cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Tarbiyachi kundaligi

Shaxsiy tajriba va xulosalarimni ulashib boraman

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
221
Suscriptores
+124 horas
+47 días
-330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Xayrli tong, azizlarim. Yana bir tongda ko'z ochib, hech qanday qiyinchiliklarsiz, xotirjam, yengilgina harakatlanishda davom etyapmiz, Alhamdulillah. Bugun tungi 2:30 larda o'z-o'zidan uyg'ondim. Ha, meni Alloh uyg'otdi. Ro'za tutsam bo'larkan, degan o'yda turmoqchi bo'lganimda, ortidan bugun ishga boraman, bomdoddan keyin uxlashga vaqtim bo'ladimi, yo'qmi, ishxonamda uyqusirab yuramanmi, degan xayol kelib, qayta uxladim. Bomdodga turib, shu holim haqida tafakkur qildim. - Ey, g'ofil banda, bu sening so'nggi kechang bo'lishi mumkin ediku, kim senga yana bir soatdan keyin qayta uyg'onishingga kafolat berdi, bomdodga uyg'onmasliging ham mumkin ediku, Alloh uyg'otgan vaqtda uyg'onib inodatingni qilavermaysanmi, u yog'iga Alloh kafil ediku... degan o'ylar bilan o'zimni malomat qildim. Banda ekanmizda, nafsimizga yengilamiz, shaytonning aldoviga ko'namiz. Allohning O'zi bizga quvvat bermasa, o'ta ojiz yaratiqlarmiz. Boshlangan kunimiz tavba-tazarru, O'zining himoyasida hamon yashayotganimizning shukri bilan barakali bo'lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. @tarbiyachi_blog
Mostrar todo...
5
Bolangiz yolg'onchimi? Ularni yolg'on gapirishga o'zimiz majbur qilamiz, desam ajablanmang. Chunki avval boshida ular to'g'risini aytadigan bo'lishadi. Biz esa ularga to'g'risini aytganiga pushaymon qiladigan darajada munosabat bildiramiz. Keyingi safar esa yolg'on gapira boshlaydilar. Alloh bizlarni ham zurriyotlarimizni ham haq yo'lida batdavom qilib, haqni so'zlovchilardan qilsin. @tarbiyachi_blog
Mostrar todo...
🔥 3💯 1
Menda farzandlarimga nisbatanmi, o'quvchilarimga nisbatanmi, ular menga yoqish uchun harakat qilishi shart emas, degan qarash bilan yondoshuv avvaldan bor. (Albatta, Allohning izni bilan) O'quvchilarim (tanaffus vaqtlarida, albatta) meni oldimda hazillashib kurashga tushib ketishsa ham buni odobsizlik sanamayman. Ba'zi ustozlar ''Sizni oldingizda shunday qilishyaptimi, qattiqroq turing, bularga'' kabi maslahatlarni berishadi. Ularga e'tiroz bildirmayman-u baribir, o'z fikrimda qolaman. Chunki, men shunday hisoblayman: Bolalarning deyarli barchasi ko'p harakat qilishga va ko'p gapirishga moyil bo'ladi (o'quvchilarim o'smir yoshida, har holda jiddiylashadigan darajada ulg'ayganlari yo'q). Bu moyilliklarini muntazam cheklash - borib-borib ularni faqat nazorat ostidagina o'zlarini tutib, nazoratdan holi bo'lgan vaqtlarida ko'ngliga kelganini qiladigan insonlarga aylantirib qo'yishi mumkin, ya'ni ularni ikkiyuzli qilib qo'yishi mumkin. Shuning uchun bolalarning harakatlarini hadeb chegaralayvermasdan vaqti-vaqti bilan o'z hollariga qo'yamanda, o'zimni hech narsaga e'tibor bermayotgandek tutib, sekiiin kuzatib o'tiraman. Shunda bolalar bir-birlari bilan.muloqotga kirishadilar, fe'liga mos hamroh topadilar, hazil-huzul bilan samimiy munosabat o'rnatadilar... Ba'zilarining orasida nizo chiqib, yoqalashib qolgudek bo'lishsa ham avvaliga indamay qarab turaman. Bunday vaqtlarda ko'pincha jamoadagi boshqa bolalar ularning orasini isloh qilishga tushadilar. Albatta, ular o'zlariga kelganlaridan keyin bafurja gaplashib olaman. Shunda ham pand-nasihatlarim ''Meni oldimdaya, meni hurmatim yo'qmi?'' ruhida bo'lib qolishidan ehtiyot bo'laman. Janjallashish, nizolashish insonning, ayniqsa yoshlarning tabiatiatida bo'lishi tabiiy hol ekanligi, o'sha vaqtda ularning ichlarida kechayotgan g'alayonlarni his qilgan holda xotirjam gaplashib olaman. Bolalarga bu ishingiz bilan meni obro'yimni tushirdingiz, boshqa ustozlar oldida sharmanda qildingiz, menga bo'lgan hurmatingiz shumi, kabi so'zlarni hech qachon ishlatmayman. Chunki men aniq bilaman, ular meni hurmat qilishadi, yaxshi ko'rishadi, ammo ba'zida shunday ojizlik qilib qolishadi. Hech qachon qasddan meni asabiylashtirish, obro'yimni to'kishni ko'zlashmaydi. Ulardan nimani talab qilsam yoki ularga qanday nasihat qilsam ham, menga yoki boshqa ustozlarga yoqish uchunmas, Allohga maqbul bo'lishni diqqat markazlarida tutishlariga chaqiraman. Ota-onaning, ustozning roziligini olish bilan Allohning roziligiga yetishishni niyat qilish kerakligini uqtiraman. Bugunga jaaa qulf-u dilim ochilib ketdimi-a? ☺️ O'zi avvalgi postlarimdan birida yozganimdek, dam olish kunlari tartibim buzilib ketadi. 😊 Boshlangan dam olish kunimiz mazmunli o'tsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. @tarbiyachi_blog
Mostrar todo...
3👍 2
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#Mehr Mehr nimaningdir evaziga bo'lsa, bola ota-onasining mehrini qozonish uchun o'z dunyosida yashash o'rniga, ular istaganidek ko'rinishga majbur bo'ladi. Pedagok Adem Gunesh - "Farzand tarbiyalash siri" asaridan @ilmbilanbiz
Mostrar todo...
4
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Xayrli tong, azizlarim. Tonggi namozlarimdan keyingi duolarimni Allohning ne'matlariga hamd aytishdan boshlaganimda, ne'matlarning ko'pligidan qaysi birini e'tirof etishimni bilmay, ojiz qolaman. Alloh taolo shunchalar bizni ne'matlarga ko'mib qo'yganki, bularning so'rovi albatta muqarrarligini o'ylasam xavotirim ortadi. Biz esa aksariyat holda o'zimizdagi mavjud ne'matlar haqida emas, berilmagani haqida o'ylaymiz. Aslida, berib qo'ygan behisob me'matlari shukrini ado etishga umrimiz yetmaydi. Alloh taolo aytarkan : ''Bandalarim men bergan ne'matlarni chaynab yutaverganidan tishlari charchab to'kildi. Ammo tillari nolishdan chatchamadi'' (adashmasam, Rumiydan yo G'azzoliydan o'qigandim). Alloh bizlarni ne'matlarini ko'rmaydigan darajada g'ofillardan qilmasin. @tarbiyachi_blog
Mostrar todo...
1💯 1
#Òrnak Farzandlarimizga dunyo qo'lning kiri, hech kimga vafo qilmaydi, dunyoga berilma, boylikka ruju qo'yma kabi nasihatlarni qilib, o'zimizning kayfiyatimiz dunyoning kelib-ketishiga ko'ra bo'lsa, shubhasiz, ular hayotning mazmunini mol-u davlatning ko'pligida, degan fikrda ulg'ayadilar. Aslida, islomiyat tanazzuli ham musulmonlarning dinyoga berilishidan boshlangan. Shu o'rinda yuqoridagi, ancha oldingi postlarimdan birini qayta ulashmoqchiman.
O'g'limga aytganlarim: - Biror yutuqqa yoki dunyo moliga erishganingda meni eng ko'p xursand qiladigani, bu tufayli faxr va kibrga berilib ketmasligingdir.
@tarbiyachi_blog
Mostrar todo...
👍 3 1
Najot ta'lim asoschisi Temurbek Adhamov va uning jamoasidan yangi loyiha. 8-15 yosh oralig'ida farzandlari bo'lgan barcha ota-onalar bilishi kerak bo'lgan ajoyib yangilik. Barcha ma'lumotlar batafsil, videoda. 👆 @tarbiyachi_blog
Mostrar todo...
1
Mostrar todo...
Robbit akademiyasi taqdimotini qarshi oling! #robbituz #najottalim #robototexnika

