331-sonli umumta'lim maktabi
Ir al canal en Telegram
Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta'lim maktabi 📍Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, 9-hududi, 31-uy. @locations_of_the_331st_school
Mostrar más763
Suscriptores
+324 horas
-17 días
-1130 días
Archivo de publicaciones
🌟 BIZNING G‘URURIMIZ! — YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🌟
🏆 Ismoilova Odina — 11 yoshda IELTS 7.0!
Yangihayot tumani 331-maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ismoilova Odina o‘zining yuksak bilim va tinimsiz mehnati bilan barchamizga faxr bag‘ishladi! 🇺🇿📚
🎓 11 yoshli Odina IELTS imtihonidan 7.0 ball olib, o‘zining ingliz tilidagi mustahkam bilimini xalqaro darajada namoyon etdi.
Bu natija — shunchaki raqam emas. Bu — katta orzular, tinimsiz izlanish, intilish va mehnatning yorqin samarasi!
👏 Biz sen bilan faxrlanamiz, Odina!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, har bir xonadonda baxt-u baraka ziyoda bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
+5
🏆 331-MAKTAB — RESPUBLIKA G‘OLIBI! 🥇🇺🇿Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 331-maktab jamoasi “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi! 🎉 Bu ulkan natija — fidoyi ustozlar mehnati, iqtidorli o‘quvchilarning intilishi va butun jamoaning birdamligi samarasidir. 📚✨ 🥇 1-o‘rin — 500 mln so‘m mukofot! ✈️ Buyuk Britaniyaga ta’lim safari! 331-maktab — bilim, mehnat va g‘alaba maskani! ❤️🇺🇿
+5
🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi!
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
✨ Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch va taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
📣📣📣BARCHA USTOZLAR DIQQATIGA❗️❗️❗️
🔥2026-yil KUZGI ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK UCHUN SIZGA 4 ta BEPUL KANAL TAYYORLAB QO'YDIK
✔️Biologiya ustozlari uchun bepul kanal-
https://t.me/fotimaismoilovaattestatsiya
✔️Kimyo ustozlari uchun bepul kanal-
https://t.me/kimyoattestatsiyaNo1
✔️Boshlang'ich sinf ustozlari uchun Tabiiy fanlarni o'rgatuvchi bepul kanal-
https://t.me/Tabiyfanlarakademiyasi
✔️Barcha fan ustozlari uchun Pedagogik mahoratni darslarini o'rgatuvchi bepul kanal-
https://t.me/Pedagogikmahoratakademiyasi
💬Savol va murojaatlar uchun:@Fotima_Ismoilova_biolog
Repost from N/a
🎤 CHOTQOLDA — BOLAJONLAR FIKRI! 🎥
“Chotqol oromgohida sizga eng yoqqan joy qaysi?” — bu safar mikrofon bolajonlarda! Ular oromgohdagi eng sevimli maskanlarini kamera qarshisida samimiy aytib berishdi. 💚
📹 MEDIA bekati — bolalar nigohidagi Chotqol!
Telegram | Instagram | Fotolavhalar | YouTube
Repost from N/a
✨ 5-navbatga qabul davom etmoqda! Joyingizni oromgohlar.uz orqali onlayn band qiling — joylar soni cheklangan!
📞 Murojaat uchun:
+998990856549 | +998939922877
+3
📚Yangihayot tumani 331-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Yusupova Munira Iriskulovna rahbarlik qilayotgan 4-"A" sinf o‘quvchilari Qahhorov Zikrulloh, Baxtiyorova Mohinabonu hamda Amirov Temurlar Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlarida ishtirok etishdi."Bilimdan qudratliroq kuch yo'q, bilim bilan qurollangan inson yengilmasdir" 🏆 Imtihon natijalariga ko‘ra, mazkur o‘quvchilar eng yuqori ballarni muvaffaqiyatli to‘plab, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari safiga qabul qilindilar. 🎉 Ushbu yutuq o‘quvchilarning puxta bilim olishi, izchil mehnati, ota-onalarning doimiy ko‘magi hamda sinf rahbari Iriskulova Muniraning samarali pedagogik faoliyati natijasidir. Bu natija maktabimizda ta’lim sifatini oshirish va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy samarasi hisoblanadi. @steam_school_331
🏆Yana bir iqtidorli o‘quvchimizning navbatdagi yutug‘i!
🏅Bilimga intilish — buyuk kelajak poydevori!
