cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

URGANCH TUMANI OILA VA XOTIN-QIZLAR BO‘LIMI

Publicaciones publicitarias
240
Suscriptores
+124 horas
Sin datos7 días
-730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#jarayon Urganch tumani hokimi o‘rinbosari I.Raximova tomonidan Uyshin, Yuqoriovul, Miroblar, Arablar, Jayxun mahallalari xotin-qizlar faollarining ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga manzili yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Mostrar todo...
1
#jarayon Urganch tumani hokimi o‘rinbosari I.Raximova tomonidan Uyshin, Yuqoriovul, Miroblar, Arablar, Jayxun mahallalari xotin-qizlar faollarining ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash va "Ayollar daftari"ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga manzili yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Xotin_qizlar_huquqlari “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🟢ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar; 🔴tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔴ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🟢uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔴qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar. ✅ “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Mostrar todo...
Repost from Segment.uz
⚡️Абитуриентларга рухсатномаларни бериш бошланди 2024-2025-ўқув йилида олий ва профессионал таълим муассасаларига кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган абитуриентларга “Абитуриент рухсатномаси”ни бериш бошланди. Абитуриентлар тест синовларида иштирок этиш учун “Абитуриент рухсатномаси”ни my.uzbmb.uz сайтига шахсий идентификация рақами ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритган ҳолда олишлари мумкин. Абитуриентлар тест синовига паспорт (ID-карта) ва абитуриент рухсатномаси билан белгиланган вақтдан кечикмаган ҳолда келишлари лозим. ❗️ Паспорт нусхаси ёки бошқа ҳужжатлар билан келган, шунингдек, кечикиб келган абитуриентлар тест синовларига киритилмайди! Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
👏 2
#bandlik Urganch tumani hokimi oʻrinbosari I.Raximova Urganch tumani "Hunarmand" uyushmasi boʻlimi boshligʻi J.Rajabbayev bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini taʼminlash va uyushmaga aʼzo qilish yuzasidan muloqot oʻtkazdi. Eslatma: Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (307-son, 22.07.2023 y.)   muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi. Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YaIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi maʼlumotlari, subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaraq va manzili koʻrsatiladi. Murojaat 3 ish kunida koʻrib chiqiladi. Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin: — hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganida; — kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi Yagona elektron shartnomalar portalida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda; — kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi maʼlumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa. — Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi. — Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga oʻtkazib beriladi.
Mostrar todo...

#jarayon O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020-yildagi VM-820-sonli "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida Urganch tumani oila va xotin-qizlar bo'limining FHDY bo'limi bilan hamkorligida tajribali ma'ruzachilar ishtirokida "Yosh oila maktabi" nikohlanuvchi yoshlarga navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mostrar todo...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
#jarayon Urganch tumani hokimi o‘rinbosari I.Raximova Beruniy mahallasi "Oqila ayollar harakati” a’zolari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a'zolari bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazdi. "Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, mas’uliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, nizoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida barcha mahallalarda uchrashuvlar tashkil etish belgilandi.
Mostrar todo...
👍 5 1
Repost from Segment.uz
“Маҳалла еттилиги”нинг вазифалари: маҳалла раиси эҳтиёжманд оилаларга уй-жойини яхшилашга кўмаклашиш; ➖ ҳоким ёрдамчиси ишсизларга иш топишга кўмаклашиш; ➖ ёшлар етакчиси ёшларни спорт, мусиқа ва тўгаракларга жалб этиш; ➖ хотин-қизлар фаоли аёлларни тадбиркорлик, касаначилик, ҳунармандчиликка жалб қилиш; ➖ солиқ ходими маҳалладаги имкониятларни ишга солиб, солиқ базасини кенгайтириш, тадбиркорлик фаолиятини қонунийлаштиришга ҳамда ўзини ўзи банд қилганларга кичик бизнес тоифасига ўтишга кўмаклашиш; ➖ ижтимоий ходим ёлғиз кекса, ногирон ва бошқа муҳтожларга ижтимоий хизмат кўрсатиш каби аниқ вазифалар билан шуғулланиши лозим. Telegram | Instagram | Facebook
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#tanishing Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, «Ashxobod» mahallasi faoli Fazilat Raximboyevaning 📍mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish; 📍xotin-qizlar o‘rtasida ajrim va jinoyatchiliklarning oldini olish; 📍notinch va nizoli oilalardagi muammolarni tinch va yarashtirish yo‘li orqali bartaraf etishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi; 📍ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini hal etish; 📍 ishsiz xotin-qizlarning reja asosida manzilli bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; 📍xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari viloyat miqyosida o‘tkazilgan "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan eng namunali mahalla" tanlovida faxrli 1-o‘ringa munosib deb topilib, Abu-Dabi va Dubay shaharlariga 10 kunlik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Mostrar todo...
Момо ер Шамолларнинг шокиласи дарахтларнинг бўйнидадир, Тоғлар тошин дил изҳори ирмоқларнинг ўйнидадир, Ошиқ булбул сир, хандаси ғунчаларнинг қўйнидадир, Айтар сўзим сувратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Майсаларинг шивирлашди, тизлар чўкдим, қулоқ бердим, Билмай босиб чумолини, гуноҳимга сўроқ бердим, Ватан не деб сўрганларга бир кафтгина тупроқ бердим, Менга Ватан сийратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Турналарнинг туморлари Яратганнинг ўзидадир, Кимки поклик ахтарибдур, ҳалол топган тузидадир, Гар гуноҳи, савоби бор бандасининг изидадир, Покдомонлик журъатини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Қуёш кўкда сен деб яшар, ой бошингда ўргилади, Кўрдим ҳар тун минг-минг юлдуз этагингга нур элади, Чимдимгина лойинг билан қалдирғоч бешик белади, Бу дунёнинг ҳайратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Сенда унган ҳар бир гиёҳ Яратганга сано айтар, Кўкка етган тераклар ҳам куни битса сенга қайтар, Муҳаммадга уммат Маҳмуд кафти куйиб дуо айлар, Ошиқликнинг қудратини, Момо ерим, ўзинг бердинг. Маҳмуд Тоир
Mostrar todo...

Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.