cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Foydali Moliya

Kanaldagi mavzular: 🔹 Moliyaviy savodxonlik 🔹 Firibgarlardan saqlanish 🔹 Biznesga oid yangiliklar 🔹 Shaxsiy rivojlanish 🔹 Fikrlar va tahlillar 🔹 Kulgu va sarkazm Reklama va hamkorlikka https://t.me/foydalireklom

Mostrar más
Uzbekistán5 211El idioma no está especificadoEconomía y Finanzas11 353
Publicaciones publicitarias
15 249
Suscriptores
+30424 horas
+2 6207 días
+8 47530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Аввали дин, кейин дунё илмини ўрганиш керак 📖 Ҳам диний, ҳам дунёвий билимини юксалтирмоқчи бўлганларга: ✔️ Исломий иқтибослар; ✔️ Ҳаётий ҳикоялар; ✔️ Ибратли сўзлар; ✔️ Ислом олами ҳақида сўзловчи сиёсий маълумотлар улашувчи саҳифани тавсия этамиз. 🔔 Обуна бўлиб қўйинг. Зеро бу ишингиздан афсус чекмаслигингизга аминмиз! Уланиш учун: https://t.me/alisher_abduhamidov https://t.me/alisher_abduhamidov https://t.me/alisher_abduhamidov
Mostrar todo...
👍 9 7🔥 4 3
Pul yoki sevimli ish! Menimcha, bu masalada insonning kimligi va holatiga qarash toʻgʻriroq boʻladi. Masalan: Hali uylanmagan yigitlar va xotin-qizlar pulni birinchi oʻringa qoʻymay, kam daromad boʻlsa-da, yoqtirgan ishini qilishi mumkindir balki. Ammo: Yelkasiga roʻzgʻor tashvishi tushgan erkaklar va beva ayollar pulni birinchi oʻringa qoʻyishini toʻgʻri deb hisoblayman. Sevimli ishda bir oʻzingiz baxtli boʻlishingiz mumkin. Ammo yaxshi pul topib, koʻpchilikni baxtli qila olasiz. Sevimli ish va yaxshi daromad har doim ham bir vaqtda boʻlmasligi mumkin. Ish hayotimizning 3 yoki 4 dan bir qismi xolos. Oila, yaqinlar hammasidan muhimroq. Aslida, sevimli ishni xalqimizdagi oila qurish sistemasiga oʻxshataman. Oila qurishda dastlab shunchaki yoqtirasiz, sevgi yillar davomida asta-sekin paydo boʻlaveradi...
P.S: Fikrlarimga qoʻshilmaslik huquqiga egasiz!
🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Mostrar todo...
👍 70 25 7🔥 3👏 3
Bir-biriga o'xshamagan sohalarda ishlovchi ikkita odam bor... Birinchisi - xodim sifatida o'zi yoqtirmagan ishda faoliyat yuritadi. Lekin maoshi zo'r. Ikkinchisi - o'ziga mustaqil, yoqtirgan ishini zavq bilan qiladi. Topishi esa ro'zg'origa arang yetadi. Ulardan baxtlimisan? - deb so'ralsa: Birinchisi - ishxonada, ish paytida biroz baxtsiz. Lekin oladigan yaxshi maoshi hisobiga ishdan tashqarida ancha baxtli. Oilasi ta'minlangan, ro'zg'ori but, farzandlari yaxshi bog'cha va maklablarga boradi. Ikkinchisi - sevgan ishini qilayotgani sabab, zavq bilan mehnat qiladi. Ammo... Doimiy pul yetishmovchiligi va shuni orqasidan keladigan janjallar sabab, ishdan tashqarida baxtsiz... Umumiy olganda, ulardan qay biri baxtliroq? Siz qaysi holatni tanlar edingiz? 🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Mostrar todo...
👍 43🔥 9 6🤔 4😢 4
Vaqt - bu pul(mi)?! Vaqt - bu pul, deyishadi, rostdan ham shundaymi?! Nega unda boylarda vaqt, bekorchilarda pul yo'q? Siz biror joyga avtobusda emas, samolyotda borsangiz, sizning vaqtingiz kamroq ketadi, lekin pulingiz ko'proq ketadi-ku... Bilasizmi, vaqt qachon pulga aylanadi?! Agar siz puldan ko'ra qimmatroq qiymatga ega bo'lolsangiz. Ya'ni siz 10 soat yo'l yurmay, 1 soatda qimmatroq vositada borsangiz va oradagi 9 soatda 1 soatlik yo'l uchun sarflaganingizdan ko'proq topsangiz, o'z vaqtingizni pulga o'lchasangiz bo'ladi. Agar vaqtingiz kam bo'lsa, pulingizni, agar pulingiz kam bo'lsa, vaqtingizni qizg'onmang. 🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Mostrar todo...
