cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Shaha Dolimov

Shaxsiy fikr va mulohazalarimni ulashib borish uchun ochilgan kanal.

Mostrar más
Uzbekistán7 734El idioma no está especificadoPsicología2 359
Publicaciones publicitarias
9 565
Suscriptores
+4124 horas
+4167 días
+3 27930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

0 hech kimga qiziq emas! "Dunyodagi eng xavfli odam bu - ambitsiyali dangasa odamlar" (Your Next Five Moves kitobidan) Dunyodagi eng aqlli odamga ham eng aqlsiz insonga ham doim bilim yetishmaydi. Har doim o'rganishga imkoniyat bor. Aqlli va aqlsiz inson o'rtasidagi yagona farq, aqlli inson avval boshlab keyin o'rganayotgan bo'ladi. Yugurish haqida minglab kitob o'qiganingiz yoki videolar ko'rganingiz bilan, siz yugurishdan yaxshi bo'lib qolmaysiz. Aslida bir ishni boshlashdan avval ko'p o'rganib yuborish sizni qo'rqoq qilib qo'yadi va natijada o'sha ishni boshlashga bo'lgan ishtiyoqingiz so'nib qoladi. 0 hech kimga qiziq emas! Sizni hech kim qilib ko'rmagan "g'oyangiz" ham 0ga teng agar unga nisbatan hech qanday harakat amalga oshirilmagan bo'lsa. Hammada g'oya bor! Investorga ham hech bo'lmaganda 0.1 qiziq! Do'stim sizga yana ko'p bilim emas, harakat yetishmayapti halos! Suvga o'zingizni tashlamasangiz, butun umr suzishni bilmasdan o'tib ketasiz! @shahadolimov
Mostrar todo...
Nuqsonli qadamlar mukammalidan afzal! So’nggi yillarda “avval boshlab keyin o’rganing” degan gapni o’zimga shior qilib oldim. Chamasi 5 yil avval “Maqsad” deb nomlangan kitob yozdim. Kitob yozish haqida na bilimim na tajribam bor edi. Kompyuterim qarshisiga o’tirdimga, word’ni ochib klaviaturam bilan birinchi gapni yozishni boshladim. Oradan 1 yil o’tib kitob nashrdan chiqdi va O’zbekistondagi eng katta kitob taqdimotidan biri bo’ldi. Hozir esa 40 mingdan ziyod inson tomonidan o’qilgan va 6 mingdan ortiq online fikrlarga ega. “Mukammal ravishda bir joyda turishdan ko’ra, nuqsonli qadamlarni tashlagan ma’qul” degan Benjamin Franklin. Do’stim sizga g’oya emas, harakat yetishmayapti! @shahadolimov
Mostrar todo...
Hayotimda erishga jamiiyki narsam avvalo yaratgandan keyin esa omadim kelganidan. Hech biri meni kuchli strategiyam yoki aqlli instrumentlardan to'g'ri foydalanganligim uchun kelmagan. Mag'lubiyatlarim ortida esa yagona aybdor O'ZIM turibman. O'ZIMni tartibsizligim va layoqatsizligim turibdi TAMOM. Davlatni ham, sharoitni ham, boshqalarni ham ayblash niyatim yo'q. "Omadim keldi...", "To'g'ri vaqtda to'g'ri odam bilan ko'rishib qoldim...", "Avvalo yaratgandan....", "Bilmayman...", "Yana qayta shu biznesni qilsam eplay olmasam kerak..." deb aytmaydigan odamlarni eshitmay qo'ydim. Chunki ularni MENi kuchayib qalbini kibr egallab olgan. Mabodo menda ham shu holatni kuzatsangiz, qo'rqmasdan yuzimga ayting! @shahadolimov
Mostrar todo...
Imkoniyat! “Qachon sakrash kerak, bilasizmi? Qachonki qo’rqinchli bo’lib tuyulsa. Agar o’sha payt sakramasang bir joyda butun umr qolib ketasiz” (A most violent year kinosidan) Ya’ni… Imkoniyat ham huddi shunday. Hech bir imkoniyat sizga yoqimli bo’lib kelmaydi. Agar u sizni qo’rqitmasa, yuragingizni tez urdirmasa, hayajonlantirmasa, terlatmasa, yoki kechalari bilan uxlatmasa demak u imkoniyat emas. Do’stim bir marta yashaysiz! Nima qilib bo’lsa ham qarigandagi afsuslaringizni kamaytiring! @shahadolimov
Mostrar todo...
Dangasalik turlari! Bizdagi dangasalik turli xil sabablar tufayli bo'ladi va biz deyarli barcha turini umrimiz davomida boshimizdan o'tkazamiz. Dangasalikdan voz kechish mumkinmi? Bilmadim... Menimcha yo'q... Charchoq dangasaligi Odatda jismoniy yoki aqliy toliqish tufayli keladigan dangasalik. Afsus dangasaligi Tarixda bo'lgan afsuslaringiz kelajakda qilmoqchi bo'lgan ishingizga ta'sir qilish orqali keladigan dangasalik Ijtimoiy dangasalik Bir ishni qilib boshqalar oldida uyalib qolish ortidan keladigan dangasalik Noaniqlik dangasaligi Bir ishni bajarayotgan paytda noaniqlikka duch kelish ortidan keladigan dangasalik Befarqlik dangasaligi Ish insonga yoqmasdan befarq bo'lib qolish ortida keladigan dangasalik Ya'ni... Dangasalik turlari judayam ko'p va u turli xil sabablar tufayli bo'ladi. Hayotimizga olib keladigan negatic ta'sirini kamaytirish mumkin, lekin undan butunlay qutilish imkonsiz deb o'ylayman. @shahadolimov
