cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

Publicaciones publicitarias
1 608
Suscriptores
Sin datos24 horas
-207 días
+79130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#arxeologiya #Oʻzbekiston 🔺 Surxondaryoda arxeologlar 4 ming yillik qadimiy qabrlarni topishdi Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. 16-apreldan buyon ikki davlat arxeologlari Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Chinortepa yodgorligida qazishma ishlarini olib borishmoqda. Olimlar qazishmalar davomida 4000 yillik qabrlar va 2000 yillik qadimiy shahar xarobalarini topishdi. Arxeologlarning fikricha, topilmalar kangyuy, kushon va yuyechji (massaget) davrlariga tegishli bo‘lib, miloddan avvalgi II asrdan eramizning III asriga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma ekspedisiyasi tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda. Chinortepa yodgorligi 2019-yilda O‘zbekiston va Xitoyning qo‘shma arxeologik ekspedisiyasi chog‘ida topilgan edi. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
3
Photo unavailableShow in Telegram
#deport #AQSH #Oʻzbekiston 📢 AQSh chegarachilariga noqonuniy o‘tgan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilishga buyruq berildi Kaliforniyadagi chegara xodimlariga Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish buyurildi. Bu haqda The New York Post (NYP) xabar bermoqda. Chegara xizmatiga yuqorida qayd etilgan davlatlardan faqat voyaga yetgan, hujjatsiz muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qilish haqida ko‘rsatma berilgan. Boshqa muhojirlar sudga kelish majburiyati bilan ozod qilinishi mumkin. Biroq ularga boshpana so‘rashga ruxsat berilmaydi. Muhojirlarni deportatsiya qilish haqidagi buyruq faqat Kaliforniyaning San-Diego sektoriga ta'sir qiladi, bu joy noqonuniy migratsiya uchun eng gavjum hudud hisoblanadi. Buni AQSh bojxona va chegara himoyasi tasdiqladi. Shuningdek, ba'zi muhojirlar o'z mamlakatiga qaytarilishi o'rinli xavf paydo qilsa, sud sanasi bilan ozod qilinishi mumkinligi aytilgan. Bu Meksika va AQSh bilan deportatsiya bo'yicha kelishuvga ega bo'lgan boshqa davlatlarga taalluqlidir, ammo shunga qaramay ularga boshpana so'rashga ruxsat berilmaydi. Yangi qoidalar prezident Jo Baydenning hujjatsiz muhojirlarning Qo'shma Shtatlardan boshpana izlashlarini taqiqlovchi farmoyishidan kelib chiqadi. AQSh-Meksika chegarasini noqonuniy kesib o'tgan hibsga olingan muhojirlar soni kuniga 1500 kishidan kamayguncha deportatsiya qilinadi. Biroq kuzatuvsiz bolalar, sog‘lig‘i yoki xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgan odamlar va odam savdosi qurbonlari bundan mustasno, deya xabar bergan Reuters. Chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, dam olish kunlarida 10 mingdan ortiq muhojir AQSh janubiy chegarasini kesib oʻtgan. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
👍 3
#festival #London #Oʻzbekiston ⚡️ Londonda O‘zbek madaniyati va taomlari festivali o‘tkazildi Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrida “O‘zbek madaniyati va taomlari festivali”da bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Vatandoshlar” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumati ko‘magida tashkil etildi. Festival mehmonlari mashhur Tauer ko‘prigi yaqinida joylashgan istirohat bog‘ida Buyuk Britaniyadagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashib, sharqona mehmondo‘stlikni his qilishdi. Bu yil festivalga tashrif buyurganlarning soni 60 mingga yetdi. Tadbirlar davomida vatandoshlarimiz va mahalliy aholi uchun yurtimiz imijini oshirishga qaratilgan tadbirlar xususan, palov festivali, "Birlashamiz" shiori ostida futbol turnirlari, turli ko'ngilochar dasturlar, milliy hunarmandchilik ko'rgazmalari, davra suhbatlari o'tkazildi. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
👍 3
#Hayit #dam_olish_kuni #Oʻzbekiston ☪️ Qurbon hayiti bayramida necha kun dam? Prezident qaroriga ko’ra, olti kun ishlaydiganlar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam oladi. ⚠️ 15-iyun, shanba 5 kun ishlaydiganlar dam oladi, 6 kunliklar ishlaydi. 16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti; 17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni; 8-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
👍 3
#Hayit #Oʻzbekiston 🌙 Qurbon hayiti sanasi ma'lum qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
3
01:37
Video unavailableShow in Telegram
#jinoyat #Turkiya #Oʻzbekiston 📢 Turkiyaga ayollarni fohishalikka jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olindi Toshkent aeroportida to‘rt nafar o‘zbekistonlik ayolni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi 22 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan ayollarga Turkiyada yuqori maoshli ish topib berishni va’da qilgan, biroq aslida ularni fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