📚Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-"A" sinf o‘quvchisi Qahhorov Zikrulloh barcha kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari safiga qabul qilindi.⚡️Ushbu yutuq Zikrullohning bilimga bo‘lgan intilishi, tinimsiz mehnati hamda ustozlari va ota-onasining samarali sa’y-harakatlari samarasidir. 👏Iqtidorli o‘quvchimizni ushbu muhim muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida ham ulkan marralarni zabt etib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishini tilaymiz. @steam_school_331
+2
📚O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan yoshlar va pedagoglar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida “Eng faol yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.Kitob – insonning eng dono ustozidir 🏆Mazkur tanlovda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Namuratova Gulchiroy hamda Haqberdiyeva Qunduz munosib ishtirok etdilar 🏆Tanlov davomida ishtirokchilar badiiy adabiyotlar yuzasidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishdi 🏆Tanlov yakunlariga ko‘ra, Namuratova Gulchiroy yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi 🏆Haqberdiyeva Qunduz tanlovda faol ishtiroki uchun "Eng faol yosh kitobxon" nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Rag‘bat sifatida Zomin dam olish maskaniga 2 kunlik sayohat yo‘llanmasi bilan taqdirlandi. @steam_school_331
+4
⚡️Yangihayot tumani 331-sonli maktabda "Juma – ma'naviyat kuni" munosabati bilan "Siyosiy-ma'rifat soat" tashkil etildi."Ma’rifatli jamiyat — taraqqiyot poydevori." ✅ Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘qituvchilarga siyosiy savodxonlik haqida tushunchalar berildi. ✅Tadbir davomida o‘qituvchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berildi. ✅"Siyosiy-ma'rifiy soat" jarayonida turli taqdimotlar, ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar tashkil etildi. ✅Mazkur tadbir o'qituvchilarga katta qiziqish uyg'otdi. @steam_school_331
🎉🎊AZIZ VA QADRLI BOLAJONLAR🎊🎉 "Dunyoning eng begʻubor, eng shirin moʻjizalari! 🧸✨ Sizlarni bugungi 1-iyun — Xalqaro bolalar kuni bilan chin qalbdan tabriklayman! 🥳🎉 Ilohim, yuzingizdan kulgi, koʻzingizdan quvonch hech qachon arimasin! 🥰🎈 Sizlarning baxtli kulgingiz dunyoni yoritadi ☀️, kelajagingiz esa xuddi orzularingizdek goʻzal va yorqin boʻlsin! 🚀🌈 Biz sizlarni juda ham yaxshi koʻramiz! ❤️🍬"
"Bolalik — inson umrining eng begʻubor va qaytmas faslidir! 🦋🌸 Bayram barcha bolajonlarga olam-olam quvonch olib kelsin! 🎁🎊 Ularning begʻubor dunyosini asrash, yuzlariga tabassum hadya etish biz kattalarning eng oliy burchimizdir! 🙌🏼💎
+1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🎈🎈Aziz va qadrli bolajonlar! 🎈🎈
🎉Sizlar hayotimizning eng bebaho ne’mati, qalbimiz quvonchi va kelajagimiz umidisiz. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!
🥳Sizlarga musaffo osmondek beg‘ubor bolalik, cheksiz quvonch, mustahkam sog‘liq va yorqin kelajak tilaymiz. Har bir kuningiz kulgu va shodlikka, qalbingiz mehr va ezgulikka to‘lsin. Bilim olishdan charchamang, orzu qilishdan to‘xtamang, chunki bugunning baxtiyor bolalari ertangi kunning buyuk bunyodkorlaridir.
🗃Orzularingiz osmon qadar yuksak bo‘lsin!
🗃Qalbingizdagi ezgulik nuri hech qachon so‘nmasin!
🗃Har bir qadamingiz omad va muvaffaqiyatga eltaversin!
🗃Yuzingizdagi tabassum doimo porlab tursin!
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
🎈 Aziz bolajonlar, baxtimizga sog‘ bo‘ling!
💖 Bolalikning har bir lahzasi sizlar uchun unutilmas va baxtli bo‘lsin!
🌈 Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌈
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo'lsin!
🎁Barcha bolajonlarga sog'lik, quvonch va yorqin kelajak tilaymiz.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun yana bir o‘quv yili tarix sahifasidan joy oldi…
🔔 25-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi. Xususan, Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta’lim maktabida ham ushbu bayram ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tkazildi.
Bitiruvchilar uchun hayajonli, ustozlar va ota-onalar uchun esa faxrga to‘la bo‘lgan tadbirdan batafsil videolavhamiz orqali tanishing.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