Mostrar todo...
Atrof-muhit! "Qaynab turgan suv tuxumni qattiq qilib pishirsa, huddi shu suv kartoshkani yumshoq qilib pishiradi" Ba'zida bizni rivojlanish tezligimizga tarofimizdagilar yeta olmay qolishi mumkin. Shunda biz hozirgi "krug"imizdan ajralib yolg'iz qolamiz va keyingi o'zimizga o'xshagan "krug"ni topguncha yolg'iz harakatlanishimizga to'g'ri keladi. Aksariyat insonlar aynan shu "yolg'izlik muddati"dan judayam qo'rqishadi va butun umr bitta "krug"da qolib ketishadi. Aslida bir "krug" bo'lib o'sish eng zo'ri lekin sizni rivojlanish tezligingizga moslashmasa, moslashadigan insonlar topishga majbursiz. Siz atrof-muhitga emas, atrof-muhit sizga moslashsin! @shahadolimov
Mostrar todo...
Eng kuchsiz odam kim? O'zidan ko'ra boshqalarni ko'proq ayblaydigan odam... Eshitishdan ko'ra gapirishni afzal topgan odam... Birovlarni mag'lubiyatidan rohatlanadigan odam... Yutqazganini tan olish o'rniga zudlik bilan shaxsiyatingizni muhokama qiladigan odam... Omaddan ko'ra, "hammasiga o'zim tufayli erishdim" degan cho'pchakka ishonib yashaydigan odam... Bundaylarni aniqlash judayam oson. Keyingi safar davrada o'tirgan paytingiz chetdan kuzatsangiz, hech kimga gap bermasdan baland ovozda gapirayotgan 1-2 ta odamga ko'zingiz tushadi. U sizni yaqin do'stingiz bo'lishi ham mumkin. Unga yordam berish qo'lingizdan kelsa albatta bering. @shahadolimov
Mostrar todo...
Eng xavfli odam kim? Men uchun 3 turdagi odam eng xavfli odam hisoblanadi… Hammasini boshidan boshlashga qo’rqmaydigan odam… Hech kimni yordamisiz eng qiyin vaziyatdan bir o’zi chiqib ketgan odam… O’ziga ko’p narsani isbotlab qo’yib, o’zini oldidagi hurmatini baland qilib qo’ygan odam… @shahadolimov
Mostrar todo...
Ba’zida tanlagan yo’limiz notog’riligini anglaganimizda, ortga qaytishdan uyalamiz. Go’yoki bizni kimdir kuzatib turgandek. Aslida esa, hammaga baribir. Hayot tanlovlarida ham huddi shunday. @shahadolimov
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Omon qolish xatosi! Yuqoridagi rasmga qunt bilan qarang. Bu rasm Ikkinchi Jahon Urushida omon qolgan samalyotlardan olingan ma’lumotlar to’plami. Qizil nuqtalar bu samalyotlarning ko’p o’q tekkan qismlari. Endi sizga savol. “Shu samalyotlarni yanada xavfsiz qilish uchun qaysi joylarini yanada ko’proq zirhlashimiz kerak?” deb vazifa qo’yilganda, qaysi joylarini zirhlagan bo’lar edingiz? Menimcha, ko’pchilikni javobi “albatta o’q yegan joylarni” bo’ladi. Bu ma’lumotlarni to’plagan Abraham Wald (matematik olim), “samalyotlar o’q tekkan joylarini zirhlashdan foyda yo’q. Chunki o’q yegani bilan ular qaytib kelishga muvaffaq bo’lishgan ya’ni omon qolishgan. Biz asosiy e’tiborni o’q yemagan qismlariga qaratishimiz kerak, shunda samalyotlar omon qolish ehtimoli yanada kuchayadi” deb xulosa qilishga. Bu xulosasi fanda survivorship bias (ingliz tilida), ошибка выжившего (rus tilida), omon qolish xatosi (o’zbek tilida) deb ataladi. Ya’ni… Biz odatda muvaffaqiyatga erishgan insonlardan o’rganishni va kerak bo’lsa ularni muvaffaqiyatga sababchi bo’lgan “fomulani” ko’chirishga harakat qilamiz. Masalan, ko’pchilik Mark Zukerberg yoki Bill Gates’dek insonlarni, universitetni tashlab chiqib ketishgani uchun muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblashadi. Va ba’zi insonlar shu tufayli kerak bo’lsa universitetni tashlab ham ketishadi. Lekin universitetni tashlab ketib muvaffaqiyatga erishmaganlar soni qancha? Ya’ni… Keyingi safar qandaydir “formula”ni o’zingizda qo’llashdan avval, huddi shu “formula”ni qo’llab o’xshata olmaganlarga ham e’tibor berib qo’yishingizni masalahat bergan bo’lardim. @shahadolimov
Mostrar todo...