Robbit akademiyasi “Najot Ta’lim” tomonidan tashkil qilingan bo’lib, 8-15 yoshli bolalar uchun robototexnika va AyTi kurslarini o'rgatishga ixtisoslashgan. ✅ Akademiyaning asosiy maqsadi bolalar uchun kelajakda zarur bo'ladigan kreativlik, ixtirochilik, tanqidiy-tahliliy fikrlash ko'nikmalarini yoshlik chog'idan shakllantirishdir. Robbit haqida batafsil ma’lumot - robbit.uz Telefon raqam: 78-777-3-777

1
Mostrar todo...
Robbit akademiyasi taqdimotini qarshi oling! #robbituz #najottalim #robototexnika

Robbit akademiyasi “Najot Ta’lim” tomonidan tashkil qilingan bo’lib, 8-15 yoshli bolalar uchun robototexnika va AyTi kurslarini o'rgatishga ixtisoslashgan. ✅ Akademiyaning asosiy maqsadi bolalar uchun kelajakda zarur bo'ladigan kreativlik, ixtirochilik, tanqidiy-tahliliy fikrlash ko'nikmalarini yoshlik chog'idan shakllantirishdir. Robbit haqida batafsil ma’lumot - robbit.uz Telefon raqam: 78-777-3-777

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Xayrli tong, azizlarim. Zamon yaqinlashmaguncha Qiyomat qoyim bo'lmaydi, deganlaridek, ko'z ochib-yumguncha yana bir Jumaga yetdik, Alhamdulillah. Bu kunning xayr-u barokatidan umidvor bo'lib, Payg'ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallamdan meros qolgan Juma amallarini qodir bo'lganimizcha bajarishimizga O'zi muvaffaq qilsin. Alohni zikr qilishimiz, ne'matlariga shukur qilishimiz, Habibiga salovatlar yo'llashimizdan U Zotlar mutlaqo behojatligi, aslida o'zimiz bu amallarga o'ta muhtojligimizni his qilgan holda Boshlangan kunimiz Robbimizning zikri va shukri, Payg'ambarimiz alayhissalomga yo'llagan salovotlarimiz bilan oxiratimizga zaxira bo'lsin. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. @tarbiyachi_blog
Mostrar todo...
4👍 3