cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

—𝚊𝚋𝚘𝚞𝚝 𝚎𝚟𝚎𝚛𝚢𝚝𝚑𝚒𝚗𝚐 💗

Kanal egasi: —kitobxon, "Yosh kitobxon" 2023 3-oʻrin sohibasi —MS (ona tili) 90.9% (A+) ✅ —CEFR daraja B2 (overall 60)✅ —hayotni sevuvchi💗 —"Zukko kitobxon" 3x viloyat chempion✅ —musiqa shinavandasi🩶 — Kino jinnisi🫀 @quotes_from_movies07 @songgeeky5

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
848
Suscriptores
-624 horas
-177 días
-6830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Overthinking (Koʻp oʻylash) Bunaqa holatlar har bir odamda boʻladi. Baʼzida hech qanday sababsiz, nimalar yoki kimlar haqiqadir juda koʻp oʻylaysiz, hech qanaqa asossiz siqilishni boshlaysiz. Atrofingizdagi odamlar ham sizga sovuq koʻrinadi, xuddiki, siz ularni umuman, tanimaysiz, toʻsatdan begona davraga qoʻshilib qolgandek, oʻzingizni hammadan begona deb his qilishni boshlaysiz. Doʻstlar, yaqinlar tobora kamayishni boshlaydi, siz ham bunga hech qanday reaksiya bildirmaysiz, bu odatiy jarayondek. Yolgʻizlik sizni oʻz ogʻushiga oladi. Hozir oʻzim shunaqa holatdaman, juda koʻp oʻylayapman. Oʻylashni toʻxtatish haqida oʻylab koʻrsammikan?
Mostrar todo...
😁 5🔥 2❤‍🔥 1
Hozir 7-sinf Oʻzbekiston tarixni oʻqib tugatdim, endi uni yozib chiqish kerak, qisqacha qilib Just relax 🧘‍♀
Mostrar todo...
🙉 3
Musiqa haqida alloma Farobiy fikri ekan. Uni inson tarbiyasiga taʼsir qiladigan omil sifatida keltirganlar. Insonning bu boradagi didini nazorat qilish deyarli imkonsiz, chunki har kim oʻz qulogʻiga yoqqan qoʻshiqlarni eshitadi, yaxshi koʻrib qoladi, garchi u boshqalar uchun tresh boʻlsa ham. Baʼzi joylarda eshitib qolaman: "musiqa tinglash gunoh", "Musiqa tinglaganingda shayton va jinlar atrofingda raqs tusha boshlaydi". Unda bu yerda yozilgan gaplar nima? Odamlar nima bilandir oʻzini ovutadigan, hissiyotlarni junbushga keltiradigan narsa bu musiqa emasmi? Shunday ekan, nega gunoh boʻlsin u? "Jang klubi" filmida aytadi: "Hamma narsani nazorat qilishga urinishni bas qil, shunchaki osonroq yasha", Sal osonroq yashaylik. Shaxsan men uchun dunyoni goʻzallik qutqarmaydi, aksincha, dunyoni musiqa qutqaradi.
Mostrar todo...
🔥 2
#quote "Tilingni yaxshi hunar bilan oʻrgatgil va muloyim soʻzdan boshqa narsani odat qilmagil. Nedinkim, tilga har nechuk soʻzni oʻrgatsang, shuni aytur, soʻz agar yaxshi boʻlsa, ammo nooʻrin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi soʻz boʻlsa ham yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun behuda soʻzlamagilki, foydasizdur. Bunday befoyda soʻz ziyon keltirur va har soʻzki, undan hunar isi kelmasa, bunday soʻzni gapirmaslik lozim". "Qobusnoma" Kaykovus
Mostrar todo...
Kitob, kino va musiqa shaydosi boʻlgan qizning sahifalariga obuna boʻling😊 @my_imagineworld_books @songgeeky5 @qoutes_from_movies
Mostrar todo...
Kitob va kino shaydosi boʻlgan qizning sahifalariga obuna boʻling😊 @my_imagineworld_books @songgeeky5 @qoutes_from_movies
Mostrar todo...
❗️❗️❗️ 🔴 "Sherzodbek Qurbanov tayyorlov kursi" ishtirokchilarining qo'lga kiritgan natijalarini e'tiboringizga havola etamiz: 🟢 "Zukko kitobxon" tanlovi mart oyining hududiy bosqichida g'olib bo'lgan bilimdonlarimiz: 🔹 Boliboyeva Parvina 🥇 🔹 Shermamatova Dilnavoz 🥇 🔹 Eshmirzayeva Surayyo 🥈 🟢 "Zukko kitobxon" tanlovi aprel oyining hududiy bosqichida g'olib bo'lgan bilimdonlarimiz: 🔸 Yakubova Mehruzabonu 🥇 🔸 Jumanazarova Malika 🥇 🔸 Amonova Gulsanam 🥈 🔸 Amonova Kamola 🥈 🔸 Xalilova Nozima 🥈 🔸 Norbo'tayeva Barno 🥈 🔸 Usmonov G'ayrat 🥇 🔸 Soatova Yulduz 🥇 🔸 Abduhoshimova Qorasoch 🥉 🔸 Mavluda Tojiddinova 🥉 🔸 Oysuluv Qurbanova 🥉 🔸 Xoldorova Shahlo 🥇 🔸 Zokirova Dilnura 🥉 🔸 Sharopova Halima 🥈 🔸 Hakimjonova Zilola 🥉 🔸 Rustamaliyeva Mohlaroyim 🥉 🔸 Xamidov Dilshodbek 🥇 🔸 Muhammadjonova Diyora 🥈 🔸 Xajiyeva Rohila 🥇 🔹Shuningdek, yana bir qancha bilimdonlarimiz hududiy bosqichda qatnashishdi, ammo ularga biroz omad yetishmadi, xolos. ✅ Talablarga binoan, "Sherzodbek Qurbanov tayyorlov kursi"ning may oyi uchun ham qabul jarayonini boshlandi. 🔴 Qatnashish istagida bo'lganlar @sherzod_bek_qurbanov ga murojaat qilishingiz mumkin. 🟢 Kursimiz uchun qabul qilishning so'nggi kuni : 7-may 21:00 ga qadar. ❗️Darslarimiz 8-may sanasidan boshlanadi va hududiy bosqich bo'ladigan kunga qadar davom etadi. 🟢 Kurs narxi: 75 ming so'm 🔴 Ro'yxatdan o'tishga shoshiling. Joylar cheklangan. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Qo'shimcha ma'lumotlar: https://t.me/zukko_kitobxon24
Mostrar todo...
Zukko kitobxon va Yosh kitobxon uchun tayyorgarlik ( Sherzodbek Qurbanov bilan)

