан, изланишдан ҳеч қачон тўхтамаслик зарурлигини таъкидлади. Йил давомида ўзининг одоб-ахлоқи, интилувчанлиги билан тенгдошларига ўрнак бўлган ўқувчилар, уларнинг ота-оналари, ўқувчиларига бор имкониятини ишга солиб таълим-тарбия берган ўқитувчилар рағбатлантирилди. Битирувчилар давлатимиз раҳбарига, устозларига берган меҳр-эътибори, билим ва тарбияси, ўзлари учун яратилган шароитлар учун миннатдорлик билдирди. Ватан, мактаб юксак орзу-мақсадлар ҳақида шеърлар айтилди. Давлатимиз мадҳияси билан бошланган тадбир Қалбларни ҳаяжонга солувчи “Сўнгги қўнғироқ” билан якунланди. ✍🏻 Muzrabot tumani hokimligi Аxborot xizmati Kanalga ulanish⬇️ t.me/muzrabot_tuman 🌐FacebookTelegram 🌐 YouTube 🌐 Web-site
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Музработ тумани ҳокими Исмаилов Абдурашид Худаяровичнинг мактаб битирувчиларига байрам табриги Қадрли мактаб битирувчилари! Сизларни мактаб таълимини муваффақиятли тугатганингиз билан чин юракдан муборакбод этаман. Қайд этиш керак, мамлакатимиздаги ислоҳотлар йўли ҳали жуда узоқ ва осон эмас, аммо сизларга ушбу ўзгаришларнинг ҳаракатлантирувчи кучи бўлиш имконияти берилмоқда. Аминманки, сизнинг ғояларингиз ва интилишларингиз Янги Ўзбекистон тараққиётида албатта ўз ифодасини топади. Шу боис изланиш ва билим олишдан асло тўхтаманг. Олдингизга қўйган мақсадлар сари интилинг. Асосийси, шундай касбни танлангки, келажакда ушбу иш сизга қувонч ва завқ бағишласин. Билингки, сизни яхши кўрадиган, доимо қўллаб-қувватлашга тайёр ота-онангиз, ўқитувчиларингиз ва, албатта, Президентингиз бор.  Азиз ўғил-қизларим, катта ҳаёт йўлингизда омад ёр бўлсин! Сизларга ишонамиз! Ҳурмат билан, Музработ тумани ҳокими Абдурашид Исмаилов. ✍🏻 Muzrabot tumani hokimligi Аxborot xizmati Kanalga ulanish⬇️ t.me/muzrabot_tuman 🌐FacebookTelegram 🌐 YouTube 🌐 Web-site
Mostrar todo...
Музработ тумани 51-мактабда 2024 йил 23-май куни 2-А ва 2-Б синф ўқувчилари ўртасида "Келажак ёшлари" номли тадбир бўлиб ўтди
Mostrar todo...