ffffff.mp420.65 MB
👍 9
#viza #sayt #AQSH 🔺 AQSH Elchixonasi viza xizmatlari uchun yangi veb-saytni taqdim etdi AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi viza xizmatlari bo‘yicha yangi veb-sayt ishga tushganini ma’lum qildi. Sayt orqali Iyul va kelgusi oylar uchun noimmigratsion viza suhbat o'rinlari ochiladi. Veb-sahifasida ushbu yangi platforma orqali ko'rsatiladigan xizmatlar haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. Avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda Iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari,belgilangan sanada viza suhbatiga kelishlari va viza uchun to'lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak bo'ladi. Sayt ochilishi haqida AQSH Bosh konsuli Robert Romanovski bilan suhbatda aytib o‘tilgan edi 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#qashqar #tarix #Oʻzbekiston 🔻Toshkent darvozalari: Qashqar Qashqar darvozasi davriga, yo‘nalishiga qarab, Xitoy, Oqqo‘rg‘on, Shayxontohur nomlari bilan ham atalib kelingan: 🔸 Darvozaning Xitoy deb nomlanishi Toshkentning geografik joylashishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, chunki Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘i shaharning shu qismiga yaqin joydan o‘tgan; 🔸 Oqqo‘rg‘on deyilishiga sabab, Xoja Ahror madrasasining vaqf yerlari Oqqo‘rg‘on deb atalgan. Oqqo‘rg‘onga shu darvoza orqali o‘tilgan; 🔸 Shayxontohur deyilishiga sabab, darvoza XIV-XV-asrlarda Toshkent mudofaa devorlarining kengaytirilishi munosabati bilan, darvoza Shayxontohur qabristoniga yaqin joyda, tahminan A. Navoiy va B. Zokirov nomidagi ko‘chalar kesishgan joyda bo‘lgan. XVII-asrning ikkinchi yarmida shahar hokimi Yunusxo‘ja hukmronligi davrida darvoza Toshkentning to'rtinchi o‘rdasi qurilishi munosabati bilan Anhor kanalining o‘ng tarafida, taxminan hozirgi Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosi yaqinida o‘rnatilgan. Nomi Shayxontohurligicha qolgan. Toshkent Qo‘qon xonligi tasarrufiga o‘tganidan keyin shahar hududi kengaytirilishi munosabati bilan 1820-yillarda Anhorning chap tarafiga darvoza quriladi. Darvoza Labzak va Qo‘qon darvozalari oralig‘ida, Qo‘qon xoni o‘rdasi va Qashqar mahallasini ajratib turuvchi hozirgi A. Navoiy ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishgan joyida bo‘lgan. Darvoza 1829-yilda Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davrida o‘z vatani Qashqardan quvilib, Qo‘qon xonligidan panoh topgan musulmonlar joylashgan mahalla mas’ulligiga topshirilgan. Darvozaning Qashqar deb nomlanishi shundan. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
👍 8
01:25
Video unavailableShow in Telegram
#qotillik #Turkiya #Oʻzbekiston 📢 Turkiyada o‘zbekistonlik ayol rashk qurboni bo‘ldi Istanbulning Fotih tumanida yashagan Dog‘ukan Ug‘ur 2 yil avval uylangan o‘zbekistonlik ayolni rashk tufayli o‘ldirdi, so‘ngra ularni tanishtirgan odamni ham borib pichoqladi. Xodisa tafsilotlari videoda (turkcha) 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...
video_2024-06-10_11-28-07.mp45.58 MB
👎 4
Photo unavailableShow in Telegram
#qashqar #tarix #Oʻzbekiston 🔻 Toshkent darvozalari: Qashqar Qashqar darvozasi davriga, yo‘nalishiga qarab, Xitoy, Oqqo‘rg‘on, Shayxontohur nomlari bilan ham atalib kelingan: 🔸 Darvozaning Xitoy deb nomlanishi Toshkentning geografik joylashishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, chunki Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘i shaharning shu qismiga yaqin joydan o‘tgan; 🔸 Oqqo‘rg‘on deyilishiga sabab, Xoja Ahror madrasasining vaqf yerlari Oqqo‘rg‘on deb atalgan. Oqqo‘rg‘onga shu darvoza orqali o‘tilgan; 🔸 Shayxontohur deyilishiga sabab, darvoza XIV-XV asrlarda Toshkent mudofaa devorlarining kengaytirilishi munosabati bilan, darvoza Shayxontohur qabristoniga yaqin joyda, tahminan A. Navoiy va B. Zokirov nomidagi ko‘chalar kesishgan joyda bo‘lgan. XVII asrning ikkinchi yarmida shahar hokimi Yunusxo‘ja hukmronligi davrida darvoza Toshkentning turtinchi o‘rdaci qurilishi munosabati bilan Anhor kanalining o‘ng tarafida, tahminan hozirgi Qishloq Xo‘jaligi vazirligi binosi yaqinida o‘rnatilgan. Nomi Shayxontohurligicha qolgan. Toshkent Qo‘qon xonligi tasarrufiga o‘tganidan keyin shahar hududi kengaytirilishi munosabati bilan 1820-yillarda Anhorning chap tarafiga darvoza quriladi. Darvoza Labzak va Qo‘qondarvozalari oralig‘ida, Qo‘qon xoni o‘rdasi va Qashqar mahallasini ajratib turuvchi hozirgi A. Navoiy ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishgan joyida bo‘lgan. Darvoza 1829-yilda Qo‘qon xoni Muhammad Alixon davrida o‘z vatani Qashqardan quvilib, Qo‘qon xonligidan panoh topgan musulmonlar joylashgan mahalla mas’ulligiga topshirilgan. Darvozaning Qashqar deb nomlanishi shundan. 👥 Facebook |📷 Instagram | 🔵 Telegram |🟥 Youtube
Mostrar todo...