👍 127 11🔥 9 8👏 7🤔 5
Photo unavailable
Insonlar minglab qilingan yaxshiliklarni bitta xato tufayli unutib yuborishlari mumkin... Alloh minglab qilingan gunohlarni birgina yaxshilik uchun kechirib yuborishi mumkin! Yaxshiliklar qilish va Oʻzining magʻfiratiga erishish hammamizga nasib qilsin! 🔝 @foydali_moliya Juma muborak!
Mostrar todo...
74👍 68 32🔥 15🤝 3
Photo unavailable
Farzandingizni sogʻlom boʻlishini xohlaysizmi? 👭 Bolalik davrlari haqida maʼlumotga ega boʻlmoqchimisiz!? 🙌 Bolalar haqidagi maʼlumotlar va sogʻlom oʻsishi uchun tavsiyalardan xabardor boʻlishni istaysizmi!? Unday boʻlsa sizni "Sogʻlom bolajon" kanaliga taklif qilaman. 🫴 Agar farzandingiz sogʻligʻiga befarq boʻlmasangiz, kanalimizga tashrif buyuring! https://t.me/+4IirRgYFjG9iMmZi
Mostrar todo...
👍 19 4 3🔥 3
00:41
Video unavailable
Tamillaxon toʻgʻri gapiryapti, oma lekin... Siz ham shu fikrga qoʻshilasizmi? 🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Mostrar todo...
👍 60 9 7🔥 4👏 3🤝 2
Dangasalik turlari! Bizdagi dangasalik turli xil sabablar tufayli bo'ladi va biz deyarli barcha turini umrimiz davomida boshimizdan o'tkazamiz. Charchoq dangasaligi Odatda jismoniy yoki aqliy toliqish tufayli keladigan dangasalik. Afsus dangasaligi Tarixda bo'lgan afsuslaringiz kelajakda qilmoqchi bo'lgan ishingizga ta'sir qilish orqali keladigan dangasalik Ijtimoiy dangasalik Bir ishni qilib boshqalar oldida uyalib qolish ortidan keladigan dangasalik Noaniqlik dangasaligi Bir ishni bajarayotgan paytda noaniqlikka duch kelish ortidan keladigan dangasalik Befarqlik dangasaligi Ish insonga yoqmasdan befarq bo'lib qolish ortida keladigan dangasalik Dangasalik turlari judayam ko'p va u turli xil sabablar tufayli bo'ladi. Hayotimizga olib keladigan salbiy ta'sirini kamaytirish mumkin, lekin undan butunlay qutilish imkonsiz deb o'ylayman... © Shahboz Dolimov 🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Mostrar todo...
👍 54🔥 8 6 5👏 4
Photo unavailable
❗️ Aksiya bozorini o'rganishga kundan-kun talab va qiziqish ortib bormoqda. Sababi, bu soha daromadingizni oshirish va pulingizni inflyatsiyadan saqlab qolishning eng ishonchli usuli hisoblanadi. 📊 Bu sohani oʻrganishga talab ortgani sari treyderlikni oʻrgataman deb daʼvo qiluvchi chala ustozlar ham koʻpaygan. Ilm olish, kasb oʻrganishda ustozning oʻrni beqiyos. Yaxshi ustoz uzogʻingizni yaqin qiladi, zulmatdan nurga olib chiqa oladi. 🔝 Uplift invest kompaniyasi taklif etayotgan "Chel el kompaniyalari aksiyalariga halol investitsiya qilish" kursi ayni shunday professional ustozlar Hondamir Nusratxoʼjayev va Javlon Otaqulov tomonidan tayyorlangan.
✅ Zamonaviy kasb egasi boʻlishni; ✅ Ishlamasangiz ham sizga daromad tomib turadigan manba yaratishni; ✅ Dunyo aksiya bozorini oʻrganib, haqiqiy investorlar safiga qoʻshilishni istasangiz...
Bu kurs aynan siz uchun. Hayotingizni oʻzgartirsh, moliyaviy erkinlikka chiqish aynan hozirgi qaroringizga bogʻliq! ❗️ Kurs haqida batafsil shu yerdan maʼlumot olsangiz boʻladi. 💲 Foydali Moliya kanali obunachilari uchun 10 foizlik chegirma bor! Shoshiling, 10 foizlik chegirma tugashiga atiga 4 kun qoldi!
Mostrar todo...
👍 21👏 3🤝 3 2 2🔥 2
Photo unavailable
Biz uchun eng ishonchli valyuta - bu dollar! Koʻpchilik dollar hech qachon qadrsizlanmaydi deb oʻylaydi. Aslida dollar ham borgan sari qadrini yoʻqotib kelmoqda. 100 yillik grafikdan (suratda) tushunsa boʼladiki, dollarning sotib olish qobiliyati juda tez pastlab bormoqda. Uni uyda, yostiq ostida saqlash mantiqsizligini koʼrsatmoqda. Pulni kompaniyalarning aksiyalari, oltin yoki koʼchmas mulk kabi aktivlarda saqlash eng ishonchli va toʻgʻri yoʻl hisoblanadi. 🔝 @foydali_moliya birgalikda o'samiz!
Mostrar todo...
👍 73🔥 13🤝 7 6 5🤔 4