Sherzodbek Qurbanov bilan Zukko kitobxon va Yosh kitobxon tanlovlariga tayyorlanib boring Sherzodbek Qurbanov 🥇Toshkent shahar gʻolibi‼️ 🥇Namangan viloyati gʻolibi 🥈Namangan viloyati 2 karra 2-oʻrin sohibi🏆 100 ga yaqin kitobxonlar ustozi

Jorj Oruell aytgandek, "Eng yaxshi odam - bu oʻlgan odamdir" Oʻlganingdan keyin hammaga ideal boʻlib koʻrinishni boshlaysan, ayniqsa, boy odam boʻlsang yoki qanaqadir qahramonlik koʻrsatgan boʻlsang. Bulardan birinchisi osonroq, chunki biror narsani yurak yutib qilish uchun jasorat kerak, pulga esa jasoratni sotib ololmaysan. Xullas, biror kimni qadrlamoqchi boʻlsangiz, bu ishni u tirikligida qiling. Agar u uchun qilgan ishingiz bor-yoʻgʻi qabr boshiga gul qoʻyib, u haqida yaxshi gaplarni soʻzlab yuraversangiz, demak sizning hech qachon yaqiningiz boʻlmagan. Men bir xafa boʻlganim, bu ayol mazkur xulosani chiqarish uchun tirik namuna boʻldi.
Mostrar todo...
1
Kimdir: —Chyota tushunmadim, Gurlan qani bu yerda? Men: —Men qatnashmaganim uchun shunaqa boʻldi) Bu hazil edi, bolajonlar, yumor deysilarmi, xullas
Mostrar todo...
😁 18